Innovatsion loyihalarni shakllantirish va bajarish bosqichlari
Innovatsion loyihani shakllantirish bosqichlarini ko’rib chiqamiz:
Loyhani amalga oshirish imkoniyatlarini, jumladan, loyiha ishtirokchilarining ro’yxatini, mumkin bo’lgan ixtiro ob’yektlarini aniqlash, ishlab chiqarilishi ko’zlangan mahsulot xarakteristikalarini dastlabki tadqiq etish.
Tayyorgarlik ko’rinishidagi tadqiqotlar. Loyiha ishtirokchilarini tanlash va ular bilan muzokaralar olib boorish, moliyalashtirish manbaalarini aniqlash, loyihani texnik – iqtisodiy jihatdan asoslash.
Batafsil tadqiqotlar, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Patent – konyuktura tdqiqotlarini o’tkazish. Bunda yaratiladigan IMO larni to’gri aniqlsh va ularning patentga loyiqligi istiqbolini baholash;
Mahsulotning tajriba partiyasini yaratish, sanoat reglamentini ishlab chiqish, sertifikatlashtirishni o’tkazish;
Loyihaning calendar rejasi va ro’yobga chiqarish grafigini tuzish;
Moliyaviy sarf-harajatlarni baholash;
Moliyalashtirish sxemasi (moliyaviy reja va baholash siyosati)ni aniqlash
Ishlab chiqarish rejasi (mahsulotni chiqarishning toliq sikli)ni ishlab chiqish;
Loyiha samaradorligini (mumkin bo’lgan tavakkalchilikni) baholashga oid ishlar;
Biznes-rejani va texnik-iqtisodiy asoslashning oxirgi islanmasi
Tashkiliy bosqich quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Loyihani yuridik jihatdan rasmiylashtirish, loyiha ishtirokchilari o’rtasida bitimlar tuzish, IMO dan foydalanish bo’yicha litsenziyani rasmiylashtirish va ro’yxatga kiritish;
Investor bilan bitim tuzish, investorlarga aksiyalarni sotish.
Xulosa
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasining rivojlanishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasi, 2017 yil 29-noyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi innovatsion ribojlanish vazirligini shakllantirish to’g’risida” gi PF-5264-son Farmoni, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30-noyabrdagi PP-3416-sonli qaroriga asosan O’zbekiston Republikasi innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Shundan ko’rinib turiptiki mamlakt rivoji uchun innovatsion tadqiqotlar va innovatsiyon g’oyalar nafaqat shaxsiy baliki mamlakat miqyosida keng ahamiyatga ega. Tajribada ko’rinib turiptiki ko’plab rivojlangan davlatlar innovatsion g’oyalarni realizatsiya qilish orqali har tamonlama o’sishga erishgan. Xulosa qilib aytish mumkinki innovatsiyon yechimlarni topish davlat va jamiyat uchun katta ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
https://hozir.org/reja-innovatsiya-tushunchasi-va-ularga.html
https://slideplayer.com/slide/15358151/
Vaxobov A.V., Xojibakiev Sh.X., Mo’minov N.G. “Xorijiy investitsiyalar”. O’quv qo’llanma.- T.: Moliya, 2010.-328 b.
https://fayllar.org/2--amaliy-topshiriq-innovatsion-iqtisodiyotning-tarkibiy-qisml.html
Do'stlaringiz bilan baham: |