Mavhumdan konkretlikka yuksalish metodi - ilmiy fikrning dastlabki mavhumlikdan bilishni chuqurlashtirish va kengaytirish izchil bosqichlari orqali natijaga - tadqiq qilinayotgan predmetni nazariyada yaxlit aks ettirishga tomon harakatidan iborat. Muayyan hissiylikdan mavhumlikka yuksalish, tafakkurda predmetning alohida jihatlarini ajratish va ulami tegishli mavhum ta’riflarda «mustahkamlash» mazkur metodning shartlaridir. Bilishning muayyan hissiylikdan mavhumga tomon harakati xususiydan umumiyga tomon harakat demakdir. Bu yerda tahlil va induksiya singari mantiqiy usullar yetakchilik qiladi. Mavhumdan muayyan hissiylikka yuksalish-ayrim umumiy mavhumlik- lardan ulaming yagonaligiga, muayyan umumiyga tomon harakat jarayonidir. Bu erda sintez va deduksiya usullari yetakchilik qiladi. Bilishning bunday harakati formal, texnik protsedura emas, balki predmetning rivojlanishidagi qarama-qarshilikni, ichki qarama- qarshiliklarga muvofiq uning bir darajadan boshqa darajaga o'tishini aks ettiruvchi dialektik ziddiyatli harakatdir.
Umumilmiy tadqiqot metodlari - falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari о ‘rtasida о ‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo 'lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko'pincha «axborot», «model», «tuzilma», «fimksiya», «tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.
Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalaming alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalaming mazmuniga «singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o'laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ulami formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalaming о‘ziga xos jihatlaridir.
Agar falsafiy kategoriyalar umumiylikning mumkin bo'lgan eng yuqori darajasi - muayyan umumiy darajani о ‘zida mujassamlashtirgan bo ‘Isa, umumilmiy tushunchalarga ко ‘proq umumiy mavxum (bir xil) daraja xoski, bu ulami mavxum-formal vositalar yordamida ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy masalasini (to‘la hajmda) yechishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning «falsaflyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim mezonidir.
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari, tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o‘z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan oqilona o‘zaro aloqasini ta’minlaydi.
Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metod yaxlit tizimlarda ulaming strukturasini, strukturaning tarkibiy qismlari о ‘rtasidagi barqaror munosabatlar va о ‘zaro aloqalami hamda ularning bir-biriga nisbatan rollari (funksiyalari)ni ajratish asosiga quriladi.
Struktura-tizimning tuzilishi va ichki shakli, mazkur tizimning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalaming birligini ifodalovchi falsafiy tushuncha. Funksiya esa mazkur tizim har bir tarkibiy qismining «vazifasi» deb tushuniladi (ma’lum biologik a’zo fimksiyalari, davlat funksiyalari, nazariyaning funksiyalari va h.k.).
Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metodning (unga ba’zan sistemali yondashuvning turi deb ham qaraladi) asosiy talab (jarayon)lari:
tizimli obyektning tuzilishi, strukturasini o‘rganish;
uning tarkibiy qismlarini va ulaming funksional xususiyatlarini tadqiq qilish;
v) mazkur tarkibiy qismlardagi va ulaming fimksiyalaridagi o'zgarishlami tahlil qilish;
g) butun tizimli obyektning rivojlanishi (tarixi)ni ko‘rib chiqish;
barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan obyektning barcha tarkibiy qismlariga shu barqarorlikm saqlashga xizmat qilayotgan tizim sifatida qarash.
Do'stlaringiz bilan baham: |