58
ehtimoli kamroq. Bizning tadqiqotimiz firmalarning korporativ faoliyati moliyaviy tanglik
bilan qanday bog'liqligiga qaratilgan.
Tadqiqotlarning uchta guruhi korporativ samaradorlik va moliyaviy tangliklar
o'rtasidagi bog'liqlikni yoritadi. Birinchidan, yuqori riskga ega bo'lgan firmalar moliyaviy
tanglikka duch keladi (Kampbell va boshq. 2008), va yaxshi korporativ ko'rsatkichlarga ega
bo'lgan firmalar pastroq moliyaviy riskga ega bo'ladi (Orlitzky va Benjamin 2001; Godfrey va
boshq. 2009; Harjoto va Laksmana 2018).
Ikkinchidan, moliyalashtirish imkoniyati yaxshi bo'lgan firmalar davriy to'lovlarni
o'tkazib yuborish ehtimoli kamroq va kreditga layoqatli deb hisoblanadi. Ijobiy korporativ
ko'rsatkichlar firmalarning moliyalash shartlarini yaxshilashiga ham olib keladi. Oldingi
o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ijobiy korporativ samaradorlik ko’rsatkichlarini
namoyon qilgan firmalarning moliyalashtirish/moliyalash shartlariga kirishi imkoniyatini
yaxshilashi aniqlangan (Sharfman va Fernando 2008; Ghoul va boshq. 2011).
Ghoul va boshqalar (2011) ijobiy korporativ samaradorlik firmalarga investorlarning
korporativ ijtimoiy ma’suliyat imtiyozlarini qondirishga yordam beradi, axborot
assimetriyasini kamaytiradi va kelajakdagi talabning noaniqligini kamaytiradi, arzonroq
kapital moliyalashtirishga kirish imkoniyati bilan ta'minlaydi.
Uchinchidan, ijobiy moliyaviy ko'rsatkichlarga ega bo'lgan firmalar aktivlarni samarali
boshqaradi va moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun yetarli mablag' ishlab chiqaradi deb
faraz qilinadi va ijobiy korporativ samaradorlik ko'rsatkichlari moliyaviy ko'rsatkichlarga
hissa qo'shadi (Ambec va Lanoie 2008; Friede va boshq. 2015).
Ba'zi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, korporativ samaradorlik ko'rsatkichlarning
yaxshilanishi firmalar yaxshi boshqarilishini va yaxshi boshqariladigan firmalar risklarni
yaxshiroq yengib o’tishga moyilligini ko'rsatadi. Risklarni yaxshiroq boshqarish potentsial
yo'qotishlarga olib keladigan noaniqlikning salbiy ta'sirini minimallashtirishi va firmalarning
yetarli darajada ichki ishlab chiqarilgan mablag'larga ega bo'lishini ta'minlaydi. Shunday qilib,
yuqori darajadagi riskga ega bo'lgan firmalar uchun moliyaviy tangliklarni kamaytirish uchun
risklarni yaxshiroq boshqarish juda muhimdir. Shunga ko'ra, biz korporativ samaradorlik va
moliyaviy tanglik ehtimoli o'rtasidagi salbiy bog'liqlik yuqori darajadagi riskga ega bo'lgan
firmalar uchun yanada aniqroq bo'lishini kutamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: