O`zbekistonda ESG tamoyillariga asoslangan strategik yo`nalishlar qanday?
O`zbekistonda so‘nggi ikki yilda barqaror rivojlanish sohasida 20 dan ortiq me’yoriy
-
huquqiy hujjatlar nashr etildi. Hukumatning diqqat markazida yashil iqtisodiyotga o‘tish va
atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya manbalarini diversifikatsiya qilish va qayta
tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqarishni kengaytirish va mahalliylashtirish
bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ularni mamlakatimiz iqtisodiyotiga
kiritishga qaratilmoqda. Mamlakatimizda yirik sanoat kompaniyalari faoliyati barqaror
rivojlanish sohasida hisobotlar tayyorlash, ESG xalqaro reytinglarini olish hamda ESG va iqlim
strategiyalarini amalga oshirish bo‘yicha sezilarli darajada o‘sdi. Bunga hukumat va nazorat
qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilgan qator chora-
tadbirlar ko‘maklashdi: “2030
-
yilgacha “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish chora
-
209
https://www.patagonia.com/our-footprint/living-wage.html
210
«Отвечает финансист» опубликована в журнале «Robb Report» (
№1, Февраль 2021
).
364
tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror, “Yashil iqtisodiyot to‘g‘risida”gi qonunlar qayta tiklanuvchi
energiya manba
laridan foydalanish”, “Togʻ
-kon-metallurgiya sanoatida xalqaro standartlar
asosida ekologik talablar va atrof-muhitni muhofaza qilish normalarini belgilash chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmon va “Elektr energetikasini rivojlantirishni jadallashtirish va
moliyaviy barqarorlikni taʼminlash chora
-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek, bir qator
boshqa me'yoriy hujjatlar shular jumlasiga kiradi.
08.04.2022 yilda Prezident Sh.M.Mirziyoyev PF-
101 sonli “Tadbirkorlik muhitini
yaxshilash va xususiy sektor
ni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart
-
sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi farmonda davlat
ishtirokidagi korxonalarning yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonini jadallashtirish maqsad qilib
qo`yildi. Transformatsiya qilinadigan davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoni, shu jumladan
kelajakda xalqaro savdo va moliya bozorlariga chiqishda ko‘mak beruvchi ekologik, i
jtimoiy
va korporativ boshqaruv (ESG) hisobdorlik tizimlarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or xorij
tajribasini o‘zlashtirish zarurligi belgilandi.
211
Davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat
banklarini transformatsiya qilish hamda xususiylashtirishni jadallashtirish, iqtisodiyotda
samarasiz ishlayotgan korxonalar ulushini kamaytirish hisobiga sifat jihatidan yangi, xususan,
ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillariga asoslangan investitsiyalar va
ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lgan texnologiyalarning ko‘payishini rag‘batlantirishi
shubhasiz.
2022 yilda Iqtisodiy rivojlanish va kambag`allikni qisqartirish vazirligi, Osiyo taraqqiyot
banki bilan hamkorlikda malakali xorijlik ekspertni jalb etgan holda (xorijiy ekspert G.Spiller,
“Moody’s” xalqaro reyting agentligi vakillari J.Chong va K.Bixari), shuningdek, Moliya vazirligi,
Energetika vazirligi, Davlat aktivlari agentligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ,
“O‘zmetkombinat” AJ, NKMK AJ, “O‘zkimyosanoat” AK va boshqa vazirlik, idora
va tashkilotlar
vakillari bilan hamkorlikda “Davlat korxonalarida ESG tamoyillarini joriy etish yo‘nalishlari”,
“Davlat korxonalari uchun ESG siyosati, metodologiyasi va yechimlari” mavzusida bir qator
seminarlar tashkil qilindi. Shuningdek, Toshkentda ilk
bor “O‘zbekistonda biznesni barqaror
rivojlantirishga ko‘maklashish: barqaror rivojlanish qadriyatlarini hamda biznesga ekologik,
ijtimoiy va korporativ boshqaruvni joriy etish” forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 70 dan ortiq
kompaniya ishtirok etdi. Forum BMTning
O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan BMTning
Global kelishuvi va Barqaror biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha BMT
koalitsiyasining ta’sischi a’zolari, jumladan Artel Electronics, Korzinka supermarketlar
tarmog‘i va Silverleafe paxta klaste
ri bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Xulosa qilganda, mamlakatimizda kompaniyalarning barqaror rivojlanishini baholovchi
ESG ijobiy reytingiga ega bo`lish uchun quyidagiyo`nalishlarga ahamiyat berishi lozim:
- sanoat korxonalariga investitsiyalarni jalb etish va tashqi iqtisodiy faoliyatni
rivojlantirishda ESGning dolzarbligi, xorijiy tajribada qo‘llaniladigan ESG tizimlari va
standartlari hamda ularni joriy etishning ilg‘or xorijiy tajribasini o`rganish;
- xalqaro moliya institutlari va reyting agentliklar
i tomonidan ESG ko‘rsatkichlari, ularni
hisoblash, saqlash va takomillashtirish usullarini o`rganish va O‘zbekistonning yirik sanoat
korxonalari o‘rtasida “ESG” tamoyillarini joriy etishning joriy holatini tahlil qilish;
- ESG hisobotlarini, ESG uchun xalqaro reytinglarni tayyorlash, yuritish va taqdim etish
tartibi, xususan, Moody's xalqaro reyting agentligi tomonidan amalga oshiriladigan reytingga
kirish tartiblarini o`rganish va joriy etish;
- davlat korxonalarida ESG tamoyillarini joriy etish darajasi, maqsadlari va rejalarini
o'rganish;
- ESG reytingini olish uchun davlat korxonalari foydalanishi mumkin bo'lgan ilg'or
xalqaro ESG amaliyotlari va reyting tizimlarini qo`llash;
211
https://lex.uz/ru/docs/-5947775
365
Do'stlaringiz bilan baham: |