Ilmiy tadqiqot markazi



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/329
Sana14.04.2023
Hajmi7,23 Mb.
#928209
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   329
Bog'liq
Moliya bozori Konferensiya to\'plam 05.04.2023

V SHO‘BA
 
ISLOM MOLIYASI, XULQ-ATVOR MOLIYASI VA MOLIYA BOZORIGA
OID BOSHQA YANGI YONDASHUVLAR
 
BIZNESDA ESG TAMOYILLARINI QO`LLASH- INNOVATSION IQTISODIYOTNING 
 MUHIM YO'NALISHLARIDAN BIRI SIFATIDA 
 
Raximova Dilnoza Davronovna 
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, stajor o`qituvchi 
Alimova Ruxsora Hamzayevna 
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, stajor o`qituvchi 
 
"Aktsiyadorlarimiz uchun uzoq muddatli qiymat yaratish va bir vaqtning o'zida inson va 
tabiiy resurslarimizning barqaror hayotiyligini ta'minlash bizning biznes falsafamizning muhim 
qismidir". 
Doktor Josef Ackermann Deutsche Bank AG guruhi Ijroiya qo'mitasi raisi
208
 
 
Insoniyat ko`p tarixiy bosqichlardan o`tib, so`nggi yuz yillikda sayyoramiz bilan o`zaro 
ta`siri atrof-muhitning haddan tashqari ifloslanishiga, iqlim sharoitlarining o`zgarishi, tabiiy 
muhitning tanazzulga uchrashi kabi ko`plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu 
muammolarni har bir sohada va tarmoqda ko`rishimiz mumkin. Oqibatda global isish va 
sovuq bo`lishi, kuchli zilzilalarning vujudga kelishi, agrar sohada yetishtirilayotgan 
mahsulotlarning turli kasalliklarga chalinishi, tabiiy resurslarning kamayib borayotgani, 
hayvonot olamining qirilib ketishi va insoniyatning tuzalib bo`lmaydigan dardga uchrashi kabi 
turli tabiiy ofatlarga olib kelmoqda. Butun dunyo bo'ylab davlat boshqaruv organlari va 
xususiy sektor vakillari yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarni tan olmasalar va ishlab chiqarish, 
xizmat ko`rsatish, iste`molning kam zararli barqaror tizimiga o'tmasa, jamiyat sivilizatsiyasida 
turli inqirozli holatlar paydo bo`lishi aniq. Bu holatlar iqtisodiy o`sishga o`z salbiy ta`sirini 
ko`rsatmay qolmaydi albatta.
2004 yilda BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan tomonidan birinchi marta zamonaviy 
shaklda ESG (Environmental, Social, and Corporate Governance) tamoyillari ishlab chiqildi. 
Kofi Annan yirik global kompaniyalar rahbarlariga bu tamoyillarni o‘z strategiyalariga, 
birinchi navbatda, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishga kiritishni taklif qildi. U 5
0 dan ortiq 
yirik moliya institutlarining rahbarlariga maktub yo‘llab, ularni BMT Global Shartnomasi 
shafeligida qo‘shma tashabbusda ishtirok etishga taklif qilgan. ESG atamasi BMT tomonidan 
tasdiqlangan PRI (Principles for Responsible Investment) Mas'uliyatli investitsiyalar 
tamoyillari tashabbusi tufayli keng tarqaldi. PRI tashabbusini qabul qilgan investorlar turli 
aktivlarga sarmoya kiritishda kompaniyalarning barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiqligini 
hisobga olish majburiyatini oladilar. Bunda ular atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv omillarini 
yaxshiroq hisobga olish moliya bozorlarining mustahkamlanishi va barqarorligiga yordam 
berishini tan oladilar. Ushbu yondashuv, shuningdek, BMTning 2030 SDG ga erishishdagi 
hissasini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Tashabbus ESGni kapital bozorlariga 
integratsiya qilish yo'llarini topishga qaratilgan edi. Ushbu tashabbus natijasi bo`lgan “Who 
Cares Wins” (“G`amxo`rlik qilgan g`olib”) deb nomlangan hisobot tayyorlandi. Hisobotda 
kapital bozorlariga ekologik, ijtimoiy va boshqaruv omillarini kiritish korxonalar uchun 
mantiqiy bo‘lib, yanada barqaror bozorlar va jamiyat uchun yaxshi natijalarga olib kelishini 
ta’kidlaydi.
208
http://documents.worldbank.org/curated/en/280911488968799581/Who-cares-wins-connecting-financial-markets-to-
a-changing-world



363 
Bizga ma`lumki, zamonaviy innovatsion iqtisodiyotning dolzarb masalalaridan biri 

bu 
kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro bozor tendentsiyalariga javob 
beradigan reytingga ega bo`lish hisoblanadi. Hozirgi kunda moliya bozorida kompaniyalar 
faoliyatini taqqoslaydigan bir qator ko`rsatkichlar tizimi mavjud. Trendda bo`lgan ESG 
(Environmental, Social, and Corporate Governance) - kompaniyalarning kelajakda rivojlanish 
yo`nalishlarini tanlashda uchta prinsip, atrof-muhitni himoya qilish, ijtimoiy siyosat va 
korporativ boshqaruv asosida belgilash kelajakda biznes uchun yangi imkoniyatlar manbai 
bo`lishi mumkin. Keng ma`noda tijoratni barqaror rivojlantirishda ESG tamoyillariga 
asoslanib faoliyat yuritayotgan kompaniyalar investorlar tomonidan faol qo`llab-
quvvatlanmoqda. Kompaniyaning yuqori ESG reytingi mavjudligi nafaqat investorlar uchun 
jozibador aktiv, balki mas'uliyatli ish beruvchi sifatida faoliyat yuritishi va mintaqaning 
ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlariga salmoqli hissa qo'shayotganidan dalolat beradi. 

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish