402
borilgan. Mamlakatimizda bu boradagi ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar hali yetarli darajada
bo`lmagani sababli, islom moliyasiga doir atamalar aksariyatimizga yangi tushuncha
hisoblanadi. Ammo so`nggi yillarda islom moliyasiga qiziqish ortib bormoqda. Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29-
dekabr kuni Oliy Mjlisga yo`llagan Murojaatnomasida “
Mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo`yicha huquqiy bazani yaratish
vaqti-soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot banki va boshqa moliya tashkilotlar
i jalb etiladi”,
degan so`zlari Islom moliyasini O`zbekiston bank-moliya tizimiga olib kirishda imkoniyatlar
yaratilishidan darak berdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, islom moliyasining joriy
etilishi budjetga qo`shimcha 100 mln AQSh dollari daromad keltirishi mumkin.Infratuzilma,
me`yoriy-huquqiy asos, omonatlarni
himoya qilish tizimi sustligi, fiskal, soliq va boshqa
majburiy to`lovlar bilan bog`liq to`siqlar O`zbekistonga Islom moliyasini tatbiq etishga
to`sqinlik qilmoqda.
Ammo ilk qadamlar qo`yilganini Islom Taraqqiyot banki guruhi tomonidan imzolangan
shartnomalar sonining ortib borayotganidan bilish mumkin:
-Moliya vazirligi 100 mln AQSH dollari;
-
ATB “Qishloqqurilishbank” 10 mln AQSH dollari;
-
ATB “Mikrokreditbank” 30 mln AQSH dollari;
-
ATB “Turon bank” 35 mln AQSH dollari;
-
ATB “Aloqa bank”15 mln AQSH dollari;
-
AITB “Ipak yo`li bank”15 mln AQSH dollari miqdoridagi shartnomalar.
ATB “Trast bank” islomiy
-moliyaviy xizmatlar ko`rsatish bo`yicha dasturiy ta`minotni
o`rnatish maqsadida Iordaniyaning “ICS FINANSIAL SYSTEM” Ltd kompaniyasi bilan bitim
imzoladi
254
.
Islom moliyasi tizimining kelib chiqish tarixi deyarli 15 asrlik muddatni qamrab oladi.
Islom moliyasi bugunga qadar 7 ta davrni bosib o`tdi. Payg`ambarimiz Muhammad Mustafo
(s.a.v.) davrlaridanoq pul munosabatlarida halollik, adolat mezonlariga
rioya etishga jiddiy
qaralgan. Zero, savdoda baraka bor degan gap bejiz emas. Ammo vaqtlar o`tishi, sivilizatsiya
natijasida hozirgi kunda amal qilinayotgan an`anaviy bank-moliya tizimi nisbatan ilgarilab
ketdi. Ammo O`zbekiston kabi aholisining 90% ortig`i musulmonlardan iborat davlat uchun
islomiy bank xizmatlari talabi hali qondirilmagan. Bunga bir necha sabablarni keltirish
mumkin:
- Islom moliyasini tashkil etishda yetarli qonunchilikning mavjud emasligi, ya`ni islom
moliyasi ham, an`anaviy bank tizimi ham pul muomalasi bilan bog`liq xizmatlarni ko`rsatsa-
da, ba`zi amaliyotlarini rad etadi. Masalan, ribo va g`orar
-Islomofobiya. Ushbu moliya tizim terrorizm va ekstrimizmga aloqador degan noto`gri
va salbiy qarashlarning mavjudligi;
-Yetarli, malakali Islom moliyasi bo`yicha kadrlarning mavjud emasligi.
-Firibgarlik xatari. Islom moliyasi tizimi joriy etilganda soxta moliyalahtirish tizimlari
vujudga kelishi va aholi ishonchini yo`qotish xavfi mavjudligi va boshqalar.
O`zbekiston aholisining aksar qismi musulmonlardan tashkil topgani uchun mamlakat
hududida islomiy moliya xizmatlarini joriy etish muvaffavqiyatli bo`lishi kutilmoqda. Bu bilan
bir qator ijobiy o`zgarishlar vujudga keladi:
-
aholining “yostiq ostida asrayotgan” pullari muomalaga chiqishni boshlaydi;
-
ribo ishtirokisiz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin, insonda “gunoh” dan
tiyilish hissi paydo bo`ladi;
- foyda ham, zarar ham teng taqsimlanadi, tijorat banklari zarar ko`rmaslik maqsadida
tadbirkor uchun “jon kuydiradi”, banklarning
sof foyda miqdori oshadi, tadbirkorlar soni
ortadi.
254
Islom moliyasi telegram kanali (04.11.2022 yil soni)