Ilmiy tadqiqot markazi



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet308/329
Sana14.04.2023
Hajmi7,23 Mb.
#928209
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   329
Bog'liq
Moliya bozori Konferensiya to\'plam 05.04.2023

«Mamlakatimizda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy 
etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqt
-soati yetib keldi. Bu borada Islom taraqqiyot banki 
va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi»
, deb ta`kidlab o`tdilar. 
Islomiy banklar mijoz talabi bilan ob`yektni qurib berishi, asbob-uskunalar, tovar, xom-
ashyolar olib berishi yoki ularni ijaraga berishi mumkin. Moliyalashtirish asosida savdo 
amaliyoti yotadi. Zamonaviy bank tizimida esa banklarning savdo amaliyotlarini amalga 
oshirish qonunchilik nuqtayi nazaridan mushkul bo‘lib, bunga soliq hamda bank faoliyatiga 
taalluqli me'yoriy-huquqi
y hujjatlar to‘sqinlik qiladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda islomiy moliya muassasalari yalpi aktivlari miqdori 
2,5 trillion dollarni tashkil etib, yiliga 15-
20 foizga o‘sib bormoqda.
248
https://kun.uz/uz/news/2019/07/31/islom-moliyasi-rivojlanish-bosqichlari-muammo-va-yechimlar#: 
249
https://yuz.uz/uz/news/ozbekistonda-islom-moliyaviy-xizmatlarini-joriy-etishning-vaqti-
keldi#:~:text=TurkiyaSHOAMIROVA 


400 
2020 yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi doirasida 
«O‘zbekistonda islomiy moliya mahsulotlari tahlili» bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot va 
uning doirasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, bank kreditlaridan 
foydalanmaslikning asosiy sabablari sifatida avvalambor, diniy qaras
hlar, kreditlar bo‘yicha 
yuqori foiz darajasi va kreditlashtirishning murakkabligi ko‘rsatilgan bo‘lib, agar mamlakatda 
islom moliya muassasalari tashkil etilsa, yuqoridagi so‘rovnomada ishtirok etgan 
qatnashuvchilarning aksariyati ushbu muassasa xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligini 
ta'kidlashgan. Hatto, an'anaviy banklar ham O‘zbekistonda islom moliya muassasalari tashkil 
qilish, moliya tarmog‘ida halol va shaffof raqobat yuzaga kelishi, natijada mamlakatga 
sarmoyalar oqimi o‘sishi va diversifikatsiyasiga olib kelishi haqida o‘z fikrlarini bildirgan.
250
O‘zbekiston Islomiy moliya sohasida katta salohiyatga ega. Shundan kelib chiqib yaqinda 
2023-yilning 14-16-
mart kunlari mamlakatimiz poytaxtida “AlHuda” Islom bank ishi va 
iqtisodiyoti markazi 
tomonidan O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi va O'zbekiston Lizing 
beruvchilari Assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etilgan Uchinchi MDH davlatlari Islom 
bankchiligi va moliyasi f
оrumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir MDH davlatlarida Islom bank ishi va 
moliyasining f
oydalanilmagan bozorini o‘rganish, sug‘urta (takaful) va islom obligatsiyalari 
(sukuk) bo‘yicha xabardorlikni oshirish va e’tirof etish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda 
Islom moliyasi mahsulotlarining turlari va mohiyati, ularning an’anaviy bank xizmatla
ridan 
farqi va o‘xshashliklari, shu bilan birga yurtimizda islom moliyasini joriy etish bo‘yicha olib 
borilayotgan ishlar va boshqa masalalarni muhokama qilindi. 
O’zbekistonda islom moliyasini tashkil etish bo’yicha quyidagilar yechim bo’lishi 
mumkin:

avvalo mamlakatimizda alohida markaziy islom bankini tashkil etish; 

mukammal bo’lgan huquqiy
-
asosiy bazani yaratish bo’yicha ommaviy muhokamaga 
quyish;

islom banklarida shar’iy kengashlarni va turli xalqaro muvofiqlashtiruvchi markazlar 
(idoralar) tashkil qilish;

Ushbu sohada istiqbolli kadrlarni oliy ta’lim tizimida alohida yo‘nalishlar ochgan 
holda tayyorlash; 

Ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlaridan keng foydalanilgan holda 
aholining savodxonligini oshirish; 

islom bank-moliya tizimini joriy etgan va islom moliyasi rivojlanishi uchun 
mustahkam asos yaratgan mamlakatlarning muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar bilan keng 
ko’lamdagi sherikchilik aloqalarini bog’lash. 
Xulosa qilib aytganda, har bir inson o‘zining e’tiqodidan kelib chiqqan holda moliy

xizmatlaridan foydalanishga haqli va hozirgi kunda dunyo bo‘ylab an’anaviy moliya 
xizmatlariga alternativ yechimlar yaratilgan zamonda yashayapmiz. Ya’ni, islom moliyasi 
xizmatlari shariat qoidalariga asoslangan va ularga ribo aralashmaydi. Shuningdek, 
o
‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida islom moliyasi aktivlari yildan
-
yilga ko‘payib borayotganini 
ko‘rishimiz mumkin. Umuman olganda, islomiy moliya xizmatlaridan foydalanish bir 
tomondan foydalanuvchi e’tiqodini hurmat qilish bo‘lsa, ikkinchi tomondan jamiya
tda axloqiy 
me’zonlarni ushlab turishdir, uchinchi tomondan esa katta moliyaviy mablag’lar jalb 
qilishning bir usulidir. Islom moliyasi kirib kelish bilan bir qatorda mamlakatimizda Oliy 
talim 
tashkilotlarida,,Islom 
moliyasi 
va 
iqtisodiyoti’’yonalishi 
bo’
yicha 
kadrlar 
tayyorlanmoqda. 
Qolaversa ,,Islom akademiyasi” ,,Xadis ilmi markazi’’ ,,Mir Arab oliy 
madrasasi’’ kabi yirik islomiy ta’lim tashkilotlari ham faoliyat yuritmoqda.
250
https://kun.uz/uz/news/2020/12/29/ozbekistonda-islom-moliyasi-xizmatlarini-joriy-qilish-vaqti-keldi-shavkat-
mirziyoyev#:~:text=%C2%ABO%E2%80%98zbekistonda%20islom%20moliyasi%20xizmatlarini%20joriy%20qilish%20va
qti%20keldi%C2%BB%20%E2%80%93%20Shavkat%20Mirziyoyev 


401 

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish