Ilmiy tadqiqot markazi


MOLIYA BOZORI ELEKTRON SAVDO TIZIMLARI VA ULARNING FAOLIYATI



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/329
Sana14.04.2023
Hajmi7,23 Mb.
#928209
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   329
Bog'liq
Moliya bozori Konferensiya to\'plam 05.04.2023

MOLIYA BOZORI ELEKTRON SAVDO TIZIMLARI VA ULARNING FAOLIYATI 
 
Sharofiddinov Nozimjon O‘ktam o‘g‘li,
 
GulDU, iqtisodiyot yo‘nalishi
 
 
Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, 
borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o‘z muhitiga ega 
munosabatlar va institutlar majmuasi sifatida namoyon bo‘luvchi murakkab tizim ekanl
igi 
aniq bo‘lmoqda. 
Bunda moliya bozorlari na- faqat milliy iqtisodiyot, balki global iqtisodiyot 
rivojini belgilamoqda.
Moliya bozori savdo tizimlari 

moliyaviy instrumentlarning (pul, kreditlar, valyuta, 
qimmatli qo
g‘
ozlar) bozor muomalasi jarayonlarini tashkillashtiruvchi shakllar, usullar va 
normalar (tegishli tartib-qoidalar, qonuniy 
me‘yoriy hujjatlar), traditsiyalar, tamoyillar hamda 
ushbu jarayonlarni normal kechishiga xizmat ko‘rsatuvchi professional qatnashchilar 
majmuasidan iborat murakkab savdo industriya sifatida tashkillashgan bozor mexanizmi.
Moliya bozorining savdo tizimlarini moliyaviy instrumentlar turi bo‘yicha quyidagicha 
ajratish mumkin:
-
qimmatli qog‘ozlar savdosi tizimlari;
-
pul vositalari (masalan, plastik kartochkalarning turli hillari) va valyuta (xorijiy EKV) 
savdosi tizimlari;
-
kreditlar savdosi tizimlari;
-
sug‘urta instrumentlari (polislari) savdosi tizimlari;
-
moliyaviy (valyuta) qiymatga ega bo‘lgan antikvariat va yuvelir buyumlari
qimmatbaho metall va toshlar hamda noyob (kamyob) elementlar (radiaktiv) savdosi 
tizimlari.
Pul vositlari savdosi banklar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda banklarning 
mahsulotlari savdo markazlari (uylari) ham bo‘lishi mumkin.
Valyutalar savdosi tizimi misolida 
FOREX
xalqaro elektron tizimini va valyuta 
almashtirish shahobchalari majmuasini keltirish mumkin.
Kredit resurslari banklararo kredit bozorlarida savdo qilinadi, banklar va kredit 
tashkilotlarida (ittifoqlarida) oldi-berdisi amalga oshiriladi.


322 
Sug‘urta polislari sug‘urta kompaniyalari tomonidan anderrayterlar va agentlar 
yordamida sotiladi.
Valyuta qiymatiga ega bo‘lgan antikvariat va yuvelir buyumlari maxsus auksionlarda 
savdo qilinadi. Bunda lombardlar ham ishtirok etadi.
Qimmatbaho metall va toshlar hamda noyob elementlar maxsus auksionlarda savdo 
qilinadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida va uning savdo tizimlarida turli bitimlar tuziladi. Bunday 
bitimlar doirasida turli operatsiyalar bajariladi.
Investorlar tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar birja bo
zorlari va birjadan 
tashqari bozorlarda qayta sotilishi mumkin. Investorlar qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni 
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari orqali ham, mustaqil holda ham amalga 
oshirishlari mumkin.
Fond birjalari, fond bo‘limini tashkil qilgan boshqa birjalar va qimmatli qog‘ozlar bilan 
birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi savdolarida tuzilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha 
bitimlar ular tomonidan tasdiqlangan va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha 
vakolatli 
davlat organi bilan kelishilgan qoidalarga asosan ro‘yxatga olinadi. 
Fond birjalari qimmatli qog‘ozlar narxini kotirovkalashni bitim narxini, qimmatli qog‘oz 
kursini, qimmatli qog‘oz bo‘yicha talab va taklif narxini qayd qilish, narxlarning eng baland va 
eng past darajalarini aniqlash orqali amalga oshiradilar.
Narxlarni emitentlarning o‘zlari kotirovkalashiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Umuman olganda, qimmatli qog‘ozlar bozorida savdo operatsiyalari to‘rt bosqichda 
amalga oshirilishi mumkin:
-bitishuvni (Shartnomani) tuzish;
-tuzilgan bitishuv parametrlarini tekshirish (solishtirish);
-
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha kliringni amalga oshirish;
-
bitishuv talablarini ohirigacha ijro qilish (to‘lovni amalga oshirish va qimmatli 
qog‘ozlarni yangi
egasiga berish). Ushbu bosqich hisob-kitob tizimi tomonidan amalga 
oshiriladi.
Savdo tizimlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
-har bir savdo qatnashchisiga bozordan alohida joy ajratib berish;
-narx-navoning muvozanat va obyektiv darajasini arbitraj asosida aniqlash;
savdo jarayonida taraflar tomonidan savdo ijrosini aniq, to‘liq, o‘z vaqtida va 
kafolatli bajarilishini ta‘minlash;
-savdolarni ochiqlik va oshkoralik asosida tashkillashtirish;
-savdo qatnashchilari tomonidan normalarga va kodek
siga rioya qilinishini ta‘minlash.
Savdo tizimlarining funksiyasi 

bu o‘zi orqali moliyaviy resurslarni samarali va obyektiv 
narxlarda iqtisodiyot subyektlari o‘rtasida taqsimlanishini va qayta taqsimlanishini 
ta‘minlash.
Birja tovari 

birja savdosi 
obyekti bo‘lib, uning sifatida turli standartlangan va 
sertifikatlangan tovarlar bo‘lishi mumkin, masalan, qimmatli qog‘ozlar, homashyolar, mulk, 
kredit, valyuta va h.k.
Savdo tizimlari tomonidan tovarlarga ma‘lum talablar qo‘yiladi: standartlilik, bir h
il sifat 
(sertifikatlangan), bir tovarni boshqa partiyadagisi bilan almashuvchanligi, tovarning miqdor 
o‘lchamliligi.
Savdo mexanizmi tovarning obyektiv narxini (bahosini, kotirovkasini) talab va taklifga 
bog‘liq tarzda belgilaydi.
Umuman olganda, moliya bozori savdo tizimlari tovarlarning sifat darajasini bozor 
savdosi qatnashchilari tomonidan savdo jarayonida barqarorligini ta‘minlanilishini 
tartiblashtiradi.
Fond birjasida savdolar sessiyalar bilan o‘tkaziladi. Bu degani, bir vaqtning o‘zida 
birjad
a har hil turdagi qimmatli qog‘ozlar bilan savdo o‘tkazilmaydi. Masalan, banklar 


323 
aksiyalari uchun alohida sessiya belgilanadi, obligatsiyalar bo‘yicha esa boshqa sessiya 
o‘tkaziladi va h.k. 
Savdo boshlanishiga odatda qimmatli qog‘ozlar kurslari ma‘lum bo‘
lib, ularning strat 
kursini kotirovka komissiyasi e‘lon qiladi. Keyin esa savdo boshlanadi. 
Savdo turli usullarda o‘tkazilishi mumkin, masalan: 
 
-
guruhli, ya‘ni kun davomida sotish va sotib olish uchun talablar jamlanib, bir kunda bir 
yoki ikki marotaba 
birja savdosiga qo‘yiladi;

uzluksiz, ya‘ni sotish va sotib olishga bo‘lgan talablar uzluksiz solishtirib boriladi, agar 
ular mos kelsa, unda savdo sessiyaning istalgan vaqtida sodir etilishi mumkin.
Birja zalida savdo odatda auksion shaklida amalga oshiriladi. Talab va taklifning kichik 
miqdorida oddiy auksion sotuvchi (sotuvchi auksioni) yoki sotib oluvchi (haridor auksioni) 
tomonidan tashkillashtiriladi. Oddiy auksion ingliz turi bo‘yicha tashkillashtirilishi mumkin, 
agar sotuvchilarsavdo bo
shlanishiga qadar qimmatli qog‘ozlarini boshlang‘ich narxda sotuvga 
qo‘ysa. Auksion jarayonida raqobat asosida berilgan eng yuqori narxda sotuv amalga 
oshiriladi.
Gollandcha auksionda boshlang‘ich narx yetarlicha yuqori miqdorda qo‘yilib, auksion 
savdosi jarayonida ketma-ket pasaytirilib boriladi toki, haridorlardan biri taklif qilingan 
ohirgi narxga rozilik bildirmagunicha davom etadi. 
Elektron savdo tizimi 

bu tovarlarning (savdo obyektlarining) birjadan tashqari 
savdosini tashkiliy vositalar va ahborot texnologik kommunikatsiyalar majmuasi yordamida 
bir butun informatsion fazoda tashkillashtiruvchi tashkiliy huquqiy shaklda (yuridik shaxs 
maqomida) tuzilgan murakkab tarmoqlangan savdo tizimi bo‘lib, o‘z qatnashchilariga 
shartnoma tuzish, tuzilgan shartnoma parametrlarini tekshirish, kliringni (hisob-kitobni) 
amalga oshirish, bitishuv talablarini ohirigacha ijro qilish (to‘lovni amalga oshirish va 
qimmatli qog‘ozlarni yangi egasiga berish) bo‘yicha qulay va yetarli imkoniyatlarini beruvchi 
tashkillashgan bozor mexanizmi.
Bunda savdo qatnashchilari bir-birlari bilan virtual informatsion, uzluksiz savdo 
rejimida real tovarlar savdosi muomalasiga kiradilar. Ushbu tizimda turli hil tovar (jumladan 
qimmatli qog‘ozlar) muomalada bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog
‘ozlar bo‘yicha birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining faoliyati 
deganda, investorlarga vositachilarni yollamasdan turib savdolarda qatnashish imkoniyatini 
beruvchi arizalar qabul qilish punktlari, maxsus kompyuter savdo tizimlaridan 
foydalanishning 
belgilangan qoidalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil qilish 
faoliyati tushuniladi.
Birjadan tashqari listing - 
qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdoga ularni 
birjadan tashqari byulleteniga kiritgan xolda, savdoga qo‘yishdir. 
Bir
jadan tashqari savdolar tashkilotchisi qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda 
o‘tkazilayotgan savdolarning oshkoraligi va ommaviyligini ta‘minlashi lozim.
Elektoron savdo tizimi faoliyati o‘ziga quyidagi bosqichlarni kiritadi:
-tizimga kirish va uni himoyasi;
-
savdo obyekti to‘g‘risidagi bozor informatsiyasini ko‘rib chiqish (kuzatish); 
-tizimga bitishuvlarni sodir qilishga talablarni (buyruqlarni) kiritish;
-uzluksiz savdo rejimija bitishuvlarni tuzish;
-buyruqlar hisobi kitobini yuritish;
-
tizimdan foydalanuvchilarga bitishuvlar to‘g‘risidagi informatsiyani tarqatish; 

har bir bitishuv bo‘yicha tizimning faoliyatini nazorat qilish. 
Elektron savdo tizimlarining ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-savdo operatsiyalarini kunning istalgan vaqtida amalga oshirish imkoniyati;
-jahon fond bozorlariga turli regionlardan brokerlarning maksimal kirishi;
-nisbatan kichik miqdordagi operatsion harajatlar;
-
savdoda qatnashchilari to‘g‘risidagi informatsiyani yuqori darajada 


324 
mahfiyligi (konfidentsialligi);
-traditsion birja savdosidan farqli (odatda haridorning birgina qulay narxi va 
sotuvchining narxi), bir vaqtning o‘zida bir necha qulay narxlarni ko‘rish imkoni mavjud.
Elektron savdo tizimlarining keltirilgan ijobiy tomonlariga qaramasdan ular hozircha 
to‘laligicha amalga oshirila olinmayapti, natijada elektron bozorlarning likvidlilik darajasi 
nisbatan pastroq bo‘lib qolmoqda. Bunda quyidagilarni to‘siq sifatida ko‘rsatish mumkin:
-
elektron savdo dilerlarning o‘z operatsiyala
rida kontragentlari bilan ish yuzasidan 
mulohaza qilishiga asoslangan professional intuitsiyasini to‘liq ishlatishiga qiyinchilik 
tug‘dirmoqda;
-
buyruqlarning qo‘shimcha shartlarini hisobga olish imkoni yo‘qligi, ba‘zan esa bitishuv 
ijrosiga buyruqlarni t
o‘htatish mumkin emasligi.
-
tizimda sotiladigan qimmatli qog‘ozlarning risklilik darajasini nisbatan yuqoriligi.
Ko‘rsatilgan kamchiliklarga qaramasdan, elektron savdo tizimlari jadal rivojlanib 
bormoqda.
Hozirda, jahon savdo amaliyotida ellikdan ziyod turli hil elektron savdo tizimlari mavjud 
bo‘lib, ularning yarmisi fyucherslar savdosiga xizmat qiladi. 

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish