Ilmiy bilish klassifikatsiyasi
Ilmiy bilimlar quyidagicha tasniflanadi:
1. Bilim sahalari bo’yicha: tabiiy fanlar, texnik fanlar, jamoat fanlar va shu kabilar.
Ilmiy fanlar bo’yicha: fizika, kimyo, matematika, materiallar qarshiligi, nazariy mexanika, dehqonchilik mexanikasi va shu kabilar.
Ilmiy faoliyat natijasi bo’yicha: publikatsiya(kitob, maqola), mualliflik potenti, yaratuvchilik ishlari va shu kabilar.
Ilmiy faoliyat bu ilmiy ish yoki mehnat, yangi bilim olish, o’zlashtirish, qayta ishlash, sistemalashtirishga aytiladi. Ularning natijalari quyidagi blgilarda namoyon bo’ladi:
yangilik va o’ziga xosligi bilan
noyobligi (unikalligi), takrorlanmasligi. Ilmiy mehnat natijasi hamisha log’iz bo’ladi u
takrorlanmaydi va har biri noyobdirShuning uchun ham shug’ullanayotgan kishi o’zidan oldingilaridan xabardor bo’lishi shart.
extimollik xarakteri va tavakkalligi. Bular har qanday ilmiy ishda mavjuddir. Xech qachon oldindan aytish qiyin hamisha teskari chiqish xatari mavjud.
Ilmiy faoliyat tasnifi (Klassifikatsiyasi)
1. Maqsadi bo’yicha: nazariyani rivojlantirish, yangi texnika ishlab chiqish, texnologiyani mukammallashtirish va h k.
2. Ilmiy ishlar ko’rinishi bo’yicha: fundamental va joriy (prikladnoy) tadqiqot ishlov.
3. Tadqiqot ishi diapozoni bo’yicha: fanga (ilmga), ilmiy muammoga, ilmiy temaga va temachaga, ilmiy savolga yo’naltirilgan.
4. Tadqiqot usuli bo’yicha: nazariy eksperemental arlash.
Ilmiy muassasa (ularning tabiiyligidan qatiy nazar) ilmiy asboblar, ilmiy tadqiqot (mehnat) ob’ekti tadqiqot predmeti, ma’lumot massivi va nihoyat ilmiy ishga mos sharoitlari bilan xarakterlanadi.
Zamonaviy ilm-fanning o’ziga xos chizgilari
Insoniyat hayotidagi hamma iqtisodiy, sotsial, siyosiy va madaniy sohalarda zamonaviy fan-texnika revolyutsiyasining jadallashib o’sib borishi borgan sari ulkanlashuvchi rol o’ynaydi. Ilmiy-texnik revolyutsiya ishlab chiqarish kuchlari va ilm-fanning rivoji bilan bog’liq bo’lgan tarixiy jarayondir. Bu murakkab dinamik Sistema u o’ziga ilm-fanni, texnikani va ishlab chiqarishni qamraydi. Bu sistemasida ilm-fan generatorlik qiladi, texnika ularning moddiy qo’llanilishini bajaradi, ishlab chiqarish esa texnikaning funksionirovat qiluvchi sohasi. Ilm-fanning rivojlanishi texnika texnilogiyada teran, revolyutsion o’zgarishlar olib keladi, bu tabiiyki moddiy ishlab chiqarishni ham revolyutsionlashtiradi. SHuning bilan birga ishlab chiqarishning ilm-fanga ta’sirini va xattoki kuchayishini ta’minlaydi, chunki u hamma moddiy baza bilan ta’minlangan.
Zamonaviy ilm-fanning xarakterli chizgisi (xususiyati) shundan iboratki u to’g’ridan to’g’ri ishlab chiqarish kuchiga aylanadi. Chunki texnik progress ilm –fanning yutuqlariga to’g’ridan-to’g’ri tayanadi. Albatta ilm-fanning hammasi ham faqatgina texnikagagina ishlayvermaydi. Umumiy hajmida xususiy tadqiqot anchagina o’rin egallaydi, bu esa o’z muammolarini yechadi. Xozirgi zamonda ilm-fan industriallashgan. Ikkinchi xarakterli chizgisi (xususiyati) masshtabliligi (qamrovliligi). Ilmiy tadqiqot turini va muddatini nisbatan erkin tanlovchi yolg’iz tadqiqotchilar o’rniga ko’plab odamlar keldiki, ular qudratli texnik bazaga tayanadi va ularning ilmiy ishlari rejalashtiriladi va boshqariladi.
Uchinchi xarakterli belgisi (xususiyati) zamonaviy ilm-fan rivojining keskin tezlashib ketganligi bu ilm-fanning uzi ichidagi differensiyasining rivojlanishiga olib keladi. U esa o’z navbatida tadqiqotning tor va terang soxtalashtirilishiga olib keladi. Undan tashqari yig’iladigan bilimlar hajmining o’ta o’lkanlashishiga olib keladi, oqibati ilmiy ma’lumot berishning bilimlar xajmining o’ta ulkanlashishiga olib keladi, oqibatda ilmiy ma’lumot berishning yangi masshtab va sestema shakllarini talab qiladi.
Zamonaviy fanda bo’laklanish bilan birga uning teskarisi xollari ham yuz beradi, ya’ni nafaqat yondosh fanlar <>, bir biridan uta uzoq bo’lgan fanlarda ham. Bular qatoriga iqtisodiyot va matematika, mashina traktor parkidan foydalanish va matematik logika va shu kabilar. Bu turtinchi xarakterli chizgisi- fanlarning tig’is birgalikda ta’siri. Bu ayniqsa matematik usullarning o’ta har xil aniq fanlarga xattoki gumanitar fanlarga ham o’ta chuqurlashib kirib borishida yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Beshinchi chizgisi bo’lib tadqiqot obektini sistemali urganish ham kirib keldi. Bu degan so’z keng qamrovli tadqiqot ob’ektini sistemali urganish ham kirib keldi. Bu degan so’z keng qamrovli tadqiqot bo’lib, funksionaldir.
Shunday qilib bu chizgilarni quyidagicha yig’iladi:
Ilm-fanning to’g’ridan to’g’ri ishlab chiqarish kuchiga aytiladi
Masshtablikligini va passivligini.
Ilm-fan rivoji tempining tezlanishi.
Har xil fanlarning birga ta’siri va o’zaro qorishib ketishi.
Ilmiy tadqiqotga va uning ob’ektiga sistemali yondashishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |