Ilmiy tadqiqot ishi hisoboti


Shaftolini quritish usullari va texnologiyasi



Download 1,91 Mb.
bet5/10
Sana20.06.2022
Hajmi1,91 Mb.
#685166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
quritish

Shaftolini quritish usullari va texnologiyasi.

Shaftolining lupchak turidan — ―Lupchak shaftoli, ―Obilniy, ―Lola, ―Sariq lupchak, tukli shaftolilardan — ―El-berta, ―Samarqand, ―Snejniy, ―Standart, ―Farhod va boshqa navlari quritiladi. Qoqi qilishning texnologik jarayoni — uzish, tashish, saqlash, navlarga ajratish va kalibrlash, yuvish, qaynoq suvga pishish, dudlash, quritish, namini baravarlash, joylash va saqlab qo‘yishdan iborat. Shaftoli o‘z naviga, shakli ga xos maksimal quruq moddalarga ega bo‘lgan yiriklashgan va rang kirgan paytda uziladi. Mevalarning eti tig‘iz bo‘lishi lozim. Pishib quritishga yaraydi. Ammo bunday mevalar xom ashyo saqlanadigan maydonchada turgan paytda pishib yetilishi lozim. Bunday shaftolidan yaxshi qoqi olinadi.


Shaftoli asosan avtomashinalarda yoki ressorli aravachalarda 10-12 kilogramli qutilarga solib tashiladi. Agar ustma-ust ortiladigan bo‘lsa, ularga ortiqcha shaftoli solinmaydi. Mevani urintirmay ehtiyotkorlik bilan tashish lozim. Yuk ortish va tushirishda panshaxali avtoyuklagichdan foydalaniladi. Unga o‘rnatilgan taxtalar ustiga qutilar qo‘yiladi. Meva solingan qutilar xlorli ohakning 0,5-1,0 % li eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi. Keyin toza suv bilan chayib quritiladi. Olingan xom ashyoni imkoni boricha tezroq qayta ishlanishi lozim. Ammo, yaxshi yetilmaganiga ko‘ra, uning bir qismi saqlab qo‘yiladi. Shaftoli qutilarga so -linib, bostirma yoki shamollatib turiladigan binoda balandligi 1,5 me-trli shtabellarda saqlanadi. Ular orasida ochiq joy qoldiriladi.
Yeyishli bo‘lgan mevalarni ko‘pi bilan 16 soat, yetilishiga 3-4 kun qolganida uzilganlarini 3-4 kungacha saqlash mumkin. Shtabellarga mevaning navi, uzilgan payti, hashorat va kasalliklarga qarshi dorilanganligi xususida yorliqlar osib qo‘yiladi. Qayta ishlashda mevalarning quritish maydo nchasiga qachon keltirilganligiga katta e’tibor berish kerak.
Hosilni quritishga tayyorlashda navlarga ajratish, katta-kichikligiga qarab xillash katta ahamiyatga ega. Xom ashyo ajratilganda undan turi va rangi bir xil mahsulot olinadi. Mevalar katta-kichikligiga qar ab har xil tartibda tozalanadi. Bundan tashqari qaynoq suvda pishib olinadi, quritish muddati ham har xil bo‘ladi.
Bizning Respublikamiz iqlim sharoitida meva va sabzavotlarni uzoq vaqt tabiy sharoitda saqlash ular sifatini pasayishi, fizik og‘irligini kamayishiga olib keladi. Shuning uchun ham meva va sabzavotlarni quritish muhim ahamiyatga ega. Quritilgan mahsulotlarni yuklash-tushirish, saqlash uchun juda qulay, shu bilan birga bu mahsulotlar nafaqat uy sharoitida balki har xil ekspeditsiyalar va yo‘lovchilar uchun ham bebaho, sifatli mahsulotdir.
Respublikamizning iqlim sharoitining harorati yuqori havo namligi past bo‘lishi meva va uzumni oftobda quritish uchun juda qulay bo‘lib hisoblanadi. Oftobda quritilgan mahsulot, sun’iy quritilganiga nisbatan sifati bo‘yicha juda yuqori baholanadi.
Uzum va mevani oftobda quritish uchun ochiq joyda maxsus jihozlangan quritish maydonlarini tayyorlash zarur. Quritish maydonlarini to‘g‘ri tanlash mahsulot tannarxining pasayishiga hamda mahsulot s ifatining yaxshilanishiga ta’sir etadi. Quritish punktlari bor va tokzorlarga yaqin joyda tashkil qilinadi. Quritish maydonining sathi quritiladigan mevaning turiga, har bir kvardat metrga joylashtiriladigan miqdoriga bog‘liqdir. Masalan, agar quritish uchun har kuni 10 tonnadan mahsulot kelib tushsa va har kvadrat metrga 10 kilogrammdan quritishga joylashtirilsa, butun mavsum davomida shuncha mahsulot uchun 10000 metr kvadrat yoki quritish maydoni talab etilar ekan.
Quritish maydonining har bir kvadrat metriga tilimlab kesilg an olmadan 5-8 kg, olxo‘ridan 14-16 kg, olcha va gilosdan 8-10 kg, ikkiga bo‘lingan o‘rik yoki shaftolidan 10-12 kg, uzumdan 12-15 kg dan joylashtirish mumkin.
Quritish muddati mahsulot turi va quritish usuliga qarab ham birmuncha farq qiladi. Masalan, ikkiga ajratilgan o‘rik 5-10 kunda, butunligicha qo‘yilgan o‘rik 10-15 kunda, ikkiga ajratilgan shaftoli 8-12, uzum 20-25 (dorilanmagani), ishqor bilan ishlov berilgani esa 6-10 kunda qurib tayyor bo‘ladi.
Quritishdan oldin yirik-maydaligiga, pishish darajasiga qarab sortlarga ajratilgandan keyin, dudlashdan oldin tukli shaftolilar ishqor eritmasi bilan ishlov beriladi. Shundan keyingina po‘stini ajratish yengillashadi. Sortlarga ajratilgan shaftolini patnislarga 2-4 kg dan solinib 1-3% li kaustik soda eritmasida 30-90 sekund saqlanib, keyin sovuq suv bilan yuvish tavsiya etiladi. So‘ngra po‘stidan ajratilgan mahsulot ikkiga ajratilib danagi olingandan keyin ichki tomonini yuqoriga qaratgan holda patnislarga qo‘yilib dudlashga o‘tkaziladi.
Po‘stidan ajratilgan hamda danagi olingan shaftoli butun holida po‘ sti bilan kuritilganga nisbatan 2-3 baravar tezroq quriydi. Dudlash har kilogram mahsulot uchun 1-1,5 gramm oltingugurt hisobida 60-80 minut davomida o‘tkazilishi lozim. Yirik donali shaftolilar uchun oltingugurt me’yorini biroz oshirish yoki dudlash vaqtini uzaytir ish mumkin. Dudlangan shaftolilar patnislarda quritish maydonchasidagi so‘kchaklarga qo‘yiladi. Quritishni tezlashtirish uchun shaftolilar har 2-3 kunda ag‘darib chiqiladi. 5-7 kun o‘tgandan keyin, ya’ni qoqi namining 2/3 qismi kamayganda patnislar soya joyda ustma –ust qilib taxlab oxirigacha quritiladi. Quritish 12-22 kun davom etadi. Quritilgan mahsulot tarkibidagi namlik 18% dan yuqori bo‘lmasligi lozim. Qoqi qo‘lga olib ezilganda egiluvchan, ammo sinmaydigan, ichida nam qolmagan bo‘lsa, tayyor hisoblanadi.
Shaftoli qoqining qanddorligi 50-65%, kislotaliligi 3,0-5,0%, quruq mahsulot chiqishi 15-22% atrofida bo‘lishi mumkin.




    1. Download 1,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish