Ilmiy tadkikot metodologiyasi fanidan mustaqil ish mavzulari


Muammoli vaziyatni belgilash fikrlashga doir harakatni, amalni, mulohazalarni yoyishning boshlang ‘ich asosi hisoblanadi



Download 28,91 Kb.
bet7/8
Sana13.07.2022
Hajmi28,91 Kb.
#786066
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ilmiy tadq. met

Muammoli vaziyatni belgilash fikrlashga doir harakatni, amalni, mulohazalarni yoyishning boshlang ‘ich asosi hisoblanadi. O‘rganilayotgan maqsadlarda kerakli axborotning va insonning bilimlari tegishli ma’lumotlar olishga etishmasligi vaziyatning noaniqligini kuchaytirib yuboradi. Oqibatda esa, izlanuvchi o‘z maqsadiga yetaklovchi ko‘plab muqobilliklarga duch keladi. Muammoli vaziyat shaklan subyektiv, biroq mazmuniga ko‘ra obyektivdir. Amalda u tadqiqotchi oldida kuzatishlar va eksperimentlaming empirik bilimlar - dalillar va qonunlar shaklida ifodalanuvchi yangi natijalari bilan o‘z tasdig‘ini topgan nazariy bilimlarning birikuvi ko‘rinishida yuzaga keladi. Ko‘pincha muammoli vaziyat jamiyatning amaliy yoki nazariy manfaatlari nuqtai nazaridan о‘zini Muammoli vaziyatning pirovard negizi amaliyot hisoblanadi. Bizning obyekt haqidagi bilimlarimiz yetarli emasligi ayon bo‘lib, ≪salbiy≫ natijalar olinadi, amaliyot yangi muammolaming yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunda fan nisbatan mustaqillikka, o’z rivojlanishining ichki mantiqiga, o’z ichki qarama-qarshiliklariga ega ekanligi, bu omillar ham muammoli vaziyatlami yuzaga keltirishini
unutmaslik lozim.
Mavzu: Ilmiy tadqiqotda ratsionallik va irrotsionallikning oʼrni
Ilmiy tadqiqot faoliyatida ratsionallik va irratsionallik. Obyektiv borliqni biz yaratmaganmiz, shu sababli biz borliqdan va uning obyektiv qonunlaridan kelib chiqib, o'zimizning o‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarimizni qondirishga qodir bo‘lgan o‘z ≪insoniylashtirilgan≫ tabiatimizni yaratamiz. Shu ma’noda biz dunyoga o’z sezgilarimiz va aql-idrokimizni kiritamiz, lekin bunday kiritishni biz tabiat va amaliy harakatni aniq maqsadga muvofiq bo’Igan, o’zlashtirilgan bilimlami hayotga tatbiq etish imkoniyatini beradigan tarzda amalga oshiramiz.
Bilish bilimsizlikdan bilimlilikka, bir bilimdan yanada chuqurroq bo'lgan boshqa bilimga o'tish sifatida amalga oshiriladi. Bu jarayon bir-biri bilan bog‘langan ko‘p sonli holatlar va jihatlardan tarkib topadi. Sezgilar va bilimning o‘zaro nisbati haqidagi masala xususida falsafa tarixida ikki nuqtai nazar - sensualizm va ratsionalizm mavjud bo'lgan. Birinchi nuqtai nazarga ko‘ra, haqiqatning tagiga etishning birdan-bir manbai va vositasi sezgilar hisoblanadi. J.Lokk sensualizm tarafdori bo‘Igan.
Ikkinchi nuqtai nazar tarafdorlari (Dekart, Leybnits, Gegel) fikriga ko‘ra, umumiy va zaruriy haqiqatlar faqat tafakkuming o‘zidan olinishi mumkin. Ikkala nuqtai nazar ham tor, bir yoqlamadir. Bilish faoliyatining rivojlanish jarayoni hissiylik va ratsionallik bir biri bilan bog‘Iangan va bir-birini taqozo etishini, o‘z faoliyat va rivojlanish jarayonida ular birbiriga o‘tishini ko‘rsatdi. Ammo hissiy va ratsional bilishning yagonaligi ularning har birini o‘zining alohida ichki xususiyatlaridan mahrum etmaydi. Inson o‘zini qurshagan dunyo bilan o‘zaro aloqaga kirishganida uning sezgi organlari faoliyati hissiy bilish deb ataladi. Hissiy bilishning o‘ziga xos xususiyati uning konkretligi va predmetli xususiyatida namoyon bo‘ladi. Hayot faoliyati jarayonida insonning sezgi organlari signal sistemasi sifatida amal qiladi. Uning yordamida inson mazkur mehnat jarayoni amalda mavjud bo‘lgan qaysi narsalar majmui bilan o‘zaro aloqada yuz berayotgan bo‘lsa, ayni shu narsalar majmuiga nisbatan konkret vaziyatga qarab mo‘ljal oladi. Bunda hissiy bilish biron-bir umumiy bilim bermaydi, lekin konkret amaliy vazifalami yechishda kishilar maqsadga muvofiq ish ko‘rishlari uchun imkoniyat yaratadi.

Download 28,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish