Fan tushunchasining ma’nosi. Fan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida insoniyatning kundalik ehtiyojlariga javob sifatida paydo bo‘ldi. Ko‘p sonli ta’riflarga ko‘ra fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Bilim sifatida fan atrof-borliq narsalari va jarayonlarini amalda aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan. Faoliyat sifatida fan maqsadlarni belgilash, qarorlar qabul qilish, yo'l tanlash, o ‘z manfaatlarini ko ’zlash, mas’uliyatni tan olish maydonida amal qiladi. V.I.Vemadskiy fanning aynan faoliyat sifatidagi talqinini alohida qayd etgan edi: ≪Fanning mazmuni ilmiy nazariyalar, gipotezalar, modeller bo‘lib, u yaratuvchi dunyoning manzarasi bilan cheklanmaydi, uning negizi asosan ilmiy omillar va ulaming empirik xulosalaridan tashkil topadi, tirik odamlarning ilmiy ishi uning asosiy jonli mazmunini tashkil etadi». Faoliyat stfatidagi fan obyektivlik, aniqlik, haqiqiylik mezonlariga javob beruvchi blllmlar tizimi sifatida amal qiluvchi ilmiy bilim о ‘ziga erkinlik hududini ta 'mtnlashga, majkuraviy va siyosiy yo ‘nalishlarga nisbatan betarqf bo'lishga harakat qiladi. Olimlar o‘z umrini baxshida etuvchi haqiqat yo'lidagi izlanishlar hamma narsadan ustun turadi, fanning bosh omili va asosiy boyligi hisoblanadi. Fanning uchinchi - institutsional talqini uning ijtimoiy tabiatiga urg'u beradi va uning borlig‘ini ijtimoiy ong shakli sifatidamoddiylashtiradi. Umuman olganda, fanning institutsional ko‘rinishi bilan ijtimoiy ongning boshqa shakllari: din, siyosat, huquq, mafkura, san’at va hokazolar ham bog‘liq. Ijtimoiy institut yoki ijtimoiy ong shakli sifatidagi fan ilmiy tashkilotlar, ilmiy hamjamiyat a’zolari о‘rtasidagi o'zaro aloqalar tizimini, me’yorlar va qadriyatlar tizimini tashkil etadi. Biroq o‘n minglab va hatto yuz minglab odamlar o‘z kasbini topgan institute sifatidagi fan yaqin o‘tmishdagi rivojlanish mahsulidir. Zotan, faqat XX asrga kelib olim kasbi o‘z ahamiyatiga ko‘ra ruhoniy va qonunchi kasbi bilan tenglashdi. Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi fan ikki yo'nalishda davlat boshqarw tizimi va jamoa sifatidagi fanda namoyon bo ‘ladi. Davlat boshqaruvi tizimi sifatidagi fan bu universitetlar, ilmiy tadqiqot institutlari, laboratoriyalarida boshqaruvning davlat boshqaruvi darajasida amalga oshishini nazarda tutadi, jamoa sifatidagi fan esa bu kafedralar, bo‘limlarda ishlayotgan olimlar, xodimlar bo‘lib, ularga odamlaming tipik ko‘rinishiga xos bo‘lgan barcha fazilatlar va illatlar xosdir. Shu bois, jamoa sifatidagi fanda haqiqiy fan fidoiylari bilan bir qatorda munofiqlar, fikr o‘g‘rilari va amalparastlar ham faoliyat yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |