Ilmiy seminar ishi



Download 171,07 Kb.
bet1/6
Sana08.12.2021
Hajmi171,07 Kb.
#190126
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hisobot Temur111


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Magistratura bo`limi “Kimyo” ( fan sohalari bo`yicha) 1 – kurs

magistranti Rustamov Temur 2020 – 2021 – o`quv yilining

ILMIY SEMINAR ISHI

Mavzu : Magniy nitratining nikotinamid va nitrokarbamidli koordinatsion birikmalarining sintezi, tuzilishi va xossasi.

Mavzuning dolzarbligi va aktualligi. Dunyoda polidentat ligandlar asosida oraliq va ishqoriy-er metall ionlarining koordinatsion birikmalarini olish va ularning xossalarini aniqlash amaliy va nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bunday koordinatsion birikmalardan tibbiyot amaliyotida dorivor preparatlar, sanoatda biologik faol moddalar va qishloq xo’jalik ekinlarida esa yuqori va sifatli hosil etishtirishda ishlatiladigan kimyoviy preparatlar: stimulyator, pestitsid, mineral o’g’it, shuningdek defoliant va desikantlar sifatida foydalanish orqali yuqori samaradorlikka erishilmoqda. Jahonda yuqori samaradorlikka va kompleks ta’sir etish xususiyatiga ega bo’lgan stimulyatorlar sintez qilish sharoitlarini ishlab chiqishni rivojlantirish bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada o’simliklarning hosildorligini oshiruvchi, fiziologik jarayonlarini tezlashtiruvchi stimulyatorlar yaratish bo’yicha ilmiy echimlarni asoslash, jumladan magniy ionining polidentat organik ligandlardan amidlar bilan koordinatsion birikmalarini olish va sintez qilishning optimal sharoitlarini ishlab chiqish; ularning tarkibi va xossalarini aniqlash; ligandlarni markaziy ionga koordinatsiyalanishida va ligandlarni o’zaro o’rin olishida koordinatsion bog’ tabiati hamda sintez qilingan birikmalarning termik barqarorligini aniqlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Respublikamizda qishloq ho’jaligi sohasini rivojlantirish maqsadida mahalliy xom-ashyolar asosida yuqori samarali, import o’rnini bosuvchi, kam harajatli, o’simliklar o’sishini stimullovchi vositalar yaratish borasida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chikarish va ularni amaliyotda qo’llashga erishilmoqda. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasining uchinchi yo’nalishida « Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarishni izchil rivojlantirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustaxkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish» 1 ga qaratilgan muhim vazifalar belgilangan. Bu borada, jumladan, qishlok xo’jaligi ekinlarining hosildorligini oshiruvchi, ularning o’sishini tezlashtiruvchi va suvni tejovchi yangi turdagi arzon preparatlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi» Farmoni va 2017 yil 14 martdagi PQ-2831 son «Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-xuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning obyekti formamid, atsetamid, karbamid, tiokarbamid, nitrokarbamid va nikotinamidlari, magniy nitrati. Tadqiqotning predmeti magniy nitratlarning bir turli va aralashligandli koordinatsion birikmalarining tarkibi, tuzilishi, individualligi va fizik xossalari hamda biologik faolligi aniqlash. Tadqiqotning maqsadi magniy nitratini amidli hosilalar bilan bir turli va aralash ligandli koordinatsion birikmalarining sintezi, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: magniy nitratining atsetamid, karbamid, tiokarbamid, nitrokarbamid va nikotinamid bilan bir turli va aralash ligandli koordinatsion birikmalarini sintez qilish; sintez qilingan koordinatsion birikmalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini fizik-kimyoviy tahlil qilish; magniy nitratining bir va aralash ligandli koordinatsion birikmalarining elektron tuzilish geometriyasi, energetik parametrlari va reaktsion qobiliyatini kvant – kimyoviy usullar yordamida hisoblash; sintez qilingan birikmalarning biologik faolligi va zaharliligini tahlil qilish.


Download 171,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish