Ilmiy raxbar: ilmiy darajasi va lavozimi



Download 0,74 Mb.
bet2/2
Sana01.07.2022
Hajmi0,74 Mb.
#726058
1   2
Bog'liq
DONIYOR (1)

Kurs ishining maqsadi. Spektroskopiya (spektr va ... skopiya) — fizikaning elektromagnit nurlanish spektrlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Spektroskopiya usullari bilan atom, molekulalarning energiya sathlari, ulardan hosil boʻlgan makroskopik tizimlar va energiya satqlari orasidagi kvant oʻtishlar oʻrganiladi. Bular moddaning tuzilishi va xossalari toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar beradi.
Kurs ishining vazifalari. Spektrlar tahlili magnit maydonlarini ham oshkor qilishga imkon beradi. Nurlanuvchi atomlarga magnit maydon taʻsir qilganda chiziq yoʻldoshlar hosil boʻladi.
Kurs ishining obyekti. Spektral analizda keng qoʻllaniladigan spektrometrlar va spektrini aniqlanayotgan va tahlil qilinayotgan moddalar kurs ishining obyekti asosiy obyekti hisoblanadi.
Kurs ishining hajmi va tuzilishi. Kurs ishi anʻanaga koʻra kirish, I bob adabiyotlar sharhi, II bob tajriba qismi, III bob olingan natijalar tahlili, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborati boʻlib, Times New Roman bosma taboqda, 14 oʻlcham va 1,5 intervallarda yozilgan. Kurs ishida 10 ta grafik maʻlumot. Kurs ishining hajmi 25 sahifadan tashkil topgan. 14 ta adabiyotlar roʻyxatidan tashkil topgan.
  1. ASOSIY QISM

    1. Optik analiz usullari


Spektroskopiya materiya va nurlanish orasidagi bogʻliqlikni oʻrganuvchi ilmiy sohadir. Tarixan, spektroskopiya oq yorugʻlikning shaffof jismlardan oʻtayotib, toʻlqin uzunliklari turli boʻlgan ranglarga ajralishini kuzatishdan boshlangan. Keyinchalik ushbu konsept nafaqat koʻrinuvchi yorugʻlik, balki har qanday elektromagnit nurlanishning modda bilan oʻzaro taʼsirlanishini oʻz ichiga qamrab oldi. Spektroskopik maʼlumot odatda spektr yordamida beriladi.
Spektroskopiyaning paydo boʻlishi (I. Nyuton birinchi bor Quyosh nurlarini spektrga ajratgan vaqti) 1666 yillarga toʻgʻri keladi. Asosan, 19-asrning boshidan spektral sistematik ravishda oʻrganilgan. Spektroskopiya maʼlum belgilarga koʻra, mas, elektromagnit toʻlqinlarning toʻlqin uzunligiga koʻra radiospektroskopiya (radiotoʻlqin sohasi), optik spektroskopiya, rentgen spektroskopiyasi va h.k., tekshirilayotgan tizimlarning xiliga qarab atom spektroskopiyasi, molekulyar spektroskopiya va boshqa boʻlimlarga boʻlib qaraladi.
Atom spektroskopiyasi spektrlarni tahlil qilish yoʻli bilan atom elektronlari qobiqlarining tuzilishini aniqlash; spektral chiziqlarning oʻta nozik strukturasini oʻrganish orqali atom yadrolarining momentlari haqida maʼlumotga ega boʻlish; spektral chiziqlarning ravshanligi, yutilishi, kengayishi va surilishi orqali atomlar hosil qilgan muhitning xossalarini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Kristallar spektroskopiyasi da kristallardagi energetik holatlar va ular orasidagi oʻtishlarni oʻrganuvchi muhim usullar karaladi. Spektroskopiya elektronli va fononli (panjaraning kvantlangan tebranishlari) boʻladi. Mole kul yar spektroskopiya — har xil jism molekulalaridan tuzilgan murakkab gaz, suyuqlik va qattiq holatdagi moddalarning spektrlarini tekshiradi. Rentgen nurlari spektroskopiyasi moddaning elektron tuzilishini yutilayotgan, chikayotgan rentgen nurlari spektrlari hamda fotoelektron nurlanish spektrlari orqali oʻrganadi [1].
Yadro spektroskopiyasi spektroskopiyaning alohida tadqiqot sohasi hisoblanadi. U atom yadrosining tuzilishi, yadro kuchlari va yadroning turli xossalarini oʻrganadi. Yadro spektroskopiyasini alfa, beta va gamma spektroskopiyasi deyish ham mumkin.
Olmon olimi R.Bunzen oʻzi kashf qilgan gorelkaning issiqlik alangasida moddalarni bugʻga aylanib, alangani har xil ranglarga boʻyashini payqadi. Xususan, mis yashil alanga, osh tuzi sariq, stronsiy boʻlsa toʻq qizil alanga berardi. Gorelkaga moddani quyilsa, alanganing rangi boʻyicha moddaning tarkibini aniqlash mumkin boʻladigandek tuyulardi. Biroq, Bunzen tez orada har xil tarkibli moddalar baʻzi hollarda alangani bir xil boʻyashini payqab qoldi. Shundan keyin uning yurtdoshi fizik G.Kirxgof alanga yorugʻligini rangli nurlarni monoxromatik qismlarga ajratadigan shisha prizmadan oʻtkazishni taklif qildi. Litiy hamda stronsiy taʻsiridan alanga koʻzga hammavaqt bir xil rangda - toʻq qizil boʻlib koʻrinadi; litiy alangasi yorugʻligi prizmadan oʻtgandan keyin ikki chiziqqa - ravshan toʻq qizil rangga va uning yonida xira jigarrangga ajraladi. Stronsiy boʻlsa bitta havorang, ikkita qizil va jigarrang chiziqlarni beradi [2].
1868-yilda farang astronomi J.Jansen va ingliz astrofizigi J.Lokyer Quyosh yorugʻligini tahlil qilayotganlarida (bir-birlaridan mustaqil ravishda) Quyosh nurlarida nomaʻlum element spektrini kuzatdilar. Tekshirishlar natijasida esa bu olimlar Yerdan 150 millon km masofada joylashgan yulduzimiz - Quyoshdan, ilgari fanga nomaʻlum boʻlgan yangi kimyoviy elementni kashf qildilar. Keyinchalik uning aynan Quyoshdan topilganligi tufayli unga Geliy deb nom berdilar. Bu kashfiyot olimlar uchun koinotdagi osmon jismlari, Quyosh va yulduzlar tarkibini spektral tahlil yordamida aniqlash erasini boshlab berdi. Chunonchi yulduzlar ham, huddi Yer va boshqa sayyoralar kabi atomlardan iborat ekanligi maʻlum boʻldi; qolaversa spektrlar boʻyicha jismlarning harakat tezligini ham aniqlash imkoniyati paydo boʻldi. Dopler effekti tufayli harakatlanayotgan manbada, yorugʻlik manbai kuzatuvchidan uzoqlashayotgani yoki, unga yaqinlashayotganiga qarab, spektr tegishlicha uzun yoki qisqa toʻlqin tomon siljiydi.
Kvant mexanikasining rivojlanishida ham spektroskopiyaning ahamiyati ulkan. Shveytsariyalik olim I.Balmergning vodorod spektrini tavsiflovchi formulasini tahlil qilish asnosida Nils Bor atomning birinchi kvant modelini yaratdi.
Olimlar toʻlqin uzunliklarining keng diapazondagi nurlanishi yordamida spektrlar boʻyicha atom va molekulalarning energiya sathlarini aniqlaydilar. Ionlangan atomlarning spektrlari 0.2-200 nm toʻlqin uzunliklar diapazonida, neytral atomlar va molekulalar 200-700 nm diapazonda nurlanadi. Organik molekulalar spektrlari infraqizil diapazonda joylashgan, atomlarning mustahkam bogʻlangan ichki elektronlari energiyasi 100 KeV gacha energiyali ?-kvantlar yordamida tadqiq qilinadi. Atomlarning sathlar orasidagi kichik energiyali oʻtishlaridagi nurlanishlarni olimlar radiotexnika vositalari bilan muvaffaqiyatli tadqiq qiladi.
Lazerlar paydo boʻlishi bilan spektroskopiyaning yangi boʻlimi - lazer spektroskopiyasi vujudga keldi. oʻzgartiriluvchi chastotali lazerlar yordamida atom yoki molekulaning yetarlicha muayyan sathini uygʻotishga mos nurlanish chastotasini tanlash mumkin. Bunda, odatdagi manbalarni yorugʻlik bilan uygʻotishda boʻlganidek, boshqa kvant holatlar uygʻotilmaydi. oʻzgartiriluvchi chastotali lazerlar spektral tahlilning chegaraviy sezgirligiga erishish - elementning, aytaylik, 1sm3gaz hajmida 100 atom konsentratsiyali atomlarni oshkor qilish imkonini beradi [3].
Radiospektroskopiya — qattiq, suyuq va gaz holatdagi moddalarni tadqiq qilish usullari majmui. Radiotoʻlqinlarning nurlanishi va rezonans yutilish spektrlarini oʻrganishga asoslanadi. Dastlab (1933) ammiakning inversion (qarang Inversiya) spektrini tadqiq qilishda qoʻllanilgan.
Optik spektroskopiya, infraqizil spektroskopiya va myossbauer uspektroskopiyadan farqli ravishda, radioskopiya energiyaning ichki kvantlari spektroskopiyasi hisoblanadi, shuning uchun unda energiyaning bir-biriga yaqin turgan satxlari orasidagi energiya oʻtishlari tadqiq qilinadi. Radioskopiya usullari tadqiqotlarda foydalaniladigan fizik effektlarga bogʻliq boʻladi. Eng keng tarqalgan usullar; antiferromagnit rezonans, elektron paramagnit rezonans, ferromagnit rezonans, siklotron rezonans, yadroviy magnit rezonans, mikrotoʻlqinlar radioskopiyasi, radioskopiya kvant generatorlar va kuchaytirgichlar, lazerlar, molekulyar generatorlar, aniq vaqt va chastota standartlari va boshqalarning yaratilishiga asos boʻldi [4].
Yorugʻlik tоʻlqini tarqalayotganda ikki muhit chegarasidan qaytish va sinish qonunlari bizlarga maʻlum. Shu bilan birga yorugʻlik tоʻlqini biror bir moddada tarqalayotganda yutilish bilan birga sochiladi ham. Bu hodisani biz kundalik hayotimizda har kuni kuzatamiz. Yorugʻlikning atmosferada sochilishi natijasida osmon kоʻm-kоʻk bоʻlib kоʻrinadi. Agar yorugʻlik atmosferada sochilmaganda edi kunduz kuni ham biz quyosh va yulduzlarni qorongʻi osmonda kuzatgan bоʻlar edik.
Umuman elektromagnit tоʻlqinni (radiasiyaning) modda bilan taʻsirini оʻrganadigan fan bu molekulyar spektroskopiyadir. Elektromagnit radiasiya bilan moddaning taʻsiri natijasida yutilish va sochilish hodisalari vujudga keladi. Kuzatish obyekti sifatida har xil agregat holatdagi obyektlarni qоʻllash mumkin [5].


    1. Spektroskopiya usullari tahlili va tavsifi


1900 yilda Plank nurlanishning kvant nazariyasini ilgari surdi. 1905 yilda Eynshteyn foton tushunchasini kiritib, Plank nazariyasini rivojlantirdi. 1869 yilda Mendeleyev davriy sistemasini yaratdi. 1896 yilda Bekkerel tomonidan radioaktivlik topildi va nihoyat 1911 yilda Rezerford tomonidan atomning planetar modeli topildi. Bor atom spektrlaridagi qonunlarni kombinasion prinsipni tushuntirib berishga muvaffaq bоʻldi. Doiraviy orbitalarning kvantlanganligi tоʻgʻrisidagi postulatlari kiritildi. Vodorod atomining elektroni doiraviy orbitada haraktlanayotganda uning mexanik harakat miqdorining momenti P ga kvantlangan.



- ga nisbatan karralangan bоʻladi.
Birinchi davrni 1666 yildan boshlanib, yaʻni (Nyuton zamonidan) quyosh yorugʻligini spektrga ajralishidan boshlanib, to 1913 yilda Nils Bor tomonidan kvant tushunchasining kiritilishiga qadar deb hisoblash mumkin. Bu оʻrtada yutilish spektrining kuzatilishi (Vallaston va Fraungofer tomonidan 1802-1814) Zeyman va Shtark effektlari (1896-1915) va boshqa shu davrdagi kashfiyotlarni keltirish mumkin.
Umuman aytganda bu birinchi davrda spektroskopiya faqat tajribaviy fan sifatida rivojlandi. Bu davrda moddalar chiqargan spektrlari shu moddaning tashkil etgan atom va molekulalar orasidagi bogʻlanishning mohiyati ochib berilmagan.
Ikkinchi davrga kelib spektroskopiya kvant nazariyasidek mustahkam tayanch nazariyasiga ega bоʻldi [6].
1911 yilda Rezerford atomning planetar modelini kashf etgandan sоʻng, 1913 yilda Nils Bor Rezerford tajribalariga asoslanib оʻziga maʻlum bоʻlgan fizika-ximiya sohasidagi birinchi tajribalarini umumlashtirib оʻzining ikkita postulatini yaratdi. Kvant nazariyasining rivojlanishida rus olimlarining hissasi katta bоʻldi. Rojdestvenskiy, Vavilov, Basov, Proxorov, spektroskopiya nazariyasining yaratilishi bilan bir qatorda yangi optik hodisalarning 1928 yilda Roman Spektroskopiyasi yorugʻlikning kombinasion sochilish spektri kashf etildi. Bu kashfiyot moddalar strukturasini оʻrganishda yangi qadam bоʻldi.
Hozirgi vaqtda zamonaviy spektroskopiya butunlay kvant nazariyasiga suyanadi. Buning asosida atom va molekulalarning xossasini aniqlaydigan fundamental kvant qonunlari yotadi.
Borning birinchi postulatiga kоʻra, atom yoki molekulalar sistemasi ayrim stasionar holatlarda turgʻun bоʻlib, bu holatlarda energiya siljishi Yen ham diskret, ham uzluksiz qiymatda bоʻladi.

Bu energiyaning ixtiyoriy оʻzgarishida sistema bir stasionar holatdan ikkinchisiga sakrab оʻtadi.
Ikkinchi postulatiga kоʻra. Atom yoki molekula sistemasi, bir stasionar holatdan ikkinchi stasionar holatga оʻtganda yorugʻlik tоʻlqinini yutadi yoki chiqaradi. Bu оʻtishlarda hosil bоʻlgan elektromagnit nurlanish monoxromatik bоʻlib, uning chastotasi quyidagi formula bilan aniqlanadi (1-rasm).
(2)
Spektroskopiyada energiya sathi, yoki energetik holat degan tushuncha mavjud. Buni quyidagi rasmda oson kоʻrsatish mumkin. Eng pastki sath asosiy yoki normal holat, qolganlari esa uygʻongan holat deyiladi (2- rasm).

1- rasm. 2-rasm.
(2) ifodaga Borning chastotalar sharti yoki nurlanish bilan bogʻliq bоʻlgan mikrojarayonlar uchun energiyaning saqlanish qonuni deyiladi.
(1) va (2) formulalar spektroskopiyaning asosiy ifodalari deyiladi.
Spektroskopiyaning asosiy birliklari.
1. Tоʻlqin uzunligi


2. Chastota chastota 1 sekunddagi tebranishlar soni

  1. Tоʻlqin soni birligi [sm-1]

Tоʻlqin soni deb 1 sm da joylashgan tоʻlqin uzunliklari soniga aytiladi. Spektroskopiyada tоʻlqin sonini chastota deb aytiladi.
4. Foton energiyasi ; 1 j=107 erg
h- Plank doimiysi 6,6310-34j s teng
Spektroskopiyada asosan energiya birligi sifatida elektronvolt ishlatiladi.
1 eV=1,6∙10-19 Joul [7].

Har bir spektral chiziq (yutilish, chiqarish va sochilish) оʻzining chastotasi bilan, integral va spektral intensivligi bilan dipolyarizasiya koeffisiyenti bilan yarim kengligi bilan va boshqa kattaliklari bilan xarakterlanadi.
Spektral chiziqlarning intensivliklari оʻtish ehtimoliyatiga bogʻliq. Faraz qilamizki E1 va E2 energiyalar bilan xarakterlanadigan stasionar holatlar berilgan bоʻlsin. Bu holatdagi sermolekulalikni yoki molekulalarning zichligini N1 va N2 bilan belgilaymiz. Biron dt vaqt ichida birinchi holatdan ikkinchi holatga energiyani yutish bilan оʻtgan molekulalarning soni quyidagiga teng bоʻladi.
(3)



Bu vaqtda yutilgan energiyaning umumiy miqdori


(4)

(1)-formuladan koeffisiyent




(5)
3-formuladan kоʻrinadiki a12 - dt vaqt ichida оʻtgan molekulalar sonini umumiy molekulalar soniga nisbatini bildiradi yoki molekulalarning оʻtish ehtimoliyatini xarakterlaydi.Boshqacha aytganda bitta zarrachani maʻlum vaqtda yutilishini kоʻrsatadi. Xuddi shunday formulalarni dt vaqt ichida E2 E1 holat uchun yozish mumkin yaʻni:


(6)



(4) dan
(7)

f21-dt vaqt ichida 21 holatga оʻtgan molekulalarning umumiy molekulalar soniga bоʻlgan nisbatini bildiradi yoki nurlanish ehtimoliyatini bildiradi. Uygʻongan molekulalar uygʻongan holatda abadiy yashamaydi biron yоʻl bilan asosiy stasionar holatga qaytib keladi. Shu molekulalarning qaytib kelishi bilan bogʻliq bоʻlgan quyidagi hodisalar bоʻlishi mumkin [8].


1. Uygʻongan molekulalar tashqi maydonning taʻsirisiz ichki kuchlar taʻsirida asosiy holatga qaytadi. Bunday оʻtishga spontan yoki оʻz-оʻzidan оʻtish deyiladi bu vaqtdagi nurlanishga spontan nurlanish deyiladi.
2. Uygʻongan molekula tashqi maydon taʻsirida qaytib kelishi mumkin. Bunday оʻtishga majburiy оʻtish yoki majburiy nurlanish deyiladi. Majburiy nurlanish nazariyasini birinchi bоʻlib Eynshteyn (1917) yilda yaratdi.
3. Spektroskopiya uchun uncha katta ahamiyatga ega bоʻlmagan nurlanishsiz оʻtishlar.
Yuqorida aytilgan оʻtishlarni xarakterlash uchun Eynshteyn оʻz koeffisiyentlarini kiritdi. Spontan оʻtishlarni xarakterlash uchun A21-ni kiritdi. Bu koeffisiyent spontan оʻtishlar ehtimoliyatini xarakterlaydi. Majburiy оʻtish ehtimoliyati quyidagiga teng


(6)

V12-yutilish uchun Eynshteyn koeffisiyenti deyiladi. - tashqi maydon energiyasini spektral zichligini xarakterlaydi.


Xuddi shunday majburiy nurlanish ehtimoliyati quyidagiga teng


(8)

V21—majburiy nurlanish uchun Eynshteyn koeffisiyenti.


Shunday qilib nurlanishning tоʻliq ehtimoliyatini quyidagicha yozishimiz mumkin


(9)

Eynshteyn koeffisiyentlari A21, V12, V21 orasida bogʻlanishlar mavjud va bu bogʻlanishlardan biri quyidagicha


(10)
lar 1 va 2-stasionar holatlarning statistik ogʻirliklari. A21 va V21 koeffisiyentlari orasida ham bogʻlanishlar mavjud bu bogʻlanish quyidagiga teng:


.

A21 - ni qiymatini topib 8-ga qоʻyamiz




(11)
bundan
bоʻladi. (12)
(11)chidagi Uv kichik qiymatlarga ega bоʻlgandagi nurlanishlar A21-ga bogʻliq, yaʻni spontan prosesslarga bogʻliq. -kuchli katta qiymatga ega bоʻlganda nurlanishlar majburiy bоʻladi. Misol uchun lazerlarda bоʻladi.



31- rasm yutilish va nurlanish jarayoni.
Energetik yuksakliklarni yana bir asosiy parametri ularning yashash vaqti yoki zarrachalarning uygʻongan holatda yashash vaqti. Spontan nurlanish tufayli zarrachalarning оʻtish miqdorini


deb yozishimiz mumkin [9] (13)

(-) - ishorasi zarrachalarning 2-holatda kamayishini bildiradi. Buni vaqt bоʻyicha integrallasak.




bоʻladi (14)
Xuddi shunday nurlanish energiyasining kamayishi


ga teng (15)
- teng bоʻlgan holda uygʻongan holatdagi molekulalar soni.
(13) va (14) dan kоʻrinadiki spontan оʻtishlar tufayli zarrachalar soni va nurlanish energiyasining miqdori eksponensial qonun bilan оʻzgaradi. Zarrachalar uygʻongan holatda yashashining оʻrtacha vaqtini quyidagicha yozishimiz mumkin:
. (16)

( ajoyib integral kоʻrinishiga keltirildi).
(15)dan kоʻrinadiki zarrachalarning uygʻongan holatda yashash vaqti spontan оʻtishlar ehtimoliyatiga teskari proporsional ekan.
Xuddi shunday energiya taqsimoti uchun
bоʻladi.
bu vaqtda uygʻongan holatda zarracha kamayish grafikasi quyidagicha bоʻladi,

yaʻni ye оʻzining fizik maʻnosi jixatdan uygʻongan holatda zarrachalarning -marta kamayishini bildiradi. ye - vaqtda zarrachalarning soni ga teng bоʻladi.
Odatda atomlar yoki molekulalar uchun yashash davri sek ga teng bоʻladi.
Agar nurlanishsiz оʻtishlar ehtimoliyatini Si bilan belgilansa, u vaqtda uygʻongan holatda molekulalarning оʻzgarish qonuniyati
bоʻladi ; (17)
N2=N20
bundan
(18)
Agar (17) chida spontan оʻtishlar ehtimoliyati juda kichik bоʻlsa yoki (A21+C21) 0 intilsa,u vaqtda intiladi, yaʻni zarracha uygʻongan holatda cheksiz vaqt davomida qolib ketadi. Zarrachaning uygʻongan holatda cheksiz qolib ketishiga metastabil holat deyiladi.
Metastabil holatlarni оʻrganish lazerlar uchun ishchi modda tanlash uchun katta ahamiyatga egadir [10].


    1. Elektron spektroskopiya usulining qoʻllanilish sohalari va ahamiyati


Tuzilishi oʻrganilayotgan modda UB sohada yutilish maksimumiga ega boʻlmasa, uning tarkibida diyen, poliyen sistemalarining, aromatik xalqa va karbonil guruxi yoʻqligidan dalolat beradi.


Agar molekulada bitta qoʻshbogʻ yoki uch bogʻ boʻlsa, yaʻni etilen va atsetilenning oddiy hosilalarining UB spektrini nazarda tutsak, ularga tegishli boʻlgan * elektron oʻtish maksimumining qiymati 200 nm dan kichik qiymatli sohada namoyon boʻladi, shuning uchun bunday birikmalar amaliyotda UB spektri bilan oʻrganilmaydi, ammo qoʻshbogʻlar sonining ortib borishi molekulada yutilish maksimumlarini katta toʻlqin uzunlik sohada namoyon boʻlishiga sababchi boʻladi.
Konyugirlangan bogʻli diyenlar uchun * oʻtishga tegishli boʻlgan yutilish 215-270 nm oraligʻida sodir boʻlib, spektr maksimumining qiymatlari diyen tuzilishiga ham bogʻliq boʻladi. Agar diyen trans-konformatsiyali tuzilishda boʻlsa, uning yutilish maksimumi sis-konformatsiyalini-kidan kichikroq qiymatli sohada namoyon boʻladi (4-jadval). Molekulada qoʻshbogʻlarning joylashishiga qarab izomer birikmalarni bir-biridan farq qilish mumkin. Masalan,
Demak, moddalarning UB sohada yutilish maksimumi asosida molekula tarkibida poliyen sistema borligini va konyugirlangan qoʻshbogʻlarning sonini aniqlash mumkin.
Tarkibida karbonil guruxi tutgan moddalar - aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalari va ularning hosilalari tabiatda va sintetik kimyoda keng tarqalgan birikmalar hisoblanadi. Toʻyingan aldegid va ketonlar uchun yutilish maksimumi 275-290 nm. ni tashkil etadi va yutilish n* elektron oʻtishga tegishli hisoblanadi. By oʻtish simmetriya boʻyicha taqiqlangan boʻlgani uchun maksimum intensivligi kichik boʻladi (15-20). Aldegid va ketonlar yutilish maksimumining qiymatiga erituvchining tabiati taʻsir qiladi. Karbonil guruxi bilan vodorod bogʻ hosil qiluvchi erituvchilar (СО....Н-О-R) yutilish maksimumining qiymatini kichik toʻlqin uzunlik sohaga (gipsoxrom) siljishiga sababchi boʻladi, chunki vodorod bogʻining hosil boʻlishi p-orbitalning energetik holatini kamaytiradi.
Kislotali muhitda n elektron oʻtish maksimumi kuzatilmaydi, chunki bu sharoitda karbonil guruxidagi kis-lorodning taqsimlanmagan elektronlari kislotaning vodorod ionlari bilan bogʻlanib qoladi, yaʻni protonlanish hodisasi roʻy beradi. Karbonil guruxiga tegishli boʻlgan maksimum asosan katta toʻlqin uzunligidagi sohada namoyon boʻladi.
Toʻyinmagan aldegid va ketonlar UB sohada yuqori intensivlikdagi * va kamroq intensivlikdagi n* elektron oʻtishlarga tegishli yutilish maksimumlarini namoyon qiladi. Karbonil guruxiga tegishli boʻlgan n* elektron oʻtish toʻyingan aldegid va ketonlarga nisbatan toʻyinmagan birikmalarda katta qiymatli toʻlqin uzunlik sohasida yutilish maksimumini hosil qiladi.
Aromatik birikmalarning UB spektri murakkabligi va oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Benzol UB sohada ikkita maksimumni, yaʻni макс200 нм ( 8000 ) ва макс255 нм ( 200) hosil qiladi. Agar benzol xalqasida oʻrinbosar boʻlsa, yutilish maksimumi oʻrinbosarlarning tabiatiga bogʻliq boʻladi. Masalan, alkil radikali 6 nm, galogen 9 nm, ОН, ОСН3 15 нм, NH2 boʻlsa Қ25 nm ga oshiradi (5-racm).

7-расм. Бензол ва унинг ҳосилаларининг
UB spektrlari: 1-benzol; 2-fenol; 3-anilin.
Agar benzol xalqasidagi oʻrinbosarlar soni ikkita boʻlsa, yutilish maksimumlari oʻrinbosarlarning bir-biriga nisbatan xalqada joylashishiga va oʻrinbosar elektrono-donor yoki elektrono-akseptorligiga ham bogʻliq boʻladi. Orta va meta izomerli benzol hosilalarining UB spektrlari bir-biriga oʻxshash, ammo para-izomerlarniki esa ulardan keskin farq qilib, bitta intensiv yutilish maksimumini namoyon qiladi.
Kondensirlangan aromatik birikmalarning UB sohadagi yutilish maksimumining intensivligi yuqori boʻlib, ularda benzolga nisbatan bataxrom siljish namoyon boʻladi. Masalan, naftalin максқ221 nm ( 117000), 275 nm ( 10000), 297 nm ( 650), antratsen максқ251 nm ( 200000), 265 nm ( 7500).
Keltirilgan maʻlumotlar toʻyinmagan geteroxalqali birikmalarning UB sohada yutilish maksimumlari benzol molekulasining yutilishiga yaqinligidan dalolat beradi.
Agar geteroxalqali birikmalar qoʻshbogʻ tutgan birikmalar bilan bogʻlangan boʻlsa, bataxrom siljishni kuzatish mumkin.
Agar benzol xalqasi besh xalqali geteroatom tutgan birikma bilan kondensirlangan boʻlsa, masalan indol sistemasida, ikkita yutilish maksimumi namoyon boʻladi (7-rasm).


  1. TAJRIBA QISMI

    1. Elektron spektroskopiya usuli tahlil olib borish tartibi


Hozirgi zamon tasavvurlariga koʻra yorugʻlik ham zarracha, ham toʻlqin xususiyatiga ega, yaʻni har qanday nur suv yuzasidagi toʻlqinlar kabi tarqaladi. Toʻlqinlar - toʻlqin uzunligi (lambda), toʻlqin balandligi - amplitudasi A va shu toʻlqinning tarqalish tezligi S kabi kattaliklarga ega.


A riq suvidagi toʻlqinlar uzunligi uncha katta boʻlmagan holda - okean va dengizlar yuzasidagi toʻlqinlar uzunligi esa bir necha oʻn metrga yetadi. Toʻlqin tarqalayotgan joydan sal nariroqda bir nuqtani belgilab, shu nuqtadan bir sekundda oʻtgan balandliklar yoki chuqurliklar (boshqacha qilib aytganda tebranishlar) soni aniqlansa, toʻlqin chastotasi ( (nyu) ning chastota birligi qilib gers qabul qilingan boʻlib, bir gers sekunddagi bir tebranishdi.
Toʻlqin tezligi (S), uzunligi (() va chastotasi (() orasida oʻzaro bogʻlanish mavjud boʻlib, bogʻlanish quyidagi formula bilan ifodalanadi.
ёки Сқ (19)
Yorugʻlik va elektromagnit toʻlqinlar uchun S oʻzgarmas kattalik (С300000 кмсек.). Demak, birinchi tenglamaning chap tomoni oʻzgarmasligi hisobga olinsa,  bilan  oʻrtasidagi bogʻlanish kelib chiqadi. Bu tenglamaga muvofiq toʻlqin uzunligi va chastotasi teskari mutanosiblikda boʻlib,  oshsa  kamayadi.
Yorugʻlik koʻzga koʻrinadigan nur. Bundan tashqari inson koʻzi sezmaydigan rentgen, ultrabinafsha, infraqizil va radiotoʻlqinlar mavjud. Nurlarning barcha turlari elektromagnit toʻlqinlar deb nomlanadi. Turli xil nurlar toʻlqin uzunliklarining ortib borishi tarkibida joylashtirilsa, elektromagnit spektr hosil boʻladi. Demak, spektr toʻlqin uzunliklar yoki tebranish chastotalari boʻyicha (yaʻni, energiyasi boʻyicha) elektromagnit nurlanishlarning miqdo-riy taqsimlanishidir.
Bu spektr toʻlqin uzunligi bir necha kilometr boʻlgan kichik chastotali toʻlqin (oʻzgaruvchan tok) bilan boshlanib, toʻlqin uzunligi santimetrning yuz milliondan bir ulushiga teng boʻlgan gamma (radioaktiv) nurlar bilan tugaydi. Elektromagnit spektrning fizikaviy usullari qoʻllanadigan sohalarni quyidagicha izohlash mumkin:
1-jadval

Toʻlqin uzunligi

10-3 nm

10
nm

400
nm

800 nm
300 mkm

300
mm

200
mm

Spektral soha



rent-gen nurlar



ultra binafsha nur



koʻzga koʻri-nadigan nurlar

infra-qizil nurlar

mikro-toʻlqinli nur

qisqa radio toʻlqinlar

Kuzatilayotgan yutilish spektri


Elek-tron spektr


IQ-spektr


YAMR-spektr EPR-spektr

Elektromagnit spektr sohalari.


Radiotoʻlqinlarning oʻzi uchta guruxga ajraladi. YAMR da ishlatiladigan, toʻlqin uzunligi 5 m boʻlgan radiotoʻlqinlar chastotasini hisoblaylik.

yoki 60000000 gers, yaʻni 60 megagers.
Demak, toʻlqin uzunligi 5 m boʻlgan radiotoʻlqinlar sekundiga 60 million marta tebranadi. Yorugʻlik nurlarining chastotasi esa radiotoʻlqinlariga nisbatan bir necha million marta katta.
Elektromagnit spektrdagi har qanday nur muayyan energiyaga ega boʻladi, yaʻni har qanday nur oʻzida maʻlum miqdorda energiya tashiydi. Bu energiya nur chastotasiga bogʻliq boʻlib, uning miqdori Plank formulasi asosida hisoblanadi:
Eh (21)
h - Plank doimiysi boʻlib, 6,625  10-34 dj.gs-1 ga teng.
 - chastota.
Formulaga asosan nur energiyasi uning chastotasiga toʻgʻri proporsionaldir.
Moddaga tushirilgan nur undan oʻtib yutishi yoki yutilishi mumkin.
Nur yutilganda modda molekulasi turli oʻzgarishlarga uchraydi. Bu oʻzgarishlar nurning tabiatiga va moddaning tuzilishiga bogʻliq.
Eng qisqa toʻlqinli gamma (radioaktiv) nurlar yadrolarning energetik holatini oʻzgartiradi (gamma rezonans spektroskopiya).
Gamma nurlarga nisbatan uzunroq toʻlqin uzunligiga ega boʻlgan rentgen nurlar - atomlarning ichki, yadroga yaqin va qavatlardagi elektronlarning energiyasini oʻzgartiradi (rentgenospektroskopiya). Ulʻtrabinafsha va koʻzga koʻrinuvchan nurlar taʻsirida molekula va atomlar valent elektronlarining energetik holatlari oʻzgaradi (UB va elektron spektrlar). Infraqizil nurlar esa molekuladagi atomlarni tebrantiradi (IQ yoki tebranma spektrlar). Radiotoʻlqinlar esa yadro va elektron spinlarining energetik holatini oʻzgartiradi (YAMR va EPR spektroskopiya).
Aniqlanayotgan modda tomonidan elektromagnit toʻlqinlarning tanlab yutilishini oʻlchashga asoslangan fizikaviy usullar - spektroskopik usullar deb nomlanadi.
Optik spektroskopiya usullaridan biri boʻlgan ultrabinafsha spektroskopiyasi bilan tanishib chiqamiz.
Nurlanish jarayonida toʻlqinlar bir xil chastotaga ega boʻlsa, ular monoxromatik nurlar boʻladi, yaʻni bunday nurning energiyasi bir xildagi h( ga teng boʻladi. Agar monoxromatik nurni yutish xususiyatiga ega boʻlgan moddaning eritmasiga tushirilsa, uning maʻlum qismi ushlanib qoladi va natijada eritmadan oʻtgan nurning intensivligi kamayadi. Monoxromatik nurlanishning yutilishi quyidagi - tenglamaga boʻysunadi:
(22)
Jo va J - tushayotgan va eritmadan oʻtgan nurning intensivliklari
n - yorugʻlik yoʻlidagi moddaning mollar miqdori.
k - yutilish intensivligining nisbiy miqdori.

Agar monoxromatik nur A moddadan oʻtsa, uning intensivligi kuchsizlanishini I0I orqali oʻlchash mumkin, n-ning miqdori aniq boʻlganda, K ning miqdorini topish mumkin. Boshqa modda olinganda nurning kuchsizlanishi ham boshqacha boʻlib, K ning miqdori ham oʻzgaradi. Agar yutilish jarayoni kuzatilmasa К0 boʻladi.


Odatda modda eritmasining yutilish intensivligi oʻlchanadi, buning uchun eritma tiniq boʻlishi kerak. Eritmadagi n-ning miqdori eritmaning konsentratsiyasiga va eritma joylashgan idishcha qatlamining qalinligiga toʻgʻri proporsional hisoblanadi. Amaliyotda koʻp hollarda К ning oʻrniga , natural logarifm oʻrniga oʻnli logarifm ishlatiladi.

- Eritmaning yoki yutilishning optik zichligi (Д)
D c 1
 - Ekstinksiyaning molli koeffitsiyenti.
Agar С1 moll, l1 sm boʻlsa,  eritmaning optik zichligiga teng boʻladi.
D
Eritmaga tushayotgan va undan oʻtayotgan nur intensivliklari bilan eritma konsentratsiyasi va uning qatlami qalinligi orasidagi qonuniyatni ifodalaydigan tenglama (4) Lambert-Ber qonuni deb yuritiladi. Bu qonuniyat doim saqlanib qolmaydi. Yutilish xususiyatiga ega boʻlgan moddaning muhitdagi konsentratsiyasini oʻzgarishi eritmadagi turli xil jarayonlar - assotsiatsiya, tuz hosil qilish, dissotsiyalanish va tautomer shakllarning hosil boʻlishiga olib kelsa, qonundan chetlanish roʻy beradi. Shuning uchun turli xil konsentratsiyadagi eritmalarning yutilish spektrini oldindan Lambert-Ber qonuniga boʻysunishini bilish kerak.
Buning uchun optik zichlikni (D) konsentratsiyaga nisbatan (doimiy  va l larda) oʻrganiladi. Agar qonunga boʻysunsa D va S koordinatalaridan toʻgʻri chiziq olinadi.
Toʻlqin uzunligining qiymati bilan yutilish intensivligi oʻrtasidagi bogʻlanishni ifoda etadigan egri chiziqni yutilishning spektral chizigʻi deb aytiladi.  qiymatlar ultrabinafsha va infraqizil yutilish sohalarining sifat analizida katta ahamiyatga ega. Ayrim analitik ishlarda maʻlum yutilish maksimumining integrallik intensivligini (А) quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:
(23)
Elektromagnit spektrining ultrabinafsha sohasi toʻlqin uzunligini qiymatlari bilan bir-biridan keskin farq qiladigan ikki xil sohachalarga, yaʻni uzoq ultrabinafsha va yaqin ultrabinafsha sohachalariga boʻlinadi. Birinchi sohadagi toʻlqin uzunligining qiymati 190 nm dan kichik boʻlib, uning oxirgi kichik qiymati rentgen nurlarining sohasiga yaqinlashadi. Yaqin ultra­binafsha sohaga tegishli boʻlgan toʻlqin uzunlikning qiymati 190 nm dan yuqori boʻlib 450 nm gacha boʻlgan sohani oʻz ichiga oladi. Uzoq ultrabinafsha sohani oʻrganish murakkab asbob-uskunalarni talab qiladi.


    1. Elektron spektroskopiya talilini olib borish uchun qurilmalari


Amaliyotda organik moddalarning tuzilishini oʻrganishda yaqin ultrabinafsha soha keng miqyosda ishlatiladi. Bu sohada yutilishning sodir boʻlishiga asosiy sabab, molekulalarda toʻyinmagan guruxlar, hamda taqsimlanmagan elektronlari boʻlgan atomlarning boʻlishidir. Yaqin ultrabinafsha sohasida yutilish maksimumini beradigan guruxlarga xromoforlar deb aytiladi.


Agar molekulada xromoforlar koʻp miqdordagi boshqa xromoforlar bilan bogʻlangan boʻlsa yutilish maksimumining qiymati katta toʻlqin uzunlikdagi sohaga siljiydi, shuning uchun ham bunday tuzilishdagi birikmalar koʻp hollarda rangli boʻlib, yutilish maksimumini koʻzga koʻrinadigan sohada (450-850 nm) namoyon qiladi.
Maʻlumki, yadro atrofidagi elektronlar energetik pogʻonalarda joylashib orbitalga ega boʻladi va oʻziga xos energiyaga ega boʻlgan bunday orbitallarni 1s,2s,2р,3s...... deb belgilanadi. Elektronlar spinga ega, yaʻni ular oʻz oʻqi atrofida aylanadi, uning spin soni S12 ga teng boʻladi. Bu qiymat bitta proton spinining qiymatiga teng, demak elektron ham protonga oʻxshab ikkita spin holatida boʻladi ( ). Pauli qonuniga asosan atom orbitalidagi elektronlar qarama-qarshi spinga ega boʻlgan ikkita elektrondan iborat boʻlganida orbital toʻliq toʻldirilgan hisoblanadi. Ultrabinafsha nuri taʻsirida elektronlardan birini yuqoriroq orbitalga oʻtkazish mumkin, buning natijasida ultrabinafsha va koʻrinuvchi sohada spektrlarning kuzatilishi roʻy beradi.
Kimyoviy bogʻning hosil boʻlishida qatnashmaydigan elektronlar atomlarda ham molekulalarda ham bir xilda joylashgan boʻladi. Kimyoviy bogʻ hosil boʻlishida qatnashadigan elektronlar esa molekulada atomlardagi elektronlardan keskin farq qiladi, yaʻni ikki atom juftini bogʻlovchi ( va (* molekulyar orbitallar ikkita atom orbitallarining birlashishidan hosil boʻladi. Toʻyingan uglevodorodlardagi uglerod - vodorod bogʻining hosil boʻlishidagi bogʻlovchi elektronlar molekulyar orbitallarda joylashgan boʻlib, ular vodorod atomining 1s orbitalidan va uglerod atomining sr3 gibrid orbitalidan tashkil topgan.
Metan molekulasi toʻrtta oddiy  (sigma) bogʻlardan tashkil topgan boʻlib, bu bogʻlarning hosil boʻlishida qatnashadigan elektronlarni quyi pogʻonadan yuqori pogʻonaga oʻtkazish uchun juda katta energiya sarf qilinadi. Bu elektron oʻtishni * deb nomlanib, unga tegishli boʻlgan yutilish uzoq ultrabinafsha sohada, yaʻni 120 nm da namoyon boʻladi. Bu sohani amaliyotda oʻrganish imkoniyati boʻlmaganligi uchun, toʻyingan uglevodorodlar UB spektri yordamida oʻrganilmaydi.
Agar toʻyingan uglevodoroddagi bitta vodorod atomini oʻzida kimyoviy bogʻ hosil boʻlishida qatnashmagan elektron tutgan oʻrinbosar bilan almashtirilsa, bu molekulada boshqacha elektron oʻtish roʻy beradi. Masalan, metilyodid molekulasida bogʻlangan va bogʻlanmagan orbitallar asosan toʻldirilgan, ammo * orbital egallanmagan, shuning uchun bogʻlanmagan orbitaldan bitta elektron * orbitalga oʻtishi uchun *, oʻtishdan farqli, n* oʻtish kamroq energiya talab qiladi, shuning uchun ham yutilish * oʻtishdagi yutilishga nisbatan katta toʻlqin uzunlikdagi sohada namoyon boʻladi (259 нм).
Olefin uglevodorodlardagi elektron oʻtishlarda oddiy bogʻlarni hosil qiluvchi elektronlarga nisbatan kamroq energiyaga ega boʻlgan  - elektronlar bir pogʻonadan ikkinchi pogʻonaga oson oʻtadi, bu oʻtish uchun kam energiya sarf boʻladi va uni * elektron oʻtish turi sifatida koʻrsatiladi. * elektron oʻtishga tegishli boʻlgan yutilish maksimumi katta toʻlqin uzunlik sohasida namoyon boʻladi.
Agar molekulalardagi funksional guruxlarda qoʻshbogʻ hamda taqsimlanmagan juft elektronlari boʻlgan geteroatomlar boʻlsa, bunday guruxlar uchun * elektron oʻtishga nisbatan geteroatomdagi taqsimlanmagan elektronlarning oʻtishi ahamiyatli boʻlib, uni n* oʻtish sifatida izohlanadi, bu jarayonning kuzatilishi uchun esa kam energiya sarf boʻladi. Bu elektron oʻtishga tegishli boʻlgan yutilish maksimumi kichik intensivlik bilan boshqalardan farq qiladi. Elektron oʻtishlarni energiyasi boʻyicha quyidagicha ifodalash mumkin:

Amaliyotda asosan ahamiyatga ega boʻlgan elektron oʻtishlarga *, n*, va ayrim n* larni koʻrsatish mumkin. Ultrabinafsha spektrining maksimum qiymatla-rini namoyon boʻlishida molekuladagi elektronlarning bir atomdan ikkinchi atomga koʻchishi - lokallanish (benzol) va delokallanish holatlari (piridin) ham sababchi boʻladi.
Moddalarning nurni yutish hodisasini oʻlchashda spektrometrlardan foydalaniladi. Ularning turlari va tuzilishi har xil boʻlishidan qatʻiy nazar spektrometrlar yorugʻlik manbai, yorugʻlik detektori va detektordan chiqqan signallarni yozadigan asbobdan tashkil topgan boʻladi (4-rasm).

4-rasm. Spektrofotometrning tuzilishi.

1-nurlanish manbai

5-idishchalarni ushlatgich

2-monoxromator

6-fotoelement

3-namuna eritmasi

7-oʻlchov asbobi

4-erituvchi

8-idishchalarning yoʻnaltirgichi

Yorugʻlik nurlanish manbai lampadan (1) monoxromatorga (2) tushadi va natijada nur oqimi maʻlum toʻlqin uzunligiga ega boʻladi. Namuna eritmasi va toza erituvchi idishchalarga (3,4) solinadi va ushlatgichga (5) qoʻyiladi. Yorugʻlik idishchalardan oʻtib fotoelementga (6) tushadi va undan chiqayotgan signallar oʻlchov asbobi orqali (7) oʻlchanadi. Idishchalar ushlatgichini shunday joylashtirish kerakki, nur idishchalarning yoʻnaltirgichi (8) orqali har bir idishdan oʻtishi kerak.


Oʻlchash ishlarini quyidagicha olib borish mumkin: bitta toʻlqin uzunlikda erituvchidan utayotgan nurning intensivligi oʻlchanadi, keyin esa xuddi shu erituvchida erigan moddaning yutilishi oʻlchanadi. Amaliyotda asbobni shunday tayyorlash kerakki, erituvchining yutilishini nol deb hisoblab, shunga asosan namunaning yutilish parametrlarini aniqlash mumkin. Spektrni olish uchun bu ishlarni boshqa toʻlqin uzunlikdagi qiymatlarda ham bajariladi. Bunday hajmdagi ishlarni tezkorlik bilan bajarish maqsadida hozirgi vaqtda ikki nur yoʻnalishli, spektrlarni toʻgʻridan-toʻgʻri yozadigan zamonaviy asboblardan foydalaniladi. Bunday asboblarning ayrim nusxalari 5 va 6-rasmlarda tasvirlangan.
2-rasm. SPEKORD-M40 UB spektrometrining koʻrinishi(Karl-Seyss firmasi, Germaniya).

5-rasm. SF-46 spektrofotometri (Rossiya).

Spektrni olish uchun idishchalarni monoxromator va detektor oʻrtasida joylashtiriladi, nomaʻlum moddalarni maxsus erituvchilarda eritiladi. Erituvchilar sifatida koʻp hollarda asosan metanol, etanol, suv yoki toʻyingan uglevodorodlar - geksan, geptan, siklogeksanlarni ishlatish mumkin, chunki yaqin ultrabinafsha sohasida boshqa erituvchilar yutilish maksimumlarini namoyon qiladi.



6rasm SF-25 spektrometrining koʻrinishi (Bekman firmasi, Germaniya).
UB spektroskopiya uchun juda suyuq eritmalar ishlatilib, spektrdan toʻlqin uzunlikning maksimum qiymati (, макс) va unga tegishli boʻlgan optik zichlikning  maks qiymati aniqlanadi.
2-jadval.
Ayrim erituvchilarning UB sohadagi yutilish qiymatlari.

Erituvchi

, nm

,(20-250 С)

Suv

195

78,5

Metil spirti

210

32,6

Etil spirti

207

24,3

Xloroform

246

4,8

Atseton

331

20,7

Dioksan

215

2,2

Benzol

280

2,3

Geksan

199

1,9

Siklogeksan

211

2,0

  1. XULOSA


Mavzuni oʻrganishda quyidagi xulosalarni keltirdim. Spektroskopiya materiya va nurlanish orasidagi bogʻliqlikni oʻrganuvchi ilmiy sohadir. Tarixan, spektroskopiya oq yorugʻlikning shaffof jismlardan oʻtayotib, toʻlqin uzunliklari turli boʻlgan ranglarga ajralishini kuzatishdan boshlangan. Keyinchalik ushbu konsept nafaqat koʻrinuvchi yorugʻlik, balki har qanday elektromagnit nurlanishning modda bilan oʻzaro taʼsirlanishini oʻz ichiga qamrab oldi. Spektroskopik maʼlumot odatda spektr yordamida beriladi.
Umuman aytganda bu birinchi davrda spektroskopiya faqat tajribaviy fan sifatida rivojlandi. Bu davrda moddalar chiqargan spektrlari shu moddaning tashkil etgan atom va molekulalar orasidagi bogʻlanishning mohiyati ochib berilmagan.
Har bir spektral chiziq (yutilish, chiqarish va sochilish) оʻzining chastotasi bilan, integral va spektral intensivligi bilan dipolyarizasiya koeffisiyenti bilan yarim kengligi bilan va boshqa kattaliklari bilan xarakterlanadi.
Spektral chiziqlarning intensivliklari оʻtish ehtimoliyatiga bogʻliq. Faraz qilamizki E1 va E2 energiyalar bilan xarakterlanadigan stasionar holatlar berilgan bоʻlsin. Bu holatdagi sermolekulalikni yoki molekulalarning zichligini N1 va N2 bilan belgilaymiz. Biron dt vaqt ichida birinchi holatdan ikkinchi holatga energiyani yutish bilan оʻtgan molekulalarning soni quyidagiga teng bоʻladi.
Elektromagnit spektrining ultrabinafsha sohasi toʻlqin uzunligini qiymatlari bilan bir-biridan keskin farq qiladigan ikki xil sohachalarga, yaʻni uzoq ultrabinafsha va yaqin ultrabinafsha sohachalariga boʻlinadi. Birinchi sohadagi toʻlqin uzunligining qiymati 190 nm dan kichik boʻlib, uning oxirgi kichik qiymati rentgen nurlarining sohasiga yaqinlashadi. Yaqin ultra­binafsha sohaga tegishli boʻlgan toʻlqin uzunlikning qiymati 190 nm dan yuqori boʻlib 450 nm gacha boʻlgan sohani oʻz ichiga oladi. Uzoq ultrabinafsha sohani oʻrganish murakkab asbob-uskunalarni talab qiladi.


  1. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI





  1. M.S. Mirkomilova “Analitik kimyo” Oʻzbyokiston – 2003 y

  2. M.S. Mirkomilova “Analitik kimyo” Oʻzbyokiston – 2001 y

  3. K,Axmerov, R. Sayfiddinov “Umumiy va anorganik kimyo”

Oʻzbyokiston – 2003 y

  1. V.P. Vasilev “Analitik kimyo” Oʻzbyokiston – 2000y

  2. SH.Nazarov va boshk “Analitik kimyo” Ukituvchi – 2000 y

  3. N.L. Parpiev va boshk. “Anorganik kimyo nazariy asoslari”

Oʻzbyokiston – 2000 y


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish