O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
11-10ing-19 guruh talabasi
Bozorov Elbekning
Chet tilida gapirishni o`rgatishda video materiallaridan foydalanish mavzusidagi
KURS ISHI
5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (Ingliz tili)
Ilmiy rahbar: Umurova X.X.
Buxoro 2022
MUNDARIJA.
1.CHET TILIDA GAPIRISHNI O’RGATISH YO’LLARI ……………………………………………..3
2.CHET TILI DARSLARIDA OG’ZAKI NUTQNI O’STIRISHDA FOYDALANILADIGAN MATERIALLAR………………………………………………………………………………………………….8
3.CHET TILIDA GAPIRISHNI O’RGATISHDA AUDIO VA VIDEO MATERIALLARIDAN FOYDALANISH YO’LLARI…………………………………………………….…………………………….13
4.CHET TILINI O'RGATISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ……………………………...............................................................................................17
5.CHET TILIDA GAPIRISHNI O'RGATISHDA VIDEO FILIMLARDAN FOYDALANISH………………………………………………………………………………………………….22 XULOSA…………………………………………………………………………….……………………………..25
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.Chet tilida gapirishni o’rgatish yo’llari.
Dunyoda tillar ko’p ammo ular ichida xalqaro hisoblanganlari bir nechta. Ingliz tilining dunyo miqyosida tutgan o’rning kundan kunga o’sib borishi unga bo’lgan qiziqishning kundan-kunga ortishiga sabab bo’lmoqda. Har bir tilda bo’lgani kabi ingliz tili ham bir nechta muhim bo’lgan nutq vositalarini o’z ichiga oladi, ammo ularning ichida gaplashish (speaking) boshqalariga qaraganda ko’proq ishlatilishi va muhimligi bilan ajralib turadi. Ingliz tilida gaplashish murakkab bo’lmasada osiyo xalqlarida bu borada ba’zi bir muomolarga duch kelmaydi deb ham ayta olmaymiz. Masalan ba’zi bir xalqlarda ingliz tilida mavjud bo’gan barcha tovushlarning ham uchramasligi. Yoki boshlang’ich maktablarda gaplashish nutq faoliyatiga kam e’tibor berilishi keyinchalik bolalarda bu faoliyat turning sust rivojlanishiga sabab bo’lmoqda. Ba’zida esa noto’g’ri tuzilgan metodika ham bunga sabab bo’lishi mumkin, guruhda bir nechta faol talabaga e’tibor berib gapirishga uyalib turganlarga imkon bermaslik shu o’quvchilarning ingliz tilida yaxshi gapira olmasligiga olib kelishi mumkin. Ba’zi O’qtuvchilar gapirishni o’rgatish uchun avvalam bor gramatikani to’liq o’tib keyin gapirish(speaking)ga e’tibor berishimiz kerak deb hisoblashi mumkin, lekin mening fikrimcha bu noto’g’ri tanlov, sababi Ingliz tilini o’rganuvchilarni uzoq kuzatishim natijasida ishonchim shunga komil bo’ldiki ingliz tili gramatikasini zo’r bilaturib yaxshi gapira olmaydigon o’rganuvchilar ham ko’p yoki ingliz tilida so’z boyligi ko’p lekin erkin suxbat qura olmaydigonlar. Shuning uchun ingliz tilini o’rgatishni boshlagan vaqtdan boshlab o’rganuvchida gapirish ko’nikmasini shakillantira borish kerak. Kimdadir hech narsani bilmaydigon o’rganuvchiga qanday qilib birdaniga gapirishni o’rgatish mumkin degan savol tug’ilishi mumkin. Buning yo’li oson, hali endi o’rganishni boshlagan o’quvchiga oson so’z birikmalarini berib borishdan boshlash kerak. Masalan : Good morning, Good afternoon, my name is .., what is your name ? va kundan kunga unga gramatikani tushuntirgan sari uni ortirib borish kerak. Bu albatta o’z samarasini beradi. Ingliz tilida yaxshi gapira olmagan o’quvchining gapirish darajasini oshirish uchun avvalam bor unga to’sqinlik qilayotgan narsalarni aniqlab olish kerak. Ular ko’pincha uyalchanlik, xato qilishdan qo’rqish, o’z ona tilida fikrlash, gap struktura qurilishini yaxshi bilmasligi ba’zan esa so’z boyliging kamligi. Kamchiliklarni aniqlab olgandan keyin ularni yo’qotish harakatini qilish kerak shunda o’rganuvchining ingliztilida gapirishi sezilarli darajada oshadi. Ingliz tilida gapirishni yaxshi bo’lishi uchun asosan uch narsaga e’tibor berish kerak:
1. So’zlarni to’g’ri talafuz qilish
2. Uzoq gapira olish (fikrni bayon etish)
3. Gapirishning ravonligi
So’zlarni to’g’ri talafuz qilish juda muhim chunki ba’zi bir tovushning boshqasi bilan almashtirish so’z manosining o’zgarishiga yoki umuman tushunilmasligiga olib kelishi mumkin. Masalan ("law” va "low”) yoki ("think” va "sink”) va boshqalar. Buni ko’pincha zamonaviy lug’atlar bilan birga beriladigon disklardan til tashuvchilarning o’zlari talafuz qilishini eshitib o’rganganimiz oson va yaxshi natija beradi. Yoki agar o’qtuvchining o’zi til tashuvchisi bo’lsa uning shu so’zni talafuz qilishini eshitib taqlid qilib o’rganish.
Uzoq gapirish. Bu ham juda muhim. Sababi men o’zim o’quvchilarning ikki og’iz gap gapirib undan keyin nima deyishini bilmay qiynalib turganlariga ko’p duch kelganman. Buni oldini olib ularda uzoq gapirishni shakillantirish uchun esa turli o’yinlardan foydalanish mumkin. :Masalan Rasm berib qo’yib shuni menga tasvirlab bering deyish, turli situatsiyalar yaratib ularni qatnashchiga aylantirish, sahnalashtirilgan teatrga ishtrok etkizish yo’ki eng osoni uyga biron bir mavzu berib yuborib shunga tayorgarlik ko’rib kelishni vazifa qilib berish va boshqalar. Bunda ularning ingliz tilidagi notiqligi so’zlarni to’g’ri tanlay olishi va to’xtamasdan uzoq gapira olish sanati oshadi. Gapirish ravonligi ham gaplashish(speaking)ning muhim bo’lagi hisoblanadi. Bu tushunish uchun antonym sifatida aniq gapirmaslik deyishimiz mumkin. So’zlarni bir biriga qo’shib tashlash, tembga e’tibor bermaslik, tezlikka loqaydlik bazi bir so’zlardan keyin pauza qilmaslik bunday oqibatlarga olib keladi. Bunday holatda gapiruvchi nima deyotganni anglash qiyinlashib ketadi. Ba’zan huddi og’ziga biron narsa solvolib gapirayotgan odamni ham eslatvoradi. Bunday holatni oldini olish uchun ko’proq shu til vakili bilan praktik shug’illanish va uni kuzatish kerak. Shunda tez qabul qilinadi.
Maktab o'quvchilarining ijodiy rivojlantirish, ta'lim va tarbiya tizimida ingliz tili darslaridan foydalanish tajribasini umumlashtirmasdan mumkin emas. Ingliz tili, uning rivojlanish tarixi, xalq madaniyati va kundalik hayotini o'rganish nafaqat talabalarning ingliz tilini o'rganishga qaratilgan faoliyati, balki chet tilini o'qitishni ta'minlaydigan va maktab o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini aniq hayotiy material bo'yicha rivojlantirish shartlaridan biri sifatida qaralishi kerak.
O'smirlarda ijodiy qobiliyatlarni qobiliyatlarini shakllantirish ijodiy fikrlashni rivojlantirishga va ayniqsa, shunga o'xshash narsalarga asoslangan komponentlarkabi:
Analitik komponentlar - shunga muvofiq, kontseptual va mantiqiy fikrlash - izchillik, harakatchanlik, selektivlik, assotsiativlik, aql, farqlash qobiliyati va hk.;
Hissiy komponentlar(hissiy - majoziy fikrlash): tasvirlarning yorqinligi, voqealarni, faktlarni, hodisalarni hissiy baholash va boshqalar.Ijodiy komponentlar(vizual-samarali fikrlash): oqilona echimlarni izlash, nostandart (individuallik, o'ziga xoslikning namoyon bo'lishi, stereotiplardan xalos bo'lish), natijani oldindan bilish qobiliyati, faoliyatdagi eng yaxshi bilim va ko'nikmalarni sintez qilish istagi, mumkin bo'lgan variantlardan eng maqbul echimni tanlash va to'g'ri tanlovni asoslash qobiliyatidir.[4,11] Nutq ikki ko’rinishga ega –og’zaki, va yozma nutq. Bular o’zaro uzviy bog’langan bo’lsa ham, har birining o’ziga xos xususiyati bor. Og’zaki nutqda tovushlar, so’zlar nutq orqali talaffuz qilinsa, eshitish a’zolari orqali qabul qilinadi. Shuning uchun o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishida, avvalo ularning nutqidagi kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yo’llarini izlab topishimiz kerak.O’qituvchi o’quvchilarga rahbarlik qilishi,har bir darsda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga hissa qo’shishi kerak. Faqatgina maqsadga muvofiq mehnatsevarlik jarayonida ma’lum fazilatlarini shakllantirish va darsga qiziqishga erishish mumkun.
2.Chet tili darslarida og’zaki nutqni o’stirishda foydalaniladigan materiallar.
Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanining tashkil topishi va rivojlanishi. Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining 11- moddasida: «Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.[5,29] Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi» deyilgan.O‘zbekiston Respublikasining Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, muassasalarni zamonaviy bilimlarga ega tarbiyachilar bilan to‘ldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qayd etilganidek, maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha malakali tarbiyachi va pedagog kadrlar bugungi kunda uzluksiz innovatsion izlanishda bo‘lshni, fikrlashi, shuningdek, MTM larda ham innovatik g‘oyalarni shakllantirish asosida faoliyat ko‘rsatishi zarur. Pedagog kadrlarning uzluksiz ta’lim olishini tashkil etish muammolari bir qator xalqaro tashkilotlarda, jumladan, Jahon ta’limini rejalashtirish instituti (Parij), YUNESKOning ta’lim bo‘yicha instituti (Gamburg), Oliy ta’limning Yevropa Markazi (Buxarest), Yevropa Muallimlar ta’limi Assotsiatsiyasi (ATEE) va boshiqa qator ilmiy muassasalarda tadqiq etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorida; maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish,malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yahshilash, ta’limtarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik, jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi6 . Bu qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlariga, jumladan uning maktabgacha ta’lim bosqichiga e’tibor ortib borishi bilan bir qatorda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etish ulushi kamayib borishi bu borada maqsadli tadqiqotlar olib borish, mamlakatimiz ilmiy-texnikaviy dasturi, ustuvor tadqiqotlarga yo‘nalishlarining bir qismi sifatida qaralishi lozim. Zero, ta’kidlab o‘tganimizdek, uzluksiz ta’lim bosqichlarining Turkiston ro‘znomasi 2017-yil [7,11]. nechog‘lik samarali ishlashi ma’lum darajada maktabgacha ta’lim sifatiga bog‘liq: bu davrda bolaning dunyoqarashi, tasavvurlari shakllanib bo‘ladi. Unga to‘g‘ri mazmun va yo‘nalish berish pedagogika fani, ta’lim amaliyotining dolzarb muammosidir. Bola nutqini rivojlantirish, eng avvalo, til qobilyatini shakllantirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantiruvchi demakdir (A.A.Leont’ev). Ilmiy tadqiqotlar va yo‘nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy adabiyotda o‘rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish O‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asrning 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha ta’lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o‘qitish zarurligi masalasini ko‘tarib chiqdi. U tomonidan o‘tkazilgan sinov tadqiqotlari (1958–1960-yillar) natijasida maktabgacha katta yoshli o‘zbek bolalariga ruscha og‘zaki nutqni o‘rgatish metodikasining asosiy mazmuni belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan. XX asrning( 70-yillarida) A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida E.M.Razbayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o‘qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. S.O.G‘oziyeva tomonidan (E.M.Razbayevaning ilmiy rahbarligi ostida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan (xalq ertaklari, o‘yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda bo‘lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi. 1979-yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili va o‘zga tilni (rus, o‘zbek) o‘qitish muammosi O‘zbekiston olimlari, metodistlari, psixologlarining tadqiqot obyekti hisoblanadi (F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, G.X.Jumasheva, D.R.Babayeva, D.Abdurahimova, L.R.Mirjalilova, N.Sh.Nurmuhammedova va boshq.). Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik 12 ta’siri bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar. Ushbu yondashuv o‘rinlidir, zero, fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‘zlashtirish va ijtimoiy o‘zaro hamkorlik – o‘zaro bog‘liq jarayonlardir, nutqni rivojlantirish esa – ijodiy jarayon, biroq u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi. Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi. Umuman, shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.) ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o‘rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo‘yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan sakrash tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda nutq rivojlanishini rag‘batlantiruvchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonga aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etish kalitidir. V.I.Loginova, Y.S.Lyaxovskaya, V.V.Gerbova, Ye.M.Strunina va boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‘zlashtirib olishlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘atni o‘zlashtirishlarida ikki jihat ajratib ko‘rsatilgan: atrofdagi olam lug‘atini (so‘z boyligini) anglash bilan birgalikda rivojlantirish; lug‘atni til birligi sifatida o‘zlashtirish. Ular predmetli aloqalar va munosabatlar mantig‘ida ham, til mantig‘i borasida ham so‘z ustida ishlash zarurligini isbotlab berishgan.
3. INGLIZ TILIDA GAPIRISHNI O’RGATISHDA ZAMONAVIY METODLARI.
Hozirgi kunda nafaqat chet tilini o’qitishda, balki barcha fanlarda o’qitish va o’rganishning yangi usullarini izlab topish va amaliyotda sinab ko’rish to’g’risida ustida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bu hozirgi ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda hal etilishi zarur bo‘lgan eng muhim masalalardan biridir.
Agar ilgari chet tilini o‘rgatish ana shu til tizimini o‘rganish deb hisoblangan bo‘lsa, keyingi yillarda bu o‘quvchilarning chet tilini rivojlantirish o‘qitishdagi muhim maqsad bo‘ldi. Shuni ta’kidlash kerakki, chet elshunoslikdagi bu maqsadlar shaxs yoki hech kim tomonidan belgilanmagan, balki tilshunoslik va psixologiya fanidagi o‘zgarishlar va ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan: Audiolingual metodini ko'rib chiqing. Ushbu uslubning paydo bo'lishiga tilshunoslikdagi o'zgarishlar, ya'ni strukturaviy oqim ta'sir ko'rsatdi.
U quyidagi printsiplarga asoslanadi:
1. Xorijiy o’rgatish avval og’zaki nutqqa o’rgatishdan boshlanmoq kerak;
2. Til o‘rganish turli tuzilmalar, nutq na'munalari asosda amalga oshiriladi;
3. Mashqlar ham shunga asoslangan xolda til materialini ko'p marta takrorlashni talab qilish kerak bo'lishi kerakligi taqozo qilinadi;
4. Mashqlar va leksikani tanlash xorij tili bilan ona tilini qiyoslashning to'g'riligiga bog'liq bo'lishi kerak. 5. Talaffuzga katta e’tibor.
Bu metodning asosiy kamchiligi, mexanik mashqlarning ko'pligi va xaqiqiy nutq mashqlarining ozligidir. Bu metod asoschilar amerikalik metodist olimlar Ch.Friz va R.Ladolardir.
Masalan: Friz, boshlangich etapni asosli mazmunini strukturalar (modellar)ni o'rganish tashkil qilish kerak. Gramatikaning shu yul bilan o'rganish buni asosini tashkil etadi.
Intensiv metodlar haqida qisqacha sharx.
Intensiv XX asrning bosh metodlarida( "dastur") metodi asosida shakllana boshladi. prof. N.I.Gezning aytishicha "to’g’ri metod xorijiy intensiv o’qitishga oʻtishga qulay imkoniyat, asos yaratib berdi". Chunki metodning ba'zi bir printsipial tomonlarini qanday qilib,
1) og’zaki nutqqa bo’lgan qiziqish, ayniqsa dialogik nutqqa;
2) situatsiyalar tanlash;
3) o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirish;
kabilar xozirgi zamonaviy intensiv metodlarning u yoki bunisiga asos qilib olingan. Bu tabiiy albatta, chunki har bir yangi metodning o'zidan oldingi o'tgan yaxshi metodning tomonlarini saqlab qoladi.
So'ngi yillarda audiolingval, audiovizual, gipnopediya, relaksopediya, suggestopediya, ritmopediya kabi yangi bir yangilanishni bildiruvchi so'zlar tez-tez metodik adabiyotlarda uchrab turuvchi bo'lib qoladi.
Ingliz tilini mukammal o‘zlashtirish va gapirishni o’rganish uchun, quyidagi rejalar yordam beradi:
• Barcha nutqiy mashqlarni ovoz chiqarib bajaring. Gramatik mashqlar, o‘qish mashqlari, barcha topshiriqlar ovoz chiqarib o‘qilishi kerak.
• O‘zingiz bilan gaplashing. Biron kimsa sizni eshitib qolishidan tashvishlanmang. Ingliz tilida tez-tez ovoz chiqarib gaplashing.
• Har kuni bittadan matn tanlab, shu matn ustida ishlang, mazmuni bo‘yicha bir necha daqiqa gapiring.
• Online mashqlaridan tanlab oling va inglizcha gaplashing.
• Ko‘proq xato qiling, xatolar haqida tashvishlanmang, xatolarga yo‘l qo‘ying va xatolar haqida tashvishlanmang. Xatolarni to‘g‘irlash bilan yanada ko‘proq bilimga ega bo‘lasiz.
Ingliz tilida gapirish ko’nikmasini yuksaltirish uchun kerak bo’lgan yana bir metod – bu ingliz tilidagi audioni tinglash. Nuqt shaklining qanaqa bo’lishi ahamiyatga ega emas – dialog, monolog, qo’shiq, she’r, hikoya, kinofilmdan olingan audio nutq…asosiysi, audio sof ingliz tilida bo’lishi lozim. Ko’p hollarda o’quvchilar ingliz tilida so’zlashishni rivojlantirish uchun ko’proq o’qish kerakligi haqida bosh qotirishadi. Ingliz tilidagi matnlarni, kitob va jurnallarni o’qish so’z boyligini oshirishda yordam berib, so’zlashish ko’nikmasining rivojlanishiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Ammo hech bir boshqa mashg’ulot so’zlashish ko’nikmangizni rivojlantirishga tinglashdek sezilarli ta’sir ko’rsata olmaydi. Shu tufayli, so’zlashishni xohlasangiz ingliz tilidagi audio nutqni ko’proq tinglashga harakat qiling. Ingliz tilida filmlar ko’ring, qo’shiq, dialog va monologlarni eshiting. Tinglash orqali so’z boyligingizni yuksaltirish bilan bir qatorda, so’zlarning to’g’ri talaffuzini ham o’rganib olasiz. [11,29]
Ingliz tilida keng qamrovga ega matn to’g’risida qanday gaplashishga ishonch hosil qilish uchun sizga lug‘at kerak bo‘ladi. Bu uchun siz: Lug‘at daraxtini hosil qiling. Lug‘at daraxti va boshqa qiziqarli metodlar chet tilini tez va osonroq o‘rganishga yordam beradi. Rasmli lug‘atlar ham tilni egallashda samarali yordam beradi. O‘zingiz yoqtirgan mavzu haqida lug‘atlarni tanlang. Sizni qiziq bo’lmagan mavzu haqida lug‘at qilmang. Har kuni ozroq lug‘at so‘zlarini o‘rganing. Har kuni ikki yoki uchta so‘zlar, yoki so‘z birikmalarini o‘yod olishga harakat qiling. Agar siz inglizcha gapirishni xohlasangiz yozish yoki o‘qish mashqlariga juda ham berilib ketmasligingiz kerak. Ammo gapirish bilan birga, yozish va o‘qish mashqlariga ham e’tibor berish lozim. Shunday ekan, ingliz tilini o‘rganishda, shu bilan birga, qanchalik tez gapirishni o‘rganishda ushbu tilda qanday o‘qish va yozishni o‘rganish ham yaxshi natija beradi. O‘qish va yozish uchun quyidagi metod yaxshi yordam beradi: O‘qish mashqlarida o‘zingizning ona tilingizdan foydalanish zarurligini yodda tuting. Har bir so‘zning ma’nosini tushunishingiz lozim. Ingliz tilida qunt bilan o‘qing. Yoqtirgan mavzungizni tanlab oling va u haqida o‘qing. Yozganingizni o‘zingizning ona tilingizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilishga harakat qilmang. Buni osonlashtiring. Gapirishni o‘rganishda talaffuz ham juda katta ahamiyatga ega. Ingliz tilida gapirishni o‘rganish — bu ingliz tili talaffuzini ham o‘rganish demakdir. Quyidagi metod chet tilidagi so‘zlar talaffuzini o‘rganishga yordam beradi:
• Ingliz tilida aytilgan qo‘shiqlarni o‘rganing, u sizga talaffuzingizni yaxshilashga yordam beradi.
• Agar boshqa xalq vakillari sizning ona tilingizda gapirsa, ularning talaffuzidagi xatosini toping.
• Talaffuzni oshirishga doir dasturlarni ko‘rib chiqing.
• Yaxshi fonetik transkripsiya berilgan lug‘atlarni oling, bu sizga ingliz tili tovushlarini tushunishga yordam beradi. Ingliz tilidan imkoni boricha, ko‘proq foydalanish tilni yaxshi gapirishga o‘rgatadi. Ingliz tilida gapirish klublariga boring, turistlar bilan gaplashing va ularga ko‘maklashing. Agar sizning ingliz tilida gaplasha oladigan do‘stingiz bo‘lsa, har kuni u bilan 30 daqiqa gaplashing. Yaratuvchi bo‘ling va ingliz tilida gaplashish imkoniyatini yarating.
• Juda ham sabrli bo‘ling. Ingliz tilida yaxshi gapirishni o‘rganish uchun sabrli bo‘lish juda zarur. O‘zingizga vaqt ajrating va o‘zingizni ehtiyot qiling. Kundalik barcha ishlarni bajaring, biroq zerikarli mashqlarni faqatgina 10 daqiqadan 15 daqiqagacha bajaring. Eshitish xususiyatingizni oshirishni xohlasangiz, 15 daqiqadan 1 soatgacha radio tinglang. 10 daqiqa grammatik mashq bajaring. Ingliz tilida shug‘ullanish mashqlarini hech qachon uzoq vaqt mobaynida bajarmang. Haftasiga 2 marta bajargandan ko‘ra, har kuni ozroq shug‘ullanish yaxshi natija beradi. Bunda quyidagi qoidaga amal qiling: Xatolar qiling, ko‘proq xato qiling va xato qilishda davom eting. Xatolar qilib o‘rganishning yagona yo‘li xato qilganingizda erkin bo‘ling, asabiylashmang. Yoqtirgan narsalaringiz haqida ingliz tilida gapirishni o‘rganing. Agar huzur qilib, gapirish uchun biror mavzu matnini tanlasangiz, u sizga qisqa vaqt ichida osonroq gapirishni o‘rgatadi. Buning uchun sizdan: Sabr, Vaqt, Xato qilishga tayyor turish va asabiylashmaslik, Siz bilan inglizcha gaplashadigan do‘stlar orttirish, Kitoblar yoki ingliz tilidagi internet manbalaridan foydalanish talab etiladi. Chet tili o‘qituvchilarining faoliyati — chet tilini o‘rgatish va o’quvchilarni chet tilida gaplashishga qiziqtirishdan iborat. Hozirgi kunda ta’lim tizimini tashkil etishga nisbatan o‘ta qat’iy hamda jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Chunki murakkab qurilmalar bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini to‘laqonli anglash imkoniyatiga ega, favqulodda ro‘y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta oluvchi malakali kadrlarni tayyorlashga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj ta’lim jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etishni taqozo etadi.
4.Chet tilini o’rgatishda zamonaviy texnalogiyalardan foydalanish. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, chet tillarini o’rgatishga qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratib berildi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyati o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir”. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini” o’rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Qarori chet tillarini o’rganish imkoniyatlarini kengaytirdi. Respublikamizda chet tilining o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o’rganish va o’qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o’rganishning har bir aspect (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo’l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan: − kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin; − chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; − ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish; − CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi [1,89]. Bugungi kunda maktablarda interfaol o’yinlar orqali dars o’tish an’anaga aylanib bormoqda. Ma’lumki, darsning turli xil o’yinlar asosida o’tilishi o’quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko’nikmalarini oshirish va kuchli bo’lishlarini ta’minlaydi. O’yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o’quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda barqaror o’rnini topish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o’yin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O’quv o’yinlariga o’quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O’yinlar jarayonida o’quvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg’ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat ko’rsatadi. Ta’kidlash lozimki, o’yin eng avallo, o’qitishning bir usulidir. O’quvchilar o’yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g’alaba qozonishga intiladilar, o’qituvchi ular orqali o’quvchiga ta’lim-tarbiya ham beradi. O’quvchi inglizcha o’yin o’ynab, gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi. Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jarayonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi lozim. Bunda ko’proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri talabalarni mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o’qituvchilari Amerika Qo’shma Statlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelishmoqda: − “Muammoli vaziyat yechimi” (Creative Problem Solving) bu usulni qo’llash uchun hikoyaning boshlanishi o’qib beriladi qanday yakun topishi o’quvchilar, talabalar hukmiga havola qilinadi; − “Quvnoq topishmoqlar” (Merry Riddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish Ingliz tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq javobini topadilar; − “Tezkor javob” (Quick answers) o’tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi; − “Chigil yozdi” (“Warm-up exercises”) o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o’yinlardan foydalanish [3,45]; − “Pantomima” (pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi; − “Hikoya zanjiri” (a chain story) usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishda yordam beradi; − “Rolli o’yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo’llanilishi mumkin. Hunarga o’rgatish uchun “Interpretter”, “Translator”, “Writer”, “Poet” kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib o’quvchilar bilan suhbatlashishlari mumkin; − “Allomalar yig’ini” (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va yozuvchilarni “taklif qilish” mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli so’zlardan darsda foydalanish yoshlarni komil inson bo’lib tarbiyalanishiga yordam beradi; − “Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo’lib, ingliz tilini o’rgatishda, talaba, o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim; − Kviz kartochkalari (quiz cards) o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi [7,44]. Ko’rib chiqqanimizdek, har bir innovatsion texnologiya o’ziga xos afzallik jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlik, o’quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko’zda tutiladi. Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi.Bunday usullar o’quvchida bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Bu esa o’quvchilarni ta’lim jarayonining faol sub’yektlariga aylantiradi. Ta’lim tizimi o’z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo’yar ekan, kelgusida biz bo’lajak o’qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llarini yanada mukammalroq ishlab chiqshimizimiz bilan o’z xissamizni qo’shishimiz mumkin.
5.Chet tilida gapirishni o`rgatishda video filmlardan foydalanish.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, chet tillarini o’rgatishga qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratib berildi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyati o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir”. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini” o’rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Qarori chet tillarini o’rganish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Respublikamizda chet tilining o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o’rganish va o’qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o’rganishning har bir aspect (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo’l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samador usullardan biridir.
Bu jarayonda, jumladan:
− kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin;
− chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin;
− ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish;
− CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi .Bugungi kunda maktablarda interfaol o’yinlar orqali dars o’tish an’anaga aylanib bormoqda. Ma’lumki, darsning turli xil o’yinlar asosida o’tilishi o’quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko’nikmalarini oshirish va kuchli bo’lishlarini ta’minlaydi.
O’yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o’quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda barqaror o’rnini topish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o’yin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O’quv o’yinlariga o’quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O’yinlar jarayonida o’quvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg’ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat ko’rsatadi. Ta’kidlash lozimki, o’yin eng avallo, o’qitishning bir usulidir. O’quvchilar o’yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g’alaba qozonishga intiladilar, o’qituvchi ular orqali o’quvchiga ta’lim-tarbiya ham beradi. O’quvchi inglizcha o’yin o’ynab, gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi .
Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jarayonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi lozim. Bunda ko’proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri talabalarni mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o’qituvchilari Amerika Qo’shma Statlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelishmoqda:
− “Muammoli vaziyat yechimi” (Creative Problem Solving) bu usulni qo’llash uchun hikoyaning boshlanishi o’qib beriladi qanday yakun topishi o’quvchilar, talabalar hukmiga havola qilinadi;
− “Quvnoq topishmoqlar” (Merry Riddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish Ingliz tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq javobini topadilar;
− “Tezkor javob” (Quick answers) o’tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi;
− “Chigil yozdi” (“Warm-up exercises”) o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o’yinlardan foydalanish [3,98];
− “Pantomima” (pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi;
− “Hikoya zanjiri” (a chain story) usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishda yordam beradi;
− “Rolli o’yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo’llanilishi mumkin. Hunarga o’rgatish uchun “Interpretter”, “Translator”, “Writer”, “Poet” kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib o’quvchilar bilan suhbatlashishlari mumkin;
− “Allomalar yig’ini” (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va yozuvchilarni “taklif qilish” mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli so’zlardan darsda foydalanish yoshlarni komil inson bo’lib tarbiyalanishiga yordam beradi;
− “Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo’lib, ingliz tilini o’rgatishda, talaba, o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim;
− Kviz kartochkalari (quiz cards) o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi [4,89].
Ko’rib chiqqnimizdek, har bir innovatsion texnologiya o’ziga xos afzallik jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlik, o’quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko’zda tutiladi [5].
Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi.Bunday usullar o’quvchida bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Bu esa o’quvchilarni ta’lim jarayonining faol sub’yektlariga aylantiradi.
Ta’lim tizimi o’z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo’yar ekan, kelgusida biz bo’lajak o’qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llarini yanada mukammalroq ishlab chiqshimizimiz bilan o’z xissamizni qo’shishimiz mumkin.
Chet tilini o’rganish va o’qitish jarayonida undan unumli foydalanishning eng samarali usullardan hisoblanadi.
Chet tili darslarida interfaol uslublardan foydalanishning ahamiyati
Interfaol o‘qitish usullari ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlarda yaxshi samara beradi. Interfaol o‘qitish usullarini qo‘llashda o‘qituvchining vazifasi guruh ishlarini tashkil qilishdan va mikroguruh yetakchilarini boshqarish (ya’ni dirijyorlik)dan iborat bo‘ladi. Demak, o‘qituvchi boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi bo‘lishi...
mashg‘ulotlarida interfaol usullardan foydalanish xususida so‘z boradi. Ayniqsa, o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili darslarini olib borishda «Keys-stadi», «Pantomimo», «Bir jumladan iborat hikoya» va «Qaynoq koptokcha» kabi usullardan foydalanish mumkinligi batafsil yoritiladi.
Chet tili darslarida turli ijtimoiy shakllardan foydalanish metodikasi
Juft bo’lib ishlash chet tili darslarida juda qulay iftimoiy shakl hisoblanadi. Agar o’quvchi juft bo’ilb ishlasa chet tili darslarida notanish matnni tushina oladi.
Hozirgi zamonda ma’lum bir chet tilini bilish katta ahamiyatga ega bo’lib, uni o’rganish usullari turlichadir. Ulardan biri bu — til sohiblari tomonidan ishlangan kino-va multiplikatsion filmlarni tomosha qilish hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida grafik organayzerlardan foydalanish mavzuni yoritishda, uni o’quvchilarga yetkazib berishda eng muhim visitalardan hisoblanadi. Bir mavzuni yoritishda bir necha xil grafik organayzerlardan foydalanish ham mumkin. Chet tilini o’qitishda grafik organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi so’zlarni, grammatik qoidalarni tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Grafik organayzerlar orqali bular berilsa, yodda saqlanib qolishi ham oson bo’ladi.
Chet tilini o’qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta’lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o’quvchilar ma’lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so’zlarni joylashtirib chiqishi mumkin.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigon bo’lsak biz hech kimga gapirishni o’rgatmaymiz chunki har bir inson o’zi ona tilida gapirishni o’rganadi. Biz ularga ingliz tilida gapirishni o’rgatamiz. Ingliz tilida gapirishni o’rgatish uchun avvalam bor to’g’ri metodlardan foydalanish kerak. Har guruhdagi har bir o’quvchi e’tiborsiz qolib ketmasligi kerak. Dars davomida nutqni rivojlantirish maqsadida interaktiv o’yinlarda foydalanish kerak. Va har bir o’quvchiga gapirishga imkoniyat berishni unutmaslik. Agar yuqoridagilardan o’quvchilarni o’qitayotganimizda foydalansak ularning ingliz tilida gapirish qobilyati o’sishiga shak shubxa qilmayman Chet tilini o’rganishga ehtiyoj yuqori bo’lgan bir davrda, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innavatsion ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo’lishiga olib keladi. Innavatsion ta’lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to’g’ri va unumli foydalanilganidadir.
O'qituvchi o'quvchilarga rahbarlik qilishi, har bir darsda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga hissa qo'shishi kerak. Faqatgina maqsadga muvofiq mehnatsevarlik jarayonida ma'lum fazilatlarni shakllantirish va darsga qiziqishga erishish mumkin bo'ladi.Didaktik ishlarning xilma-xilligi talabalarda turli xil maqsadli munosabatlarni vujudga keltiradi, mustaqil ishlashga sarflanadigan vaqt ko'payadi. Mustaqil ishlash bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni egallash talabalarni ijodiy ishlarga o'rgatadi, ijodiy fikrlashni rivojlantiradi, ularni kasbiy faoliyat tizimida qo'llash uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratadi, og'zaki va yozma nutq qobiliyatini yaxshilaydi, fikrlarni, his-tuyg'ular va his-tuyg'ularni ifodalashga ustunlik beradi, shuningdek fikr yuritish qobiliyatiga ega. Har xil vazifalardan qanchalik ko'p foydalanilsa, natijalar shunchalik samarali bo'ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Anderson M, Larsen-Freeman D. Techniques and Princeples in Language Teaching. Oxford: Oxford University Press. (2011).P.104-109.
Benson P, Nunan D. Learners’ stories: Difference and diversity in language learning. Cambridge: Cambridge University Press. (2005). P.65-66 .
Burns A. Doing action reseach in English language teaching. New –York: Routledge (2010). P.43-46.
Christison M. Multiple intelligence and language learning. Burlingame,CA: Alta Book Center Publishers. (2005). P.27-29.
Jalolov J. O’rta maktabda ingliz tili o’qitish mеtodikasi. Toshkent, O`qituvchi nashriyoti 1997 yil.b.41-59.
Jalolov J.J. Chеt til o‘qitish mеtodikasi. Toshkеnt, "O‘qituvchi" 1995 yil. b.243249 .
Johnson K, Morrow K. Communication in the classroom: applications and methods for a communicative approach. Harlow; Longman(2001) P.54-58.
Macaro E, Cohen A. Language learning strategies. Oxford:Oxford University Press.(2007) P.67-71.
McCafferty S, Jacob G. Cooperative learning and second language teaching.
Cambridge: Cambridge University Press. (2006). P.103-108.
Richard J, Rodgers T. Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge: Cambridge University Press. (2014) P.87-90.
Richard- Amato P. Making it happen: from interactive to participatory language teaching: Evolving theory and practice (4th ed.). New York: Pearson Longman.(2004) P.128-136.
XoshimovU.X, Yoqubov I.Y. Ingliz tili o‘qitish mеtodikasi. Toshkеnt,
"O‘qituvchi" 2001 yil. b.141-146 .
Yorkey R. Talk-A-Tivities: Photocopiable problem solving and puzzles for pairs. (2002) P.65-68.
Газ E.Y, Ляковицкий М.В, Миролюбов А.А. и соавт. Методика
преподавания иностранных языков в общеобразовательной школе. Москва 1932.стр. 363 – 371.
Гез А.И и др. Методическая обучения иностранным языку в средней школе. ,, Высшая школа ,, 2001. стр.308-318.
Кларин М.В. Педагогические технологии в образовательном процессе.
М:Педагогика. 2004. стр.130-132.
Конышева А. В. Современные методы обучения английского языка. – M.:
Тетра Системс, 2007. стр.350-352.
Пассов Е. I. Условно - речевые управления. Хошимов Ю. X. и ЯкубовИ. Я. Методика преподавания английского языка. 1893 .. Учительский издательский дом. cтр.64-91.
Шатилов С.Ф. Методическая учеба немецкому языку средней школы.
1986.стр. 147-154.
INTERNET SAYTLARI
https://moluch.ru/archive/158/44783/ https://cyberleninka.ru/article/n/the-role-of-modern-pedagogical-technologies-inteaching-strategies https://www.researchgate.net/post/What_is_the_best_method_in_teach__speaking_su bject_for_EFL_Learners https://www.elc.edu/ru/izuchenie-anglijskogo/metodika-obuchenija/
Do'stlaringiz bilan baham: |