“5120300tarix (mamlakat va mintaqalar bo’yicha) Shodiqulov dilshod
O’zbekiston tarixi :Xorazmshohlar davlatinig boshqaruv tartiblari
Mavzusida tayyorlagan
Mavzu
Xorazmshohlar davlatining vujudga kelishi davlatchiligimiz tarixida tutgan o’rni
Kurs ishining maqsad va vazifalari “Xorazmshohlar davlatining vujudga kelishi davlatchiligimiz tarixida tutgan o'rni“ni tariximizdagi ahamiyatini aks ettirish
Xorazmshohlar davlatining vujudga kelishi
Xorazmshohlar davlatining taraqqiyot cho’qqisiga chiqishi
Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi
Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyat hayoti
Obyekti va predmeti
Obyekti:Kurs ishining obyekti sifatida “Xorazmshohlar davlatining vujudga kelishi davlatchiligimiz tarixida tutgan o’rni ” va uning davlatchilik ishlaridagi ahamiyati tanlangan
Predmeti: “Xorazmshohlar davlati” ning davlatchiligimiz tarixidagi ahamiyatini yoritish tashkil etadi
Xorazmshohlar davlatining vujudga kelishi
Xl-Xll asrning birinchi yarmida Xorazm saljuqiylar davlati tarkibiga kirgan. Xorazmning Xl asrdagi yuksalishiga turkiylar sulolasiga mansub Xorazmshohlar siyosati bilan bog’liq. Mazkur sulolaga saljuq amirining tashtdori Anushtegin asos solgan. 1077-yilda Malikshoh Anushteginni Xorazm noibi etib tayinlaydi va Xorazmda Anushteginiylar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Anushtegin vafotidan so’ng Xorazmda uning vorisi Qutbiddin Muhammad (1097-1127)hukmronlik qiladi. Garchi u Xorazmshoh unvonini tiklashda, amalda Saljuqiylarga qaram bo’lib qolaveradi. Xorazmning mustaqilligi Qutbiddinning o’g’li Otsiz (1127-1156)nomi bilan bog’liq. Otsiz qipchoq va turkmanlarning o’ziga bo'ysundirib, Sirdaryo etaklari va Mang‘ishloq yarimorolini egallaydi hamda Kaspiy dengizi sohillarida to Sirdaryoning o’rta oqimiga qadar bo’lgan yerlarda Xorazmshohlar davlatining poydevorini yaratadi
Otsizning siyosatini uning vorisi Elarslon(1156-1172),Sultonshoh Mahmud(1172) va Takash(1172-1200) davom ettiradi. Xorazm davlati Otsizning nabirasi Takash davrida juda kengayadi. 1187-1193-yillarda u Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi. 1194-yilda saljuqiylar sultoni To’g‘rulgazarba berib, Eronni Xorazmga bo’ysundiradi.1195-yil Takash abbosiy xalifa qo'shinlarini tor mor qilib Iroqqa bostirib kiradi va davlat hududni ikki karra oshirib oladi. Takash davrida davlat ma’muriy boshqaruvi qat‘iyligiga va tartib intizomi bilan ajralib turadi. 1200-yil 3-avgustda Gurganch aholisi, davlat a‘yonlariva amirlari ishtirokida Xorazmshohlar davlati taxtiga Takash va Turkon Xotunning o’g’li Qutbiddin Muhammad keladi. Keyinchalik u Alovuddin laqabini va Sanjar ikkinchi nomini olib “Iskandari Soniy” deb ulug'lanadi. Alovuddin Muhammad davlatni kengaytirish siyosatini davom ettirib, 1206-yildan Mavaraunnahrni qoraxitoylar qaramligidan ozod etishga kirishadi. 1210-yilda qoraxitoylar mag'lubiyatga uchratib, Yettisuvgacha bo’lgan yerlar Xorazmshohlar davlati tasarrufiga o’tadi va Xorazm juda keng maydoni egallagan buyuk davlatga aylanadi. Bu davrda davlatning shimoli-g'arbiy g’arbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi sohillaridan janubi-g'arbda Iroqqa qadar borar edi. Janubi sharqiy hududlari G’azna viloyatidan shimoli-sharqiy chegarasi Yettisuv va Dashti qipchoqdan o’tar edi.