3. O`zbekistonda va Jahonda kambag`allik muammosi.
O‘zbekiston tarixida ilk bor kambag‘allik masalasi 2020 yilning 24 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida ko‘tarilib, mazkur mavzu ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosiy kun tartibiga aylandi.
Aholi o‘rtasida ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to‘lash yoki ularning miqdorini oshirish orqali ushbu muammoni hal etish mumkin, degan fikr mavjud. Bu – bir tomonlama yondashuv bo‘lib, muammoni to‘la yechish imkonini bermaydi. Zero, kambag‘allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, kambag‘allikdan chiqib ketish uchun eng muhim omil – bu insonning intilishi, o‘z kuchiga tayangan holda, aniq maqsad sari harakati bo‘lishi kerak.
Mamlakatimiz rahbarining ko‘rsatmalariga binoan kambag‘allikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorijiy tajribani inobatga olgan holda kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubi, ijtimoiy ta'minotning minimal standartlari va me'yoriy asoslarini puxta ishlab chiqish maqsadida qisqa muddatlarda Jahon banki, BMT Taraqqiyot dasturi, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro tashkilotlarining 14 nafar eksperti jalb qilindi.
Mazkur ekspertlar bilan birgalikda yuqoridagi vazifalarni o‘zida qamrab olgan «2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish konsepsiyasi» loyihasi ishlab chiqilgan. Hozirda ushbu hujjat loyihasi o‘rnatilgan tartibda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasiga tasdiqlash uchun kiritilgan.
Jahon banki tomonidan 2015 yildagi 115 ta mamlakatda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida taklif etilgan uslubiyotga ko‘ra, barcha mamlakatlar uchun 2011 yildagi narxlarda xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha qashshoqlik chegarasi 1,9, kambag‘allik chegarasini esa mamlakatlar aholisi daromadlarining past, o‘rta va yuqori darajalaridan kelib chiqib 1,9; 3,2; 5,5 va 21,7 AQSh dollari etib belgilash tavsiya etilgan.
Yuqoridagi ta'rif va uslubiyotlardan kelib chiqib, alohida qabul qilingan kambag‘allikni aniqlash uslubiyoti asosida jami daromadi (yoki xarajati) belgilangan kambag‘allik chegarasiga yetmagan aholi qatlamini kambag‘al, hayot kechirishi uchun zaruriy ehtiyojlarini mutlaqo qondirish imkoniyati bo‘lmagan qatlamni esa qashshoq aholi deb e'tirof etish mumkin.
Kambag‘allikni aniqlash bo‘yicha metodologiya va nazariyalar mavjudmi? O‘zbekiston tanlagan yo‘l qanday?
Kambag‘allikni aniqlash uslubiyoti haqida so‘z borganda, avvalo, mazkur uslubiyot nima uchun kerak, degan savolga javob berish lozim bo‘ladi. Kambag‘allikni aniqlash uslubiyoti davlat tomonidan umumiy aholi tarkibidagi kambag‘al aholi qatlami ulushini aniqlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur hisoblanadi. Bundan tashqari, aholi ijtimoiy himoya tizimidagi asosiy ijtimoiy standartlarni belgilashda kambag‘allik chegarasi zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Jahon amaliyotida kambag‘allik chegarasini aniqlashning asosiy 4 ta: mutlaq, nisbiy, moddiy deprivatsiya va ko‘p o‘lchamli usullari mavjud. Mazkur usullar mamlakat ijtimoiy siyosatining ustuvorligi, iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi hamda ichki imkoniyatlardan kelib chiqib belgilanadi. Qator mamlakatlar milliy kambag‘allik chegarasi sifatida mutlaq yoki nisbiy usuldan foydalanadi.
Mutlaq kambag‘allik chegarasi kishi hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar qiymati orqali aniqlanadi. Jahon tajribasida mutlaq kambag‘allik chegarasining o‘rtacha yillik miqdorini aniqlash uchun aholi jon boshiga YaIMning 25 foizi qabul qilingan bo‘lib, aksar rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Kanada, Niderlandiya) mazkur ko‘rsatkich nisbatan yuqoridir.
Kambag‘allik chegarasini aniqlashning nisbiy usuli esa kishining daromadini jamiyatning qolgan a'zolariga nisbatan taqqoslash orqali aniqlanadi (masalan: aholi daromadlari o‘rtalamasining 50 foizi, 60 foizi va h.k.).
Biroq nisbiy usul jamiyatdagi tengsizlik darajasini inobatga olsa-da, aholining barcha qatlami daromadi hamda kambag‘allik darajasining o‘zgarishini to‘liq ifodalamaydi. Ammo shunga qaramay, bir qator davlatlar kambag‘allik chegarasini belgilashda nisbiy usuldan foydalanadi. Misol uchun, Vengriya, Estoniya, Belarus, Chernogoriya, Rossiya kabi davlatlarda aholi daromadlari mediana qiymatining 60 foizi kambag‘allik chegarasi sifatida qabul qilingan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich mos ravishda Polshada 50, Ukrainada 75 foizni tashkil etadi.
Yuqoridagi usullardan tashqari, amaliyotda monetar usullarning to‘ldiruvchisi sifatida aholining moddiy va ijtimoiy imkoniyatlardan qoniqishlarini baholash (deprivatsiya) usulidan foydalaniladi.
Bunda, kambag‘allik chegarasi insonning ma'lum bir tovar va xizmatlardan foydalana olish imkoniyatini baholash orqali aniqlanadi. Masalan, Yevropa Ittifoqida 9 turdagi tovar va xizmatlarning 4 tasidan foydalana olmaydigan inson kambag‘al hisoblanadi.
Sanab o‘tilgan usullarda kishining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda hech qanday to‘siqlarsiz ishtirok eta olishini miqdoriy baholash cheklangan. Shuning uchun jahon tajribasida kambag‘allikni ko‘p o‘lchamli baholash usulidan ham foydalaniladi. Mazkur usuldan Armaniston, Honduras, Dominikan Respublikasi, Kolumbiya, Kosta-Rika, Mozambik, Butan, Pokiston, Panama, Salvador, Chili, Ekvador, ba'zi YeI mamlakatlari hamda BMT Inson taraqqiyoti indeksini hisoblashda foydalaniladi.
Ko‘p o‘lchamli usulda uy xo‘jaligi yoki kishining ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishini ifodalovchi qator indikatorlarga vazn berish orqali binar usulda («ha» javobiga-1, «yo‘q» javobiga-«0») hisoblanadi.
BMT Yevropa Iqtisodiy komissiyasi tomonidan ko‘p o‘lchamli kambag‘allik darajasini hisoblashda aholi turmush darajasi, xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ta'lim, bandlik va atrof-muhit ko‘rsatkichlarini hisobga olish tavsiya etiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda olib borilgan o‘rganishlar natijasida mamlakatimizda kambag‘allik darajasini aniqlash uchun oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlardan iborat bo‘lgan hamda bir kishi uchun zarur bo‘lgan minimal iste'mol xarajatlari qiymati tushunchasi kiritilmoqda. Mazkur usulning o‘ziga xosligi aholi real iste'moli tarkibi va xarakteridan (consumption behavior) kelib chiqadi.
Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, 736 million kishi o‘ta kambag‘allik sharoitida kun kechirmoqda.
Quyida Jahon banki turli mamlakatlardagi kambag‘allik darajasini qanday o‘lchashi haqida ma'lumot beriladi.
Kambag‘allik chegarasi nima?
BMT kambag‘allik chegarasini asosiy tovar va xizmatlar (oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar-joy haqini to‘lash, suv bilan ta'minlash, elektr energiyasi, maktab ta'limi, tibbiy xizmat) uchun zarur bo‘lgan daromadlar sifatida belgilaydi. Kambag‘allik darajasi nisbiy tushuncha sanaladi va muayyan mamlakatdagi umumiy farovonlik darajasiga bog‘liq. Kambag‘allik mutlaq va nisbiy kabi turlarga bo‘linadi. Mutlaq kambag‘allikda kun kechiruvchi odamlar biologik tirik qolishni ta'minlaydigan minimal ehtiyojlarnigina qondirishlari mumkin.
Hukumat mahalliy organlari aholining kam ta'minlangan qatlamlarini aniqlash, ijtimoiy himoya sohasidagi vazifalarni aniqlash maqsadida kambag‘allik chegarasini belgilaydi. Bunda turli mezonlardan foydalaniladi, boy mamlakatlarda qashshoqlik chegarasi, kambag‘al mamlakatlarga qaraganda yuqoriroq.
Jahon banki metodikasi
1990 yilda Jahon banki ekspertlari kambag‘al davlatlarda qo‘llanadigan standartlardan foydalanib, dunyodagi kambag‘al aholi sonini o‘lchashni taklif qilishgandi. 15ta davlatdagi kambag‘allikning milliy darajasini o‘rganib, xarid qobiliyati asosida valuta kurslarini qo‘llagan holda (xarid qobiliyati; butun dunyodagi ana shu narxlar asosida hisoblanadi) qayta hisoblashdi. Tovar va xizmatlar to‘plami narxini barcha mamlakatlarda to‘g‘ri taqqoslash uchun ana shunday qilingan.
Natijada ekspertlar o‘rganilayotgan qashshoq mamlakatlarning oltitasida kambag‘allik darajasi kuniga bir kishi uchun 1 dollarga yaqin ko‘rsatkichni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich ilk xalqaro qashshoqlik chegarasi sifatida qabul qilinadi.
Dunyo mamlakatlaridagi hayot qiymatidagi tafovutlar ortib borgani sababli Jahon banki global kambag‘allik ko‘rsatkichini vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqish zaruriyatiga duch keldi. 2005 yilda bank dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida qabul qilingan kambag‘allik darajasi asosida ana shu ko‘rsatkichni qayta hisobladi. Natijada global qashshoqlik chegarasi 1,25 dollargacha ko‘tarildi. 2015 yilda chegara qayta ko‘rib chiqildi va 1,9 dollargacha ortdi.
Bundan tashqari, Jahon bankida o‘rtadan past, o‘rta va yuqori– 3,2 dollar, 5,5 dollar va 21,7 dollar daromadlarga ega mamlakatlar uchun kambag‘allikning yuqori darajalari qabul qilingan. Bank mutaxassislari bu ko‘rsatkichlar pul mezonlariga asoslangani va ular ta'lim olish, sog‘liqni saqlash xizmatlari va suv hamda elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik kabi jihatlarni hisobga olmasligini ta'kidlashadi.
Jahon banki ma'ruzalari
1990 yildan boshshab har yili Jahon bankining «Kambag‘allik va yalpi farovonlik» ma'ruzalari e'lon qilinadi. So‘nggi ma'ruza 2018 yilning oktabr oyida chiqarilgan. Undagi asosiy ko‘rsatkich qashshoqlikning xalqaro chegarasi bir kishi uchun kuniga 1,9 dollar miqdorida ekanidir. Biroq qashshoqlik bo‘yicha yangi ta'rif va o‘lchamlar kiritilmoqda. Jumladan, ijtimoiy kambag‘allik. Bu ko‘rsatkich mutlaq va nisbiy kambag‘allik konsepsiyasini birlashtiradi.
Bundan tashqari, kambag‘allik daromadlar darajasi bo‘yicha kommunal xizmatlar (suv, elektr energiyasi), sog‘liqni saqlash yoki ta'lim olish imkoniyatini aks ettirmagani uchun ko‘p o‘lchamli kambag‘allik ko‘rsatkichi kiritildi. Ana shu tushunchaga mos ravishda global darajadagi kambag‘allar ulushi monetar kambag‘allik bilan taqqoslaganda taxminan 50 foizga yuqoriroq.
Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, 736 million kishi (aholining 10 foizi) o‘ta qashshoqlik sharoitida (kuniga 1,9 dollardan kam kirimga ega), dunyo aholisining deyarli yarmi – 3,4 mlrd kishi – kuniga 5,5 dollardan kam tushumga ega. Qashshoqlik darajasi eng yuqori qit'a Afrika, sayyoradagi eng qashshoq mamlakatlar – Kongo demokratik respublikasi (o‘ta qashshoqlik darajasi – 77,1 foiz) va Madagaskar (77,6 foiz).
O‘zbekistonga tegishli ko‘rsatkichlar
O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Jahon banki va BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda dastur ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Uni amalga oshirish uchun 700 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.
27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi kambag‘allik darajasiga oid statistika keltirildi.
Qashshoqlik muammosi bilan ko'pgina taniqli olimlar - A. Smit, T. Maltus, D. Rikardo, G. Spenser, J. Prudon, E. Reklyuz, K. Marks, F. Engels qiziqdi. XVIII asrdan yigirmanchi asrning birinchi yarmigacha xorijda qashshoqlikni o'rganishning ikkita asosiy yondashuvi hukmronlik qildi: birinchisi, qashshoqlikning sotsial darvin kontseptsiyasi bilan ifodalanadi. Qashshoqlik yashash uchun kurashning muqarrar natijasi sifatida qaraldi, kambag'allar o'zlarining moddiy qiyinchiliklari uchun shaxsan javobgar deb hisoblardilar. Ikkinchi yondashuv - tenglik - tenglashtirish tamoyiliga asoslangan edi, qashshoqlik ishchilarni ekspluatatsiya qilish shakli va o'lchovi sifatida qaraldi, qashshoqlikning ikki turi aniqlandi: mutlaq va nisbiy.
Mutlaq kambag‘allik chegarasi kishi hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar qiymati orqali aniqlanadi. Jahon tajribasida mutlaq kambag‘allik chegarasining o‘rtacha yillik miqdorini aniqlash uchun aholi jon boshiga YaIMning 25 foizi qabul qilingan bo‘lib, aksar rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Kanada, Niderlandiya) mazkur ko‘rsatkich nisbatan yuqoridir.
Kambag‘allik chegarasini aniqlashning nisbiy usuli esa kishining daromadini jamiyatning qolgan a'zolariga nisbatan taqqoslash orqali aniqlanadi (masalan: aholi daromadlari o‘rtalamasining 50 foizi, 60 foizi va h.k.).
Biroq nisbiy usul jamiyatdagi tengsizlik darajasini inobatga olsa-da, aholining barcha qatlami daromadi hamda kambag‘allik darajasining o‘zgarishini to‘liq ifodalamaydi. Ammo shunga qaramay, bir qator davlatlar kambag‘allik chegarasini belgilashda nisbiy usuldan foydalanadi. Misol uchun, Vengriya, Estoniya, Belarus, Chernogoriya, Rossiya kabi davlatlarda aholi daromadlari mediana qiymatining 60 foizi kambag‘allik chegarasi sifatida qabul qilingan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich mos ravishda Polshada 50, Ukrainada 75 foizni tashkil etadi.
Yuqoridagi usullardan tashqari, amaliyotda monetar usullarning to‘ldiruvchisi sifatida aholining moddiy va ijtimoiy imkoniyatlardan qoniqishlarini baholash (deprivatsiya) usulidan foydalaniladi.
Bunda, kambag‘allik chegarasi insonning ma'lum bir tovar va xizmatlardan foydalana olish imkoniyatini baholash orqali aniqlanadi. Masalan, Yevropa Ittifoqida 9 turdagi tovar va xizmatlarning 4 tasidan foydalana olmaydigan inson kambag‘al hisoblanadi.
Sanab o‘tilgan usullarda kishining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda hech qanday to‘siqlarsiz ishtirok eta olishini miqdoriy baholash cheklangan. Shuning uchun jahon tajribasida kambag‘allikni ko‘p o‘lchamli baholash usulidan ham foydalaniladi. Mazkur usuldan Armaniston, Honduras, Dominikan Respublikasi, Kolumbiya, Kosta-Rika, Mozambik, Butan, Pokiston, Panama, Salvador, Chili, Ekvador, ba'zi YeI mamlakatlari hamda BMT Inson taraqqiyoti indeksini hisoblashda foydalaniladi.
Ko‘p o‘lchamli usulda uy xo‘jaligi yoki kishining ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishini ifodalovchi qator indikatorlarga vazn berish orqali binar usulda («ha» javobiga-1, «yo‘q» javobiga-«0») hisoblanadi.
BMT Yevropa Iqtisodiy komissiyasi tomonidan ko‘p o‘lchamli kambag‘allik darajasini hisoblashda aholi turmush darajasi, xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ta'lim, bandlik va atrof-muhit ko‘rsatkichlarini hisobga olish tavsiya etiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda olib borilgan o‘rganishlar natijasida mamlakatimizda kambag‘allik darajasini aniqlash uchun oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlardan iborat bo‘lgan hamda bir kishi uchun zarur bo‘lgan minimal iste'mol xarajatlari qiymati tushunchasi kiritilmoqda. Mazkur usulning o‘ziga xosligi aholi real iste'moli tarkibi va xarakteridan (consumption behavior) kelib chiqadi.
Minimal iste'mol xarajatlariga nimalar kiritilmoqda? Hisob-kitob qanday amalga oshirilgan?
Muntazam ravishda o‘tkaziladigan uy xo‘jaliklari so‘rovi bo‘yicha olingan ma'lumotlar asosida aholi daromad va xarajatlaridan kelib chiqib, aholini 10 ta guruhga (10 foizlik) ajratib, quyi 30 foiz uchun (chunki ushbu guruhlarda daromadlar oshishiga hamohang tarzda oziq-ovqat uchun xarajatlar deyarli bir xil o‘sishi kuzatildi) oziq-ovqat, nooziq-ovqat va xizmatlarga xarajatlar xususiyati o‘rganiladi.
Ushbu guruhda umumiy xarajatlarning qariyb 70 foizi oziq-ovqatlarga, qolgan 30 foizi nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar ulushiga to‘g‘ri keladi.
Shunga ko‘ra, kerakli kaloriya va oziq-ovqat qiymatidan kelib chiqib, zaruriy minimal xarajatlar miqdori hisoblab chiqiladi.
Ma'lumot uchun, FAO tomonidan O‘zbekiston Respublikasida bir kishi o‘rtacha kuniga 2100-2300 kkal oziq-ovqat mahsulotlari iste'mol qilish tavsiya etilgan.
Ushbu usul, umumiy yoki standart yondashuvlardan farqli ravishda kam daromadli aholining real iste'moli xususiyatlarini aks ettiradi.
Boshqacha qilib aytganda, kam daromadli aholining kerakli kaloriya va qiymatdagi oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar uchun minimal xarajatlar miqdori aniqlanadi.
Ta'kidlash lozimki, bu usul va yondashuv jahon amaliyotida keng qo‘llanib kelinayotgan mezonlardan biri bo‘lib, xalqaro ekspertlar tomonidan hozirda maqbul va to‘g‘ri keladigan yondashuv sifatida taklif etilmoqda.
Ushbu usul va mezon bizga kelajakda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarimizni aniq va manzilli tashkil etishda amaliy jihatdan qo‘l keladigan instrument bo‘lib xizmat qiladi.
Kutilayotgan natijalar nimalardan iborat?
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida ta'kidlanganidek, 2021 yilda iqtisodiy islohotlarning pirovard maqsadi kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish maqsadida qator vazifalar belgilandi, jumladan:
1. BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki kabi qator xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda «O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi» loyihasi ishlab chiqiladi.
2. Kambag‘allikni qisqartirish borasida kompleks yondashuv va nostandart usullar joriy etiladi ya'ni, kambag‘al aholining asosiy ehtiyojlarini kafolatli ta'minlash bo‘yicha Xalqaro ekspertlar bilan chuqur tahlil asosida, hisob-kitoblar yakuniga yetkaziladi va joriy yilning 1 martidan boshlab, «Aholining minimal iste'mol xarajatlari qiymati» joriy etiladi.
Mazkur yondashuv aholining kambag‘al qatlamiga kredit, ijtimoiy nafaqa yoki uy berish bilan birgalikda ta'lim, sog‘liqni saqlash, kasb-hunarga o‘qitish, ichimlik suvi, energiya va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq kompleks muammolarni hal etishni nazarda tutadi.
3. Ehtiyojmand aholini to‘g‘ri aniqlash va shu asosda, ular bilan manzilli ishlash tizimi yaratiladi.
4. Kelgusi yildan to‘liq ishga tushadigan «Ijtimoiy reyestr»da «temir daftar»dagi barcha ma'lumotlar qamrab olinib, ehtiyojmand oilalarga 30dan ziyod ijtimoiy xizmatlar elektron shaklda ko‘rsatiladi.
5. Ijtimoiy kafolatlarni bir tizimga keltirib, ularni minimal me'yorlar darajasida bosqichma-bosqich ta'minlash bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.
6. Hududlarning mavjud salohiyatini kambag‘allikni qisqartirish uchun safarbar etish yo‘llari ishlab chiqiladi, jumladan:
hududlardagi mavjud maxsus industrial zonalardagi loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘riladi;
ehtiyojmand aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha motivatsiya, ko‘nikma va moliyaviy ko‘mak tamoyili asosida har bir tuman va shahar bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqiladi.
7. Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning bandligini ta'minlash va doimiy daromad manbaini yaratishning yangi mexanizmini amaliyotga joriy etish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqiladi.
8. Kambag‘allikni qisqartirishga aloqador va mas'ul xorijiy institutlar bilan hamkorlik yanada rivojlantiriladi, jumladan:
- 2021 yilda «Qashshoqlikka barham berish va kambag‘allikka qarshi kurashish» masalalariga bag‘ishlangan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global sammiti o‘tkaziladi;
- 2021 yilda ShHTga a'zo mamlakatlarda sohaga mas'ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda «Kambag‘allikka qarshi kurashish» konferensiyasi o‘tkaziladi;
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasining Xalqaro kambag‘allikni qisqartirish markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |