3.4 jadval
“Emotsional soha, faoliyat va xulq atvorda o‘z-o‘zini nazorat qilish ifodalanganligi” (G.S.Nikiforov, V.K.Vasilev, S.V.Firsov) so‘rovnomasi, “O‘zining psixik holatlarini baholash” (Ayzenk) metodikasi, “Shaxsdagi xarakter aksentuatsiyasining turlarini tashxislash” (G.Shmishek) so‘rovnomasinig Mann-Uitni U-mezoni bo‘yicha o‘zaro farqli ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
|
O‘smir
|
N
|
O‘rtacha rang
|
U
|
P
|
Emotsional sohadagi o‘z-o‘zini nazorat qilish
|
norma
|
53
|
56,25
|
-6,941
|
,000***
|
delinkvent
|
43
|
36,62
|
Faoliyatdagi o‘z-o‘zini nazorat qilish
|
norma
|
53
|
69,41
|
-8,173
|
,000***
|
delinkvent
|
43
|
22,73
|
Ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish
|
norma
|
53
|
76,02
|
-6,850
|
,000***
|
delinkvent
|
43
|
49,91
|
Bezovtalik
|
norma
|
53
|
48,29
|
-,082
|
,935
|
delinkvent
|
43
|
48,76
|
Frustratsiya
|
norma
|
53
|
47,82
|
-,272
|
,786
|
delinkvent
|
43
|
49,34
|
Agressivlik
|
norma
|
53
|
48,78
|
-,111
|
,911
|
delinkvent
|
43
|
48,15
|
Rigidlik
|
norma
|
53
|
49,76
|
-,497
|
,619
|
delinkvent
|
43
|
46,94
|
Gipertim
|
norma
|
53
|
49,58
|
-,435
|
,664
|
delinkvent
|
43
|
47,16
|
Xavotirlanuvchi
|
norma
|
53
|
48,61
|
-,045
|
,964
|
delinkvent
|
43
|
48,36
|
Distim
|
norma
|
53
|
50,31
|
-,723
|
,470
|
delinkvent
|
43
|
46,27
|
Qo‘zgaluvchan
|
norma
|
53
|
49,21
|
-,288
|
,773
|
delinkvent
|
43
|
47,63
|
Emotiv
|
norma
|
53
|
48,30
|
-,079
|
,937
|
delinkvent
|
43
|
48,74
|
Rigid
|
norma
|
53
|
40,05
|
-3,672
|
,000***
|
delinkvent
|
43
|
61,63
|
Namoyishkor
|
norma
|
53
|
46,92
|
-,630
|
,528
|
delinkvent
|
43
|
50,45
|
Sikloid
|
norma
|
53
|
48,97
|
-,192
|
,848
|
delinkvent
|
43
|
47,92
|
Ekzaltr
|
norma
|
53
|
47,97
|
-,220
|
,826
|
delinkvent
|
43
|
49,15
|
Olingan natijalarimizga ko‘ra agressivlik qiz bolalarda yuqori ko‘rsatkichni namoyon qildi. Oilada bola bilan ota-onalarning salbiy munosabat qilinishi nafaqat boshqa bolalarga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlarni keltirib chiqaradi, balki balog‘at yoshidagi zo‘ravonlik va shafqatsizlikka olib keladi, jismoniy tajovuzni shaxsiy turmush tarziga aylantiradi, shaxsning keyingi hayotidagi ijtimoiy rollar tarkibidagi sifat o‘zgarishiga ta’sir qiladi. Psixologlar fikricha oiladagi muloqotning nuqsonlari, o‘zaro ta’sirning past xususiyatlari, muloqot qila olmaslik oilaning psixoterapevtik funksiyasini yo‘qotishiga olib keladi. Ota-onalar va o‘smirlar o‘rtasidagi deformatsiyalangan muloqotning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: salbiy baholash va jazoga munosabat; ota-onalar va o‘smirlar tomonidan salbiy umumlashmalarning rivojlanishi, manipulyatsiya, ota-onalarning boshqalar hisobidan (uyda) o‘zini tasdiqlashi, ota-onalarning o‘zini namoyon qilishi hamda ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi hissiy munosabatlardagi buzilishlarning shakllanishi bilan bog‘liq
O‘smirlarning agressiv xatti-harakati tajovuzkor e’tiqod va munosabat, o‘smir o‘sadigan muhitda yuqori darajadagi dushmanlik, o‘smirlik davriga xos impulsivlik, emotsional va ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyati bilan qo‘zg‘atilishi mumkin. O‘smirning agressivligi murakkab majmuadir. Agressiv xatti-harakatlarning sabablari psixologik bo‘lishi mumkin (motivatsion, hissiy, irodaviy yoki axloqiy sohalarning buzilishi) ijtimoiy-psixologik omillar (oilaning parchalanishi, shu jumladan uning bola-ota-ona munosabatlari tizimidagi hissiy aloqalarning buzilishi, tarbiya uslubining xususiyatlari).
Tadqiqotimizning vazifalariga ko‘ra, norma va delinkvent xulq o‘smirni ulardagi o‘zaro farqli ta’sir qiluvchi omilllarni aniqlash va psixologik jihatdan tahlili qilishni belgilab olingan. Quyidagi jadval orqali olingan natijalarni ko‘rishimiz mumkin.
Natijalarimiz tahlilicha G.S. Nikiforov, V.K. Vasilev, S.V. Firsovlarning Emotsional soha, faoliyat va xulq atvorda o‘z-o‘zini nazorat qilish ifodalanganligi so‘rovnomasi bo‘yicha emotsional sohadagi o‘z-o‘zini nazorat qilish shkalalarida ahamiyatli farqlar aniqlanib, unga ko‘ra emotsional sohadagi o‘z-o‘zini nazorat qilish shkalasi (U=-6,941; p<0,001) normadagi o‘smir va delinkvent o‘smir o‘rtasidagi farqlar aniqlandi.
3.8.rasm Sinaluvchilarning o‘zaro farqli ko‘rsatkichlari
Delinkvent (xuquqbuzar) xulq-atvor tipidagi shaxsning xususiyatlari borasidagi tadqiqotlar dolzarbdir.Delinkvent - bu ma’lum bir jamiyatda o‘rnatilgan qonunlardan chetga chiqadigan, boshqa odamlarning farovonligiga yoki ijtimoiy tuzumga tahdid soladigan va ekstremal ko‘rinishlarda jinoiy jazolanadigan o‘ziga xos shaxslarni tushunishimiz mumkin.
Huquqbuzarlik xulq-atvori asosan insonning ehtiyojlari va motivlari va ularning hissiy ko‘rinishlari munosabatlari bilan belgilanadi. Ushub tip shaxsning faoliyati, harakatlarida shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Insonni o‘z harakatlarining motivlari, hayotning qaysi hodisalariga befarqligi, nimadan quvonishi, fikrlari va istaklari nimaga yo‘naltirilganligi bilan hukm qilish kerak. Dunyoga, odamlarga va o‘ziga bo‘lgan asosiy munosabatlarning umumiyligi uning insonga xos axloqiy pozitsiyani shakllantiradi. Bu shaxsiy qadriyatlar paydo bo‘lganda, ongli umumiy semantik shakllanishlar sifatida qaraladi. O‘smirlardagi intellektual va shaxsiy rivojlanish darajasining еtarli emasligi ularga еtuk darajaga еtishishda boshqa yo‘llar bilan erishishga imkon bermaydi. Shuning uchun ular eng ibtidoiy usulni tanlaydilar.
Huquqbuzarlik xatti-harakatlariga moyillik asab tizimining tipologik xususiyatlari bilan belgilanishi mumkin. Yangi vaziyatlarga moslashish, kayfiyat sifati, sezgirlik, aloqa kabi tug‘ma xususiyatlar boshqa noqulay sharoitlarda huquqbuzarlik xatti-harakatlarining shakllanishiga ta’sir qilishi tadqiqotimizdan olingan natijalardan ko‘rinib turibdi. Huquqbuzarlik xatti-harakatlariga moyil bo‘lgan o‘smirlarning tashqi ta’sirlarga yuqori sezuvchanlik, emotsionallik, nevrotizm, impulsivlik, depressiya, o‘z hatti harakatlarini, emotsiyalarini boshqara olmaslik kabi individual tipologik xususiyatlarni ko‘rishimiz mumkin.
O‘smirlarning huquqbuzar xatti-harakatlari salbiy emotsiyalar yoki agressiya yoki depressiya kabi hissiy kasalliklar bilan birga keladi. O‘smirlarda huquqbuzarlik xatti-harakatlarining kelib chiqishida xavotir еtakchi rol o‘ynaydi. Emotsional muammolar o‘zini o‘zi boshqarish qiyinchiliklarini keltirib chiqaradi. Buzilishlar o‘zboshimchalik bilan harakatlarni tartibga solishga ham ta’sir qiladi va maqsadlarni belgilash, rejalashtirish, baholash, o‘zini o‘zi boshqarishdagi buzilishlarga tartibsizliklarga olib keladi. O‘z-o‘zini tartibga solish va boshqarish o‘z navbatida rivojlanmagan nutqning boshqaruvi, past refleksivlik, o‘zini o‘zi past baholash kabi shaxsiy xususiyatlar tufayli buzilishi mumkin. O‘smirlarning antisotsial, noqonuniy xatti-harakatlarining paydo bo‘lishini zararsizlantirish uchun emotsional holatlarni tuzatishga alohida e’tibor berish kerak, bu esa ehtiyojlar va ong ierarxiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Navbatdagi tahlil natijalarisizga ko‘ra, faoliyatdagi o‘z-o‘zini nazorat qilish shkalasi (U=-8,173; p<0,001) norma va delinkvent o‘smir o‘rtasida ahamiyatli farqlarni aniqladik.
Huquqbuzar o‘smirning shaxsi quyidagilar bilan tavsiflanadi: hukmronlikka intilishda umumiy faollik va xushmuomalalik darajasining pasayishida, salbiy hissiy namoyishlar (tajovuzkorlik, negativizm va boshqalar) hissiy beqarorlik va qo‘zg‘aluvchanlikda hamda huquqiy normalarni faol rad etishda, jamiyatga qarshilik ko‘rsatish va agressiv еtakchilikka intilishda, atrofdagi haqiqatlarga doimiy qarshilik qilishda, o‘zining xatti-harakatlarini boshqara olmaslikda ko‘rinadi. Delinkvent o‘smir o‘zini o‘zi faolyatini boshqara olmasa u antisotsial harakatlarni ya’ni jinoiy javobgarliklarda (tizimli ravishda ishdan bo‘shash, mayda o‘g‘irlik, bezorilik, ijtimoiy xulq-atvor normalarini buzish) ifodalashi mumkin44.
Delinkvent xatti-harakatlar deviantning bir turi noqonuniy xatti-harakatlar sodir etishda ifodalangan xatti-harakatlar va jamiyatda jazolanadigan harakatlardir. Huquqbuzarlik xulq-atvorining namoyon bo‘lishi jamiyat uchun xavf va jinoiy jazo choralarini keltirib chiqaradi.
Voyaga еtmagan o‘smirlarning o‘zini o‘zi baholashi hali aniqlanmagan, qiymat yo‘nalishlari tizimga aylanmaganligi sababli, voyaga еtmagan huquqbuzarlarda ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirish mumkin. Delinkvent o‘smirlar o‘zlarini tashqi jozibadorlik, aql, akademik muvaffaqiyat, mehribonlik va halollik toifalarida qonunga bo‘ysunadigan normadagi o‘smirlarga qaraganda ancha past baholaydilar. Ikkinchidan, ular o‘zlarining muvaffaqiyatsizliklarini tashqi narsalar bilan bog‘lashadi - ular kamroq omadli, ular ko‘proq baxtsizlikka ega, ular doimo boshqalar nazdida salbiy taassurot qoldiradilar va hokazo.
Huquqbuzar o‘smirlar aslida tengdoshlari tomonidan e’tiborga olinmaydi, ular normadagi o‘smirlarning muloqot doirasidan chiqib ketadi. Bu o‘smirlarning aksariyati noqulay psixologik iqlimi bo‘lgan oilalarda yashaydi. Shuning uchun ular qilayotgan ishlarini boshini ham oqibatini ham o‘ylamaydilar va nazorat qilmaydilar.
Keyingi natijamiz ijtimoiy o‘zini o‘zi nazorat qilish shkalasisining ko‘rsatkichlarini tahlililariga qaratilgan bo‘lib unda (U=-6,850; p<0,001) norma va delinkvent o‘smirlar o‘rtasida farqlar aniqlandi.
Ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish insonlardagi ajralmas xususiyat va o‘z-o‘zini anglashning elementidir. Uning funksiyalari va namoyon bo‘lishi ijtimoiy o‘zlikning qolgan tuzilmalari bilan doimiy ravishda bog‘liqdir:
- ijtimoiy o‘zini o‘zi qadrlash, ijtimoiy motivlar va munosabatlarning ijtimoiy o‘zini namoyon qilishidir.
Huquqbuzar o‘smirlar uchun dominant ruhiy holatlar hissiy beqarorlik, umuman hayotdan norozilik, umidsizlik, passiv hayotiylikdir. Ular qo‘zg‘aluvchanlik, asabiylashish, affektiv reaksiyalarga moyillik bilan ajralib turadi, kayfiyat o‘zgaruvchan, salbiy hissiy ohang ustunlik qiladi, ular kelajakni yaxshi bashorat qilmaydi.
Ijtimoiylashgan o‘smirlar uchun dominanta ruhiy holatlar еtarli hissiy barqarorlikdir (hissiy qo‘zg‘alish holatida ular aqliy o‘zini o‘zi boshqarish, xulq-atvor va faoliyatning еtarliligi va samaradorligini saqlab qoladilar), umuman hayotdan qoniqish, quvnoqlik, optimizm, kelajakda quvonchli voqealarni kutishlari bilan ajralib turadilar. Huquqbuzar va ijtimoiy o‘zini o‘zi nazoratqila oladigan o‘smirlar o‘rtasidagi eng muhim farqlar quyidagi ustunlikdagi psixik holatlarda kuzatiladi: hissiy barqarorlik, quvnoqlik - umidsizlik, hayotdan qoniqish.
Ijtimoiy o‘zino‘zi nazorat qila oladigan boshqara oladigan o‘smirlar yuqori darajadagti inson faoliyatini ongli ravishda o‘zini o‘zi tartibga solishning tizimining shakllanganligi bilan ajralib turadi. Xulq-atvorning yuqori darajadagi moslashuvchanligi rejalashtirish va modellashtirish qobiliyatini rivojlantiradi.
G.Shmishekning shaxsdagi xarakter aksentutsiyasini turlarini tashxislash uchun mo‘ljallangan so‘rovnomasining rigid shkalasida ham norma va delinkvent o‘smirlardagi farqlar (U=-3,672; p<0,001) aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |