Bu model istalgan rangni o’z bazasidagi uch turdagi rang bilan ifodalab beruvchi modeldir.Bu uchta rang qizil(red r) , yashil(green g) , ko’k(blue b)dir.Bunda rang kodi kiritiladi.Masalan 1,1,0 kod sariq rangni bildiradi va h.k.
Bu model ham rgb modeliga o’xshash bo’lib kodlash faqat bitta son bilan , 0 va 1 orasida amalga oshiriladi.Masalan rgb dagi 0.5,0.5,0.5 bu yerda 0.5 ga teng.Qora rang uchun 0 , oq rang uchun esa 1 kod mos keladi.
Bu modelda ranglarni kodlash to’rtta rang ustida amalga oshiriladi.Ular moviy(cyan) , qirmizi((magenta) , sariq(yellow) va qora(black) ranglardir.Bunda oq rang uchun 0,0,0,0 kodlash , qora uchun esa 0,0,0,1 kodlash mos keladi.
Yozuvlar rangi uchun quyidagi
\textcolor[model]{rang}{matn} buyrug’idan foydalanish mumkin.
Quyidagi misolda shu buyruqni turli variantlarda qo’llab ko’ramiz.
\textcolor{red}{Qizil,}\\
\textcolor[cmyk]{0,1,1,0}{qizil,}\\
\textcolor[rgb]{1,0,0}{va yana qizil!}
Do'stlaringiz bilan baham: |