128
psixofiziologlar, sotsiologlar va boshqalarni tayyorlashni ko’paytirish
hisobiga
shakllantiriladi.
7.3. Ilmiy metodik va axborot ta`minoti
O’zbekiston Respublikasida kasbga yo’naltirish bo’yicha ilmiy, amaliy, uslubiy
va nazariy ishlanmalarni tayyorlash, ularni sinovdan o’tkazish va kasbga yo’naltirish
tizimiga tatbiq etish masalalari o’quvchilarni kasb – hunarga yo’naltirish va
psixologik – pedagogik respublika Tashxis markazi tomonidan uning ilmiy Kengashi
va nashriyot bo’limi orqali hal etiladi. Ishonchli axborot-uslubiy va dasturiy ta`minotni
yaratish (kasbiy talim, ijtimoiy-iqtisodiy holatlar to’g`risida umumiy xarakterga ega
bo’lgan axborot-qo’llanma materiallar banki, mehnat bozorining joriy va istiqboldagi
ehtiyojlari
shuningdek, kasbiy xarakterdagi axborot-qo’llanma materiallar banki –
qo’llanmalar,
kataloglar,
kartotekalar,
profkartalar,
professiogrammalar,
psixogrammalar; kasblarning rivojlantirish istiqboli to’g`risidagi ma`lumotlar;
aholining turli qatlamlari bilan kasbga yo’naltirishni o’tkazish texnologiyasi bo’yicha
metodik tavsiyalar, shuningdek, individual kasbiy
maslahat va kasbiy tanlov;
individual test o’tkazish, kasbiy tashxisning kompyuter variantini hisobga olgan holda
shaxsni psixologik tashxis qilish metodikalari majmuasi).
7.4. Moliyalashtirish va moddiy – texnik ta`minot
Kontseptsiya davlat, mahalliy byudjet,
byudjetdan tashqari, aholi bandligiga
yordam berish Davlat jamg`armasi, nogironlarni ijtimoiy himoyalash jamg`armasi
(cheklangan mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslarni kasbga yo’naltirish bo’yicha
tadbirlarni amalga oshirish uchun),
boshqa davlat, yoshlar va jamoat jamg`armalari,
korxonalar va fuqarolarning shaxsiy mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.
Byudjetdan tashqari mablag`lar: maslahat va uslubiy yordamlar o’tkazish
bo’yicha shartnomaviy mablag`lar, pullik xizmat ko’rsatish va boshqa yo’nalishdagi
faoliyatdan tushgan mablag`lar. O’rnatilgan tartibda ajratiladigan va to’lanadigan bank
kreditlari. Tashkilotlardan, muassaslardan, xususiy shaxslardan, chet el investorlaridan,
hokimliklarning homiylik yordamlaridan tushgan mablag`lar.
129
Mablag`lardan foydalanish O’zbekiston Respublikasi hududidagi amal
qilayotgan
qonunlar, moliya vazirligining tegishli me`yoriy hujjatlariga muvofiq
amalga oshiriladi.
Kasbga yo’naltirish ishlarining moddiy-texnika ta`minoti
uchun birinchi
navbatda quyidagilar zarur:
-
kasbga yo’naltirish Markazlari va boshqaga yo’naltirish tuzilmalari uchun
amaldagi me`yorlar asosida tegishli ish joylarini ajratish;
- ularni elektron hisoblash, audio, video va nusxa ko’paytiruvchi texnika, jihozlar
va asbob-uskunalar, aloqa vositalari, transport faoliyatining tegishli yo’nalishiga mos
bo’lgan poligrafik baza bilan jihozlash.
Do'stlaringiz bilan baham: