Mavzu yuzasidan test savollari
1. 9 yil mobaynida nechta fanni o’zlashtirish mumkin?
A) 25 ta
B) 15 ta
C) 20 dan ortiq
D) 19 ta
2.
Kasb-hunar kollejlarini bitirganlarga qanday diplom beriladi?
A) ―Mutaxassis‖ diplomi
B) ―kichik mutaxassis‖ darajali diplom
107
C) ―mutaxassislik‖ diplomi
D) ―bakalavr‖ diplomi
3.8-9 sinflardagi materiallar qanday yo’nalishlarda o’qitiladi?
A)6-7 sinf materiallari asosida
B) 5-sinfdan tanlab olingan yo’nalishda
C)3- sinf mehnat ta`limi asosida
D) boshlang`ich sinflar asosida
108
§ 10. KASBGA YO’NALTIRISH YUZASIDAN AMALGA OSHIRILADIGAN
TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Tajriba-sinov ishlarining shakllantiruvchi bosqichida o’quvchilarni kasbga
moslashtirish texnologiyasining darajasi tahlil qilindi. Bunda tajriba-sinov ishlari
tajriba guruhida biz taklif etgan texnologiya asosida, nazorat guruhida esa an`anaviy
dastur bo’yicha amalga oshirildi.
Uning natijalarini baholash uchun mehnat ta`limi bo’yicha ta`lim standartining
taxlili asosida o’quvchilarning kasbga moslashtirish bo’yicha egallashlari lozim
bo’lgan eng ahamiyatli turtta ko’nikmani aniklab oldik, ya`ni:
Axborotlarni tahlil qilish ko’nikmasi
. Ushbu ko’nikma o’quvchilarning kasb
tasnifi, uning asosiy turkumlariga xos umumiy xususiyatlarni bilishi, kasblarning
murakkablik omillarini taxlil qila olishi bilan baholanadi;
Gnostik ko’nikmalar
. U kasbi bo’yicha talab qilinadigan shart-sharoitlar bilan
o’quvchining qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari, salomatligi va boshqa sifatlarining
o’zaro muvofiqligini aniqlash asosida baholanadi;
Konstruktiv ko’nikmalar
. O’quvchi tomonidan kasbga doir shaxsiy rejaning
mazmuni, bo’limlari va vazifasiiing asoslanishi, kasbga tayyorgarlik va kasb
mahoratini oshirish usullarini egallaganligi.
Tashkiliy ko’nikmalar.
Kasbga moslashtirish va kasbga xos bilimlarni,
malakalarni egallash hamda diagnostik kasb maslahatidan foydalanishni, akademik
litseylar va kasb-xunar kollejlarining o’quvchilariga bo’lgan talablarni, ularning
bir-biridan farqini bilishi.
So’ngra, mazkur ko’nikmalarniig tajriba va nazorat guruhlari o’quvchilarida qay
darajada shakllanganligani qiyosiy taxlil qilish maqsadida ularning har biri anketa
savollari hamda amaliy topshiriq yordamida baholandi. Bu o’rinda anketa savollari
nazariy, topshiriq esa amaliy bilim va ko’nikmalarni anikdigaga xizmat qilishi ko’zda
109
tutilib, har bir savol 5 balli tizimda baholab borildi.
Biz o’quvchilar tomonvdan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish sifatini
baholashning umumlashgan ko’rsatkichi - oxirgi natija bo’yicha taqoslashdan
foydalandik. Bunda o’quvchilar bilim va ko’nikmalarini keltirilgan o’rtacha
o’zlashtirish bali orqali baholash eng samarali yo’nalish hisoblanib, u guruhlardagi
o’rtacha o’zlashtirish bali farqi va o’rtacha ball atrofida ballarning yoyilish
ko’rsatkichidan foydalanib anikdanadi.
Kasb-hunar tanlashda adashmaslik uchun o’quvchilar quyidagilarni bilishi va
uddalashi kerak:
A) mehnat va kasb turlariga bo’lgan o’z moyilligi, qiziqish va layoqat;
B) Kasb-hunar bo’yicha mehnat sharoiti va mazmuni (predmeti, maqsadi,
mehnat quroli, ishchining asosiy vazifalarini, bilimni, ko’nikmalarni, mehnat
tashkillashtirish;
V) Insonning shaxsiy xislat-lari va sog`ligiga kasb tomonidan qo’yiladigan
talablarni;
G) Kasb-hunar egallash va malaka oshirish yo’llarini (ishlab chiqarish jarayoni,
kasb-hunar kollejlarida, maxsus kurslarda, OO’YUda va h.k.);
D) Tanlagan kasb-hunar bo’yicha ishlash mumkin bo’lgan eng yaqin korxonalar
to’g`risidagi ma`lumotlarni, to’garaklarda ishtirok etish jarayonida o’z qiziqish va mo
yillarni amaliyotda sinash;
E) Ma`lumotlar va maxsus adabiyotlar orqali kasblar bilan tanishish, mutaxassis
bilan maslahatlashish, ishchi o’rni bilan tanishish;
J) Kasb-hunarga yo’naltirish Markazidan maslahatlar olish, amaliyotdan o’tish,
shifokor maslahatini olish;
Z) Kasb-hunar to’g`risidagi ma`-lumotnomalarni va adabiyot-larni ―Kim bo’lsam
ekan?‖ mavzusidagi materiadlarni o’qishni, bo’sh ishchi o’rinlari to’grisida ish bilan
bandlik tashkilotlari materiallari bilan tanishish va maslaxatlashishni.
Barkamol o’quvchi shaxsini tarbiyalashda kasbga moslashtirish ishlarining
mazmunini belgilashdagi quyidagi fikrlarga amal qilish maqsadga muvofiq bo’ladi:
- o’quvchilarning kasbga moslashtirishning pedagogik texnologiya borasidagi
110
amalga oshirgan tadqiqotlarimiz ishlab chiqilgan texnologiyamizning samarali va
ishonchli ekanligini tasdikladi;
- o’quvchilarda shakllantirilgan kasb oid ko’nikma va malakalar, ularning
bo’lajak mutaxassislar sifatida kasbiy shakllanishidagi ahamiyatini o’rganish uchun
qo’llanilgan metodlar majmuasi olingan natijalarning haqqoniyligi va ijobiy
tavsifdaligini tasdiqladi;
- darsdan tashqari mashg`ulotlar jarayonida o’quvchilarning umumta`lim,
umummehnat bilim va ko’nikmalari darajasini oshirishning ishlab chiqilgan
pedagogik texnologiyasini ta`lim tizimi amaliyotiga tadbiq qilish mumkin, deb
hisoblaymiz.
O’quvchilarni kasbga moslashtirishda mehnat ta`limi bo’yicha darsdan tashqari
mashg`ulotlarning muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdikdadi. O’quvchilarning kasb
tanlashga oid bilim va ko’nikmalari diagrammalar hamda qiyosiy jadvallar yordamida
tahlil qilishini natijasida darsdan tashqari mashg`ulotlarda o’quvchilarni kasbga
moslashtirish ishlarining maqsadga muvofiq tashkil etilishi bu mashg`ulotlarga
muntazam ishtirok etuvchi o’quvchilarning umummehnat bilim va ko’nikmalari,
umumta`lim fanlaridan o’zlashtirish darajasi qolgan o’quvchilarga nisbatan birmuncha
yuqori ekanligada o’z isbotini topdi;
- kasbiy tarbiya tizimida kuyidagilarga amal qilinishi lozim deb hisoblaymiz:
• kasbiy tarbiya - tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish,
har bir bola, o’smir va yosh yigit-qizning betakror
hamda o’ziga xosligani hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini
e`tiborga olish;
• yoshlarda istak va imkoniyat muvofikdigi tuyg`usini qaror toptirish;
• milliylikning o’ziga xos an`analari va vositalariga tayanish;
• shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, o’qituvchilar va o’quvchilar
o’rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e`tibor qilish, ularga
mehribonlarcha munosabatda bulish;
• kasbiy tarbiya jarayonida uzluksizlikka va turli yoshdagi bolalarni qamrab
olishga alohida ahamiyat berish.
111
Qayd etilgan materiallar negizida ―Ilmiy pedagogik tadqiqot natijalarini
rasmiylashtirishning namunaviy tartibi‖da quyidagilarga tayanish: tadqiqot mazmuni,
mantiqiy tuzilishi, asosiy tushunchalari hamda asosnomasi, tadqiqot mavzusining
dolzarbligi, tadqiqot muammosi, tadqiqotning maqsadi, tadqiqot farazi, tadqiqot
ob`ekti, tadqiqot predmeti, tadqiqot vazifalari, tadqiqotning nazariy ahamiyati,
tadqiqotning amaliy ahamiyati, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tadqiqotning ishonchliligi
va asoslanganligi, himoyaga olib chiqiladigan asosiy xulosalar, tadqiqotni amalga
oshirish bosqichlari, tadqiqot natijalarining amalga oshirilishi, tadqiqotlarni amalga
oshirish istiqbollari, ishning mundarijasini tuzish. Mazkur ishlarning bajarilishida
ilg`or tajriba va olimlarning fikrlari, g`oyalari bilan to’ldirilishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |