“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
Ta’lim tizimida, jumladan, umumiy o‘rta ta’lim tizimida hozirgacha saqlanib
qolayotgan va ularning bartaraf etilishi yuzasidan kechiktirib bo‘lmas samarali choralar
ko‘rilishi zarur bo‘lgan muammolar ham talaygina. Tizimdagi bir qator muammolarning
bartaraf etilishi yuzasidan quyidagilarni taklif etish mumkin.
O‘zbekiston ta’lim sohasiga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larni rivoj-
langan davlatlar bilan qiyoslaganda, bir necha barobar ko‘p ulush ajratadigan (davlat
byudjetining 35 foiziga yaqin qismi ta’lim sohasiga sarflanadi) birinchi o‘ntalikka kiradi.
lekin majburiy ta’lim bilan qamrab olinishi lozim bo‘lgan o‘quvchilar sonining jami aholi
soniga nisbatan ulushining ko‘pligi, ta’lim sohasidagi xususiy sektor ulushining esa o‘ta
kamligi ta’lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirishdagi kuchli ta’sir etuvchi omillardir.
Shuning uchun ta’lim sohasiga ajratilayotgan byudjet mablag‘larining iqtisodiy
samaradorligini oshirish masalasi dolzarbdir.
Mamlakatimizda jami 10000 ga yaqin umumta’lim maktabi bo‘lib, ulardagi
bitta sinfga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni 28-29 nafarni tashkil etadi. Biroq 10
foiz maktablarda bitta sinfdagi o‘rtacha o‘quvchilar soni 8 tadan 20 nafargachani
tashkil etadi. Toshkent shahri hamda viloyat, tuman markazlari yaqinidagi aksariyat
maktablarda me’yor(35 nafar)dan ortib, hattoki 48-50 nafar o‘quvchidan iborat.
Masalan, o‘tgan o‘quv yilida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 44 ta umumta’lim
maktabida jami 894 ta sinfdagi o‘quvchilarning o‘rtacha soni 25 nafarni tashkil etgani
holda, 158 ta sinflardagi o‘quvchilar soni 10-20 nafardan hamda tuman bo‘yicha faqat
10 taga yaqin sinflarda (yoki tumandagi jami sinflarning 1,2 foizida) o‘quvchilar soni 35
tadan ortiqni tashkil etgan.
Toshkent shahri tumanlaridagi holatni bunday deb bo‘lmaydi. Toshkent shahrining
yunusobod tumanida esa 38- umumiy o‘rta ta’lim maktabida jami 50336 nafar o‘quvchi
1496 ta sinfda ta’lim olmoqda. Tuman bo‘yicha bitta sinfdagi o‘rtacha o‘quvchilar soni
33-34 nafarni tashkil etgani holda, ayrim sinflardagi o‘quvchilar soni 46-48 nafar bo‘lib,
jami 570 ta sinfdagi (yoki tumandagi jami sinflarning 38 foizidagi) o‘quvchilar soni 35
tadan ko‘pni tashkil etgan.
Umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilar sonining bunday notekis taqsimlanishini
aholi yashash hududlaridagi bola sonining bir xil taqsimlanmagani va maktablardagi
o‘qitish sifatining har xilligi kabi ta'sir etuvchi omillar bilan izohlash mumkin.
Jami o‘quvchilar soni 100 nafargacha bo‘lgan kam komplektli umumta’lim
muassasalarini (filiallarni) bir yildagi moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘ning
bitta o‘quvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ulushi yuqori quvvat bilan ishlayotgan
maktablardagi bir o‘quvchiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan mablag‘dan 2-3 barobar ko‘pni
tashkil etadi.
Shuning uchun sinflardagi o‘quvchilar sonining o‘ta kamligi yo‘naltirilayotgan
mablag‘larning iqtisodiy samaradorligini pasaytirayotgan bo‘lsa, o‘quvchi sonining
belgilangan me’yordan ortib ketgani esa sinf xonalari maydonining yetarli emasligi,
o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan individual ishlashni qiyinlashtirayotgani kabi sabablar
ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etmoqda.
O‘quvchilar soni me’yordan ortib ketgan holatlarni davlat byudjetining qo‘shimcha
mablag‘lari evaziga yangi sinflar ochish orqali hal etish esa og‘ir moliyaviy qiyinchiliklarni
paydo qiladi.
Bundan tashqari, turli bosqichdagi, masalan, 1-sinf va 3-sinf o‘quvchilarining
ba’zi holatlarda bitta sinfga birlashtirilib o‘qitilishi ta’lim sifatiga jiddiy salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
9
Shuningdek, kam komplektli umumta’lim muassasalarining (filiallarning) har birida
jami sinflar soni 10-11 ta bo‘lgani uchun bunday umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan
fanlardan faqat 3 tasi bo‘yicha 1 stavkadan ortiq, 5 tasi bo‘yicha esa 0,5 stavkadan
ortiq dars bo‘lgani holda, qolgan fanlar bo‘yicha dars soatlari hajmi 0,5 stavkadan
ham kamroqni tashkil etadi. Fan soatlari hajmining 0,5 stavkadan ham kamligi tegishli
o‘qituvchilar uchun boshqa maktablardan ham ish qidirishlariga olib keladi.
germaniya, angliya, yaponiya, aQSH kabi rivojlangan davlatlarda ota-onalarning
oylik badal to‘lovlari asosida pullik maktab avtobuslarining yo‘lga qo‘yilgani faqat
o‘quvchilarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadidagina emas, balki yuqoridagi kabi
holatlarda ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish, iqtisodiy samaradorlikka erishishga
ham xizmat qiladi.
respublikamiz bo‘yicha o‘quvchilari soni 200 dan kam bo‘lgan maktablar
mingdan ortiq ekanini, bunday maktablar uchun bir yilda taxminan 500 mlrd. so‘m-
dan ortiq byudjet mablag‘lari sarflanayotganini e’tiborga oladigan bo‘lsak, ta’lim
sohasiga ajratilayotgan byudjet mablag‘larining samaradorligini oshirish va o‘quvchi
soni me’yordan ortib ketishini oldini olish orqali ta’lim sifatini ko‘tarish eng dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, aksariyat chekka hududlarda joy lash-
gan maktablarga qish kunlarida, yog‘ingarchiliklar davrida o‘quvchilarning, ayniqsa,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining piyoda qatnab o‘qiyotgani ham transport xizmatini
yaxshilash zarurligini ko‘rsatadi.
rivojlangan davlatlarning tajribasini ta’lim tizimiga joriy etgan holda ta’limga
yo‘naltirilayotgan mablag‘larning iqtisodiy samaradorligini oshirish, bitta sinfdagi
o‘quvchi sonining me’yordan ortib ketmasligini ta’minlash va o‘quvchilarga sifatli
transport xizmatini yo‘lga qo‘yish maqsadida ta’lim oluvchilarga transport xizmatini
ko‘rsatish uchun yengil avtomashinalar va maktab avtobuslari faoliyatini bosqichma-
bosqich joriy etish taklif etilmoqda. Buning uchun:
– boshqa umumta’lim muassasalariga yaqinligi hamda moddiy-texnik bazasining
holatidan kelib chiqib, tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik
ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari hamda tuman (shahar) hokimliklari moliya
bo‘limlarining takliflariga ko‘ra, tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarorlari
asosida birinchi navbatda yuqoridagi kabi jami o‘quvchi soni 100 yoki 180 nafardan
kam bo‘lgan kam komplektli umumta’lim muassasalarining (filiallarning) faoliyatini
maqbullashtirish, ya’ni ulardagi o‘quvchilarni bepul transport xizmatini yo‘lga qo‘yish
orqali boshqa maqbul umumta’lim muassasasi sinflariga biriktirish;
– faoliyati maqbullashtirilgan kam komplektli umumta’lim muassasalarining
(filiallarning) o‘quvchilariga bepul transport xizmatini ko‘rsatuvchi yo‘lovchi tashish
subyektlariga patent to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilish, ularga yagona soliq to‘lovlarni
to‘lashda imtiyozlar berish kabi soliq imtiyozlari berish, shuningdek, har bir o‘quvchi
hisobiga bir o‘qish kuni uchun eng kam ish haqining 1-1,5 foizi miqdorida yo‘l haqi
xarajatlari uchun mablag‘ to‘lab borish;
– faoliyati maqbullashtirilgan kam komplektli umumta’lim muassasalarini (filiallarni)
bir kalendar yili bo‘yicha moliyalashtirish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larning 50
foizigacha qismini o‘quvchilari biriktirilgan umumta’lim muassasasining moddiy-
texnik bazasini mustahkamlashga, u yerda zarur bo‘lgan holda direktor o‘rinbosari
lavozimi bo‘yicha yangi shtatlar ajratishga, hududdagi bitta sinfdagi o‘quvchilar soni
me’yordan ortib ketgan holatlar bo‘yicha qo‘shimcha sinflar tashkil etishga, yo‘lovchi
tashish subyektlariga har bir o‘quvchi hisobiga yo‘l kira harajatlarini to‘lashga,
10
Do'stlaringiz bilan baham: |