“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlar masalasi bo‘yicha bir qancha qonun va qaror-
larning qabul qilinishi yurtimizda bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilayotganidan dalo-
latdir.
asrimizning jiddiy muammolaridan hisoblangan va dunyoning bir qator rivojlangan
davlatlarini o‘ylantirayotgan ma’naviy tahdidlar bizning ham yurtimizga kirishga urina-
yotganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunda birinchi navbatda necha ming yillik madaniya-
timizdan, ma’naviyatimizdan, asriy milliy qadriyatlarimizdan, ma’naviy merosimizdan,
urf-odatlarimiz va an’analarimizdan judo qilishga harakat qilayotgan “Ommaviy mada-
niyat” ta’sirining oldini olish masalasidir. “Ommaviy madaniyat” tarafdorlari yoshlarni,
ayniqsa, o‘smirlarni kasb-hunar o‘rganishga emas, balki o‘yin bilan mashg‘ul bo‘lishga
targ‘ib qiladi.
Shunisi ayonki, o‘yin sanoati “ommaviy madaniyat” tarafdorlariga katta iqtisodiy
foyda keltiradi. Ular ayniqsa, yoshlarni jazavaga tushiruvchi o‘yinlar qamrovini kengay-
tirishdan manfaatdorlar. O‘yin avtomatlari, kazinolar asosan g‘arb “Ommaviy madani-
yat”iga xos hodisalar hisoblanadi. Ularni tashkil etuvchilar va ishtirokchilarning asosiy
maqsadi tezroq boyishdir.
So‘nggi yillarda “muammoli gambler” o‘yinning talabgorlar soni keskin ortib bor-
moqda. Bunday o‘yinlar milliy qadriyatlar, yoshlar ma’naviyatiga tahdid solmoqda, ja-
miyatda mavjud bo‘lgan madaniy boyliklar va qadriyatlarni yo‘qotishga urinish sifatida
namoyon bo‘lmoqda.
kompyuter o‘yinlarini o‘ynashga mukkasidan ketgan o‘smirlarda quyidagi holatlar
kuzatiladi:
– vaqtni qadrlamay uning aksariyat qismini o‘yinga sarflash;
– qiziqishlari, ehtiyojlari doirasining qisqarishi hisobiga o‘yin haqida ko‘proq o‘ylash;
– yutqazsa ham o‘yinga to‘ymaslik;
– o‘yin boshlanishini orziqib kutish, o‘yin bilan mashg‘ul bo‘lmagan vaqtlarda be-
zovtalanish, asabiylashish, ruhiy siqilish kabi holatlarga duchor bo‘lish;
– tobora ko‘proq o‘yinga berilish, fikru-xayolini o‘yinga topshirib qo‘yish;
– darslarni ikkinchi darajali ish sifatida qarash, uning zarurligini his qilmaslik;
– ota-onasidan o‘yinga pul olish uchun yolg‘on gapirish, o‘g‘irlik qilish;
– o‘zidan kichiklarga nisbatan tajovuzkor bo‘lish;
– kompyuter o‘yinlari o‘ynashini yashirish maqsadida yolg‘on so‘zlashi kabilar.
ko‘rinib turibdiki, o‘smirlik davrida tarbiyaga jiddiy yondashmaslik, farzandning
xatti-harakatlariga nisbatan befarqlik natijasida ko‘pchilik hollarda salbiy holatlar kelib
chiqmoqda.
Zero, turli hil o‘yinlarga mukkasidan ketish natijasida nafaqat mutaassiblik, balki
turli xil kasalliklarning kelib chiqishi ham kuzatilyapti. ya’ni internet o‘yinlariga ishqiboz-
lik oqibatida miya faoliyati bilan bog‘liq insult, ludomaniya, ruhiy kasalliklar, aksariyat
hollarda yuragi yorilib o‘lish kabi salbiy oqibatlar ko‘zga tashlanyapti. Bu esa rivojlanib
borayotgan davlatimiz uchun eng katta tahdidlardan biri hisoblanadi. Demak, tarbiya
jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, farzand tarbiyasini doimiy nazorat qilish g‘oyat muhim.
Farzandga internetni butunlay cheklash mumkin emas. Taqiqlangan narsaga nisbatan
bolada qiziqishning kuchayishi tabiiy.
Turli xil kompyuter o‘yini, ya’ni “action”, “strategy” yoki “shouter” kabi bir qator
o‘yinlarning qay biri bo‘lishidan qat’iy nazar bolani jazavaga tushish, tajovuzkorlik,
ruhiy buzilishlardan asrash uchun internetdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish muhim.
Boshqacha aytganda, internet global tarmog‘i insoniyat hayotiga qandaydir o‘yinlarni
49
o‘ynab huzurlanish uchun emas, balki ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan axborot-
larni olish maqsadida kirib kelgan.
ijtimoiy tarmoqlarda turli ma’lumotlar bilan birga o‘smirlarning xulq-atvoriga salbiy
ta’sir ko‘rsatadigan tajovuzkor o‘yinlar, hayosizlikni o‘rgatuvchi rasmlar ham joylashti-
rilmoqda. Xususan, Whatsapp ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchilar orasida “Momo”
nomidagi xavfli o‘yin internetda ommalashmoqda. Mazkur o‘yin “ko‘k kit” o‘yini kabi
xatarli bo‘lib, o‘yin so‘ngida o‘ynayotganlar o‘zini o‘ldirishi kerak bo‘ladi. Bu o‘yinga
mukkasidan ketganlarning aksariyati yoshlarni tashkil etmoqda. O‘yin qoidalariga
ko‘ra, “Momo” nomi ostidagi abonent foydalanuvchining aloqalar qayd ro‘yxatiga
to‘satdan bog‘lanadi va tunda video aloqaga chiqa boshlaydi. keyin foydalanuvchiga
turli xil qo‘rquv va vaxima uyg‘otuvchi rasmlar jo‘natadi. Shuningdek, tunda “Momo”
abonenti o‘zi jo‘natgan qo‘rqinchli filmlarni ko‘rishga majburlaydi. Film tugagach,
“Momo” foydalanuvchiga ko‘rgan qo‘rqinchli filmidagi vaxshiy obraz ko‘rinishida vi-
deo aloqaga chiqadi. Muntazam yuborilgan qo‘rqinchli rasmlar va video qo‘ng‘iroq-
lar ta’sirida, foydalanuvchi jismonan va ruhan holsizlanib, tushkunlikka tushib qoladi.
Shundan so‘ng o‘z hayoti yaqinlari uchun arzimasligini his qila boshlaydi va o‘z joniga
qasd qiladi.
Shuning uchun ota-onalar o‘z farzandlarining internetda vaqtini nima bilan o‘tka-
zayotganligini hushyorlik bilan kuzatishlari lozim. Ota-onalar o‘smir yoshdagi bolalari
kiradigan quyidagi saytlarni bilishlari va doimiy nazorat qilishlari talab qilinadi: “Mini
o‘yinlar”, “katta o‘yinlar”, “Oddiy o‘yinlar” “Onlayn o‘yinlar”, “yengil onlayn o‘yinlar”,
“Brauzer o‘yinlar”, “Mening olamim o‘yinlari”, “O‘yinlar haqida portal” kabilar. achinarlisi
bu o‘yinlar bozorlarda millionlab nusxalarda sotilmoqda.
Hozirda ayrim o‘smirlarning kasallik sifatida e’tirof etilayotgan ludomaniya (“ludo”
lotincha “o‘yin”, “qimor” o‘yinlariga beriluvchanlik)ga chalinayotganliklari kuzatilmoqda.
Ushbu kasallikka chalingan yoshlar inson tafakkurini zaharlashga qaratilgan internet
o‘yinlarining g‘oyaviy ta’siriga tushib, turli xil jinoyatlar sodir etishmoqda. ludomani-
ya ham piromaniya o‘yinlariga qiziquvchanlik o‘smirlar orasida keng tarqalgan ruhiy
xastalik hisoblanadi. Piromoniya olovga o‘chlik ma’nosini anglatadi. Psixologlarning
ta’biricha, piromaniya ruhiy kasallik bo‘lib, hayotdagi muvaffaqiyatsizliklar, ranjishlar
natijasida kelib chiqadi. Bunday o‘smirlar atrofdagilar bilan chiqisha olmaydi. Har doim
tushkun kayfiyatda bo‘lib kimlardandir qasos olishga intiladi, ularda isyonkorlik ruhi us-
tun bo‘ladi. Bu kayfiyat “ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilariga qo‘l keladi. Ular bunday
o‘smirlarni tezgina o‘z tuzoqlariga ilintiradilar.
kompyuterdagi “action”, “Strategy” o‘yinlari ham o‘smirlarning ularga ko‘proq
bog‘lanib qolishlariga sabab bo‘lmoqda. kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketgan
o‘smirlar ularning birini tugatiboq, ikkinchisiga kirishadilar. ayniqsa, “Shouter” o‘yinlari
o‘smir ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Chunki bunday syujetga ko‘ra o‘yna-
yotgan shaxs o‘z oldidan chiqqan barchani o‘ldirish natijasidagina g‘olib bo‘ladi. Bu
esa kompyuter o‘yinlarini o‘ynayotgan o‘smirlardan tajovuzkorlikni, ruhiy buzilishlarni
talab qiladi.
Bugun kompyuter o‘smir o‘ynaydigan futbol va voleybol kabi turli o‘yin vositalari-
ning o‘rnini egallamoqda. kompyuterdagi obrazlar ularning ongiga muhrlanib qolmoq-
da. Ular orasida jangari, axloqiy tuban, firibgar shaxslarning timsollari ham mavjud.
O‘smir yoshdagi o‘quvchilarning bilim olishi, muayyan kasbni tanlashi, muvaffaqiyatli
ijtimoiylashishlari, o‘zlarining hayot tarzlarini aniq axloqiy-ma’naviy asoslarga qurishi
ham ularning qanday o‘yinlar, mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishlariga bevosita bog‘liq.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |