Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/146
Sana15.01.2021
Hajmi1,2 Mb.
#55614
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   146
Bog'liq
5-son 2018 (1)

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
Mehribonlik uylarida 3 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom bolalar yashashi 
va tarbiyalanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Mehribonlik uylarida tarbiyalanuv- 
chilarni o‘qitish va boqish to‘la davlat ta’minoti asosida belgilangan tartibda amalga  
oshiriladi. Mehribonlik uylari 3 yoshli bolalar uchun bolalar bog‘chasi tartibida, 7-16 
yoshli  bolalar  uchun  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktabi  tartibida  ishlaydi  hamda  maktab 
ta’lim-tarbiyaviy dasturiga muvofiq ish olib boradi. Mehribonlik uylarida tarbiyalanuv- 
chilarning maktab o‘quv dasturini to‘liq o‘zlashtirishlari, ularning mehnat ko‘nikmalarini 
shakllantirish va mustahkamlash, jismoniy kamol topishlari axloqiy hamda estetik tar-
biya olgan shaxslar bo‘lib yetishishlari ta’minlanadi.
Mehribonlik uylari dastlab 1918-yil yetimxonalar asosida Bolalar uyi nomi bilan 
tashkil  etilgan.  ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  jangchilarning  bolalari  uchun  maxsus 
bolalar uylari ochilib, ularda Ukraina, Belorussiya, litva, latviya, Estoniya davlatlari, 
Moskva, leningrad va boshqa shaharlardan keltirilgan bolalar tarbiyalangan. Mustaqil-
lik yillarida Bolalar uylari Mehribonlik uylari deb nomlana boshlandi. 
Mehribonlik uylarining maqsadi – yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar 
huquq va manfaatlarini himoya qilinishini, ularning hayoti va sog‘lom rivojlanishi, davlat 
tomonidan ko‘rsatiladigan alohida yordam va g‘amxo‘rligiga bo‘lgan huquqlarini amal-
ga oshirilishini ta’minlashdan iborat.
Mehribonlik uyining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash, kamol top-
tirish va qo‘llab-quvvatlash;
– tarbiyalanuvchilarni to‘liq ruhiy sog‘lomlashtirishga, ijtimoiy moslashtirishga va 
jamiyatga uyg‘unlashtirishga ko‘maklashadigan, ularning sifatli ta’lim va tarbiya olishi, 
shuningdek, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun uy sharoiti-
ga eng ko‘p darajada yaqinlashtirilgan muhitni yaratish;
– tarbiyalanuvchilarning qonuniy huquq va manfaatlari ijtimoiy himoya qilinishini 
ta’minlash;
– tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘ligi, psixologik va jismoniy rivojlanishi himo-
ya qilinishini ta’minlash.
– tarbiyalanuvchilarni mehribonlik uyidan keyingi mustaqil hayotlarida ularni har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash.
ishni o‘rganish jarayonida ko‘pgina davlatlardagi mehribonlik uylarining faoliyati 
va tashkil etish tarixiga e’tibor qaratdik. Jumladan, rossiya, angliya, Fransiya, Shvet-
sariya, kanada, italiya kabi yirik davlatlar misolida ko‘rib chiqdik. 
rossiyada Xii asrda ota-onasiz qolgan yetim bolalarning tarbiyasi knyaz va cher-
kovlar zimmasiga yuklangan. Hukumat tomonidan oilalarga yetim bolalarni asrab olish 
uchun imkoniyat yaratib berilgan. Bunday bolalarni asrab olgan oilalar, ularni mehna-
tidan unumli foydalanishgan.
XVii asr o‘rtalariga kelib, yetim bolalarning mehnatidan foydalanish emas, balki 
ularni ilm-fan, kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan. Bu loyiha ko‘p 
vaqt o‘tmasdan o‘z samarasini ko‘rsatgan va natijada rossiyada birinchi bor 1706-yil-
da yetim bolalar uchun maxsus muassasa faoliyat boshlagan. rossiya tarixida max-
sus yetimxonalar Moskva va Peterburgda tashkil etilgan bo‘lib, bu tarbiya uylari bosh-
qalaridan ajralib turgan. Mazkur muassasalar rus pedagog-psixolog olimlari i.Betskiy, 
a.Barsovalar  tomonidan  yetim  bolalarni  hayotga  tayyorlashda  ularni  shart-sharoitini 
yaxshilash va tarbiyalash bo‘yicha ishlab chiqilgan qoidalari asosida faoliyat ko‘rsa-
tishgan. 


29
italiyada esa rossiyadan sal kechroq, ya’ni 1787-yil Milan shahrida 8 yoshgacha 
bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan ilk yetimxonalar ochilgan. Undan oldin esa qarovsiz 
qolgan bolalar tarbiyasiga cherkov va monastrlar mas’ul bo‘lishgan. XViii-asrning ik-
kinchi yarmiga kelibgina esa yetim bolalar tarbiyasiga qiziqish va e’tibor yanada ku- 
chaygan. 
1744-yilda  Shvetsariyada  ham  qarovchisi  yo‘q  bolalarga  e’tibor  oshib,  ularga 
g‘amxo‘r  homiylar  ko‘paya  boshlagan.  Xususan,  g.  Pestalotstsi  homiyligida  hatto-
ki, yetimxona ham ochilgan. U bolalarga o‘qish, yozishni o‘rgatish bilan birga, ularni 
kasb-hunarga ham yo‘naltirish taklifini ilgari suradi. 
Pestalotstsini fikricha, qachonki yetim bolalarga ham o‘z oilalarida tarbiya olayot-
gan bolalarning shart-sharoiti yaratilsagina ularning hayoti tubdan yaxshilanadi. O‘sha 
davrda yetim bolalar ahvoli ancha og‘ir bo‘lib, ular o‘zlari mehnat qilib topgan pul hiso-
bidan kun kechirishgan. 
Fransiya  tarixiga  nazar  solib bildikki,  bu  yerda  tizim  butunlay  boshqacha,  ya’ni 
davlatdagi barcha yetim qolgan qarovchisi yo‘q bolalarni bir joyga – Parijga jamlagan 
va voyaga yetgunlariga qadar g‘amxo‘rlik qilishib, keyin ularni qishloqdagi dehqonlar 
ixtiyoriga topshirgan. Ba’zilari esa napoleon i davrida flotlarga jalb qilinib, vatan sar-
hadlarini himoya qilishga yuborilgan. 
angliyani oladigan bo‘lsak, london shahrida 1739-yil ilk bolalar uyi ochilgan. Maz-
kur  uyni  ochilishiga  tadbirkor  Tomos  koron  o‘z  sarmoyalari  bilan  bosh  bo‘lgan.  Bu 
yerda qarovsiz qolgan bolalar boshlang‘ich ta’lim saboqlarini olishgan, xolos. keyin 
ularni kanadadagi fermer oilalar ixtiyoriga bo‘lib berishgan. Ular o‘sha yerda bir umrga 
qolishgan. 
Hozirgi davrda rossiya Federatsiyasida yo‘lga qo‘yilgan bir tizim ularda yetim bo-
lalar soni foizini keskin kamayishiga olib keldi. Bu ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola-
larni oilaga vaqtincha yoki doimiy joylashtirishdir. Bunda bola asrab olgan oilaga davlat 
tomonidan mablag‘ ajratiladi. Oila esa bolani o‘zlarini farzandlari qatorida ko‘rib, ularga 
g‘amxo‘rlik qilishadi. ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarda bu ko‘rsatkich yuqori natija 
berdi. 
respublikamizda ham bolalar ta’lim va tarbiyasining yangi tashkiliy shakllarini ya-
ratish, yangi korrektsion texnologiyalarni ishlab chiqish ustida tinimsiz ish olib boril-
moqda. ruhiy-jismoniy rivojlanishda orqada qolgan bolalar uchun kompleks yordam 
ko‘rsatilmoqda. Bolalarni korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim tizimiga erta jalb qilish na-
tijasida ular bolalikka xos bo‘lgan amaliy faoliyat, nutq va muloqot turlari, xulq-atvor 
shakllarini ertaroq egallashmoqda.
So‘nggi o‘n yillikda jamiyatimizning o‘zida ham, uning a’zolari bo‘lgan Mehribonlik 
uylarida tarbiyalanuvchi bolalarni, ularning ijtimoiy moslashish imkoniyatlariga qarash-
larda ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Maxsus va korrektsion pedagogika, psixologi-
ya va amaliy pedagogika sohalarida bolalar rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari haqida 
yangi ma’lumotlar qo‘lga kiritildi hamda ular asosida yangi korrektsion texnologiyalar 
ishlab chiqilmoqda. Bu yo‘nalishdagi barcha ma’lumotlar dasturiy-uslubiy hujjatlarda 
o‘z aksini topmoqda.
Mehribonlik  uyida  tarbiyalanayotgan  bolalar  uchun  davlatimiz  tomonidan  yara-
tilgan shart-sharoit, ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar har qanday tahsinga loyiq. 
Biroq, ularning kundalik hayot tarzini – yetim bolalar qalbidagi bo‘shliqni ota-ona mehri 
bilangina to‘ldirish mumkin.


30

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish