Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/146
Sana15.01.2021
Hajmi1,2 Mb.
#55614
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   146
Bog'liq
5-son 2018 (1)

Annotatsiya


27
an’anaviy qadriyatlarni qayta isloh qilishga urinishlar tobora kuchayib borayotgan 
hozirgi davrda ota-ona mehridan mahrum qolib, davlat tomonidan tarbiyalanayotgan 
bolalarning kelajak istiqbollari muammosiga katta e’tibor qaratilmoqda. 
Jahon  miqyosida  ota-ona  mehridan  mahrum  bo‘lib,  davlat  qaramog‘ida  qolgan 
va Mehribonlik uyi kabi muruvvat tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning psixik 
rivojlanishiga oid bir qator tadqiqotlar mavjudligiga qaramay, aynan shu sohadagi mu-
ammolar yechimini takomillashtirishga bag‘ishlangan maxsus tadqiqotlar olib borilma-
gan, shu bilan birga psixik rivojlanish va ta’lim tizimida psixologik xususiyatlarni tadqiq 
etishga bag‘ishlangan psixodiagnostik metodikalar taqchilligi ko‘zga tashlanadi, yopiq 
muassasa tarbiyalanuvchilari bilan ish olib borishning metodologik jihatlari deyarli o‘r-
ganilmagan. 
Mamlakatimizda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bo‘yicha birgina ilmiy tadqiqot 
olib borilgan (ya.ye. Chicherina), u ham bo‘lsa rusiy zabon tarbiyalanuvchilari obyekt 
sifatida tanlangan. Tadqiqot predmeti  sifatida tarbiyalanuvchilarni bilish sferasini olib, 
ularni me’yordagi va aqli zaif o‘quvchilar bilan taqqoslangan. Psixologiya  yo‘nalishida 
esa i.O.Xaydarov ilmiy tadqiqot olib borgan va tadqiqot maqsadi sifatida tarbiyalanuv-
chilarning shaxsiy xususiyatlariga e’tibor qaratgan.
rossiya bolalar uylaridagi bolalarni o‘rganishga harakat qilgan qator tadqiqotchi-
lar (V.V.Vetrova, M.g.yelagina, T.a.Finashina, a.g.ruzskaya, T.M.Sorokina) bolalar-
ning ruhiy tomonlarini o‘rganib, qator fikrlarni berishgan: bolalar uylaridagi bolalarda 
kattalar bilan bo‘lgan muloqotda ko‘proq emotsional aloqaga ehtiyoj sezilgan. Bolalar 
tadqiqotchilarga ishonmay, shubha bilan qaraganlari sababli nutqiy aloqani o‘rnatish-
ning iloji bo‘lmagan.
M.i.lisina oilada va yopiq bolalar muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalarning kat-
talar bilan muloqoti xususida bir necha fikrlarni bergan. Uning fikricha, oiladagi bolalar 
ko‘pida ikkita-uchta kattalar bilan muntazam ravishda muloqot qiladi. Bu esa emotsi-
onal aloqaning sifati yuqori bo‘lishligidan dalolatdir. Muloqot hissiyotlarga to‘la, shub- 
haga o‘rin yo‘q. Bunday bolalar kattalar bilan turli: shaxsiy, bilish, xizmat yuzasidan 
(ehtiyoj sezib) kabi yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy muloqotda bo‘ladilar.
2008-yil  7-yanvarda  qabul  qilingan  “Bola  huquqlarining  kafolatlari  to‘g‘risida”-
gi O‘zbekiston respublikasining qonuni va O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 
2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom avlod yili” Dav-
lat dasturi hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda bel-
gilangan vazifalar muayyan darajada xizmat qiladi. 
Bugungi kunda yosh avlod tarbiyasiga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor 
qaratilib, ularning har tomonlama barkamol inson, yetuk mutaxassis, o‘z mustaqil 
fikri va hayotiy pozitsiyasiga ega ertamiz egalarini voyaga yetkazish yo‘lida qator 
ishlar amalga oshirib kelinmoqda. ayniqsa, ijtimoiy himoya va doimiy e’tiborga muh-
toj  bolalarga  har  tomonlama  yordam  berish,  ularning  hayotda  munosib  o‘rinlarini 
topish yo‘lida barcha zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. respublikamiz hukumati 
imkoniyati  cheklangan  bolalarning  sog‘lom  tengqurlari  qatori  milliy  ruhda  tarbiya-
lanishlari, aqliy, axloqiy, jismoniy jihatdan kamol topishlari, ijtimoiy hayotga yetuk 
fuqaro darajasida tayyor bo‘lib yetishishlariga jiddiy e’tibor qaratmoqda.  
Mehribonlik uylari – yetim va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarning vasiy-
ligisiz qolgan bolalar uchun davlat tomonidan ochilgan ta’lim-tarbiya muassasasidir. yetim 
yoki qonun vasiylari qaramog‘ida bo‘lmagan bolalar, ota-onalari sud hukmi bilan ota-ona-
lik huquqidan mahrum qilingan, ota-onalari voz kechgan bolalar uchun tashkil qilingan. 


28

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish