Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#78115
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160
Bog'liq
3-son-2018

Annotatsiya


75
2017-yil  24-oktyabrda    hukumatimiz  tomonidan  10-11-sinflarni  kasb-hunarga 
yo‘naltirish jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida “Umumiy o‘rta ta’lim muassa-
salarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab 
chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №868-sonli qarori qa-
bul qilindi. 
Hozirda 10-11-sinf o‘quvchilari ta’lim olish bilan birgalikda ularga kasb-hunar o‘r-
gatish, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ular-
ning ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan 
shug‘ullanishlariga  shart-sharoitlar  yaratish,  o‘quv-ishlab  chiqarish  majmualari  (o‘i-
CHM) ni tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash kabi masalalar amalga 
oshirilmoqda. 
Aytish joizki, o‘quv-ishlab chiqarish majmualaridan bunday sharoitda muhim va-
zifalarni amalga oshirish talab etiladi. Xususan, o‘quvchilarning kasb-hunarga bo‘lgan 
ehtiyojini qondirish, “usta-shogird” an’analaridan foydalanish, kasb o‘rganishda milliy 
va xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda eng maqbullarini qo‘llash, kasbiy ta’limning me-
todik ta’minotini takomillashtirish, kasb-hunar o‘rganishda innovatsiyalardan va axbo-
rot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish, o‘quvchilarning kelajakda mehnat faoli-
yati bilan faol shug‘ullanishlari uchun kasb egasi bo‘lishlarini ta’minlash, eng muhimi, 
jamiyatga raqobatbardosh kadrlar tayyorlab berish kabi masalalarni ro‘yobga chiqarish 
lozim.  Qisqa  qilib  aytganda,  o‘quv-ishlab  chiqarish  majmualarida  o‘quvchilarga  kas-
biy bilimlar berish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat va kasb ko‘nikmalarini 
egallashlari, shuningdek, ularning o‘ziga xos kasbiy qobiliyatlari va sifatlari rivojlantiri-
lishi ta’minlanadi. 
Alohida ta’kidlash o‘rinliki, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida ham o‘quvchilarning 
kasb-hunar egallashdagi bilim, ko‘nikma va malakalari nazorat qilib boriladi va quyidagi 
nazorat turlari o‘tkaziladi:
1.  Joriy  nazorat.  Bunda  o‘quvchilarning  kasbga  oid  kompetensiyalari  namoyish 
etiladi,  loyihalash,  guruhlarda  ishlash,  savol-javob,  muhokama,  yozma  ishlar  amalga 
 oshiriladi.   
2. oraliq nazorat. Chorak va yarim yillik yakuni bo‘yicha ma’lum mavzu tugagach, 
o‘quvchilarning kasbiy bilimlarini baholash uchun amaliy ko‘nikmalarini namoyish qilish 
yoki yozma ish ko‘rinishida o‘tkaziladi.
3. Bosqichli nazorat. o‘quv yili  yakunida amaliy imtihon, yozma ish, loyihalar va ish-
lanmalarni ishlab chiqish hamda test ko‘rinishida amalga oshirilib, unga asosan, o‘quv-
chining yakuniy bahosi va reytingi aniqlanadi.
4. yakuniy nazorat. Kasbiy ta’lim tugagandan so‘ng o‘quvchi tanlagan mutaxassis-
ligi bo‘yicha olgan bilimlarini amaliyotda ko‘rsatib beradi va yakuniy davlat attestatsiya-
sidan o‘tkaziladi. 
o‘quvchi o‘quv-ishlab chiqarish majmuasini muvaffaqiyatli tugatsa, unga kelgusida 
mehnat qilish huquqini beruvchi kasb malakasi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom 
beriladi. Agar ular yakuniy nazoratdan o‘ta olmasa, qayta yakuniy nazorat avgust oyida 
tashkil etiladi. Bundan ham o‘ta olmagan o‘quvchiga kasbiy ta’limni olganligi to‘g‘risida 
ma’lumotnoma beriladi. Ko‘rinib turibdiki, o‘quv-ishlab chiqarish majmuasida kasb-hunar 
egallashda aslo sustkashlikka, loqaydlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.  
yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘iCHMlarni muvaffaqiyatli bitirgan, ya’ni tegishli dav-
lat  diplomini  olgan  o‘quvchigina  keyingi  faoliyatida  biror  ishlab  chiqarish  korxonasida 
ishlashi mumkin. Bu jarayon oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirolmagan kasb-hunarli 
o‘quvchilar uchun ayni muddaodir.  


76

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish