Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#78115
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   160
Bog'liq
3-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
hamda o‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risi-
dagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori tasdiqlandi.
Qarorga binoan Davlat ta’lim standartini bajarish o‘zbekiston Respublikasi hudu-
dida faoliyat yuritayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir. 
Davlat  ta’lim  standartining  maqsadi  umumiy  o‘rta  ta’lim  tizimini  mamlakatda  amal-
ga   oshirilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar,  rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarning  ilg‘or 
tajribalari  hamda  ilm-fan  va  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalariga 
asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni 
tarbiyalash dan iborat.
o‘zbekistonda ta’limning maqsadi fan asoslarini chuqur o‘zlashtirib,  kelgusida fan-
lardan  egallagan  kompetensiyalarga  asoslangan  holda  kasb  tanlash  va  mustaqil  ha-
yotda o‘z o‘rnini topishga qaratilgan. 5-9-sinflarda biologiyaning bo‘limlari hisoblangan 
botanika,  zoologiya,  odam  va  uning  salomatligi,  sitologiya  va  genetika  asoslari  kabi 
bo‘limlarini  o‘rganishda  hayot  shakllarining  xilma-xilligi,  ularning  xususiyatlari,  asosiy 
biologik tushunchalar, nazariy va qonuniyatlar haqida qancha ma’lumotlar yotadi. Shu 
ma’lumotlarga asoslangan ayrim mavzularni (masalan, 8-sinf biologiya fanini o‘qitishda 
kompetensiyaviy o‘qitish jarayonida (tayanch harakatlanish, qon aylanish, koddaminat-
lik, nafas olish tizimi, moddalar almashinuvi, energiya sarfi) yoritib berishda o‘quvchilar-
da “Nazariyaga tayangan holda masalalar ishlash” mexanizmini shakllantirish haqidagi 
tushunchalar berish maqsadga muvofiqdir. 
Real olamdagi yuz beradigan eng sodda hodisalardagi miqdoriy va sifatiy nisbat-
lar, olamdagi real formalar: natural son, miqdor, jadvallar, formulalar va boshqa tushun-
chalar abstrakt, lekin real borliqdagi predmetlarga xos bo‘lgan bog‘lanish sanaladi. Bu 
bog‘lanishlarni  biologiyaga  oid  tushuntirib,  o‘quvchilar  ongiga  matematik  yo‘llar  orqali 
yetkazib berish bilan bir qatorda (real borliqlar orqali) nutq tafakkurini rivojlantirish har bir 
dars o‘quvchi uchun yangi axborotdir. Ayniqsa, yangi o‘quv materiali orqali o‘quvchilar 
bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy ta’lim sifatini ta’minlovchi omildir. o‘quvchi-
larga yangi bilimlarni berish va olingan yangi bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirish 
uchun kichik guruhlarda ishlash, vizuallashtirish, mustaqil ijodiy ishlash, o‘yin mashqlari 
va rolli o‘yinlar kabi noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish borasida bugungi kunda ko‘plab amaliy ish-
lar qilinmoqda. o‘quv jarayonining markazida o‘quvchi shaxsi va qadri, ma’naviyati turar 
ekan, har bir o‘qituvchi bu jarayonni samarali va qiziqarli qilib tashkil qila olishi kerak. 
Shuni e’tiborda tutish kerakki, shaxsga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining o‘quv-biluv, meh-
natini tashkil etishni harakatlanturuvchi, uning qiziqish, xohish, talab-istaklarini ro‘yobga 
chiqaruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. 
Dars jarayonida o‘quvchining matematik savodxonligiga ham e’tibor qaratilishi lo-
zim. o‘quvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijodiy, 
fikrlashga o‘rgatish, mustaqilligi va erkinligini ta’minlash, qiziqishlari asosida ish yuritish, 
ichki imkoniyatlarini ishga solish, qiziqishlari orqali qo‘shimcha ta’lim olish ga yo‘llash, 
o‘z-o‘zini rivojlantirishni o‘z ichiga olishida matematik savodxonlikning o‘rni katta. Aynan 
mana shu jarayonda katta natijalarga erishish maqsadida hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti 
yangi yo‘nalish – innovatsion pedagogikani maydonga olib chiqdi. 
Matematika  fani  rivojlanishi  asoslari  insoniyat  faoliyatining  amaliy  ehtiyojlaridan 
kelib chiqadi. Fanning rivojlanishi bu ishlab chiqarishning shakllanishi bilan asoslana-
di.  Matematik savodxonlikni oshirish uchun har ikki tomon, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchi 
orasida yangi metodlar orqali darslarni tashkil qilish, turli interfaol usullardan foydalanib 
bilim berish, bir so‘z bilan aytganda, ta’lim jarayonida yangilik yaratishdir.


61
Maktabda o‘qitishning asosiy shakli dars hisoblanadi. Ayrim darslarga tayyorgarlik 
ko‘rish uchun matematik savodxonlikni oshirish hamda matematik hisob-kitoblik mavzu-
larni puxta o‘zlashtirib, mavzular bo‘yicha o‘quv dasturini o‘rganish zarur. Doimo dastur-
lardagi, darsliklardagi va ayrim mavzulardagi o‘zgarishlar o‘rganib borilsa, darsda reja 
tuzishga qiynalmaydi. Darslar rejasi darsning samarali bo‘lishi bilan birga, har bir o‘quv-
chining bilimida oldinga siljishni ta’minlaydi.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda matematik savodxonlik, fan va texnika yan-
giliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi elementlarini tarkib top-
tirish yo‘llari orqali hamda  Davlat ta’lim standartining vazifalariga mos tavsiyalar ishlab 
chiqish dan  iborat:
– umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
– milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning 
samarali shakllari va usullarini joriy etish;
– o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex-
nologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalar o‘quvchilari va bitiruvchilari-
ning malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
– kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning 
samarali integratsiyasini ta’minlash;
– ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik 
darajasini  tizimli  baholash  tartibini,  shuningdek,  ta’lim-tarbiya  faoliyati  sifatini  nazorat 
qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
– davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladi-
gan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda matematik savodxonlik, fan va texnika yan-
giliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi elementlarini tarkib top-
tirish yo‘llarining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
1.  Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda matematik savodxonlik, fan va texnika 
yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirishning 
nazariy asoslarini, xususan, kompetensiya va kompetentlilik haqidagi tushunchalarning 
mohiyatini ochib berish bilan birga matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan 
xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini tavsiflash.
2. Mazkur kompetensiyani biologiya fanini o‘qitishning turli yo‘llarini tatbiq  etish.
Biologiya fanidagi kashfiyotlarning ahamiyati, tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik 
xilma-xillik haqida, atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, qonunlar, nazariya-
lar, gipotezalarning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda o‘quvchilarda o‘z fikrini ba-
yon eta oladigan va asoslay oladigan, tushunchalarni tahlil qiladigan, so‘ng umumlash-
tirib, xulosalar chiqara oladigan bo‘lib yetishi uchun o‘qituvchi qaysi metod, o‘yinlardan 
foydalanmasin bilimlarni o‘quvchi ongiga yetkazib berishi zarur.
o‘quvchilar biologik obyekt, hodisaning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rgazmali vositalar 
asosida taniydi. Mohiyatini tushungan holda yozma, og‘zaki tavsiflay olishida matema-
tikaga  doir  bajariladigan  ishlar o‘quvchilarni  boshqa fanlardan oladigan  bilimlariga  
qaraganda ko‘proq savodlilikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, aniqlikka, o‘z fikr va xulosa-
larini nazorat qila olishga, ayniqsa,  kuzatish, tajriba va fahmlash asosida aytiladigan 
fikrlarining ravon bo‘lishiga e’tibor berishga odatlantiradi. 
o‘quvchilarda matematik bilimlarga bo‘lgan qiziqish, matematik xarakterdagi  ma-
salalarni sabr-toqat va tirishqoqlik bilan yechishida bilim, malaka, ko‘nikmalari rivojlanti-
riladi. induktiv va deduktiv tafakkurning boshlang‘ich ko‘nikmalarini, aqliy qobiliyatlarini, 
ya’ni tahlil qilish, sintezlash, taqqoslashni, abstraktlashtirish va  umumlashtirish  qobili-


62

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish