Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#78115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
3-son-2018

Ulug‘bek INOYATOV,
o‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri,
pedagogika fanlari doktori, professor
ZAMONAVIY DARSLIKLAR, O‘QUV-METODIK MAJMUALAR
ELEKTRON DIDAKTIK VOSITALARNI IShLAB ChIQIShGA  
INNOVATSION YONDAShUV  DOLZARB 
IJTIMOIY-PЕDAGOGIK MUAMMO


8
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
M
amlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohot-
lar ta’lim-tarbiya sifatining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashga qara-
tilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda muvaffaqiyatni belgilovchi asosiy omil-
lardan biri – ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining zamonaviy bilim, 
ko‘nikma va malakalarni egallaganligi hamda ta’limning innovatsion elektron didaktik 
vositalari hamda darsliklarni ilmiy tadqiq qilish hisoblanadi. 
tobora globallashayotgan bugungi shiddatkor asr ilm-fanning barcha yutuqla-
rini o‘zida mujassam etsagina, samarali va natijador bo‘ladi. Shu bois, eng avvalo, 
har bir davlatning ta’lim tizimini shakllantirishda o‘sha davlatning milliy xususiyatlari, 
urf-odat, an’ana va qadriyatlarini e’tibordan chetda qoldirmaslik talab etiladi.
Bu, o‘z navbatida, ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda. Chunki 
mukammal ta’lim tizimi respublikamizning kelajakdagi intellektual imkoniyatlarini va 
rivojlanishini  belgilab  beruvchi  o‘quvchi-yoshlarni  har  tomonlama  ijodkor,  mustaqil 
faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
Bugun  mamlakatimiz  ta’lim  tizimida  innovatsion  texnologiyalarga  asoslangan 
ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, ijtimoiy 
faol  va  malakali  raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlashni  jahon  andozalari  darajasiga 
chiqarish masalalarida tadqiqotlar olib borilmoqda. ta’lim sohasidagi sifat o‘zgarish-
lari,  yuqori  samaradorlik  ularning  jahon  ta’lim  talablari  bilan  mosligi  hamda  peda-
goglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o‘zlashtirgan kompetensiyalari qay darajada 
amaliyotga tatbiq qilinayotganiga bog‘liq. Shuningdek, ta’lim-tarbiyadagi sifat o‘zga-
rishlari va yuqori samaradorlik mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish natijasida ta’lim-
da pedagogik innovatsion jarayonni vujudga keltiradi.
Pedagogik innovatsiya –  bo‘lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlash-
ga  tayyorlovchi  jarayon  bo‘lib,  u  oldingi  egallangan  bilimlar  asosida  ta’limda  sifat 
jihatidan  o‘zgarishlar  qilib,  yuqori  samaradorlikka  erishishga  yangicha  yondashuv 
qilishdan iboratdir.
Bunday  tizimning  maqsadi  deganda  –  ta’limning  mazmun-mohiyati,  belgila-
ri,  imkoniyatlari,  vazifalari,  taraqqiyot  bosqichlari  hamda  tamoyillarining  rivojlanish 
mexanizmlarini ishlab chiqish, ularni amaliyotga kiritish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar 
shuningdek,  bu  borada  pedagoglarda  shakllanishi  zarur  bo‘lgan  kompetensiyalar 
ta’lim-tarbiya sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirish, sohada yuqori samaradorlikka 
erishishga olib kelishi tushuniladi.
Bugungi kunda ta’lim tizimidagi islohotlarning muammolari pedagog kadrlar sa-
lohiyati bilan bog‘liq. o‘rganish va tahlillar zamonaviy pedagogning kasbiy kompe-
tentligi tezkor rivojlanayotgan ta’lim jarayonlarining talablaridan orqada qolayotganini 
ko‘rsatmoqda. Bu holat pedagogik ta’limni rivojlantirish va uzluksiz ta’lim jarayonida 
pedagoglarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yaxshi-
lash bilan bog‘liq muammolarning dolzarbligini ko‘rsatadi. 
Ushbu  muammolarning  jiddiyligi,  shubhasiz,  muntazam  o‘tkazilayotgan  moni-
toring  jarayonlarida  ta’lim  tizimining  tezkor  yangilanishi  natijasida  yuz  berayotgan 
o‘zgarishlarga javob berish va ularga yetarlicha tayyor bo‘lmagan pedagog kadrlar 
mavjudligi, ta’limga, shaxsga, xususan, o‘qituvchi-murabbiylar faoliyatiga bo‘lgan za-
monaviy ijtimoiy talablar hamda bu talablarga yetarli darajada javob bermaydigan 


9
pedagog  kadrlar  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  malaka  oshirish  tizimining  holati 
aks etmoqda. 
Belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish uzluksiz pedagogik ta’limga bo‘lgan 
konseptual qarashlar tizimini rivojlantirishni, pedagog kadrlar kasbiy-shaxsiy rivojla-
nishining psixologik-pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashni talab qiladi. Fanlararo 
tadqiqotlarning natijalarini jamlaydigan pedagogik konsepsiyaning mazmuni uzluksiz 
pedagogik ta’limning mohiyatini – ta’limning maqsadi, mazmuni, o‘qitishning metod-
lari va shakllari hamda ular tarkibiga kirgan aniq ta’lim texnologiyalari, pedagogning 
uzluksiz ta’lim jarayonining samaradorligi mezonlari, boshqaruv mexanizmlari kabi 
kategoriyalar orqali ochishda ko‘rinadi. 
ta’limning innovatsion zamonaviy darsliklari, o‘quv-metodik majmualari, elek-
tron  didaktik  vositalari  –  ta’lim  oluvchining  qobiliyatlari  va  qiziqishlarini  hisobga 
olgan  holda  ta’lim-tarbiya  mazmunini,  ta’lim  maqsadiga  mos  ravishda  loyihalash 
hamda pedagogik, axborot-kommunikatsion uslublar, shakllar va o‘qitish usullarini 
tatbiq etishga yo‘naltirilgan psixologik, umumpedagogik,  didaktik va shaxsiy uslubiy 
tartiblar asosida amalga oshiriluvchi ta’lim beruvchi hamda ta’lim oluvchi o‘rtasidagi 
o‘zaro ta’sir tizimidir.
Darslik shunday nashr turiki, unda o‘quv predmetining mazmuni mantiqiy ket-
ma-ketlikda tizimli tarzda ifodalanishi zarur.
Bugungi  kunda  darsliklarning  zamonaviy  avlodini  ishlab  chiqish,  ya’ni  ta’lim 
sohasining  barcha  ishtirokchilarining  ehtiyojlarini  qondiruvchi  bo‘lishini  ta’minlash, 
ta’lim sifatini oshirish zamonaviy va samarador ta’lim muhitini yaratishning eng aso-
siy shartidir. 
Darsliklarning  maqsadi  –  davlat  ta’lim  standartlari  va  tasdiqlangan  o‘quv  reja 
dasturlari asosida, tizimlashtirilgan didaktik-metodik jihatdan mukammal ishlab chiqil-
gan o‘quv materiallarini taqdim etish orqali ta’lim mazmunini ochib berishdan iborat.
tan olmaslikning iloji yo‘q, amaldagi darsliklar, o‘quv-metodik majmualar hanuz-
gacha  ta’limning  predmet-bilimli  paradigmasiga  asoslangan  va  reproduktiv  xarak-
terga ega. Matnlarning uzunligi, qiyinligi, haddan ziyod nazariylashtirilganligi, ilmiy 
atamalarning izohlari keltirilmaganligi, tushunchalarning aniq emasligi, raqamlarning 
hamda faktlarning serobligi ta’lim oluvchilarning ta’lim mazmunini o‘zlashtirishlariga 
qiyinchilik  tug‘dirmoqda.  Shuningdek,  darsliklardagi  metadologik  apparatning  mu-
kammal emasligi, ta’lim oluvchilarni motivlashtirish elementlarining sayozligi, o‘quv 
materillarini taqdim etish bir xilligi ta’lim oluvchilar faoliyatining samarasizligiga olib 
keladi.
Bugungi kunda darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning zamonaviy avlodini 
ishlab chiqish, ya’ni ta’lim sohasining barcha ishtirokchilarining ehtiyojlarini qondi-
ruvchi bo‘lishini ta’minlash ta’lim sifatini oshirishning, zamonaviy va samarador ta’lim 
muhitini yaratish xalq ta’limi tizimi rahbariyatining eng asosiy, dolzarb vazifalaridan 
ekanligini barchamiz bilamiz. Bu vazifalarni amalga oshirish jadal davom etmoqda. 
Darsliklar va o‘quv-metodik majmualar nafaqat informativ funksiyani, balki eng 
asosan, ta’lim jarayonini tashkil etishga, ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlashlarini 
ta’minlashga, ta’lim-tarbiya jarayonida faol, interfaol va h.k. zamonaviy ta’lim shakl-


10

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish