“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
Abu Nasr Forobiy “Musiqaning katta kitobi”da “Son” haqidagi fan (Arifmetika)
odamlarning amaliy ehtiyojidan kelib chiqqanligi; “Natural sonlar” arifmetika fanining
asosi sifatida odamlar tomonidan dunyoni qadim zamonlardan boshlab idrok etishning
tarkibiy qismi hisoblanishi haqidagi konsepsiyadan kelib chiqib, ulug‘ mutafakkir fanni
nazariy va amaliy qismlarga bo‘lib, pedagogikaga ta’limning amaliy yo‘naltirilganlik,
hayot bilan insonlarning kundalik faoliyatlariga aloqadorlik g‘oyasini olib kirganligini
talabalarga tushuntirish lozim.
Abu Rayhon Beruniy inson hayotida fanning yetakchi rolini qo‘llab-quvvatlash
barobarida, ta’limning muhim vazifalaridan biri o‘quvchilarni amalda sinab ko‘rilgan
ilmiy ma’lumotlar bilan tanishtirish; ta’limni tushunarli bo‘lishi uchun o‘qituvchi yaqin-
dan uzoqqa, ma’lumdan noma’lumga doimiy ravishda olib borish zarurligi to‘g‘risidagi
fikrlarini talabalarga yetkazish orqali ularda buyuk bobokalonimiz ruhiga mehr-muhab-
batni tarkib toptirish mumkin.
Abu Ali ibn Sinoning didaktik prinsiplariga, jumladan, ta’limni ko‘rgazmalilik prinsi-
piga katta qiziqish bildirganini, ya’ni real predmet (ma’lum o‘lchamlardagi uchburchak
yoki to‘rtburchak, boshqa o‘lchamlarda to‘g‘ri chiziq yoki egri chiziq)larni yoki ularning
tasvirlarini idrok qilish tufayli insonda obyektiv reallikni to‘g‘ri aks ettiruvchi tasavvurni
shakllantiradi degan fikrlari ta’limning ko‘rgazmalilik prinsipini ifodalashi, ta’limda ko‘r-
gazmalilik tushunchasi idrok qilishning ko‘rish, eshitish, paypaslab his etish va boshqa
turlari bilan bog‘langanligini talabalar bilan muhokama qilish kerak.
Al-Xorazmiyning arifmetik asarlarida ta’lim oluvchilarda mantiqiy tafakkurni rivoj-
lantirish maqsadida bilimlarni ketma-ket bayon qilish prinsipini keng ishlatilgan; ilmiy
asarlarni tushuntirish (izohlash)da ta’lim metodining savol-javob shaklini qo‘llagan.
Abu Nasr Forobiyning tajriba – ko‘rgazmalilik ta’lim metodiga katta e’tibor bergan-
ligini; tashqi obyektlar haqida birlamchi bilim manbalari sifatida inson subyektni obyekt
bilan bog‘liqligida sezishning besh turini (sezish (paypaslab his etish), ko‘rish, eshitish,
hid bilish, ta’m sezish) qaraganini; bilimning boshi va isbotlashning asosi sifatida kuza-
tish va tajribaga asoslangan ko‘rgazmalilik metodiga katta e’tibor berganini; ta’limning
muhim umumiy metodlaridan biri mashq deb hisoblaganini; yozish san’atida qunt bi-
lan uzoq vaqt davomida bajarilgan mashq natijasida inson bu san’atda barkamollikka
erishishini va u bu bilan qancha uzoq vaqt shug‘ullansa, u shunchalik kuchli va ush-
bu san’atda tobora mukammal bo‘lib boraverishi haqidagi fikrlarini; matematika ta’limi
metodikasiga to‘xtalib, uni o‘qitishda o‘qituvchilarga deduksiya metodidan foydalanish
bo‘yicha tavsiya berganligini ko‘rsatish mumkin.
Abu Rayhon Beruniyning metodik mulohazalarida ta’limni tashkil etishda o‘quvchi-
larning shaxsiy tajribalari, savol-javob kabi metodlardan foydalanishni tavsiya qilganligi-
ni; tajriba va kuzatish, tabiat va inson hayoti vaqtida yangi bilimlarni egallashning eng
ishonarli vositasi ekanligi to‘g‘risidagi fikrini; katexizis shaklidagi suhbat orqali yangi bi-
limlarni takrorlash va aytishni buyuk alloma yuqori baholaganini talabalarga tushuntirish
zarur.
Abu Ali ibn Sinoning “tib qonunlari”da tibbiyot ta’limida keng qo‘llanilgan bilimlar-
ni tizimli va ketma-ketlikda bayon qilish, qadimgi yunoniston va Sharq tibbiyot ilmini
tushunishga olib keluvchi mantiqiy tuzilgan mulohazalar kabi ta’lim metodlarini aks
ettirganini talabalarga ko‘rsatish lozim.
Uning fikricha, ta’lim metodlarining asosida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi va
ularning shaxsiy tajribalari yotadi.
47
“tib qonunlari” asarida nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkam aloqasini,
umu miylikdan xususiylikka borishda tajribaga tayanilganini talabalarga ko‘rsatish kerak.
Matematika o‘qitish metodikasi fanining “Xususiy metodika” bo‘limida amaliy va
seminar mashg‘ulotlari rejalashtirilgan bo‘lib, unda umumiy o‘rta ta’lim maktab mate-
matika fanining 5-9-sinflar dastur va darsliklari bilan tanishish, ularning tuzilish prin-
siplarini o‘rganish ko‘zda tutilgan. tadqiqotimiz maqsadiga muvofiq, bo‘lajak maktab
o‘qituvchilari diqqat-e’tibori mazkur dastur, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda qomusiy
olimlarimizning boy matematik merosi qay darajada aks ettirilganligini namoyon qilish-
ga qaratildi hamda ularning ma’naviy yo‘naltirilganligi aniqlandi. Jumladan, 5-9-sinflar-
da o‘rganish ko‘zda tutilgan jami 66 ta mavzudan sakkiztasida qomusiy olimlarimizning
matematikaga doir asarlarini o‘rganish rejalashtirilganligi namoyon qilindi. Ular jumla-
siga Al-Xorazmiyning “Algorizmi hind hisobi haqida” asari, Abu Rayhon Beruniyning
nisbatlar nazariyasiga oid ishlari haqida (5-sinf), G‘iyosiddin-al-Koshiyning “Hisob ilmi
kaliti” asari haqida, Mirzo Ulug‘bek ilmiy maktabining matematika rivojidagi roli, G‘iyo-
siddin al-Koshiyning “Aylana haqida risolasi”, ehtimollar nazariyasining rivojlani shida
o‘zbekiston olimlarining roli (6-sinf). Bir noma’lumli birinchi darajali tenglamani ye-
chish, Al-jabr val-muqobala usuli (6-sinf) Al-Xorazmiyning “Al-jabr val-muqobala” asari
va undagi masalalar” (7-sinf), Kvadrat tenglamalarni yechishning Al-Xorazmiy usuli,
Al-Xorazmiy masalalaridan namunalar (8-sinf), Beruniy va Ulug‘bekning trigonometrik
“Zijlari” mavzu va savollar (9-sinf) kiritilganligini ta’kidlash joiz.
Ayni paytda, olib borilgan izlanishlar o‘quvchilarni matematikaga doir boy ilmiy
me’rosimiz bilan tanishtirish orqali ularda milliy iftixor his-tuyg‘usini shakllantirishga
bevosita qaratilgan mavzu va savollarning matematika fani dasturining mazmunida
yetarli darajada o‘rin olmaganliklaridan dalolat bermoqda.
Shuningdek, matematika fani bo‘yicha to‘garak, mavzuli kechalar, konferensiya-
lar, viktorinalar, devoriy gazetalar orqali uzoq o‘tmishda zakovatli bobokalonlarimizning
har qanday qiyinchilik va iztiroblarga qaramasdan o‘qib o‘rganganliklari, ijod qilganlik-
lari hamda qoldirgan barcha ilmiy meroslari bilan o‘quvchilarni tizimli ravishda tanish-
tirib borish uchun zarur bo‘lgan didaktik materiallarning kamligi tufayli matematika o‘qi-
tuvchisi o‘z oldida turgan vazifalarni bajarishda ma’lum qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
yuqorida bayon qilingan kamchiliklarni ma’lum darajada bartaraf etish maqsadida
matematika fani namunaviy dasturi mazmuni ta’limning tarixiylik, ta’lim-tarbiyaning bir-
ligi kabi prinsiplari asosida sinchkovlik bilan o‘rganilib, movarounnahrlik buyuk mutaf-
fakirlarning matematika fani taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissalariga doir materiallar
matematika o‘qitish jarayoniga singdirishning potensial imkoniyatlari namoyon qilindi.
Shu asosda tanlab olingan tarixiy materiallar didaktik ishlandi. Ular:
Natural son va nol (v) – Abu Rayhon Beruniyning “Son” tushunchasiga “Son –
birliklaridan iborat to‘plam”dir, degan ta’rifini; natural sonlar, juft-toq sonlarga bergan
ta’rifini Jamshid Koshiy “Arifmetika kaliti” asarida “Sonlar” va ularning turlarini butun
sonlar arifmetikasiga qaraganini, Ali Qushchining “Arifmetika kaliti” asarida juft-toq, tub
va mukammal sonlarga bergan ta’rifini talabalarga ko‘rsatish orqali ularda matematika-
ga qiziqish uyg‘otish, o‘zlikni tarkib toptirish;
Kasr sonlar va oddiy kasrlar (v) – Mirzo Ulug‘bekning sodiq shogirdi Ali Qush-
chining “Arifmetik risola”si, “Kasrlar haqida risola”sida kasrlar ustida amallar, ularni
bajarish tartibiga bag‘ishlanganini talabalarga ko‘rsatish;
o‘nli kasrlar haqida dastlabki ma’lumotlar. o‘nli kasrlarni qo‘shish, ayirish, ko‘pay-
tirish va bo‘lish (vi) – yevropada o‘nli kasrlarning kashfiyotchisi deb tan olingan ang-
48
Do'stlaringiz bilan baham: |