Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#78115
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   160
Bog'liq
3-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
Ayrim vaziyatlarda shaxslararo munosabatlarda nizolarni keltirib chiqaruvchi vazifa, 
maqsad ziddiyatli pozitsiyadagi munosabatlar ham uchrab turadi. Bunday vaziyatlarda 
o‘smirlarda  o‘z  mavqeyini  tiklashi  va  ijobiy  harakatlarni  tanlashi  uchun  o‘qituvchining 
ish  faoliyatining  sifat  va  samaradorligini  oshirish,  o‘quvchining  esa  o‘quv  faolligini 
shakllantirish lozim.
yoshlar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ularning yoshi 
va psixologik xususiyatlarini bilish hamda hisobga olishga bog‘liqdir. Bu holat o‘smirlik 
davrining alohida xususiyati bo‘lib, u ko‘proq shu davrga taalluqlidir. o‘smirlik davri o‘tish 
davri deb yuritiladi, chunki ana shu davrda bolalikdan kattalik holatiga o‘ziga xos o‘tish 
davri yuzaga keladi. U psixik jarayonlarning, o‘quvchi faoliyatining jiddiy ravishda qayta 
qurilishi  bilan  bog‘liqdir.  Shuning  uchun  o‘smirlik  yoshi  o‘zaro  munosabat  shakllarida, 
faoliyatni tashkil qilishda qat’iy o‘zgarishlarni talab qiladi. 
o‘smirlarga  ta’lim-tarbiya  berish  ishlarida  goho  uchraydigan  qiyinchiliklar  bu 
yoshdagi  bolalarning  psixik  rivojlanishi  qonuniyatlarini  va  xususiyatlarini  ba’zan  yetarli 
darajada bilmaslik yoki inkor qilish natijasida paydo bo‘ladi. Bu davr tarbiya uchun ancha 
qiyin davr hisoblanadi. Chunki bolaning katta odamga aylanish jarayonining o‘zi qiyin, bu 
jarayon psixikaning, odamlar bilan bo‘lgan o‘zaro munosabat shakllarining jiddiy ravishda 
qayta o‘zgarishi hamda hayot sharoiti va faoliyatining o‘zgarishi bilan bog‘liqdir.
o‘smirlarga  ta’lim-tarbiya  berishdagi  qiyinchiliklar  shundan  iboratki,  bunda  o‘smir 
bilan  bo‘ladigan  munosabatlarda  uning  hayoti  va  faoliyatini  nazorat  qilish  shakllarini 
o‘zgartirish muhim ahamiyatga ega. Ularga ta’sir qilishning qandaydir yangi usullari va 
vositalarini topish lozim bo‘ladi. Bunda albatta, har bir yosh bilan alohida munosabatda 
bo‘lish maqsadga muvofiqdir.
Amaliyot ko‘rsatadiki, o‘qishga bo‘lgan salbiy munosabatli o‘smirlarga pedagoglar va 
ayniqsa ota-onalar tomonidan ko‘rsatiladigan jazoli ta’sir choralari kam samarali bo‘lib, 
ba’zan esa teskari natijaga – o‘qishdan butunlay bosh tortishga ham olib kelishi mumkin. 
Bunday  o‘smirlarga  nisbatan  diqqat,  e’tibor,  sabr-toqat  ko‘rsatish  lozim.  o‘rganishga 
bo‘lgan salbiy munosabatni yengish o‘quvchi-o‘smirning fanlar bo‘yicha bilimlarni egallash 
maqsadida  o‘quv  ishlariga  rag‘batlantiruvchi  o‘qishning  ijobiy  motivlarini  tarbiyalash, 
yaxshi hissiyotlar va intiluvchanlik sifatlarini shakllantirish bilan bog‘liq. Bu yo‘nalishda 
ota-onalar va pedagoglar uchun quyidagi tavsiyalar yordam berishi mumkin. 
o‘quvchilarga beriladigan yordam va ko‘riladigan choralar: 
– bola bilan ijobiy hissiy muloqot o‘rnatish;
– agar munosib bo‘lsa, bolani maqtashni unutmaslik; 
– darslarni tayyorlash uchun vaqt va doimiy joyni belgilash;
– uy vazifasini bajarishni har kuni nazorat qilish;
– bolani topshiriqni bajarayotgan vaqtda chalg‘imaslikka o‘rgatish;
– bolaga o‘qishida yordam berish uchun barcha ishlarni chetga surish;
– tezda samaraga erishilmaganidan umidsizlanmaslik;
– muvaffaqiyatsizliklarga bosiqlik bilan yondashish, jazolamaslik, bolaga baqirmaslik;
– ota-onalarning o‘zlari bolaga yordam berishni taklif etishlari.
Bola bilan ijobiy aloqa o‘rnatish yo‘llari esa quyidagilardir:
– nizoni keltirib chiqaradigan barcha narsalarni to‘g‘rilash;
– dakki berishni to‘xtatish;
– o‘quv ishlarini to‘g‘rilashga katta umid bog‘lamaslik;
– bola nima bilan yashayotganligiga, uni nima qiziqtirishiga qiziqish va bilish;
–  bolaning  shaxsiy  hayotiga  kirishish  va  unga  oila  nima  bilan  yashayotganligini 
tushuntirish;


43
– uning xarajatlarini birgalikda rejalashtirish. 
Salbiy-axloqiy  sifatlarga  ega  bo‘lgan  yoshlarda  qo‘pollik,  yolg‘onchilik,  bezorilik, 
xudbinlik,  qaysarlik,  o‘jarlik,  intizomsizlik,  qoidalarga  rioya  qilmaslik,  o‘zbilarmonchilik 
xususiyatlari yuqori bo‘ladi va bunday xislatlarga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash (jamoa 
orasida tarbiyalanganda ham)da ularga faqat individual yondashish lozim. Chunki ular 
jamoa yoki ko‘pchilik orasida o‘zlarining ayblarini oshkor bo‘lishini yoki tarbiya, tanbeh 
berayotgan  kishining  nasihat  yoki  ko‘rsatmalariga  bo‘ysunishni  yoqtirmaydi,  ular  bilan 
muomalada nihoyatda ehtiyotkorlik, samimiylik, do‘stona munosabatda bo‘lish kerak. 
tarbiyasi  qiyin  bolalar,  yoshlar  bilan  ishlashda  uning  xarakter,  qiziqishlariga  xos 
xususiyatlarini e’tiborga olish lozim. Ko‘p nasihat qilmaslik, urishmaslik, ovozini baland 
ko‘tarmaslik,  ko‘p  gapirmaslik  maqsadga  muvofiqdir.  o‘zaro  samimiy  munosabat, 
shaxsiy namuna (mehnat, o‘qish jarayonida), oila va maktabdagi kishilarning ishga ijobiy 
munosabatigina yoshlarda shunday bo‘lishga havas tug‘diradi.
tarbiyasi qiyin o‘smirlarning xatti-harakatlarini ijobiy yo‘nalishga burib yuborish uchun 
ularda mas’uliyat, g‘urur, javobgarlik, ishonch kabi yuksak hislarni tarkib toptirish lozim. 
Buning uchun ularga yoshi, kuchi, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olib, topshiriqlar berish 
ayni  muddaodir.  Ularga  kichik  jamoani,  sport  seksiyasini,  “jonli  burchak”ni  boshqarish 
vazifasini ishonib topshirish natijasida salbiy fe’l-atvorlarni kamaytirish mumkin.
Ularni o‘zlari qiziqqan to‘garaklarga jalb qilish orqali o‘qishga salbiy munosabatlari 
asta-sekin  yo‘qolib  boradi.  yana  eng  muhimi  shundaki,  o‘quvchilarga  ishonish  kerak. 
Ularning qo‘lidan keladigan ishlarga e’tibor berib, uni bajarganidan keyin rag‘batlantirish, 
bu boradagi fikrlarini bayon qilish ham muhimdir.
tarbiyasi  qiyin  bolalar  bilan  ishlashda  tarbiya  berishning  maxsus  sharoitlarini 
aniqlash muhimdir. Ular bilan duch kelgan vaqtda yoki har doim emas, balki qulay sharoit 
kelib qolganda ish olib borilsa, ya’ni tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatilsa, u ko‘proq natija beradi.
Shunday  qilib,  ta’lim-tarbiya  jarayonini  tashkil  etishda,  birinchidan,  o‘qituvchining 
innovatsion faoliyatini ta’minlash, o‘quv jarayoni uchun shart-sharoit yaratish, ikkinchidan, 
o‘quvchilarning  har  tomonlama  qiziqishlarini  hisobga  olgan  holda  uning  individual 
o‘ziga xos xususiyatlarini o‘quv-tarbiya jarayonida namoyon etishni ta’minlash dolzarb 
vazifalardan biridir.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish