MAQOLALARDAGI ATAMALARGA TAhRIRIYAT IZOhI
Ta’limda modernizatsiya – uzluksiz ta’lim tizimini, ta’lim muassasalari
faoliyatini va o‘quv jarayonining barcha bo‘g‘inlarini zamon talablari asosida
kompleks yangilash.
Metodik qo‘llanma – ta’lim ishtirokchilariga mo‘ljallangan, aniq bir
mavzuga asoslangan va uni yoritib beradigan yordamchi vosita.
Zamonaviy darslik – ta’lim ishtirokchilarining barcha ehtiyojlarini
qondiruvchi, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan mukammal
ko‘rinishdagi qog‘oz yoki elektron mahsulot.
Metod – ta’lim beruvchining o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarning mavzuni
egallashi, o‘rganishi, o‘zlashtirishi va bilishi uchun qo‘llaydigan yo‘li.
Do'stlaringiz bilan baham: |