Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#78115
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   160
Bog'liq
3-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
oliy ta’lim muassasa lari asosiy axborot resurslarini turli fanlarni o‘rganishga oid elek-
tron o‘quv-metodik majmualar (Eo‘MM) tashkil etadi. Eo‘MM deyarli barcha axborotli ma-
teriallarni yagona axborot majmuasiga jamlash imkonini beradi. Bundan tashqari, unda 
hozirgi kunda talab etiladigan zarur interaktivlik, ko‘rgazmalilik, ixchamlik mujassamlash-
gan  bo‘lib,  ularni  ko‘paytirishda  kam  xarajat  sarflash,  ko‘p  variantlilik,  ko‘p  bosqich lilik 
hamda tekshirish uchun topshiriqlar va testlar hajmi ning ko‘p bo‘lishi ta’minlanadi. 
Zamonaviy elektron o‘quv-metodik majmualarining afzalligi, avvalo, o‘quv jarayonida 
o‘quvchilarning mustaqillik va faollik rolini samarali tashkil etishdan iborat. ta’lim jarayoni-
ga Eo‘MMni joriy etish talabalarga fan bo‘yicha axborotning to‘liq manzarasini namoyish 
etish, o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirishini ta’minlash, o‘qitishni individuallashtirish, 
o‘z-o‘zini  nazoratini  takomillashtirish,  o‘quv  jarayonini  natija viy ligini  oshirishga  yordam 
beradi. Zamonaviy elekt  ron o‘quv-metodik majmualarning afzalligiga dars jarayonining 
yanada qiziqarli o‘tishini ta’minlash xususiyatini kiritish mumkin.
talabalar  mustaqil  tayyorgarligi  jarayonida  mazkur  vositalardan  foydalanish  ta’lim 
tizimidagi odatiy bo‘lgan o‘qitish vazifasi – faqat o‘qituvchiga taalluqli bo‘lgan tipik va-
ziyatni o‘zgartiradi. Eo‘MM talabaga taqdim etilayotgan o‘quv axborotlarini erkin qabul 
qilish, ularni individuallik xususiyatiga ko‘ra o‘zlashtirishida o‘qituvchining o‘qitish funksi-
yasi talabaning o‘ziga o‘tadi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchini faqat qo‘llab-quvvatlaydi, o‘quv 
axborotlari  oqimidan  samarali  foydalanish  hamda  yuzaga  keladigan  muammolarni  hal 
etishga yordam beradi.
tuzilmaviy elektron o‘quv-metodik majmualar o‘quv kursi bo‘ yicha ishchi dasturga 
ega bo‘lishi, fan bo‘yicha nazariy materialni mantiqiy turkumlashtirishi, talabalar mustaqil 
bilim olishi va o‘zini nazorat qilishi uchun tipik masala, topshiriq va testlar, imtihon yoki 
sinovlar uchun savollar bo‘lishi, zarur me’yoriy-ma’lumotnoma axborotlarini batafsil ta’rif-
lab, bayon etilgan misollar berilishi shart. Shuningdek, unda muallif haqidagi ma’lumotlar 
(familiyasi, ismi, otasining ismi, muloqot telefoni, elektron pochtasining manzili), o‘quv 
fanining nomi, ixtisoslik nomining shifri, shuningdek, butun o‘quv kursi uchun talab etila-
digan taxminiy soatlar hajmi aniq ko‘rsatiladi. Elektron o‘quv-metodik majmualar dasturiy 
platformasi mavjud operatsion tizim va dasturiy mahsulotlar o‘quv markazi boshqaruvida 
bexato hamda to‘g‘ri ishlashi zarur.
Elektron o‘quv-metodik majmualarni yaratishda uning ayrim muhim jihatlariga alo-
hida e’tibor qaratiladi. Bugungi kunda Eo‘MM mazmuni yangi avlod talablariga muvofiq 
kelishi, shuningdek, bilimlar sohasida zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot darajasiga javob 
berishi lozim. 
Elektron o‘quv-metodik majmualar tuzilmasi ikki mantiqiy o‘zaro aloqador elementlar 
yoki modullardan iborat bo‘ladi. Alohida modulni ishlab chiqish yoki ko‘rib chiqishda ular 
turli  xususiy  masalalarni  hal  etishga  yo‘naltirilgan  xususiyatga  ega  bo‘lsa-da,  umumiy 
maqsadli alohida elektron o‘quv material mazmunida ochiladi. Eo‘MM interfeysi shunday 
tashkil etiladiki, u qat’iy ifodali ko‘rinishga ega bo‘lishi, ko‘rgazmali vositalar paneli foyda-
lanuvchi uchun ishlash texnologiyasini o‘zlashtirishda sodda bo‘lishi zarur.
Eo‘MMdan  foydalanishda  o‘quv  kursi  mazmunining  kelgusida  takomillashuvi  va 
modernizatsiyasi  texnologik  jihatdan  murak kablashmasligi  imkoniyati  hisobga  olinadi. 
Eo‘MM maksimal darajada interaktiv bo‘lib, yetarli darajada multimediali ma’lumotlarga 
hamda zarur o‘quv axborotlarini izlashda qulaylikka ega.
talabalarni kasbiy-mutaxassislik bo‘yicha elektron o‘quv re surslaridan foydalanishga 
o‘rgatishda o‘qituvchi ularning o‘quv fao liyatini to‘g‘ri taqsimlaydi. Quyi bosqich talabalari 
o‘quv materiali bilan ishlashda yetarli darajada tajriba va malaka larga ega emasliklarini 
hisobga olish lozim. Shu sababli o‘qituvchidan talabalarga mustaqil ishlash usullari va 
metodlarini o‘zlashtirishlariga yordam berib, katta e’tibor bilan mazkur jara yonni boshqa-


35
rish talab etiladi. talabalarning yuqori bosqich kurslarga ko‘tarilib borishlari bilan bunday 
ish usullari o‘zgarib boradi.
o‘qituvchi  muntazam  ravishda  talabalarga  o‘quv  topshiriqlarini  murakkablashtirib 
borib, mustaqil ishlash vaqtini o‘zgartirib, ularda individual ishlashga qiziqishni, mustaqil 
ta’limga intilishni kuchaytiradi. yuqori bosqich talabalari uchun ijodiy tafakkurni rivojlan-
tirishga yordam beruvchi individual topshiriqlardan foydalanish mumkin. talabalar bilan 
o‘zaro  hamkorlikda  Eo‘MMdan  foydalanish  va  o‘quv  jarayonini  tashkil  etish  an’anaviy 
o‘quv vositalariga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega, jumladan:
– har qanday geografik nuqtadan o‘quv materiallariga ulanishning kafolatlanishi;
– elektron materiallarni o‘z vaqtida yetkazib berilishi;
– materiallarni izlashni osonlashtirish, imtihonlarga tayyorgarlikning yengillashtirilishi ; 
– o‘quv materiallaridan ish joylarida, uyda va mobil telefoni qurilmasini internet tar-
mog‘iga ulab, yo‘lda ham foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
– elektron materiallarning o‘z vaqtida va operativ yangilanishi kabilardan iboratliligi.
Bugungi kunda elektron o‘quv-metodik majmualarning texnologik asoslari va maz-
mun-mohiyati  tubdan  o‘zgarib  bormoqda.  tekstografik  axborotli  mazmunga  ega  ta’lim 
majmualari o‘rniga ovoz, animatsiya, video imkoniyatiga ega, virtual laboratoriya amali-
yotlari, qidirish va ekspert tizimlari moduli hamda ichki dasturiy-didaktik algoritmlar, tala-
ba – pedagog – o‘quv materiali o‘zaro munosabati orqali amalga oshiriluvchi multimediali 
va interaktiv komplekslar kirib keldi. 
Xulosa qilib aytganda, elektron o‘quv-metodik majmualar o‘qitish jarayonini o‘qitish-
ning boshqa shakllari, jumladan, innovatsion pedagogik texnologiyalar hamda masofaviy 
ta’lim texnologiyalari bilan tashkil etishda o‘z dolzarbli gini yo‘qotmaydi, balki ta’lim istiq-
bollarini ta’minlashda yanada katta e’tiborni talab etadi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish