Ilmiy maqola va tadqiqotlar



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

to ‘g‘ri  tushuntira 
olmadim  shekilli!  Islom  dini 
ayollarni urishni man qiladi, balki erkakrlarga xotinlaringizga 
marhamat va murosa-yu madora qilib, hurmat qilinglar deb 
amr qilgan. Yuqorida men bu masalani bayon qilgan edim. 
Lekin  senga  bayon  qilgan  bu  masala  alohidadir.  Faraz 
qilaylikki, bir yomon xislatili va badaxloq ayol bor.  Bechora 
er xotinining  unga  adovati  borligini  bilib,  uning  halovatini 
buzayotganini tushuntiradi. Xotin quloq solmaydi.  Ikki-uch 
kun xotinidan uzoqlashadi. Xotin shundan ham xulosa chiqara 
olmaydi.  Shunda siz ham bilasizki, eming xotiniga taloq be- 
rishdan boshqa iloji qolmaydi.  Biroq islom dini taloqni man 
qilmoqchi  boiib,  erga:  «Taloq  berishga  shoshilmagin»,  — 
deb  amr  qiladi.  Xotinning  a’zolarini  mayib  qilmay  va  lat 
bermay uni ozgina urgin,  zora yomon ishdan tavba qilsa va 
munosabati  o‘zgarsa.
Mening  izohimdan  bildingki,  Qur’on  hukmi  maslahat 
yuzasidan  boiib,  ahli  islom  oilalari  uchun,  xususan,  mu- 
sulmon ayollariga buyuk marhamatdir».
Men  bu  shaxsiy  suhbatni  shu  uchun  yozdimki,  bosh- 
qalar  ham  mening  bayonotimni  shu  do‘stimga  o‘xshab 
tushunib,  xotinlarini  urish  uchun  bahona  qilib  olmasinlar.
256


Endi  asl  maqsadimga  qaytaman.  Shunday  qilib,  islom 
dini  er-xotinga  har  xil  bahona  bilan  ajramasliklari  uchun 
shunday  choralami  ko‘rsatadi.  Shu  chora-tadbirlar  foyda 
bermagandagina taloqqa ruxsat beradi. Biroq, bu amr taloqqa 
e’ribor  nazari  bilan  qarab,  ajrashgan  er-xotin  ko‘ngillariga 
taskin beradi.  «Agarda  er-xotin  tinchlik va rozilik bilan  aj- 
rashsalar,  Alloh  keng  marhamati  va  karami  bilan  ularni 
bir-biridan  behojat  qiladi»47.  Ammo  zaruratsiz,  balki  nafs 
havosining  taqozosi  bilan  taloq  berilsa,  albatta,  gunoh  va 
haromdir,  albatta,  gunohkor  jazosini  oladi.
Ibn  Umar  (r.  a.)dan  rivoyat:  «Nabiy  (s.a.v.)  deganlar- 
ki:  «Alloh  oldida  eng yomon  halol bu taloqdir».
Sahoba  Muharrib  (r.a.)dan  hadis:  «Nabiy  (s.a.v.)  de- 
dilar:  «Alloh  o‘z  oldida  taloqdan ham  yomon boigan  nar- 
sani  halol  qilmagan».
Sahoba  Suhbon  (r.a.)  rivoyat  qiladilar:  «Nabiy  (s.a.v.) 
aytganlarki: «Qaysi xotin bezarurat va ehtiyojsiz eridan taloq 
talab  qilsa, jannat va Alloh rahmati unga tegmaydi».
Ibn  Hurayra  (r.a.)  hadis  keltiradi:  «Nabiy alayhissalom 
dedilar: «Hech bir mo‘min o‘z xotinidan nafrat qilishi to‘g‘ri 
emas,  zero  xotinining  ba’zi  odat  va  atvori  uning  nazarida 
yomon  ko‘rinsa  ham,  ba’zi  odatlaridan  rozi  boiadi.  Bas, 
uning yomonliklarini yaxshiliklariga baxshida etsin».
Er-xotin  munosabatlarini  batafsil  yozsam,  so‘z  cho‘zi- 
lib ketadi. Bu yerda faqat lozim boigan narsalamigina yozdim. 
Bundan ortiqchasini bu risola ko‘tarmaydi.  Shu kitob haqida 
o‘ylab yurganimda, yozish uchun maxsus reja tuzgan edim. 
Uylanishdan oldingi masalalardan boshlab lozim narsalami 
tartib bilan yozmoqchi edim.  Kitobning boshidan shu tartib 
bilan tahrir qilib keldim. Kitob boblarining nomi ham shunga 
munosib.  Lekin  taloq  masalasi  rejamga  to‘g‘ri  kelmadi, 
tanlagan ixtiyorimga xalal berdi. Aslida o‘ylamasdan aytilgan 
so‘z  faqat  hayotning  nizomini  emas,  balki  mening  ish 
tartibim va kitobim rejasini buzgani ham ajablanarli hol emas. 
Chunki taloq natijasi vayronalikdir.  Hech bir oilaga bu amri 
mash’um  tushmasligini  Xudodan  tilaymiz.  Har  bir  er-u 
xotinga  Alloh  kerakli  darajada  aql-u  insof  ato  etsin,  toki 
ular umrlarini yaxshilik,  muhabbat va murosa bilan rohatda
17  -   A b d u ra u f  F itrat
257


o‘tkazsinlar.  Men  kitobim  asosiga  shu  umidli  orzularni 
qo‘yganim  va  taloqni  boim ag‘ur  narsa  deb,  suhbatimni 
murosa-yu  madoradan  boshlaganman.
Oldin  arz  qilgan  bayonotimdan  m aium   boidiki,  er- 
xotin  munosabatlarining bir odobi  murosa  ekan.  Bu  ikkala 
hayot yoidoshlari va hamrohlari muhabbat va murosa bilan 
yashab,  xotin  hom ilador  boiganigacha  ro ‘zg‘orlarini 
yaxshilik va  shodonlik bilan  kechiradilar.  Xotin  homilador 
boigandan  keyin er-xotinning mushkulotlari yana ogirroq 
boiadi.  Chunki  homiladan  oldin  er-xotin  bir-birlarining 
oldidagi vazifalari tirikchiliklarining ta’mini va qalblarining 
taskinidan iborat  edi,  xolos.  Ammo  shu daqiqadan boshlab 
ular ota va ona boiadilar. Ulaming zimmalariga bola hayotini 
ta’min etish burchi tushadi.  Ulaming birlik va ittifoqlarining 
daraxti  hosil berdi.  Endi  ular hayotning  natija  va  mushku- 
lotlarini birga ko‘radilar.  Shu borada ular qancha shukur qil- 
salar  ham  kamdir.  Lekin  quruq  shukur  qilishning  ilm  va 
hikmat oldida e’tibori boimaydi. Olamga kelgan go‘dak ha- 
yot  sharbatidan  endi  bahramand  b o ia  turib,  yoidan  qayt- 
masligini  ota-onalar  ta’min  qilishlari  lozim.  Biz  ham  endi 
ota-onaning vazifalari haqida bahs  qilamiz.

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish