ILMIY MAQOLA ILMIY MAQOLA - Ilmiy maqola – muallifning tadqiqotchilik faoliyatining natijalarini aks ettiruvchi asardir. Ilmiy maqolalar uchun bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplar xos. Axborot aniq, ravshan va batafsil bayon qilinadi. Ilmiy maqolada ilmiy atamalar (terminlar) muhim o‘rin tutadi.
ILMIY MAQOLA Har bir ilmiy maqola 4 tamoyilga javob berishi kerak: - Dolzarblik
- Ilmiy yangilik
- Maqsad va vazifa
- Xulosalar
ILMIY MAQOLA - Dolzarblik – ilmiy maqola bag‘ishlangan mavjud muammo tavsifini anglatadi.
- Ilmiy yangiligi – ilmiy maqolaning boshqa mualliflarning ishlaridan farqli jihatlaridir. Ko‘pincha ilmiy maqolalar ko‘pchilikning diqqat-e’tiborida turgan muammolar to‘g‘risida bo‘ladi. Masalan, “O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari” mavzusi. Muallifning vazifasi ushbu mavzudagi boshqa mualliflarning ishlarini o‘rganib chiqish, masalaning ular tomonidan yoritilmagan jihatlarini belgilash hamda o‘zining ilmiy maqolasida (asosiy qismda) ochib berishga harakat qilishdir.
- Maqsad – “nima qilmoqchimiz?” degan savolga javov berishdan iborat. Maqsad odatda ishning yangiligi aniqlanganidan so‘ng belgilanadi. Masalan, tadbirkorlikni rivojlantirish muammolarini o‘rganayotganda ko‘pchilik maqolalarda xorijda faol qo‘llaniluvchi matematik metoddan deyarli foydalanilmaydi. Mazkur holatda iqtisodiy-matematik metodni qo‘llab, ishonchli xulosalarga erishish mumkin.
ILMIY MAQOLA - Vazifalari – maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan amallar. Yuqoridagi misoldan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni qo‘yish mumkin:
- muayan davrdagi statistik ma’lumotlarnning muhimligini belgilash;
- matematik model tuzish;
- matematik modelning turli baholash mezonlariga mosligini dalillash;
- 2 yil oldinga istqbollashtrish.
- Xulosalar – izlanish natijalarini bayoni, asosiy qismda yozilganlarning rezumesi – qisqcha umumlashtirilgan sharhi. Xulosalar qo‘yilgan maqsad va vazifalar amalga oshganligini, natija olinganligi va u qimmatga (iqtisodiy, ijtimoiy, sohaviy va h.k.) ega ekanligini isbotlashi lozim.
Kirish Odatda bir-ikki abzasdan tashkil topadi, qaysi sohada va qaysi muammo ustida gap ketishi hamda nima bilan yakunlanishi qisqacha yoritladi. Namuna Hozirgi kunda ko‘plab kompaniyalarda intellektual sarmoyani hisobga olish joriy etilmoqda, biroq uni baholash muammosi, ko‘plab yondashuvlarning mavjud ekanligiga qaramasdan, hanuz uzil-kesil hal qilinmagan. Bu xodimlarning mutassadiligi, brend va h.k. singari nomoddiy material obyektlarni identifikatsiya qilishning mushkulligi bilan bog‘liq. Ushbu maqolada biz buxgalterlik hisobida qo‘llaniluvchi shunga o‘xshash asosiy mablag‘larning tiklangan qiymati yondashuvidan foydalanishni taklif qilamiz. Bu nomoddiy obyektlaning ularning aktivlar singari bir xil bo‘lmagan identifikatsiyasini faqat ta`sirining iqtisodiy samarasidan foydalangan holda moliyaviy baholash imkonini berdi ILMIY MAQOLANING TUZILISHI Asosiy qism - Bu qismda tadqiqot jarayoni, muallif tayangan yoki rad etgan ilmiy dalillar va kashfiyotlar batafsil bayon qilinishi lozim. Mazkur o‘rinda foydalanilgan manbalarga havola qilinishi kerak bo‘ladi, odatda 8 ming belgiga 4-6 ta havola to‘g‘ri keladi.
- Taklif qilinayotgan g‘oyalarning ilmiy yangiligi, albatta, qayd etilishi kerak, mazkur o‘rinda olingan natijalarning amaliyotda sinovdan o‘tganligiga misollar keltirish lozim.
ILMIY MAQOLANING TUZILISHI Xulosalar Har qanday ilmiy maqolada yangi metodlar, g‘oyalar taklif qilinadi yoki analitik sharh beriladi. Xulosa muallifning bayon qilingan g‘oyadan foydalanib nimaga erishisa bo‘ladi va u kimni qiziqtirishi mumkinligi haqidagi jumlalar bilan yakunlanishi lozim. Iqtisodiy mavzudagi maqolalarda iqtisodiy samarasi ko‘rsatilishi shart, boshqacha qilib aytganda, maqolada bayon qilingan metod qanday iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sir qiladi, ya’ni bu daromadni oshiradimi, kirimni o‘sishiga olib keladimi yoki xarajatlarni qisqartiradimi va h.klar tushuntirilishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |