1. Asoslovchi bosqichda (2015-2016 o`quv yili) tajriba-sinov maydonlari sifatida belgilangan oliy tahlim muassasalarida talabalarning ingliz tilidagi ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirish holati o`rganildi, so`rovnomalar o`tkazish orqali mavjud muammolar aniqlandi. Anketa so`rovlari chet tillari o`qituvchilari va chet tillarni o`rganuvchi talabalar o`rtasida o`tkazildi. So`rovnomalarda jami 250 nafar (200 nafar talaba, 50 nafar o`qituvchi) respondent ishtirok etdi. O`qituvchilar uchun tayyorlangan so`rovnomalardagi savollarga berilgan javoblar tahlili quyidagi natijalarni ko`rsatdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |