Xulosalarni ifodalash - bu natijalarni ifodalashdir. Bundan tashqari xulosalar bu asosiy qismga taqqoslagan holdagi natijalarni tav- siflashdagi yangi nuqtai nazardir. Ular bir-birlari bilan o'zaro ta’sirda umumlashtirilib anglaniladi. Bundan tashqari fanda olingan boshqa natijalar bilan ham taqqoslanadi. Bu xulosalarni ifodalashda asosiy qismda taqdim etilmagan yangi material birdaniga paydo bo'lib qoladi degani emas. Aksincha, xulosalar mazkur tadqiqotda mazkur muallif tomonidan to’ilgan barcha yangiliklar mujassamlashgan holda aks etadi va bu mujassamlikda ilmiy tadqiqot ishining zaruriy tuzilmaviy kom’onenti sifatidagi xulosalarning mohiyati mavjuddir.
Natijalardan tashqari xulosada mazkur ishda erishilgan yutuqlar tufayli keyingi tadqiqotlarning as’ekt va yo'nalishlari ko'rsatilgan bo'lishi mumkin. Ya’ni, amalga oshirilgan tadqiqotlarning istiqbollari aniqlanishi, olingan natijalarni qo'llanish sohasi tavsiflanishi mumkin.
2. Ilmiy matnni rasmiylashtirish qoidalari
Tadqiqotchining o'z ilmiy tadqiqotlari natijasini rasmiylashtirishdagi muhim vazifalaridan biri shaklni mazmunga muvofiqligini ta’minlash. Ilmiy matnning shaklini aniqlash ishning rejasini tuzish, rubrikatsiya, illyustrativ materialning hajmi va xarakterini aniqlash, manbalarni tasniflash bilan bog'liq. Bu tadqiqotning har bir bosqichida ilmiy asarning o’timal shaklini izlashni nazarda tutadi. Albatta, eng asosiysi, sarlavhadan boshlab muallif haqidagi ma’lumotgacha ilmiy axborotni xatosiz, aniq, imkon qadar tushunarli shaklda yetkazib berish. Ilmiy ishni rasmiylashtirish me'yoriy talablarga javob berishi lozim, bunda ma’lumotnoma bibliografik apparatni rasmiylashtirish, iqtibos va havolalarni berish, qisqartmalarni o`rinli qo`llash, illyustratsiyalarni tanlash, raqamli belgilarni to'g'ri qo'llash muhim ahamiyatga ega. Bu o`rinda, eng avvalo, ilmiy ishga sarlavha qo`yish masalasiga ehtibor qaratishi kerak.
Bibliografik apparat - bu ishda xavola qilinayotgan, iqtibos berilayotgan yoki boshqacha bir shaklda qo'llanilgan hujjatlar haqida matndan tashqari va matn ichida berilgan bibliografik ma'lumotlar majmuasidir. Bibliografik havolalar, ro'yxatlar, ilmiy ish ma’lumotnoma apparatining majburiy tarkibiy qismidir. Ular ilmiy tadqiqotning manbashunoslik bazasini aniqlab, yangi ishning dastlabkilar bilan aloqasini ko'rsatish, ma'lumotlarning ishonchliligini tekshirish imkoniyatini beradi. Material yoki alohida natijalarni o'zlashtirgan muallif manba va lining muallifiga xavola keltirishi lozim. Ro'yxat ko'rinishida bibliografik axborot taqdim etilganda ro'yxatlardagi kitoblar nomining ketma-ketligida bir xillikka rioya qilish lozim. Ketma-ketlik tartibi alifbo, xronologik, raqamli, mavzuli bo'lishi mumkin. Mavzu guruhlari orasida kitob nomlarining alifbo yoki xronologik joylashuvtartibiga rioya qilinishi lozim. Bu qoidalardan har qanday chekinishlar oldindan aytib o'tilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |