Ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/84
Sana20.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#678431
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
Bog'liq
6832 871 3 пед 10 (3)

 
 
O`QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK MAHORATNING O`RNI 
Xoliqov A. 
– Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori 
Annotatsiya.
Ushbu maqola bugungi ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga bag`ishlangan 
bo`lib, unda zamonaviy o`qituvchiga qo`yiladigan talablar, pedagogik mahoratni shakllantirish va 
rivojlantirish usullari yoritib berilgan. 
Kalit so`zlar:
o`qituvchi, pedagogik mahorat, barkamol avlod, pedagogik qobiliyat, pedagogik 
texnika, ta’lim, tarbiya, malakali kadr. 
РОЛЬ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО МАСТЕРСТВА В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧИТЕЛЯ 
 
А. Холиков
- профессор Ташкентского государственного педагогического университета, 
доктор педагогических наук 
Аннотация.
Данная статья посвящена эффективной организации современного 
образовательного процесса. В ней изложены требования к современному учителю, а также 
методы формирования и развития педагогических навыков. 
Ключевые слова: 
учитель, педагогические навыки, гармонично развитое поколение, 
педагогические 
способности, 
педагогическая 
техника, 
образование, 
воспитание, 
квалифицированные кадры. 
 


12 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
THE ROLE OF THE PEDAGOGICAL SKILLS IN TEACHING ACTIVITY 
A. Kholikov
- Professor, Tashkent state pedagogical university, doctor of pedagogical sciences 
Annotation.
This article is dedicated to the effective organization of nowadays's educational 
process, which outlines the requirements for a modern teacher, the secrets of pedagogical skills, and 
the ways in which they are formed and developed. 
Key words:
teacher, pedagogical skills, harmoniously developed generation, pedagogical skills, 
pedagogical technique, education, upbringing, skilled staff. 
Hozirgi kundagi global o`zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 
kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o`qituvchisidan pedagogik mahoratni, o`tkir irodani, pedagogik-
psixologik bilimlarni, o`z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, fikrlash 
doirasi keng va mulohazali bo`lishni talab qilmoqda. Ayniqsa, an’anaviy o`qitishning xorij metodikasi 
bilan qorishtirilishi zamonaviy o`qituvchi qiyofasini shakllantirishni dolzarb masala darajasiga ko`tardi.
Taʼlim muassasalarida faoliyat ko`rsatayotgan o`qituvchilar o`qitish shakllarini optimal darajada 
tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini, turli yangi g`oyalar bilan boyitishni puxta 
bilishi lozim. Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab 
jarayon bo`lib, juda qadim zamonlardanoq ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. 
Ulardagi tajribalar o`qitish shakllarida foydalaniladigan o`qitish qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy 
qo`llashda, ilmiy bilishga doir g`oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarni amaliyotga tatbiq etishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Аyniqsa, qadimdan buyuk allomalar vatani bo`lib kelgan O`zbekistonda yosh avlod 
tarbiyasi mutlaqo o`zgacha maʼno kasb etishi muqarrar. O`qituvchi – O`zbekistonning porloq kelajagini 
barpo etuvchi, dunyoga mashhur olimlarning davomchisi bo`lgan yosh avlod taʼlim-tarbiyasi uchun 
javobgar shaxsdir. Shunday ekan, o`qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi, uning 
o`quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o`rtasidagi obro`-eʼtibori hozirgi zamon talablariga mos 
bo`lishi shart. O`qituvchi barkamol avlod taʼlim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs sifatida nafaqat 
maʼnaviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o`rnak bo`lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini 
ham namoyon eta olishi, yetuk o`qituvchi sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o`zining munosib 
hissasini qo`shishi zarur.
Pedagogik mahoratga ega bo`lish, o`qituvchi uchun taʼlim-tarbiya samaradorligini taʼminlovchi 
zamin bo`libgina qolmasdan, ayni vaqtda, uning jamiyatdagi obro`-eʼtiborini ham oshiradi, 
o`quvchilarda unga nisbatan hurmat yuzaga keladi. O`z davrlarida Аbu Nasr Farobiy, Yusuf Xos Hojib, 
Saʼdiy Sheroziy, Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli ibn Sino, Аlisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Аbdulla 
Аvloniy va boshqalar o`z asarlarida o`qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o`qituvchi 
shaxsida aks etishi zarur bo`lgan sifatlar xususida qimmatli maʼlumotlarni bayon qilishgan. Binobarin, 
pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo`lmagan 
o`qituvchi taʼlim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini taʼminlovchi fikrga ham ega bo`lolmaydi. 
Yuksak pedagogik mahoratga ega bo`lgan o`qituvchi bolani tushuna olishi, unga insbatan insonparvar 
munosabatda bo`lishi, har qanday pedagogik vaziyatni to`g`ri baholashi, yuzaga kelish ehtimoli bo`lgan 
ziddiyatlarni o`z vaqtida bartaraf etishi, pedagogik faoliyatda hamisha ilg`orligi, jamiyat taraqqiyoti 
hamda pedagogik jarayonda o`quvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu g`oyalarni hayot bilan bog`lay 
olishi lozim. 
Hozirgi kunda darsliklar, kommunikatsion axborot texnologiyalari qanchalik mukammallashgan 
va rivojlangan bo`lmasin, pedagogik amaliyot, taʼlim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati oxir-oqibatda 
o`qituvchi shaxsiga, uning kasbiy mahoratiga borib taqaladi. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati 
oz mehnati bilan ulkan natijalarga erishishdir. Pedagogik faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste’dodli 
kishidagina pedagogik mahorat xislatlari shakllanib boradi.


13 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Darhaqiqat, har bir yosh pedagog mutaxassisni puxta ilmiy-nazariy bilimlar bilan qurollantirish, 
egallagan ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qo`llash uchun ko`nikma va malakalarini rivojlantirish,
buning uchun ularga pedagogik mahorat sirlarini o`rgatish muhim masala sanaladi. 
Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi “pedagogik mahorat” tushunchasiga turlicha izoh 
beradi.
O`z kasbining mohir ustasi bo`lgan, yuksak darajada madaniyatli, o`z fanini chuqur biladigan, 
yondosh fan sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o`qitish uslubiyatini mukammal 
egallagan mutaxassis
1
mahoratli sanaladi. 
Ushbu taʼrifning mohiyatidan kelib chiqib, o`qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi 
mazmunini shunday izohlash mumkin: 
1) madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko`rsatkichi; 
2) o`z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi; 
3) pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganlik, ulardan kasbiy 
faoliyatida foydalana olish; 
4) o`quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilish. 
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o`zaro bir-biri bilan bog`liq bo`lgan asosiy komponentlardan 
iborat: 
1) pedagogik insonparvarlik yo`nalishi; 
2) kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish; 
3) pedagogik qobiliyatga ega bo`lish; 
4) pedagogik texnika sirlarini puxta egallash. 
Аna shu mas’uliyat o`qituvchidan o`z kasbining mohir ustasi bo`lishni, o`quvchilarga tarbiyaviy 
taʼsir ko`rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, isteʼdodi, eʼtiqodi va amaliy ko`nikmalarini har tomonlama 
rivojlantirish yo`llarini izlab topadigan kasb egasi bo`lishni talab etadi. Pedagogik mahorat 
o`qituvchining pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi. O`qituvchi pedagogik faoliyatining 
ijobiy natijalari mehnat malakasini, yaʼni egallagan bilimlarini o`zining hayotiy va amaliy faoliyatida 
nechog`lik qo`llay olishi bilan belgilanadi. O`qituvchining pedagogik faoliyati samarali bo`lishi uchun 
zarur bo`lgan qobiliyatlar tizimini bilim, bolani tushuna olish, kuzatuvchanlik, nutq malakasi, 
tashkilotchilik, diqqatni taqsimlay olish, vaziyatni to`g`ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo`lgan har xil 
ziddiyatlarni o`z vaqtida bartaraf etish, o`quvchilarni bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi. Shu 
ma’noda, pedagogik mahorat egasi bo`lish uchun o`qituvchi o`z o`quv predmetini davr talablari asosida 
bilishi, pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo`lishi hamda insoniylik, izlanuvchanlik va fidoyilikni 
o`zida tarkib toptirishi lozim.
I.P.Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik sanʼatning bir qismi sifatida taʼriflab, shunday 
yozadi: “Pedagogik mahorat deganda, o`qituvchining pedagogik-psixologik bilimlarni, kasbiy malaka va 
ko`nikmalarni mukammal egallashi, o`z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyasi, 
hayotga axloqiy-estetik munosabatda bo`lishi, o`z fikr-mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi 
tushuniladi.” Tadqiqotchining fikriga ko`ra, quyidagi to`rtta komponent pedagogik mahoratning asosini 
tashkil etadi: 
• o`qituvchilik kasbiga sadoqat; 
• o`z fanining o`qitish metodikasini mukammal bilish; 
• pedagogik qobiliyatlarni namoyish eta olish; 
• pedagogik texnikani o`z o`rnida qo`llay olish. 
Yana taʼkidlash joizki, pedagogik mahorat o`qituvchi shaxsiy va kasbiy sifatlarining yig`indisi 
bo`lib, o`qituvchi o`z mahoratini shakllantirishni taʼminlovchi omillarni, pedagogik-psixologik, metodik 
1
Safarova R.G‘., Jo‘rayev R.H. Pedagogik ensiklopediya. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2015. – 377 bet. 


14 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
bilimlarni doimiy egallab borishi lozim. Yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishni taʼminlovchi 
omillar quyidagilar: 
a) ixtisoslik bo`yicha o`quv predmetini zamon, ilm-fan, texnika taraqqiyoti darajasida mukammal 
bilish, uning boshqa o`quv fanlari bilan o`zaro aloqadorligini taʼminlash malakasiga ega bo`lish; 
b) taʼlim oluvchilarning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, 
ularning faoliyatini obyektiv nazorat qilish va baholash; 
d) taʼlim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish asosida o`z faoliyatini tahlil etish; 
e) o`quv-tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun asosiy pedagogik-
psixologik, metodik maʼlumotga ega bo`lish; 
f) fanlarni o`qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng 
foydalanishni bilish; 
g) jamoani “ko`ra bilish”, o`quvchilarning qiziqishlari, intilishlari, ularda uchraydigan 
qiyinchiliklarni tushunish va hamdard bo`la olish, o`z vaqtida ularning fikrini anglay bilish, zukkolik bilan 
har bir bolaning xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini tushunish hamda ularga muvaffaqiyatli taʼsir 
koʼrsatishning shakl, usul, vositalaridan xabardor bo`lish; 
j) o`z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy ehtiyoji, didi va 
hokazo)ni takomillashtirish malakasiga ega bo`lish. 
Pedagogik mahoratni egallashda nazariy va amaliy kasbga oid bilimlarni egallash, pedagogik 
jamoa bilan doimiy muloqotda bo`lish ijobiy natijalar beradi. Buyuk nemis pedagogi Аdolf Disterveg 
o`qituvchining muntazam ravishda fan bilan shug`ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: 
“O`qituvchi muntazam ravishda fan bilan shug`ullanmog`i lozim. Аks holda, u qurigan daraxt va toshga 
o`xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday o`qituvchidan hech 
qanday natija kutib bo`lmaydi.” 
O`qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat maʼnaviy-axloqiy 
madaniyati bilan atrofdagilarga o`rnak bo`lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarini namoyon 
eta olishi, yetuk o`qituvchi sifatida komil insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash 
ishiga o`zining munosib hissasini qo`shishi zarur. Yosh o`qituvchilarning, shuningdek, taʼlim 
muassasasida bir necha yillik mehnat tajribasiga ega bo`lgan o`qituvchilarning pedagogik mahoratga 
ega bo`lishlari o`zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo`lida bir qator shartlarga amal qilishi 
hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quyidagi vositalar asosida rivojlantirish mumkin: 
1. Mustaqil o`qib-o`rganish (pedagogika fanida ro`y berayotgan eng so`nggi yangiliklar haqida 
maʼlumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, internet materiallari, portal, vaqtli matbuot sahifalarida 
chop etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek, ilg`or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari 
surilayotgan g`oyalarni umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash). 
2. Tajribali o`qituvchilar faoliyatini o`rganish. Bu ular tomonidan tashkil etilayotgan 
mashg`ulotlarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlarni 
umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir. 
3. O`qituvchi-xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutlarida kasbiy 
malaka va ko`nikmalarini oshirish. 
4. Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda seminarlar, 
pedagogik o`qish hamda treninglar)da faol ishtirok etish. 
5. Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida o`z 
tajribalarini oshirish, kasbi bo`yicha eng so`nggi maʼlumotlarni o`rganish. 
Pedagogik mahoratning o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uning o`qituvchi shaxsi va kasbi 
to`g`risida mukammal maʼlumot va tushunchalarga ega ekanligidadir. O`qituvchi inson sifatida shaxsiy 
fazilatlarga ega bo`lishi bilan birga, kasbiy, yaʼni ixtisoslik fazilatlariga ham ega bo`lishi lozimligini tajriba 
ko`rsatmoqda. Shaxsiy sifatlar tizimida o`qituvchi milliy mafkuraviy onglilik, milliy odoblilik, farosat, 
nozik didlilik, o`z kasbiga sadoqat va vijdoniylik, tashabbuskorlik, bolajonlik, talabchanlik, 
adolatparvarlik, pedagogik odob, tadbirkorlik, qat’iylik, har qanday vaziyatda o`zini idora qila olish, 


15 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
millatlararo muloqot madaniyati, kuzatuvchanlik, samimiylik, topqirlik, kelajakka ishonch, 
xushmuomalalilik kabi fazilatlarga ega bo`lishi kerak. Demak, pedagogik mahorat egasi bo`lish uchun 
o`qituvchi o`zida ham ilg`orlikni, novatorlikni, ijodkorlikni tarbiyalashi lozim.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim tizimining rivojlanishi pedagoglarning faoliyatiga ham uzviy bog`liq 
ekan, bugungi kun talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shuni alohida ta’kidlab o`tish lozimki, 
zamonaviy pedagog o`z kasbining yetuk mutaxassisi bo`lishi va pedagogik mahoratni chuqur egallashi, 
shu ma’noda, nazariy bilimlarini amaliyotga faol tatbiq etishi ta’lim tizimining taraqqiyotiga xizmat 
qiladi. Pedagogik mahorat shunday malakalar yig`indisiki, uning natijasi o`qituvchi mehnatida va 
o`quvchilar xulqi, odobi, tarbiyasida, kelajakda yetuk mutaxassis kadr bo`lib yetishishida o`z aksini 
topadi. O`qituvchi mehnatining muvaffaqiyati va samarasi uni ilmiy jihatdan puxta tashkil etishga, 
mehnatni oqilona uyushtirishga ta’sir etadigan shart-sharoitlarga va mehnatni amalga oshirish 
yo`llarini to`g`ri belgilashga bog`liq.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish