Ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/84
Sana20.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#678431
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84
Bog'liq
6832 871 3 пед 10 (3)

Key words:
teaching methods, research methods, literary education, analysis, problem, 
integraticon, toponyms, hydronyms. 
So’nggi yillarda ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti natijasi o’laroq o’quv-tarbiyaviy ishlar jarayonida 
ta’lim texnologiyalari, metod va usullari integratsiyasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. O’qitish metodlari, 
ta’lim mazmuni, didaktik maqsad, pedagogik layoqatga aloqadorlikda o’quvchilarning yosh va 
individual xususiyatlariga ko’ra tanlanadi. Albatta, bu mezonlar bevosita o’qituvchi va o’quvchilarning 
hamkorlikdagi faoliyati asosida dinamik xarakter kasb etadi. Adabiy ta’lim jarayonida yozuvchi ijodiy 
laboratoriyasi, asarning badiiy-estetik qimmati, tarbiyaviy ahamiyatini tadqiqi qilish ta’lim 
strategiyalariga yondashuv masalasiga ko’ra muhim ahamiyatga ega. 
Amaliyotda o’zbek adabiyotini o’quv fani sifatida o’rganishga doir quyidagi metodlar qayd 
etilgan: 
- badiiy asar mazmun-mohiyatini o’zlashtirish, adabiyotni ilmiy asosda anglashga yo’naltiruvchi – 
ijodiy o’qish metodi; 
- yozuvchi qo’yigan masalalarni aniqlash, ularni hal qilish yo’llarini belgilash, asar tarkibiy 
qismlarning uzviy bog’liqligini tushunish va tahlilga qaratilgan – evristik (izlanish) metodi; 
- mustaqil ishlarni bajarish orqali badiiy asar mohiyatini ochish, asarning g’oyaviy va badiiy 
ahamiyatini baholash ko’nikmasini o’stirishga doir – tadqiqot metodi; 
- bilimlarning yodda saqlanishini ta’minlash va qayta ishlab chiqishda muhim o’rin tutuvchi 
reproduktiv metod
1
.
1
Зуннунов А. ва бошқ. Адабиёт ўқитиш методикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. – 65-71-б. 


144 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
Uzluksiz adabiy ta’limda, asosan, muayan hayotiy kuzatishlar va tajribalarga egalik nuqtayi 
nazaridan yuqori sinflarda qo’llash samarali bo’lgan metodlardan biri tadqiqot metodidir. Badiiy asarda 
ilgari surilgan hayotiy-maishiy, ijtimoiy-g’oyaviy muammolarni mustaqil tadqiq qilish jarayonida uning 
yechimiga oid bir qator g’oyalarning taklif etilishi va boshqa variantlar bilan taqqoslashga yo’naltirilish 
tadqiqot metodining muhim xususiyatlari sifatida qayd qilish mumkin. 
N.I.Kudryashev, O.Yu.Bogdanova, M.A.Zaldiner, A.Zunnunov, Q.Hasanboeva, R.Niyozmetova, 
Z.K.Kudashev kabi metodist olimlarning e’tirof etishlaricha, tadqiqot metodi qisman izlanish metodiga 
yaqin tursada, zamirida birmuncha murakkab nazariy masalalar hal qilinishi, qo’yilgan masala 
yuzasidan o’quvchilarning dalillar to’plash, tahlil qilish, tizimlashtirish, umumlashtirish hamda ilmiy 
xulosalarga kelish kabi amaliy ishlarni mustaqil bajarishlari ko’zda tutiladi.
Fikrimizcha, adabiyot ta’limida muayan mavzu atrofidagi tadqiqot topshiriqlari mazmuni asar 
g’oyaasini ilgari surishda tanlangan yo’nalish, har bir voqea-hodisa, obraz yoki manzara-holatning 
badiiy-estetik jihatdan muallif maqsadini ifodalash; kompozittsion vositalarning izchillikda bir butun 
qiyofa aks etishi; personajlar ichki dunyosining falsafiy-psixologik tahlili kabi tamoyillarni qamrab olishi 
zarur. 
So’nggi paytlarda uzluksiz adabiy ta’lim tizimida o’qituvchilar tomonidan tadqiqot metodini
So’nggi paytlarda uzluksiz adabiy ta’lim tizimida o’qituvchilar tomonidan tadqiqot metodini 
qo’llashga oid: mavzu doirasida konkert maqsad va vazifalarni aniqlash; o’quv muammosini belgilash; 
o’quvchilar bilan birgalikda tadqiqot mavzusini muhokama qilish; ilmiy-tadqiqot mazmunini to’g’ri 
shakllantirish; muallifni o’quvchi shaxsga yaqinlashtirish muhokama qilish; ilmiy-tadqiqot mazmunini 
to’g’ri shakllantirish; muallifni o’quvchi shaxsga yaqinlashtirish va matn mohiyatining tahliliga oid savol-
topshiriqlar tuzish; o’quvchilar faoliyatini muntazam nazorat qilish va ularga tegishli yo’l-yo’riqlar va 
matn mohiyatining tahliliga oid savol-topshiriqlar tuzish; o’quvchilar faoliyatini muntazam nazorat 
qilish va ularga tegishli yo’l-yo’riqlar ko’rsatib borish; o’quv materialini o’rganishga doir tahlil usullarini 
tanlash; tadqiqot ishi mazmunini muayyan shakl va mazmunda baholash kabi faoliyat turlari tashkil 
etilayotgani kuzatilmoqda. 
O’quvchilarning bu boradagi faoliyati quyidagi ishlarni amalga oshirish jarayonida o’z aksini 
topadi: 
a) asarda qo’yilgan muammoni aniqlash doirasida fikrlarni asoslovchi dallilarni to’plash, 
taqqoslash, tizimlashtirish va umumlashtirish; 
b) badiiy-estetik tahlil jarayonidagi faollik va izlanuvchanlik; 
v) muammo yechimiga doir g’oya va nuqtayi nazarlar yuzasidan bahs-munozara uyushtirish; 
g) tadqiqiy masalalarni belgilash, yo’l-yo’riqlarini o’zlashtirish; 
d) olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan hisobat shaklidagi portfolio, referat, lug’at, xarita yoki 
taqdimo yoki taqdimot kabi mustaqil ijodiy ishlar tayyorlash va hokazo. 
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari uchun mo’ljallangan “Adabiyot” fani o’quv 
dasturi Uqtirish xatida belgilanganidek, “milliy va jahon adabiyotning nodir namunalarini o’qitish orqali 
o’qvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish hamda ularda mustaqil 
fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish”
1
masalasi 
o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning samarali shakl va usullarini qo’llashni taqoza etadi.
Tadqiqot metodini o’quvchilar mustaqil ravishda faoliyat yurita olish darajasiga yetganida 
qo’llash ijodiy samara berishi allaqachon amaliyotda o’z tasdig’ini topgani ma’lum. SHu nuqtayi 
nazardan yondoshilganda, umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-sinfida Amerika adabiyotining yirik 
namoyondasi Jek Londonning iroda, matonat, yashash uchun kurash kabi xususiyatlar yorqin 
ifodalangan “Hayotga muhabbat” hikoyasini tadqiqot metodi asosida o’rganish maqsadga muvofiqdir.
1
Умумий ўрта ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартини тасдқилаш тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси 
Вазирлар Маҳкамасининг Қарори. – Т.: www.lex.uz. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2017 йил, 14 (774)-сон, 230-
модда. – 33-б. 


145 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
Buning uchun o’qituvchi tomonidan mashg’ulot turi va shakli belgilanadi; munozara uchun 
mavzular tavsiya qilinadi; butun sinfga asar syujeti, kompozitsiyasi tamoiyllari doirasida tahliliy 
muammo qo’yiladi; o’quvchilarning jamoa bo’lib yoki indvidual tarzda faoliyat yuritishlariga oid ish 
usullari belgilanadi. O’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlari darajasiga hamda asarning janr, mavzu 
xususiyatiga ko’ra qo’yidagi vazifalar topshiriladi: 
- Jek London biografiyasi va ijodiga oid qo’shimcha ma’lumotlarni aniqlash; 
- ingliz va o’zbek adiblari ijodidagi mushtarak jihatlar yoritilgan maqolalarni o’rganish; 
- asar matnidan adib shaxsiyati bilan bog’liq o’rinlarni topish; 
- matndagi kalit so’zlarni belgilash va ularning vazifasini baholash; 
- yo’lovchining xarakteri qirralarini ochib berishga xizmat qilgan detallarni aniqlash va 
kontekstdagi vazifasini belgilash; 
- adabiy qahramonlarning shaxs sifatidagi ma’naviy-axloqiy xususiyatlarini qiyoslash; 
- matndagi toponimlar (joy nomlari) va gidronimlar (daryo va suv havzalarining nomi)ning real 
yoki to’qimaligini, mavjud bo’lsa ularning bugungi kunda qaysi davlat hududida ekanligini aniqlash; 
- hikoyada tasvirlangan joylar yoki asar qahramonlarining safar yo’nalishi xaritasini tuzish; 
- yo’lovchiga yashash ishtiyoqini bag’ishlagan vositalarni izohlash; 
- asar voqealari sodir bo’lgan joylarning iqlimi, nabotot va hayvonot olami tasviri bilan o’lkamiz 
tabiatining o’ziga xosligini birlashtirish; 
- asarda tasvir etilgan voqea-hodisalar yuzasidan rasm ishlash; 
- izohlash so’zlar lug’atini yaratish. 
Quyida hikoya matni bilan bog’liq topshiriqlardan ko’zda tutilgan natijalarga doir namunalar 
keltiriladi: 
Kalit so’zlarni aniqlashga doir topshiriqlar: Ma’lumki, kalit so’zlarni aniqlashga oid topshiriqlar 
matn ustida olib boriladigan ishlarning tarkibiy qismlaridan biridir. Matndan asosiy so’zlarni ajratish, 
ularning ma’nosi va asardagi funktsiyasini belgilash o’quvchilarni nazariy yo’nalishdagi masalalarni 
tadqiq qilishlarida muhim o’rin tutadi. O’ranilayotgan mavzu yuzasidan ma’lumotlar to’plash, ularni 
mustaqil tahlil qilish, nazariyani amaliyotga tatbiq etish kabi faoliyat turlari tadqiqot metodining 
muhim jihatlaridandir. Bunda mavzuga doir bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchilar duch 
keladigan qinchiliklar o’qituvchining diqqat markazida turmog’i zarur. 
Asar matnidagi kalit so’zlarni aniqlashda dastlab qahramon ruhiyati, xarakter xususiyatlarni ochib 
berish yoki syujet chizig’ida muayan vazifalar yuklatilgan voqea-hodisalar bilan bog’liq so’zlarni 
aniqlash va mazmunini izohlash topshirig’ini berish mumkin. Masalan, miltiq, soat, qop, gugurt 
cho’plari, o’t (olov), odeal, kotelok, qaynagan suv, bug’u terisidan qilingan xaltacha, ochlik azobi, 
botqoq mevalari, qamishzor, baliqchalar, kaklik, kasal bo’ri kabi asosiy so’zlarning ma’nosini, syujetdagi 
o’rniga baho berish orqali o’quvchilarda yo’lovchining iroda sifatlari yoki intilishlaridan ko’zda tutilgan 
maqsad idrok qilinishi kabilar belgilanadi.
O’quvchilar mazkur so’zlarning qo’llanilishiga doir fikr-mulohazalarini bayon etish, firklarini 
asoslash jarayonida matndagi muayan epiozdlarga murojaat qiladi. Muallifning tasvir uslubi va 
mahoratiga munosabatlarini ifodalaydi, so’zlar tagzaminidagi ma’no mohiyatiga kirish, muhimi, asar 
markazidagi shaxsiyatni anglashga urinadi. Kalit so’zlarni topishga yo’naltirish orqali o’quvchilarda 
mavzuni o’zlashtirish bilan bog’liq onglilik va emotsional ko’nikmalar shakllanadi. Masalan, lavhalardan 
hayot tasodiflari ba’zan omadga yo’g’irilgan bo’lsa, ba’zan shafqatsizligi, moddiyatni afzal bilish 
kutilmagan baxtsizliklar sababchisi yoki umr intihosi bo’lishi haqidagi g’oya singdirilgan so’zlarni topish 
va syujetning tarkibiy qismlarida ularning qanday o’rin borligini aniqlash vazifasini berish mumkin. 
“Odam top-toza qilib qo’yiladigan, yarqiroq qizg’ish suyaklarga qarab turdi. Suyaklarning rangi 
qizg’ish edi, chunki undagi hayot hali so’ngmagandi. Kechqurunga borib, ehtimol, uning taqdiri ham 
shunday bo’lar. Hayot shunaqa, hayot bevafo va bebaqo. Lekin hayot alam chektiradi, o’limda esa 
qiynalish yo’q. O’lmoq uxlamoqdir, o’lim orom olmoqdir. Bo’lmasa nima uchun u o’lishni istamaydi? 


146 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
Lekin u uzoq o’ylab o’tirmadi. Ko’p o’tmay u cho’kka tushdi-da, suyaklarni kemira boshladi, 
suyaklarga qizg’ish tus berib turgan hayotning oxirgi nishonlarini so’rmoqqa tutindi. Go’shtning 
o’tmishdan qolgan xotira singari bo’lib tuilgan sezilar-sezilmas mazasi uni o’zini yoqotar darajada 
hayajonga soldi. Suyakni tishlari orasiga olib, g’ajib boshladi. Goh suyak sinar, goh uning tishi sinardi. 
Keyin u suyakni tosh bilan yanchib, ochko’zlik bilan yuta boshladi. SHoshilganidan toshni barmoqlariga 
urar, ammo qancha hovliqmasin, nima uchun og’riqni sezmayyotirman deb ajablanib qo’yardi”
1
. E’tibor 
qilinsa, yo’lovchiga sarguzashtlari davomida 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish