Ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/84
Sana20.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#678431
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84
Bog'liq
6832 871 3 пед 10 (3)

bug’u terisidan tikilgan xaltacha 
hamrohlik qiladi. Muallif 
kitobxonga xaltacha ichida nima borligini bildirmaydi. Bu jim turishlik ma’nosini sinchkov kitobxon 
ilg’amasligi ham mumkin emas, voqealar rivojida bu detalning kiritilishi borasida nimanidir sezadi. Asar 
yakunida esa, sir ma’lum bo’ladi, uning funktsiyasi oydinlashadi: 
“U o’rmalab o’tgan boshqa odamning izidan borardi. Ko’p o’tmay, o’zidan oldingi odamning 
manziliga yetib keldi. Ho’l chimliq ustida kemirib tashlangan suyaklar va bo’rining iziga ko’zi tushdi. 
Yerda xuddi o’zinikiga o’xshagan, o’tkir tishlar tortqilab yirtgan bug’u terisidan tikilgan xalta yotardi. 
Bunday og’ir yukni ko’tarishga madori kelmasa ham, kuchsiz barmoqlari bilan qopni yerdan ko’tarib 
oldi. Bill oltinlarni so’nggi daqiqalarga qadar tashlanmagan....”
2

Asar matn ustida ishlash jarayonida o’quvchilar faoliyatini hayotga muhabbat g’oyasi, o’zlikni 
anglash, insonning tabiat kuchlariga qarshi kurashi, shukronalik, do’stga sadoqat tuyg’ulari 
kompozitsion markaz talablariga muvofiq tanlaganini aniqlashga yo’naltirish maqsadga muvofiq. Badiiy 
adabiyotni mavzu, g’oya, tasvir tamoyillari, obrazlar talqini jihatidan baholashda ayrim asarlar 
syujetidagi mushtarak nuqtalarni birlashtirish vazifasini bajarish ham taqozo qilinadi. O’zbek 
adabiyotida N.Norqobilovning “Oqbo’in”, N.Fozilovning “Ko’kyol”, P.Qodirovning “Xatarli uchrashuv” 
kabi asarlar bilan “Hayotga muxabbat” hikoyasidagi ayrim epizodlarni qiyoslash asnosida 
o’quvchilarning mantiqiy tafakkuri rivojida ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xususan, yirtqichlar ta’qibiga 
uchragan insonning aql-idrok bilan yo’l tutishiga oid lavhalar tasvirini bunga misol qilish mumkin: 
“...Meni sergaklanib kuzatayotgan haligi kulrang jonivorlar it emas edi. Men ularning bo’ri 
ekanligini tushundim-u, yetim junjikib ketdi. Bir lahza o’zimni yo’qotib qo’ydim. Keyin sal hushumni 
yig’ishtirib qarasam, oyoqlarim go’yo o’zidan o’zi yurib ketayapti. To’xtashga ham, jadallashga ham, 
avzoyimni o’zgartirishga ham, hatto bo’rilarga yana bir qarashga ham jur’at yo’q. To’g’riga qarab 
avvalgiday yurib ketyapman-u, butun vujudim bilan bo’rilar tomonga quloq solaman...” 
Kishining qo’riqqanini sezsa, jur’atsiz kuchuk ham hujum qiladi, men buni yaxshi bilar edim. 
SHunning uchun yuragim vahimadan uvishib ketayotgan bo’lsa ham boyagiday shoshilmay, bo’rilarni 
ko’rmaganday bir maromda yurib borardim...”
3
(P.Qodirov. “Xatarli uchrashuv”). 
“... Orqadan xirillagan bir tovush eshitildi, bu xo’rsinishmi, yo’talmi – bilib bo’lmasa edi. G’oyat 
zaiflik va karaxtlikni juda sekinlik bilan yengib, u ikkinchi yonboshiga ag’darildi. Yaqinda hech narsa 
ko’rinmadi. U sabr bilan kuta boshladi. Yana xirillagan va yo’tal eshitildi. Yigirma qadamcha narida 
o’tkir qirrali ikki toshning orqasidan bir bo’rining kulrang boshi ko’rindi... 
... U esa orqasidan kasal bo’ri ergashib kelayotganini, kasal odam avval o’ladi degan umidda 
ekanligini tushunardi”
4
(J.London. “Hayotga muhabbat”).
Qiyosiy mazmundagi topshiriqlar uzluksiz adabiy ta’lim bosqichlari dasturlari o’rtasidagi mantiqiy 
bog’liqlikni aniqlashga xizmat qilishi, shuningdek, turli zamon va makonda yashab ijod qilgan 
yozuvchilarning ijodiy yo’nalishi, tasvir uslubidagi mushtaraklik haqida ma’lumot berish nuqtayi 
nazaridan ham samaralidir. Fanlararo integratsiyaga oid topshiriqlar. Adabiyotni boshqa fanlar bilan 
1
Тўхлиев Б. ва бошқ. Адабиёт. Ўрта таълим муассасаларининг 10-синф ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълим муассасаларининг ўқувчилари 
учун дарслик-мажмуа. – Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2017. – 161-б. 
2
Тўхлиев Б. ва бошқ. Адабиёт. Ўрта таълим муассасаларининг 10-синф ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълим муассасаларининг ўқувчилари 
учун дарслик-мажмуа. – Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2017. – 163-б. 
6.Матчанов С. ва бошқ. Ўқиш китоби. Умумий ўрта таълим мактабларнинг 4-синф учун дарслиги. – Т.: “Янгийўл полиграф сервис”, 2017. – 
139-б. 
3
Матчанов С. ва бошқ. Ўқиш китоби. Умумий ўрта таълим мактабларнинг 4-синф дарслиги. – Т.: “Янгийўл полиграфсервис”, 2017. – 139-б. 
4
Тўхлиев Б. ва бошқ. Адабиёт. Дарслик-мажмуа. – Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2017. – 161-162-б. 


147 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
integrativ yondashuv asosida o’rganishga oid topshiriqlar o’quvchilarda “mavjud axborot manbalari 
(kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug’at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuvlar), 
kompyuter, elektron pochta va boshq.)dan o’quv maqsadlari doirasida foydalana olish va ulardagi 
materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o’z faoliyatida qo’llash”
1
kabi 
axborot bilan ishlashga oid (V1) tayanch kompetentsiyalar rivojiga xizmat qiladi. Ensiklopedyalardan 
hikoyada qalamga olingan joylarda doir ma’lumotlarni o’rganish asosida geografik qutiblar, dunyo 
davlatlarining relyefi, iqlimi kabi muayyan bilimlar takomiliga yerishishi maqsadi nazarda tutiladi. 
SHuningdek, hikoyadagi peyzaj o’quvchilar tasavvurida yanada yorqinroq gavdalanadi. Masalan, 
SHimoliy Qutb – Yer aylanishi faraziy o’qining yer yuzasi bilan kesishadigan SHimoliy yarim shardagi 
nuqtasi. SHimoliy Muz okeanining chuqur. 4000 m-li markaziy qismida joylashgan. SHimoliy o’rtacha 
havo temperaturasi – 40

,
yoz oylarida 0
o
,
ayrim kunlarda 1-2

gacha ko’tariladi. Qutb kuni 186 sutka va 
10 soat, qutb tuni 178 sutka va 14 soat davom etadi
2
va h.k. “To’plam va tasnif” mavzusidagi oid 
topshiriqlar orqali ona tili fani bilan integratsiya ta’minlanadi. Bunda quyidagi berilgan so’zlarni ma’lum 
nom ostida guruhlashtirish vazifasini berish mumkin: 
Sahro, yomg’ir, bug’ular, qor, vodiy, botqoq, tun, qamishzor, bo’rilar, qurt, tuman, tuyoqlar, 
tepalik, tong, archa, kakliklar, ayiq, baliqlar, soy, qurbaqa, qumloq, qirg’oq, buta va boshqalar.
Savol-topshiriqlar ustida ishlash. 
1. Hikoyadan insonning ruhiy holati aks etgan epizodlarni aniqlang va obrazlarni o’rganish 
bo’yicha tahlil qiling. 2. Siz yo’lovchiga qanday ism qo’yigan bo’lardingiz? Muallifning uni nomlamasligi 
sabablari nimada deb o’ylaysiz? 3. Bill holakatining sabablari nimada? 4. Bo’ri va inson xatti-
harakatlarini solishtiring. Undan qanday xulosa chiqardingiz? 5. Safarga chiqqanda hamrohini qiyin 
vaziyatlarda tashlab ketgan insonlar obrazi gavdalantirilgan qanday asarlarni o’qigansiz? O’zingiz ham 
shunga o’xshash voqealarni boshingizdan kechirganmisiz? 6. Oqibatsizlik yoki nafsga berilish salbiy 
oqibatlarga olib kelishiga kuzatishlaringiz asosida javob bering. 
Muammoli savollar (vaziyatlar) yuzasidan bahs-munozarа: 
1. Agar yo’lovchi va Bill birga bo’lishganida (voqealar qanday yakun topishi mumkin edi?)... 2. 
Yo’lovchining yig’lashi bu uning (ojizligi, o’limdan qo’rqishi yoki irodasizligi)... 3. Tirik qolmasligi mumkin 
edi, agarda u (bo’rining ta’qiblaridan xulosa chiqarmaganida, Billning suyaklarini ko’rmaganida)... 4. 
Inson hayot qadrini his qilmaydi, o’zligini anglab yetmaydi (agar ayovsiz sinovlar bo’lmasa). 
Xulosa qilganda, adabiy ta’lim jarayonida tadqiqot metodidan foydalanish o’quvchilarning aqliy 
faoliyatini rivojlantirish, badiiy-estetik tafakkurini o’stiradi, dunyoqarashini kengaytiradi, o’quv 
materiali mazmunini ilmiy-mantiqiy Xulosa qilganda, adabiy ta’lim jarayonida tadqiqot metodidan 
foydalanish o’quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, badiiy-estetik tafakkurini o’stiradi, 
dunyoqarashini kengaytiradi, o’quv materiali mazmunini ilmiy-mantiqiy o’rganishda yo’naltiradi hamda 
kichik ilmiy izlanishlarga debocha vazifasini bajaradi. 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish