Key words:
poetic image, lirik hero, folk conception, philosophical reasoning.
O‘tgan asrning oltmishinchi yillari oxiri yetmishinchi yillar boshlarida she’riyat maydoniga kirib
kelgan bir guruh yosh shoirlar ichida Azim Suyunning ham o‘z munosib o‘rni bor. U tengdoshlari
152
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
Xurshid Davron, Usmon Azim, Ikrom Otamurod kabilar qatori ijodiy izlanishlari bilan o‘zligini topishga
harakat qildi.
Shoir bu davrda yozgan bir she’rida:
Bahor doim bahorligin ayon etar,
Oftob nuri bulutlarni yorib o‘tar,
Bijg‘ib yotgan ko‘lmaklarni ko‘p ko‘rdim-ey,
Oqin suvlar o‘z yo‘llarin topib ketar 1
deb bashorat qilgan edi.
Darhaqiqat, shoir ijodi chashmadan otilib chiqayotgan buloq suvidek o‘z yo‘lini topib, muxlislariga
ma’naviy ozuqa bo‘lib xizmat qilmoqda. Azim Suyunlar avlodi she’riyatga XX asrning buyuk salaflari ―
G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Mirtemirlar, o‘zlaridan besh-o‘n yil ilgari yoniq yurak bilan ijod
maydoniga kirib kelgan Abdulla Oripov, Erkin Vohidovlarday salohiyatli ijodkorlar ijodidan bahra olib,
ko‘tarinki kayfiyat va shijoat bilan kirib keldilar.
Ayni paytda, bu davrda jahon va rus she’riyatidan qilingan tarjimalar, Genrix Geyne, Bayron, Lorka,
Pushkin, Lermontov, Yesenin kabi shoirlar ijodi ham o‘zining o‘tli tuyg‘ulari bilan ularning qalbiga olov
yoqdilar. Shu bois bu zamondosh shoirlar ilk ijodiy namunalaridayoq havaskor qalamkash sifatida
emas, balki badiiyatning sir-asrorini, she’riyatga xos nafosati va go‘zallikni, tuyg‘ular po‘rtanasini yaxshi
his qiladigan to‘laqonli shoir sifatida bo‘y ko‘rsatdilar. Ular rang-barang mavzularda bitilgan dastlabki
she’rlaridayoq inson qalbining nozik kechinmalarini o‘ziga xos obrazli bo‘yoqlarda, mohirlik bilan
qo‘llangan poetik obraz va timsollarda ifodalashga muyassar bo‘ldilar. Bu she’riyatiga havoyilik, soxta
ko‘tarinkilik begona. Ular qaysi mavzuda asar bitmasin, Ona Vatan madhimi yoki sevgi-muhabbat
motivi bilan sug‘orilgan she’rlarmi, kuz yoki bahor fasli haqida yoziladimi, undan qat’i nazar barchasiga
xos bir xususiyat ustuvor, u ham bo‘lsa shu Ona zamin bilan, uning munis va mehnatkash xalqi taqdiri
bilan bog‘lanuvchi mustahkam rishta bor. Mana shu rishtani har bir zamondosh shoir o‘ziga xos bo‘lgan
ovozi bilan sarrin bo‘yoqlarda, rang-barang poetik obraz va timsollarda aks ettirishi davr yoshlari
she’riyatining xos xususiyatlaridan biriga aylandi.
Azim Suyun she’riyati haqida fikr yuritgan munaqqidlar ham shoir she’rlarini o‘z zamondoshlaridan
ajratib turuvchi jihatlar sifatida shoir tuyg‘ulari ko‘proq hayotiy voqelik bilan uzviy bog‘liqlikda, ortiqcha
murakkabliklardan, ko‘povozli ma’no va mazmundan xoli, asosan, xalq ohanglari bilan uyg‘un
jihatlariga e’tibor qaratishadi. Jumladan, U. Normatovning “So‘z tuzalsa ― el tuzalar” maqolasida
quyidagi fikrlarni o‘qiymiz:
“Azim Suyun she’riyatda xalqona, baxshiyona yo‘liga shunchaki bir havas, “tajriba o‘tkazish” uchun
kirib qolgan emas, qismat unga shuni ravo ko‘rgan. Ehtimol, hozir urf bo‘lgan yoki urf bo‘lib borayotgan
xiyla murakkab, majoziy ma’noli modernistik she’rlar yoki tasavvufona falsafiy nazmga moyil kishilar
nazarida Azim Suyun tutgan yo‘l jo‘nroq, odmiroq tuyulishi mumkin. Shoir dilidagi gaplarini ko‘pincha
aylanma yo‘llar qidirib o‘tirmay dangal aytib qo‘ya qoladi, uning fikrlash va ifoda tarzi sodda, bir qadar
xokisor, jimjima-bezaklardan holi, bir oz dag‘al, biroq bu “dag‘allik” zamirida ajib bir tabiiylik,
samimiyat, shu samimiyatdan tug‘iladigan teran badiiylik mavjud”. Darhaqiqat, munaqqid
ta’kidlaganidek, xalqona ifoda ― Azim Suyun she’riyatining bezagi. Shoir she’rlari o‘ziga zamondosh
ijodkorlar ijodidan shu jihati bilan ham farqlanib turadi. Buni biz shoirning turli mavzularda bitilgan
she’rlarida ko‘rishimiz mumkin. Ma’lumki, she’riyatda tabiat fasllari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy
olam kechinmalari istalgan shoir ijodida ko‘plab topiladi. O‘zbek shoirlari ichida, ayniqsa, Cho‘lpon,
Oybek, Abdulla Oripov ijodida uning badiiy mukammal namunalarini uchratamiz. Azim Suyunga
zamondosh bo‘lgan shoirlar ijodida ham tabiat fasllariga bag‘ishlangan she’rlar alohida bir sahifani
tashkil etadi. Ular ichida ayniqsa, bahor va kuzga bag‘ishlangan she’rlar ko‘proq uchraydi. Shoirlar bu
tipdagi she’rlarida o‘zining ijodiy konsepsiyasidan kelib chiqib turlicha poetik mazmun bilan boyitadi.
Chunonchi, shoir bilan oldinma-keyin ijod maydoniga kirib kelgan Usmon Azim, ijodi keyinroq bo‘y
1
Suyun Azim. O’zlik.
―
Т.,Sharq, 1999-y. 63-b
153
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
ko‘rsatgan Shavkat Rahmon she’rlarida ham kuz fasli yetakchi mavzulardan biridir. Biroq ularning
she’rlarida kuz Azim Suyundan farqli ravishda U. Normatov qayd etganidek, ko‘proq majoziy obraz
sifatida asosan hayot murakkabliklari, umr o‘tkinchiligi haqidagi falsafiy mazmunni aks ettiruvchi
vositaga aylanadi. Usmon Azimning tabiat mavzusidagi she’rlari alohida bir turkum sifatida yaxlit
yaratilgan. Shoirning “G‘ussa” kitobidagi “Tazarru bog‘lari” ana shunday turkumlardan biridir.
Turkumning nomidan ham ko‘rinib turibdiki, lirik qahramon tabiat fasllari bilan muloqatga kirishib, o‘z
ruhiyati manzaralarini chizadi. Shoir turkumning muqaddimasidanoq inson umri fasllariga ishora qiladi.
Otashin taxtidan qular saraton,
Samoda titranar hazin tiniqlik.
Qaydandir adashib qaytadi armon ―
Ruhingga kiradi mubham siniqlik
1
.
Saratonning taxtdan qulab, kuzga o‘z o‘rnini berishi va bundan ruhga kirayotgan siniqlik inson umri
fasllarining almashish qonuniyati sifatida, binobarin, umr fasli ― kuz inson uchun o‘zlikni anglash,
samoviy haqiqatlar sirini teran his etish, oliy haqiqatga ― Haqqa yaqinlashish pallasi ekani haqidagi
haqiqat talqinidir. Shoir “Tazarru bog‘lari”da mana shu katta haqiqatni fasllarga xos tabiat manzaralari
bilan ruhiy olam kechinmalarini bir-biriga monand tarzda uyg‘un tasvirlab, falsafiy mazmun bilan boyita
olgan. “Tazarru bog‘lari” turkumining katta salohiyatini ta’minlagan bosh omil ― bog‘lar bahonasida
dunyoga, borliqqa, koinotga, hamma yaratiqlarga, nabotot-u mavjudotga, inson mohiyatiga haqqoniy
nuqtayi nazar. Hamma-hamma narsaga haqiqat ko‘zi bilan, haq ta’limotlari asosida qarashgina
adolatdir”. Ana shunday inson mohiyatiga evrilish iste’dodli shoir Shavkat Rahmon she’riyatiga ham
xos. Shoir “Saylanma”sidan joy olgan to‘rt fasldan iborat “Fasllar” turkumidagi she’rlarda ham lirik
qahramon kechinmalari orqali tabiat va inson umri bir-biriga monand hodisa sifatida ramziy
bo‘yoqlarda aks etadi. Azim Suyunning fasllarga bag‘ishlangan she’rlarida ham bahor va kuz fasliga
alohida e’tibor qaratiladi. She’rlarida kuz ohanglari o‘ziga xos bo‘lgan hazinlik bilan katta hayotiy
falsafani ― Inson umri haqidagi hukm-xulosalari va o‘y-xayollarini ifoda etadi. Azim Suyunning
“Tog‘larda kuz boshlandi”, “Kuz”, “Tog‘ o‘rmoni” kabi she’rlarida ham mana shu ohanglarga qaysidir
ma’noda izdoshlikni kuzatamiz. Shoir “Tog‘larda kuz boshlandi” she’rida kuzning o‘ziga xos bo‘lgan
poetik manzarasini chizadi. Shoir kuz manzaralarini boshqa she’rlarda uchramaydigan xos bo‘yoqlarda,
tog‘li xududlarga monand tarzda tasvir etadi. Kuzning belgilarini o‘ziga xos tarzda poetiklashtiradi.
Ketma-ketlikda kelgan bunday poetik tasvirlar mohiyatida kuzning boshqa fasllardan farq qiluvchi
o‘ziga xos bo‘lgan obrazli qiyofasi jonlanadi. She’rning birinchi to‘rtligi epilog shaklida kelib, shoir
nigohi orqali kuzning xabarchisiga aylangan. Keyingi misralarda esa shoirning poetik nigohi kuzning
boshlanishini bildiruvchi belgilarni birin-ketin marjondek tiza boshlaydi. Ularni o‘qir ekanmiz, kuzning
boshlanishini sharsharaning to‘rt tarafga yoyilgan salqinidan, qo‘lida ko‘za ko‘targan tog‘ qizining
osmonga qadalgan nigohidan, bu nigoh orqali osmonu falakda suzib yuruvchi sor burgutlarning ham
ko‘rinmay qolganini ilg‘ovchi kechinmalaridan topadi. Kuzning ushbu belgilari tasviridan so‘ng lirik
qahramonning kuz haqidagi do‘stiga qilgan murojaati ifoda etiladi. Lirik qahramoni suhbatdoshga
yuzlanar ekan, kuzning go‘zalligi, tarovati boshqa biron fasldan qolishmasligini, kuz deganda, ba’zi bir
insonlarning xayoliga faqat hayot kuzagi kelishi bayon etilar ekan, o‘zining faol munosabatini bildiradi.
She’rda kuzning go‘zalligi, nafosati tog‘ etaklarida qator bo‘lib uchib ketayotgan turnalar orqali, ularga
qo‘shilib oqayotgan shoirning o‘tkir xayollar hamda hayotbaxsh tuyg‘ular ummonida g‘arq bo‘lishi
orqali ifoda etiladi. Lekin shoir kechinmalari faqat tabiat go‘zalligidan zavq-shavq olish bilangina
cheklanib qolmaydi, aksincha, kuz shoir qalbiga yaratuvchilik tuyg‘usini, umrning o‘tkinchiligi-yu umr
kuzagi kelmasdan yaratish, ijodkorlik zavqi bilan yashashga undashi bilan ahamiyatli.
Lekin goh beixtiyor, birdan yodga solar kuz
1
Qozoqboy Yo’ldosh. Yo’l olami. –Т., “Muharrir” nashiryoti, 2011. 62-b
154
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
Umrim kuzini, do‘stim, uylab qolaman og‘ir.
Aqlim deydi misoli chaqmoqday chaqib shu kez:
Dolg‘aday jo‘sh, xayqirgil, yaratmoq payti axir.
Binobarin, shoirning she’rda ifodalamoqchi bo‘lgan asosiy konsepsiyasining bir yo‘nalishini mana
shu misralarda, ya’ni umr kuzagini katta hayotsevarlik bilan, to‘lib-toshib ijod qilish bilan kutib olishga
chorlash g‘oyasi tashkil etadi. Shoir “Kuz” she’rida ham bu motivni yanada o‘ziga xos bo‘lgan teran
tasvirlar bilan boyitadi. Yuqoridagi she’rida bir-ikki misraga chizilgan chizg‘ilar “Kuz” she’rida ruhiyat
bilan bog‘langan mukammal tasvirlarida o‘z ifodasini topadi. Har biri sakkizlikdan tashkil topgan o‘n
sakkiz bo‘limli she’rning epilog va prologlari aynan bir xil bo‘lib, o‘ziga xos qoliplovchi vazifasini o‘taydi.
Shoir nigohida kuzatilayotgan, kashf etilayotgan manzaralarda tog‘lar bag‘riga salqin tushganligi,
daralardan vazmin ko‘tarilayotgan tuman, kuch-ko‘ronini ortmoqlab qishloqqa enayotgan el-yurt,
qo‘ng‘iroqlarni jaranglatayotgan suruvlari bilan tog‘ni tark etayotgan cho‘pon tasvirlari kuzning
darakchisi sifatida ifoda etiladi. Shoir poetik nigohi orqali aks etayotgan kuz manzarasi har bir bo‘limda
o‘zining ma’lum bir qiyofasiga ega bo‘lib,shoirning tizginsiz uy-hayollari, munosabati, hayot haqidagi
uy-kechinmalari, odam umri va qismati, yaratuvchilik ishqi haqidagi falsafiy mazmun bilan boyitiladi.
Kuz faslida tog‘ etaklarida kezib yurgan lirik qahramon har bir ranglardan o‘zgacha bir ma’no-mazmun
izlar ekan, xayolan yurtdoshlari bilan muloqatga kirishib, o‘zini yolg‘izlanib, ulardan uzilib qolgan qolgan
odam sifatida aybsimasligini, chunki uning qalbi doim xalq orzu-umidlari bilan bog‘langanligini, butun
hayoti-yu ijodi mana shu mehnatkash xalq taqdiri bilan qismatdosh ekanligini, bor vujudi bilan xalqning
tuy-azasiga birdek kamarbasta ekanliginishe’riy misralarda bayon etadi:
Faxriya bitganday u to‘y damlari,
Marsiya bitaman g‘amgin va o‘ksik
1
,
deb yozadi she’rning lirik qahramoni.
Ayni paytda shoir lirik qahramonni shoir qalbi kuz oylarida tog‘ bag‘rilarida yolg‘iz sarsari kezishi,
tabiatning maftunkor va go‘zal manzaralarini kuzatib, poetik jozibasini qalbiga rassomlardek chizishi,
har bir rang manzaralaridan, tabiat ne’matlaridan ma’no-mazmun izlashi shu asosda axtarishi va shu
asosda hayot haqida, ijod haqida biron-bir falsafiy mazmun olishni istashini quyidagi satrlarda
suratlantiradi:
Garchi kuz chehrasi emas serkulgi,
Garchi ko‘p erkalab, kuylamas shodon,
Goh dilda titroq ― mung uyg‘otsa ham u,
Dilgir sukutlarga ko‘msa ham, inon,
U sobir rejalar doyasi erur,
Donishmand otaday oladi qo‘lga
Va boshlab yuborar muqaddas yo‘lga,
Qarshingda manzillar raxshon ko‘rinur
2
.3
Tahlillardan ma’lum bo‘layotirki, shoirning kuz fasliga bag‘ishlangan she’rlarida ayrim ijodkorlar
ijodida uchraganidek, xazinlik, umr utkinchiligi va poyoni haqidagi falsafiy mulohazalar tasviri
yetakchilik qilmaydi. Aksincha, yaratuvchilik ishqi, ijodkorlik shavqi bilan yongan qalb g‘azobnok
kishilarga ayni kuz paytlari toqqa chiqib, uning go‘zallikdan bahramand bo‘lish, borliq tarovatidan
o‘ziga xos bo‘lgan ma’no-mazmun axtarish lozimligini ta’kidlar ekan, qani endi ular ham tabiatning
buyuk tabib ekanligini anglab yetsaydi, deb orzu qiladi. Umuman olganda, Azim Suyunning kuz fasliga
bag‘ishlangan she’rlarida ham xuddi boshqa mavzudagi she’rlari kabi kuchli shijoat, ertangi kunga katta
ishonch va hayotbaxsh qudrat sezilib turadi. Bu uning har narsadan kir axtaradigan yoki hayotiylikdan
xoli, soxta xulosalar bayon etadigan ma’no kimsalarga nisbatan g‘azabi cheksiz bo‘lib, buni aniq oshkor
1
Suyun Azim. Tanlangan asarlar: 7 kitob.k. 2. Т:G.Gulom, 2015. 65-b
2
Suyun Azim. Tanlangan asarlar: 7 kitob.k. 2. Т:G.Gulom, 2015. 67-b
155
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
bayon etadi. Biroq ta’kidlash kerakki, shoir she’rlaridagi bunday kutarinkilik soxta hayqiriqlar bilan
emas, balki jonli-hayotiy kechinmalarning tabiiy aks etishi bilan poetik joziba hosil qiladi.Shoir
she’rlarining hayotbaxsh qudrati ham shunda.
Do'stlaringiz bilan baham: |