Ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/84
Sana20.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#678431
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   84
Bog'liq
6832 871 3 пед 10 (3)

Key words: 
young generation, harmony, military patriotism, homeland, education, upbringing, 
values, independent thinking, destructive ideas, disease, national mentality, historical figures, 
historical works. 
Har qanday mamlakat o`z kelajagini yoshlar timsolida, aniqrog`i, ularni jismoniy va ma’naviy 
jihatdan barkamol, harbiy vatanparvarlik fazilatlari bilan yo`g`rilgan etib voyaga yetkazishda ko`rishi 
tabiiydir. Bu o`z navbatida mamlakatning kelajagini belgilab beruvchi yoshlarni haqiqiy vatanparvar 
bo`lib yetishishiga katta imkoniyat yaratadi. Shu sababli, mustaqillikning dastlabki kunlaridan 
respublikamizda yoshlarning barkamol inson bo`lib ulg`ayishiga alohida e’tibor berildi. Bu borada, 
ayniqsa, yoshlarimizning harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi uchun katta huquqiy, siyosiy, 
ijtimoiy asoslar yaratildi. Lekin mazkur sohada amalga oshirilgan tadbirlarimiz o`zining asosiy 
maqsadiga erisha olmadi.
“Vatan” tushunchasi ma’naviy qadriyat sifatida inson ongida har xil kamol topadi, vaziyatlardan 
kelib chiqib, turlicha talqin etiladi. Agar ularning barchasi nazarga olinmasa, qiyosiy tahlildan 
o`tkazilmasa, yosh avlod ruhiga singimaydi, oddiy bir shior darajasida qolib ketaveradi. Vatan (arab. 
o`sgan joy, yurt) – kishining tug`ilib o`sgan o`lkasi, shahri yoki qishlog`i, yurt, diyor yohud kishi tug`ilib 
o`sgan va o`zini uning fuqarosi hisoblagan mamlakat, ona yurt. Barcha tinchliksevar mamlakatlar 
singari O`zbekiston Respublikasida ham inson huquq va erkinligi, davlat va fuqarolar xavfsizligini 
ta’minlash, fuqarolar uchun erkin va farovon hayot kechirishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish kabi 
vazifalari mavjud. Albatta, mamlakat yoshlarida bu vazifalarni amalda ta’minlash ko`nikmasi ortgan, 
malaka va tajribasi shakllangan bo`lishi maqsadga muvofiq. Ularda harbiy vatanparvarlik qiyofasi 
yoshlikdan shakllangan bo`lishi mamlakat taraqqiyotida ham muhim o`rin tutadi. Shu maqsadda ham 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash 
konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi qarori bilan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash 
konsepsiyasi” qabul qilindi. Unda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga 
jismonan va ma’nan sog`lom avlodni tarbiyalashga oid yaxlit ta’lim-tarbiya tizimining uzviy va ajralmas 
qismi sifatida qaralib, O`zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirish bo`yicha Harakatlar 
strategiyasi talablari asosida milliy va jahondagi ilg`or tajribalar, bugungi O`zbekiston hayotidagi real 
ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar bilan uyg`un ravishda takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor 
qaratilganligi ta’kidlandi. Darhaqiqat, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasi 
umummilliy miqyosdagi vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki vatanparvar bo`lmagan inson o`z yurti, o`z 
xalqi uchun qayg`urmaydi, jonini fido qilmaydi. Zero, o`zbek ma’rifatparvari Abdulla Avloniy 
ta’kidlaganidek, har bir kishining tug`ilib-o`sgan shahar va mamlakatini shu kishining Vatani deyilur. Har 
kim tug`ilgan, o`sgan yerini jonidan ortiq suyar. Hatto, bu Vatan his-tuyg`usi hayvonlarda ham bor. Agar 
bir hayvon o`z Vatanidan – uyuridan ayrilsa, o`z yeridagi kabi rohat-farog`atda yashamas, maishati talx 
bo`lib, har vaqt dilining bir go`shasida o`z Vatanining muhabbati turar . Demak, inson ongli mavjudot 
sifatida o`z Vatanini ulug`lashi, taraqqiyoti uchun qayg`urishi, tinchligi, xavfsizligi uchun kurashmog`i 
uning vatanparvarligidan dalolat beradi. Ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlarni mana shu 
ruhda tarbiyalash mamlakat ravnaqi uchun katta ahamiyatga ega bo`ladi. Asosiy qonunimizda 
“O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, 
tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida 
tengdirlar”, deyilgan. Ushbu normadan kelib chiqib aytish mumkinki, mamlakatimiz barcha fuqarolari 
uchun insonparvarlik prinsipidan kelib chiqqan holda bir xil e’tibor qaratiladi. Shu sababali ham ozod va 
obod Vatanimizni sevish va qadrlash, u bilan faxrlanish, uning sarhadlarini mudofaa qilish 
vatanparvarlik namunasidir. Yoki Konstitutsiyamizning 52-moddasida “O`zbekiston Respublikasini 
himoya qilish — O`zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda 


118 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o`tashga majburdirlar”, degan huquqiy normaning 
kiritilganligi ham har bir fuqaroga vatanparvarlik uning ajralmas burchi ekanligi anglatadi. 
Yoshlarimizda harbiy vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirishni ularning kichik yoshligidan amalga 
oshirishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yoshlarimizni harbiy vatanparvarlik fazilatlarini 
shakllantirish faqatgina ijtimoiy-ma’naviy masala bo`libgina qolmay, balki O`zbekiston Konstitutsiyasiga 
asoslangan holda siyosiy-huquqiy masala ekanligini yoshlarimizning ongi va tafakkuriga singdirsak, 
ularning vatanparvarligini yanada yuqori cho`qqilarga ko`tarish imkoniyati yuzaga keladi. Vatanga 
nisbatan chinakam sadoqat uni himoya qilishga ham qodir bo`lishni talab etadi. Yoshlarni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan mudofaasiga jismonan va ma’naviy jihatdan tayyorlash 
zarurligi hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Umumta’lim o`quv muassasalarida, o`rta maxsus 
va o`rta kasb-hunar ta’limi muassasalarida o`quvchilarni, shu jumladan, oliy ta’lim muassasalarida 
ta’lim olayotgan talaba-yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash endilikda ta’lim-tarbiya 
ishlarining barcha tizimlari orqali amalga oshirilmoqda. O`quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash barcha turdagi faoliyat ko`rsatayotgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biri 
bo`lishi darkordir. Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim muassasalarida “Chaqiriqqacha 
harbiy tayyorgarlik” fani, ko`pchilik oliy ta’lim muassasalarida harbiy kafedralar, Nizomiy nomidagi 
Toshkent Davlat pedagogika universitetida “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo`nalishi doirasida o`quvchi 
va talaba yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga e’tibor berilmoqda.
Yoshlar – Vatanimizning, millatimizning kelajagidir. Vatanimiz taqdirini ularga ishonib topshirar 
ekanmiz, avvalo, ular zimmalariga yuklatilayotgan murakkab va mas’uliyatli vazifani butun mohiyati ila 
chuqur anglashlari, unga o`zlarining hissalarini qo`shishlari lozim. Zero, Vatanni sevish, unga mehr-
muhabbat qo`yish bevosita har kimning shu yurt ravnaqi yo`lida amalga oshirayotgan bunyodkorona 
ishlari bilan belgilanadi. Milliy o`zlikni anglashning rivojlanishida milliy vatanparvarlik g`oyalari bilan 
sug`orilgan, teran fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash kata ahamiyatga egadir. Shuning uchun Vatan 
himoyasiga tayyorlanayotgan yoshlarimizning har biri yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi shart.
Vatanparvarlik – yuksak insoniy fazilat hisoblanadi. Alisher Navoiy shahzoda Badiuzzamonga 
yozgan maktublaridan birida maqsad xususida shunday ibratli fikrlarini bayon etgan: “Odamning 
murod-maqsadi bo`lmasa, balolardan omon qolmaydi. Ammo har kishining murodi ko`proq bo`lsa, Haq 
taolo amriga itoati ko`proq bo`ladi”. Vatani bor odamning g`urur-iftixori yuksak, maqsad-muddaosi 
aniq bo`ladi. Vatani – tog`dek tayanchi borligini his etgan inson har qanday sinovga, har qanday 
mashaqqatga doimo tayyor turadi. Shiroq, To`maris, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, 
Temur Malik, Amir Temur kabi xalq qahramonlarining jasorati, dushmanga qarshi kurash, Vatan 
ozodligi yo`lidagi mardligi va jonbozligi buning yorqin tasdig`idir. Mustaqillik tufayli xalqimiz o`zining 
haqiqiy tarixi haqida gapirish huquqiga ega bo`ldi, Vatan ozodligiga erishdi. Ta’lim muassasalarida 
o`quvchi, talaba, tinglovchi va kursantlarda vatanparvarlik hissini shakllantirish bosh g`oyamizning 
ma’no-mazmunini ularning ong-u shuuriga singdirish vositasida amalga oshiriladi. Ayrim holatlarda 
vatanparvarlik degan tushunchaning mazmuni noto`g`ri talqin etilib, unga bir tomonlama tavsif 
beriladi. Ya’ni vatanparvar deganda harbiy jasorat yoki qahramonlik ko`rsatgan shaxslar nazarda 
tutiladi. Bizning fikrimizcha, bu vatanparvarlikning muayyan bir ko`rinishidir. Vatanparvarlikning 
ko`rinishlariga mustaqil fikrlash, ma’naviyatlilik kabilar kiradi va shuningdek, maxsus kasbga ega bo`lish 
ham uning qirralarini ko`rsatib beradi. Haqiqatan ham, mustaqil fikr bo`lmagan joyda tobelik, ma’naviy 
tahdid mavjud bo`ladi. Mustaqil fikrga ega bo`lgan inson hech qachon o`zgalarga qaram bo`lmaydi. 
Mustaqil fikr yaratuvchanlik va bunyodkorlikning ma’naviy yo`lidir. Vatanparvarlikning shakli bo`lgan 
mustaqil fikrlash mavjud bo`lmagan joyda esa sotqinlik boshlanadi. Demak, yoshlarimizni mustaqil 
fikrlashga o`rgatishimiz ularni nopok yo`llardan asrab qoladi. Bejizga hadislarda “yoshlikda olingan 
bilim toshga o`yilgan naqsh kabidir” deyilmagan. O`zbekiston Respublikasining Prezidenti bu haqida 
bildirgan quyidagi fikrlari hammamiz uchun dusturulamal vazifasini o`tashi kerak: “Biz ta’lim va tarbiya 
tizimining barcha bo`g`inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o`zimizning 
birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat 


119 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o`g`il-qizlarimiz 
amal qilishlarini men juda-juda istardim: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand 
bo`lishi, baxtli bo`lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo`lishi yoki zaif bo`lib xorlikka tushishi, baxtsizlik 
yukini tortishi, e’tibordan qolib, o`zgalarga tobe va qul, asir bo`lishi ularning o`z ota-onalaridan 
bolalikda olgan tarbiyalariga bog`liq”. Yoshlarda harbiy vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish 
adolatparvarlik bilan ham mustahkam bog`liq. Inson umriga ma’no-mazmun baxsh etuvchi adolat 
haqiqatga rioya qilishda, har bir narsani o`z o`rniga qo`ya bilishda namoyon bo`ladi. Johillik, yalqovlik 
va bekorchilik, xudbinlik va hasadgo`ylik, qo`rqoqlik, jur’atsizlik va takabburlik oxir-oqibatda Vatan 
taqdiriga befarqlikni vujudga keltiradigan illatlardan hisoblanadi. Bekorchilik – har qanday iste’dod 
uchqunini o`chirib, boshlangan har qanday ezgu niyat va intilishlarni yo`qqa chiqaradigan, qo`lga 
kiritilgan muvaffaqiyatlarning boy berilishiga olib keladigan illat. Bekorchilik oqibatida inson o`z 
hayotida xayoldan va xohish-istakdan nariga o`ta olmaydi. Inson umri oqar suv kabi tez o`tib ketadi. 
Xalqimiz maqollaridan birida ta’kidlanganidek, “O`tgan vaqt yo`qolgan oltindan qimmat”. Shunday 
ekan, biz har bir soniya va imkoniyatdan oqilona foydalanishga intilishimiz lozim. Xulosa qilib aytganda, 
yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda biz xalqimizning ming yillar davomida shakllanib 
va rivojlanib kelayotgan milliy mentalitetiga, ajdodlarimizning, tarixiy shaxslarimizning asarlari va 
fikrlariga, tarixiy asarlarga asoslangan holda faoliyatimizni tashkil etishimiz muhim o`ringa ega. Bu esa 
o`z navbatida yoshlarimizda Vatan ravnaqiga g`ov bo`ladigan harakatlarga yo`l qo`ymaslik, ularga 
nisbatan murosasiz bo`lish ham Vatanga muhabbat hissini kamol toptirishiga xizmat qiladi. 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish