Ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/84
Sana20.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#678431
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84
Bog'liq
6832 871 3 пед 10 (3)

Key words:
reader, competence, analytical thinking, ideological, cognitive, social, emotional, 
communicative. 
Mustaqillik o`zbek xalqining erkin tafakkurini innovatsion g`oyalar tomon ilgari surish, yuksak 
texnologiyalarni yaratish, amaliyotga tatbiq etish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Taraqqiyotning 
keyingi yillarida mustaqillik davri farzandlarining tafakkur qilish quvvati keskin ortdi: innovatsion 
g`oyalarni yaratish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish borasida, tadbirkorlik xususida dunyodagi 
boshqa tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan avlod voyaga yetdi. Bugungi yoshlarning tafakkur 
salohiyati yaqin o`tmishdagi avlodning fikrlash tarzidan serqatlamliligi, dunyoviylashgani bilan ajralib 
turadi. O`zbekiston mamlakati rivojlanib, jahon xalqlari bilan turli sohalarda aloqalar kuchayib borishi 
natijasida tashqi tomondan kirib kelayotgan ma’naviy-mafkuraviy xurujlar soni ham tobora ortib 
bormoqda. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 
minbarida turib: “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimizning qanday inson bo`lib 
kamolga yetishi bilan bog`liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarmizning o`z salohiyatini namoyon qilishi 
uchun zarur sharoitlar yaratish, zo`ravonlik g`oyasi “virus”i tarqalishining oldini olishdir”
1
, – deya 
aytgan ezgu gaplari mazmunidan yosh avlodning mustaqil tafakkurini, analitik fikr yuritish layoqatini 
rivojlantirish biror mamlakatning xususiy tashvishi bo`lmay, dunyo xalqlari oldida turgan eng dolzarb 
muammolardan biri ekani anglashiladi.
Zamonaviy iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish ta’lim tizimi oldiga qo`yayotgan talablar bilan bog`liqlikda 
o`tkazilgan ko`plab tadqiqotlarda kompetent yondashuv ta’lim mazmuni va metodlarini
o`zgartirishning yangi bosqichi sifatida ko`rib chiqilgan. Ana shu nuqtayi nazardan ko`plab 
tadqiqotlarda kompetensiya produktiv va ijodiy faoliyat uchun zarur o`zaro aloqador shaxsiy sifatlar 
majmuyi, kompetentlik esa ma’lum sohaga doir biron-bir muammoni hal etishga imkon beruvchi 
shaxsning zaruriy kompetensiyalarni egallaganligi deya talqin etilgan.
2
Kompetensiya (lotincha so`z bo`lib, “erishaman”, “to`g`ri kelaman” ma’nolarini bildiradi) – 
subyektning maqsadni qo`yish va unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali tashkil qila 
olishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan kasbiy masalalarni yecha 
olishga shaxsiy qobiliyatidir.
3
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi, 2017-yil 19-sentabr. 
2
Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped. fan. dok. ... diss. – T.: O‘MKHTTKMOQTI, 2007. – 
315 b.; Turg‘unov S.T. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari boshqaruv faoliyatining nazariy asoslari: Pedagogika fanlari doktori. ...diss. – T., 2007. – 362 
b.; Брызгалова С.И., Илына М.В.,
Ротенкова Т.Н. Педагогические условия формирования ключевых компетенций учащихся основной школы: Монография – Калининград: 
БФУим. И. Kaнтa, 2011. – 176 с. Илина M.В. Реализация компетентностного подхода в работе с учебным текстом (из опыта преподавания 
курса “История западной России в основной школе”) // Исследования Балтийского региона. Вестник Института Балтийского региона РГУим. 
И.Kaнтa. – 2010. – №1. – С. 149-156.; Уразова М.Б.. Совершенствование технологии подготовки будущего педагога профессионального 
образования к проектировочной деятельности: Дисс...док.пед.наук. – Т.:ТГПУ, 2015. – 287.; Botcheva L., Shih J., Huffman L.C. Emphasizing 
Cultural Competence in Evaluation: A Process-Oriented Approach // American Journal of Evaluation. 2009. Volume 30. №2. P. 176-188.; Unland M., 
Kleiner B.H. New developments in organizing around core competence. Work study. London: 1996. Vol.45, Iss. 2.. Kleiner. Work study. London: 
1996. Vol.45, Iss. 2. 
3
В.И.Загвязинского, А.Ф.Закировой. Педагогический словарь. – М.: “Академия”, 2008. – С.41. 


72 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
N.M.Muslimovning fikricha inglizcha “competence” tushunchasining lug`aviy ma’nosi “qobiliyat” 
demakdir, biroq kompetensiya atamasi bilim, ko`nikma, mahorat va qobiliyatni ifoda etishga xizmat 
qiladi.
1
N.V.Tarasova “kompetensiya” tushunchasini “muammoni hal etish uchun bilim va vaziyat, bilim 
va harakat o`rtasida aloqadorlikni ta’minlash imkonini beradigan bilim, qadriyatlar, layoqatlarga 
asoslangan umumiy qobiliyat” sifatida talqin etadi. Muallifning fikridan kelib chiqqan holda, 
kompetensiya – insonning mavjud bilim va hayotiy tajribalarga tayangan holda ma’lum bir muammoni 
hal etishga doir qobiliyati, degan xulosaga kelish mumkin. 
Kompetensiya – ma’lum bir sohada samarali produktiv faoliyat uchun zarur bo`lgan o`quvchining 
avvaldan belgilangan ta’limiy tayyorgarligiga qo`yiladigan ijtimoiy talablar (me’yorlar)dan ham o`zib 
ketishidir.
Kompetensiyaning turlarini tasnif etishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud. Jumladan, 
N.A.Muslimov va M.B.Urazovalar kasbiy ta’lim nuqtayi nazaridan kompetensiyalarni quyidagi turlarga 
ajratadi: maxsus kompetensiya – yetarli yuqori darajada o`z kasbiy faoliyatini egallash, keyingi kasbiy 
rivojlanishini loyihalashtira olish; ijtimoiy kompetensiya – birgalikdagi kasbiy faoliyat, hamkorlikni 
egallash, o`z mehnati natijalariga ijtimoiy javobgarlik; shaxsiy kompetensiya – shaxsiy mustaqil aks 
etish va mustaqil rivojlanish usullari, shaxsning kasbiy deformatsiyalarga qarshi turish vositalarini 
egallashi; individual kompetensiya – kasb doirasida individuallikni mustaqil qo`llash va rivojlantirish 
usullarini egallash, kasbiy-shaxsiy o`sish, mustaqil tashkil qilish va mustaqil reabilitatsiya qilishga 
tayyorlik; asosiy kompetensiyalar – moslashish va mahsuldor faoliyat uchun zarur bo`lgan shaxsning 
madaniyatlararo va sohalararo bilim, qobiliyat va ko`nikmalari.

O.Hayitov va N.Umarovalar klaster yondashuvi asosida kompetensiyalarni quyidagicha 
guruhlashni taklif etishadi: axborotlar bilan ishlashga doir kompetensiyalar: axborotlarni to`plash va 
tahlil etish, qarorlar qabul qilish; axborotlarni qayta o`zgartirish; muvaffaqiyatga erishishga doir 
kompetensiyalar: rejalashtirish, faoliyatni tashkillashtirish, natijalarni tahlillash; insonlar bilan ishlashga 
doir kompetensiyalar: munosabatlarni boshqarish, guruhda ishlash, atrofdagilarga ta’sir ko`rsatish; o`z-
o`zini takomillashtirishga doir kompetensiyalar: o`z-o`zini tekshirish, kasbiy o`sish, innovatsion 
mobillik.
3
M.B.Urazova loyihaviy faoliyat nuqtayi nazaridan kompetensiyalarni quyidagi turlarga ajratishni 
taklif etadi: refleksiv kompetensiya: o`z-o`ziga baho berish, o`z shaxsi va faoliyatining yutuqlari va 
kamchiliklariga bo`lgan o`ziga xos talabchanlik, o`z ijodiy yutuqlari va omadsizliklari sababini tushuna 
olish; kognitiv kompetensiya: mustaqil ravishda yangi bilim va qobiliyatlarni egallay olish, mustaqil 
rivojlanish g`oyalarini qo`llash; axboriy kompetensiya: kerakli axborotning olinishi, qayta ishlanishi va 
ishlatilishiga doir maxsus qobiliyatlarning egallanishi; kommunikativ kompetensiya yuqori darajadagi 
muloqotga erishishga yordam beradigan usullar; ijtimoiy kompetensiya: voqelikning ijtimoiy ahamiya-
tini anglash, javobgarlikni o`z zimmasiga olish qobiliyati, shaxsiy qiziqishlarning jamiyat ehtiyojlari bilan 
bog`liqligining namoyon bo`lishi.
4
Tarixiy tafakkurni rivojlantirish muammosini tadqiq etgan pedagog olim B.X.Xo`jayev tadqiqot 
obyekti bilan bog`liqlikda motivatsion-kognitiv, informatsion; kommunikativ g`oyaviy-mafkuraviy, 
fuqarolikka doir, ma’naviy-axloqiy, akmeologik, aksiologik, estetik kompetensiyalar tizimini 
aniqlashtirgan.
5
1
Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped. fan. dok. ... diss. – T.: O‘MKHTTKMOQTI, 2007. – 
B.130. 
2
Muslimov N.A., Urazova M.B., Eshpo‘latov Sh.N. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. – T.: “Fan va 
texnologiya”, 2013. – B.6. 
3
Hayitov O., Umarova N. Yoshlarda professional o‘sishga intilishni rivojlantirishning nazariy-amaliy asoslari. – T.: TURON-IQBOL”, 2001. – B.78. 
4
Уразова М.Б. Совершенствование технологии подготовки будущего педагога профессионального образования к проектировочной деятельности: 
Дисс. ... док. пед. наук. – Т.: ТГПУ, 2015. – С. 57-61. 
5
Xo‘jayev B.X. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida rivojlantirish: Pedagogika 
fanlari doktori. ... diss. – T., 2016. – B. 92-94. 


73 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Analitik tafakkur – tahliliy fikr yuritish san’ati, biror muammo, masala, axborot, voqea-hodisani 
o`rganish jarayonida u haqda atroflicha, aniq, teran, chuqur, mazmundor, mustahkam to`xtamga kelish 
qobiliyati. Analitik tafakkur egasi tahlil qilinayotgan obyektni har tomonlama sinchiklab o`rganadi: 
murakkab axborotlarni qismlarga ajratadi – har bir so`z, jumla, detal, narsa ustida jiddiy fikr yuritadi, 
qismlarni o`zaro mantiqiy bog`laydi, maqbul xulosaga keladi va kerakli qarorlar qabul qiladi. Analitik 
qobiliyat egasi har qanday hodisa ustida fikr yuritganda narsa-hodisaning tashqi ma’nosini o`qish 
bilangina cheklanmay, uning ichki – botiniy ma’no qatlamlarini ham aniqlashga urinadi. Natijada, tahlil 
etilayotgan obyekt yuzasidan atroflicha tushuncha yuzaga keladi. Analitik tafakkur muammo yoki 
masalaning oson va tez, to`g`ri va aniq hal etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Tahlillar asosida g`oyaviy-mafkuraviy kompetentlikning quyidagi kompetensiyalar tizimi 
aniqlashtirildi (1-jadval). 
Jadvaldan ko`rinib turibdiki, g`oyaviy-mafkuraviy kompetentlikka taalluqli kompetensiyalar tizimi 
o`quvchilarda analitik tafakkurni rivojlantirishni taqozo etadi.
Har bir inson o`zining individual xususiyatlariga ko`ra, tafakkurning ma’lum bir tipiga moyil 
bo`ladi. Bu moyillik uning fikrlash jarayonida, xatti-harakatlarida, borliqqa bo`lgan munosabatlarida, 
kasb-hunarida, yashash va mehnat jamoa muhitida, o`qib-izlanishda bo`lgan kuchli ehtiyoji kabi 
omillarda yanada aniq ko`rinadi. Insonning fikrlash darajasi o`zi shug`ullanayotgan sohaning aqliy yoki 
jismoniy faoliyatga mansubligiga qarab ham turlicha bo`ladi. Aqliy mehnat egalari o`z faoliyatlarini fikr 
yuritish asosiga quradilar. Ayniqsa, muntazam ilm bilan shug`ullanuvchi kishining fikrlash qobiliyati 
tafakkuriy sifatlarga boyligi bilan ajralib turadi. Analitik tafakkur yuritish har bir inson uchun foydalidir. 
Ayniqsa, yuksak g`oyaviy-mafkuraviy kompetentlikka ega bo`lish uchun uning ahamiyati kattadir. 
Analitik tafakkur o`quvchilarda “o`zlik”ni idrok etish, ma’naviy fazilatlarni o`z ruhiyatida 
barqarorlashtirishda, g`oyaviy-mafkuraviy immunitetni oshirishda “sermahsul qurol” sifatida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Fikr bilan ish yuritadigan inson hamisha muvaffaqiyat qozonadi, to`g`ri yo`ldan 
adashmaydi. Fikrlash insonni ilgarilab borishga, foydali ishlar qilishga yo`naltiradi.
1-jadval 
G`oyaviy-mafkuraviy kompetentlik tuzilmasi 
I’spec 
Kompetensiyalar 
Tashqi namoyon bo`lishi 
Ichki his-tuyg`ular 
IQ 
Kognitiv 
Mavjud bilimlaridan foydalanadi va 
yangi bilimlarni namoyish etadi 
Yangi bilimlarni egallash motivatsiyasiga 
ega 
SQ 
Sotsial 
Ijtimoiy maqomga muvofiq xulq-atvor 
namunalarini namoyish etadi 
O`zini milliy g`oya targ`ibotchisi, g`oyaviy-
mafkuraviy himoyachi, ijtimoiy faol fuqaro 
rollarida anglash 
PQ 
Shaxsiy 
Maqsadni amalga oshirish qobiliyati 
Hayot mazmuni, qadriyatlar, maqsad va 
vazifalarni anglay olish ko`nikmasi 
EQ 
Emotsional 
Boshqa kishilarning emotsiyalariga 
konstruktiv yo`nalganlik va o`z his-
tuyg`ularini adekvat namoyon etish 
O`zi va boshqalarning his-tuyg`ularini 
anglay olish va boshqarish 
CQ 
Kommunikativ 
Relevant belgilar tizimi yordamida o`z 
fikrini ifoda etish 
Zamonaviy belgilar tizimi yordamida o`z 
boshqalarning 
maqsad-muddaosini 
tushunish qobiliyati 
TCQ 
Umummadaniy 
G`oyaviy-mafkuraviy 
jarayonlarning 
harakatlantiruvchi 
kuchlarini 
tushunish, tarixiy meros va madaniy 
an’alarga mas’uliyatli munosabat 
Shaxsiy axborot xavfsizligi ko`nikmalariga 
egalik, 
axborotlarning 
ishonchligini 
baholash, 
umuminsoniy 
qadriyatlarga 
rioya qilish 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish jarayoni analitik tafakkur vositasida ma’naviy fazilatlarni 
kamol toptirishning, mafkuraviy immunitetni oshirishning katta imkoniyatga ega bo`lgan muhim 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish