Ilmiy abstraksiya usuli voqea hodisalarning tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali belgilari e’tibordan chetlashtirilib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga tegishli belgilarga e’tiborni qaratishdir
Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Uning iqtisodiyot nazariyasi fanida qo‘llaniladigan asosiy qoidalari quyidagilar:
iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda bo‘lgan o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir organizm deb hisoblanadi;
iqtisodiy hodisa va jarayonlarning kelib chiqishi, amal qilishi va barham topishi, uning sabablari va oqibatlari ichki aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda ro‘y berishi tan olinadi;
iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga rivojlanishida deb qaraladi. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishi hisobga olinadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:
Ilmiy abstraksiya usuli- voqea hodisalarning tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali belgilari e’tibordan chetlashtirilib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga tegishli belgilarga e’tiborni qaratishdir.
Tahlil va sintez usuli. Tahlil — bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir. U ikki darajada amalga oshiriladi.
Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va boshqa iqtisodiy sub’ektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga qaratilgan xattiharakati, xulqi tadqiq qilinadi.
Inson ehtiyojlariga turli jihatdan yondoshib, uni har xil guruhlarga ajratish mumkin:
1. Ehtiyojlar sub’ektlariga ko‘ra: individual, jamoa va umumjamiyat ehtiyojlariga bo‘linadi.
Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar, o‘zining har tomonlama kamol topishiga bo‘lgan ehtiyojlar va boshqa shu kabilarni o‘z ichiga oladi.
Guruhiy ehtiyoj – bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo‘lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.
v) Umumjamiyat ehtiyoji – bu mamlakat miqyosida, insonlarning bir butun bo‘lib tarkib topgan ehtiyojlaridir.
Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi.
Kishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu bir tomondan aholi sonining ko‘payib borishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iste’molning ortishi bilan bog‘liq.
Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib va ko‘payib boradi. Ayrim ehtiyojlar yo‘qolib, o‘rniga yangisi keladi. Ishlab chiqarishning o‘zi ehtiyojlarning o‘sishiga va tarkibining o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko‘payib sifat jihatdan o‘zgarib boradi. Ishlab chiqarish ta’sirida mutloqo yangi ehtiyojlar vujudga keladi va ayni vaqtda eskilari yo‘qolib boradi.
Ehtiyojlar bilan ishlab chiqarish nisbati o‘zgarishining uch muqobil varianti mavjud bo‘ladi: