Илмий тадқиқот асослари (ита)



Download 3,75 Mb.
bet25/99
Sana15.11.2022
Hajmi3,75 Mb.
#865999
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
Bog'liq
2 5334756737805190635

TELEFONOGRAMMA.
Shoshilinch, zarur va, ayni paytda, rasmiy xabarni yetkazishning yana bir qulay usuli telefonogrammadir.
Xat matni tayyorlangach, odatda u mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi va Shundan keyin rasmiy kuchga kiradi. Telefonogrammalar ko’pincha idoralar kotibalari tomonidan telefon orqali jo‘natiladi va qabul qilinadi.
Telefonogrammada u jo‘natilayotgan adres – tashkilot yoki muassasaning nomi va rahbari, qabul qilingan vaqti va raqami, asosiy matn va imzo chekkan jo‘natuvchining ismi va familiyasi aks etgan bo‘ladi. Masalan: Samarqand viloyat hokimligi. Yetkazuvchi – Sh.Hamidova. Telefon –35-60-50. Oliy o‘quv yurtlari rektorlariga. Qabo’l qiluvchi – D.Otaxo‘jayeva.
TILXAT.
Bir kishining boshqa bir kishidan yoki ishxonadan pul-buyum va biron rasmiy qog‘ozni olganlikni tasdiqlaydigan hujjat. Uning yozilishi quyidagicha: Tilxat degan so‘z, tilxatni beruvchining lavozimi, ismi-familiyasi, pul-buyum yoki boshqa biron narsaning aniq nomi va qanchaligi, agar u texnik vosita bo‘lsa, uning holati kabilar ko‘rsatilib, olganligi e’tirof etilgan matn, so‘ngida esa sana va imzo qo‘yiladi.
Tilxatga tuzatishlar kiritilmaydi. Agar guvohlar bo‘lsa, ular ham ko‘rsatiladi. Tilxat davlat notariusi, fuqarolar yig‘inlari tomonidan tasdiqlanishi ham mumkin.
TUSHUNTIRISH XATI.
TuShuntirish xati talaba yoki xodim, ishchi yoki xizmatchi tomonidan ta’lim-tarbiya yoki ishlab chiqarish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tartib-qoidaga rioya qilinmaganlik sabablari ko‘rsatilib yozilgan xatdir.
Rahbar o‘z nomiga yozilgan tushuntirish xati asosida xodimga nisbatan qanday chora ko‘rish-ko‘rmaslik haqida ma’lum xulosaga keladi. Uning zaruriy belgilari quyidagicha: tushuntirish xati kimga va kimdan yo‘llanmoqda, tushuntirish xati yozuvi, asosiy matn, imzo, sana.
SHARTNOMA.
Shartnoma bir kishi bilan ikkinchi kishi, bir tashkilot bilan ikkinchi tashkilot yoki odamlar bilan tashkilotlar o‘rtasidagi muayyan bir vazifani amalga oshirish maqsadida tuzilgan huquqiy hujjat. Ular mehnat bitimi deb ham ataladi.
Tomonlar o‘rtasida bajariladigan vazifalarning xilma-xilligidan kelib chiqib, shartnomalarning turi ham ko‘p bo‘ladi. Masalan, yetkazib berish, ijara, moddiy javobgarliq hadya etish hamda mehnat bitimi shartnomaning ana shu turlari sanaladi. Ammo ularning birortasi ham amaldagi qonunlar, hukumat qarorlariga zid bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun ham shartnomalar imzolanishidan avval uning mazmunidan kelib chiqib, tegishli mutaxassislar va huquqshunosning roziligi olinadi.
Shartnoma degan yozuv, uning tuzilgan sanasi va joyi, tuzayotgan tomonlarning aniq nomi va ularning vakolatlari asosiy matn, tomonlarning huquqiy adreslari, imzolari va muharrirlaridan iborat tarkibiy qismlardan tashkil topadi.



Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish