So’rov(xati) — tijorat xujjati bo’lib, xaridorning sotuvchiga, chetdan mol oluvchi (importchi)ning chetga mol chiqaruvchi (eksportchi)ga tovar (xizmat va boshkdlar) haqida muxtasar ma’lumot berishni so’rab yoki tovar etkazib berishini taklif etib murojaat qilishini o’zida aks ettiradi.
Qoidaga ko’ra, so’rovda tovar (xizmat)ning nomi, shuningdek mol oluvchining tovarni olish shartlari, ya’ni tovarning miqdori va sifati, andozasi, turi (markasi), bahosi, etkazib berish muddati va to’lov shartlari ko’rsatiladi. Surovning bu turi shartnoma hujjatlari guruhiga kiradi va undan bitimni tayyorlash va amalga oshirish jarayonida foydalaniladi.
Agar sotuvchi xaridorning talabini birdaniga qondirishi, ya’ni unga tovar etkazib berish imkoniyatiga ega bo’lsa, xaridorga taklif (oferta) yo’llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |