Granulotsitopoez yoki donador leykotsitlarning takomillashishi. Sxematik ravishda
granulotsitopoez quyidagicha ifodalanadi: o`zak hujayra
miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi
miyeloblast
promiyelotsit
miyelotsitlar
metamiyelotsitlar
tayoqcha yadroli leykotsitlar
etuk yoki segment yadroli leykotsitlar.
Miyeloblast - granulotsitopoez jarayonida morfologik jihatdan aniqlanishi mumkin bo`lgan eng
yosh hujayra. Uz tuzilishni jihatidan miyeloblastlar differentsiallashmagan blastlarga o`xshab ketadi.
Miyeloblastlar eletron mikroskopda ko`rilganda ularning sitoplazmasi erkin holda yotgan
ribosomalar va polisomalarga boy ekanligi, sitoplazmada kam sonli dumaloq mitoxondriyalar va
dag`al endoplazmatik to`r borligi ko`zga tashlanadi.
Golji kompleksi ba’zi bir hujayralarda yaxshi rivojlangan bo`lib, yadroga yaqin yerda
joylashgan. Bu zonaga yaqin qismlarda yangi hosil bo`layotgan, kattaligi taxminan 0,5-0,8 mkm
keladigan donachalarni uchratish mumkin.
Promiyelotsitlar - donador leykotsitlariing takomillashi-shida miyeoblastlardan keyin
keladigan hujayra bosqichidir (67-rasm). Promiyelotsitlar kattaligi 12-18 mkm bo`lgan hu-jayralar
bo`lib, sitoplazmalarida morfologik jihatdan bir-biridan tubdan farq qiluvchi donadorlik paydo
bo`lishi tufayli uch alohida turga - neytrofil, eozinofil va bazofil promiyelotsitlarga bo`linadi.
Neytrofil promiyelotsitlar dumaloq yoki oval shaklga ega, ularning sitoplazmasi Romanovskiy
usuli bilan bo`yalganda ko`k binafsha tusni oladi va turli xil donadorlik tutadi. Kattaligi har xil bo`lgan
donachalarni asosan ikki gruppaga ajratish mumkin. Birinchi xil donachalar yirikroq bo`lib, o`z
bo`yalish xususiyatlari bilan azurofil donachalarga o`xshaydi. Bu donachalar promiyelotsit
bosqichida ko`pchilikni tashkil etib, ularning soni neytrofil hujayralarning rivojlanishi davomida
kamayib boradi. Ikkinchi xil donachalar kam sonli va maydaroqdir. Elektron mikroskop ostida
promiyelotsitlar sitoplazmasida ko`p sonli kengaygan endoplazmatik to`r kanalchalari, yaxshi
rivojlangan Golji kompleksi borligi aniqlangan. Promiyelotsit hujayralarining sitoplazmasida sintetik
protsess, ya’ni donadorlik shakllanishi amalga oshib, bu protsess endoplazmatik to`rda sintez qilingan
mahsulotlarning Golji kompleksi tuzilmalarida donachalar shakliga kelishidan iborat. Shuni ta’kidlab
o`tish kerakki, neytrofil hujayralarida uchraydigan birlamchi yoki azurofil donachalar asosan
promiyelotsit bosqichida shakllanadi.
Eozinofil promiyelotsitlar o`z sitoplazmasida eozin bilan bo`yalgan va neytrofil donachalariga
nisbatan yirikroq bo`lgan donachalar tutishi bilan ajralib turadi. Elektron mikroskop ostida eozinofil
promiyelotsitlar sitoplazmasida juda yaxshi taraqqiy etgan endoplazmatik to`r va Golji kompleksi
borligi diqqatni tortadi. Golji kompleksi tuzilmalarida xuddi neytrofil promiyelotsitlarda
ko`rilganidek donachalar shakllanishi jarayonining turli bosqichlarini uchratish mumkin.
Promiyelotsitlar sitoplazmasidagi eozinofil donachalar bir xil tuzilishga ega bo`lmay, ularni asosan
ikki xilga ajratish mumkin. Donachalarning bir qismi yumaloq yoki ovalsimon bo`lib, kattaligi 0,8-
1,2 mkm keladi. Ularning asosiy moddasi uncha zich bo`lmagan gomogen mahsulotdan iborat bo`lib,
tashqi tomondan membrana bilan qoplangan. Ikkinchi xil donachalar cho`zinchoq yoki ellipssimon
shaklga ega bo`lib, ularning markazida yoki sal chetroqda yuqori elektron zichlikka ega bo`lgan
tuzilmalar ko`rinadi. Bu tuzilmalarning shakli turli-tuman, ya’ni trapetsiya, to`g`ri to`rtburchak,
kristalloid va hokazo bo`lishi mumkin («Granulotsitlar» sarlavhasiga q.). Ikkinchi xil donachalar tipik
eozinofil donalari bo`lib, ularning soni promiyelotsit bosqichida nisbatan kamroq bo`ladi va
rivojlanishi davomida oshib boradi.
Bazofil promiyelotsitlar nisbatan maydaroq bo`lib, ular sitoplazmasida yirik to`q ko`k yoki
qo`ng`ir rangga bo`yalgan bazofil donachalar bo`lishi bilan xarakterlanadi. Elek-tron mikroskop
ostida bu hujayralarda Golji kompleksi va
endoplazmatik to`rning yaxshi takomil etgani
102
va hujayra sitoplazmasida donachalar shakllanishi ko`rinadi. Bazofil promiyelotsitlar donachalari
yirikroq bo`lib (kattaligi 1,3 mkm gacha), ularning mayda zarralardan yoki lamellyar tuzilmalardan
iborat ekanligi aniqlangan. Promiyelotsitlar, qaysi turga mansub ekanligidan qat’i nazar, yirik
ovalsimon yoki botiqlikka ega bo`lgan yadroga egadirlar. Yadro xromatini miyeloblastlarnikiga
nisbatan ancha zichroq joylashgan bo`lib, yadro membranasi ostida zichlashgan qavat hosil qiladi.
Mitoxondriyalar promiyelotsitda kam sonli va dumaloq shaklga ega bo`lib, ularning matriksi donador
modda bilan to`lib turadi. Promiyelotsitlardan miyelotsitlar hosil bo`ladi.
66- rasm. Normotsitlar. Odam suyak ko`migidagi normotsit. Elektron mikrofotogramma.
X 6.000.
1-bazofil normotsit; 2-polixromatofil normotsit; 3-oksifil normotsit.
Do'stlaringiz bilan baham: |