Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Fazokontrast mikroskopiya - ob’ektlarning oq-qoraligini (kontrastligini) keskin oshirishga va 

bo`yalmagan preparatlarni o`rganishga imkon beradi. Tabiiy holatda biologik ob’ektlar tiniq, rangsiz 

va  nokontrast  bo`ladi,  ya’ni  tuzilmalar  o`tayotgan  nurni  bir  xil  yutadi.  Oddiy  mikroskopda 

kontrastlikka  preparatlarni  bo`yash  asosida  erishiladi.  Kontrastlikni  oshirish  bilan  bo`yalmagan 

preparatlarning  nur  sindirish  qobiliyati  yoki  zichligi  asosida  farqlanuvchi  tuzilmalarni  ko`rish 

mumkin. 


Interfraktsion mikroskopiya - fazokontrast mikroskopiyaga nisbatan ko`proq imkoniyatga ega. 

Interfraksion  mikroskop  bilan  ko`rganda  hujayralarning  turli  komponentlari  zichligi  bo`yicha  turli 

rangga  ega  bo`ladi.  Ikkinchi  tarafdan  tuzilmalarning  rangiga  qarab  o`rganilayotgan  tuzilmalarning 

zichligi to`g`risida fikr yuritish va hujayralarning quruq og`irligini topish mumkin. 



Polyarizatsion mikroskopiya - hujayra va to`qimalarning anizotrop yoki ikki xil nur sindiruvchi 

tuzilmalarini  o`rganish  uchun  ishlatiladi.  Bu  mikroskop  bilan  o`rganilayotgan  anizotrop 

tuzilmalardagi  (kristall  va  fibrillyar  oqsillarda)  molekulalarning  joylashishini  o`rganish  mumkin. 



 

Bu  mikroskop  hujayra  bo`linishi,  xromosomalar  va  organellalar  tuzilishini  o`rganishda  ham  qo`l 



keladi. 

Elektron  mikroskoplarning  ixtiro  qilinishi  mikroskopda  ko`rish  texnikasining  rivojlanishida 

alohida o`rin tutadi. Bu mikroskopda elektronlarnmng to`lqinli xususiyatlaridan va magnit maydonida 

elektron  nurlarini  fokuslash  mumkinligidan  foydalaniladi  (2-rasm).  Zamonaviy  elektron 

mikroskoplarning  hal  qilish  qobiliyati  0,2  dan  1  nm  gachadir.  Bu  mikroskoplarda  ko`rish  uchun 

qalinligi  20-40  nm  bo`lgan  ultrayupqa  kesmalar  ishlatiladi.  Kesmalar  maxsus  ultramikrotomlarda 

tayyorlanadi. Elektron mikroskop hujayra ichidagi tuzilmalarning nozik tuzilishini o`rganishga imkon 

beradi. 

Hajmiy  (rastrlovchi)  elektron  mikroskopning  yaratilishi  organlarning  elektron  mikroskopda 

o`rganishning yangi bosqichidir. U bilan ob’ektning hajmiy tuzilishini o`rganish mumkin. Elektron 

mikroskop ob’ektni 100 000 marta kattalashtirib beradi va uning hal qilish qobiliyati 3-4 nm dir. 

Mikroskopda tadqiqot qilish usullariniing qisqacha ta’rifidan ko`rinib turibdiki, hozirgi davrda 

hujayralarning nozik tuzilishini ham tirik, ham fiksatsiya qilingan ob’ektlarda o`rganish imkoniyati 

mavjud ekan. 

Mikroskop ostida turli usullar bilan ob’ektning morfologik tuzilishini o`rganilsa ham, ammo 

bu usullarning o`zigina hujayralarning hayot kechirish jarayonining o`ziga xos tomonlarini schib bera 

olmaydi.  Morfologik  tadqikotlar  fiziologik  va  bioximik  ma’lumotlar  bilan  to`ldirilishi  kerak.  Bu 

kamchiliklarni ma’lum darajada to`qimalarni ximiyaviy analiz qilish usuli - gistoximiya to`ldiradi. 

 

 



2-rasm. Elektron mikroskop EMV-100 BR. 

 

Gistoximiya  va  sitoximiya  xujayra  tuzilmalarining  ximiyaviy  tarkibini  va  ularning 

taqsimlanishini o`rganishga imkon beradi. Bu esa o`rganilayotgan tuzilmalarning funksional holati va 

modda almashinuvi to`g`risida to`g`ri ma’lumot olishimizga yordam beradi. Zamonaviy gistoximiya 

usullari  tuzilmalardagi  aminokislotalar,  oqsil,  nuklein  kislotalar,  turli  tipdagi  uglevodlar,  lipidlarni 

aniqlashga,  fermentlarning  aktivligini  belgilashga  yordam  beradi.  Bu  moddalarni  aniqlash  reaktiv 

bilan to`qima va hujayra tarkibiga kiruvchi substrat orasidagi o`ziga xos reaksiyaga bog`liq. 

Gistoximiya  va  sitoximiya  faqat  sifat  analizi  bilan  chegaralanmay,  balki  miqdoriy  analiz 

o`tkazishga imkon yaratadi. Miqdoriy analiz esa turli funksional holatdagi hujayraning sitoximiyaviy 

tuzilishini o`rganishga va turli tuzilmalarning metabolik jarayondagi ahamiyatini aniqlashga yordam 



 

beradi.  Hujayradagi  moddalarning  yorug`lik  nuri  spektrlarini  turlicha  yutishga  asoslanib  ularning 



miqdorini o`rganish usuli sitospektrofotometriyadir. 

Gistologiyada  immunogistoximiya  usuli  ham  keng  qo`llanilmoqda.  Bu  usul  asosida 

to`qimalarda  va  hujayralarda  mavjud  turli  xil  ximiyaviy  xususiyatlarga  ega  bo`lgan  moddalarni 

(gormonlar, retseptor va hokazo) nishonlangan antitelolar  yordamida aniqlash  yotadi.  Antitelolarni 

nishonlash  maqsadida  turli  fermentlar  (peroksidaza,  ishqoriy  fosfataza),  ferritin  yoki  kolloid  oltin 

ishlatilishi mumkin. 

Hujayraning  turli  tarkibiy  qismlarini  (yadro,  mitoxondriya,  mikrosoma)  ajratish  uchun 

differentsial  sentrifugalash  usuli  qo`llaniladi.  Ajratish  uchun  supersentrifuga  (minutiga  20  000-  40 

000 marta aylanuvchi) va ultratsentrifuga (100 000-150 000 marta aylanuvchi) ishlatiladi. 

Gistoximiya  va  sitoximiyaning  zamonaviy  usullaridan  radio-avtografiya  usuli  alohida  o`rin 

tutadi. U tuzilmalardagi modda almashinuvini to`liqroq o`rganishga imkon yaratadi. Bu usul asosida 

radioaktiv  moddalarni  (fosfor  R

32

,  uglerod  S



14

,  oltin-gugurt  S

35

,  vodorod  -  N



3

)  yoki  ular  bilan 

nishonlangan  moddalarning  biri  kiritilib,  ma’lum  vaqt  oralig`ida  ularning  miqdorini  to`qima  va 

organlarda  aniqlash  yotadi.  To`qimalardan  kesmalar  tayyorlab,  bu  kesmalar  fotoemulsiya  bilan 

qoplanadi. Ma’lum vaqt (15-20 kun) o`tgandan so`ng preparat fotoqog`oz singari ochiriladi. Bu usul 

bilan  nishonli  aminokislotalarning  oqsil  tarkibiga  kirishini,  nuklein  kislotalarning  hosil  bo`lishini, 

nishonlangan hujayralarning migratsiyasini o`rganish mumkin. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish