Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

SUT BEZLARI 

'Sut  bezlari  terining  ko’rinishi  o’zgargan  apokrin  bezlaridan  iboratdir.  U  terining  hosilasi  bo’lib, 

ektodermadan  kelib  chiqi-shiga  qaramasdan  faoliyati  jihatidan  ayollar  jinsiy  sistemasi  bilan 

chambarchas bog’liq bo’lganligidan jinsiy sistema bo’limida o’rganiladi. 

Taraqqiyoti. Sut bezlarining kurtaklari homila taraqqiyoti-ning ikkimchi oyida epidermisning butun 

tana bo’ylab cho’zilgan ikkita zich tizimchasi sifatida paydo bo’ladi va sut chizig’i deb nomlanadi. 

Har bir sut chiziqlarining oldingi yuzasida epider-mis qalinlashib sut nuqtasini hosil qiladi. Epider-

mal tizimchadan ostida yotgan mezenximaga 20-25 tacha epidermal tizimcha o’sib kiradi. Ularning 

distal oxiri shoxlanib ketadi va sut bezlarining kurtaklarini hosil qiladi. Homilaning tug’ilish vaqta 

yaqinlashganda  epitelial  o’simtalarning  ichida  bo’shliq  hosil  bo’ladi.  Buning  natijasida  naylar 

sistemasi vujudga ke-lib, ularning uchlari kengayib, terining yuzasiga ochiladi. Bu naylar ochiladigan 

joy  uni  qoplab  turgan  epiteliy  hujayrala-rining  muguzlanishi  va  tushib  ketishi  natijasida  avval 

chuqurcha shaklini oladi, tug’ilish davriga kelganda bu chuqurcha tekislana-di. ^eyinchalik shu soha 

epiteliysining zo’r berib ko’payishi 

natijasida  chuqurlik  o’rnida  so’rg’ich  paydo  bo’ladi.  YAngi  tug’il-ganlarning  sut  bezlari  to’la 

differentciallashmagan bo’lishiga qaramay, bir oz bo’lsa ham, sekretciya qobiliyatiga egadir. Tug’nl

1

-

gandan keyin bir necha kun sut bezlari sekretor faoliyatini bosh.-laydi va tarkibi bo’yicha og’iz sutiga 



yaqin suyuqlik ajratadi. Bu jarayon uzoqqa cho’zilmaydi, dastlabki haftalarda tugaydi. 

Balog’at  yoshiga etguncha sut bezlari har ikki jinsda bir xil tuzilishga ega  bo’lib, rivojlanayotgan 

epitelial  naylar  joylash-gan  biriktiruvchi  to’qimadan  iborat.  Har  ikkala  jinsda  sut  bez-larining 

taraqqiyotidagi farq balog’at  yoshiga  etganda boshlanadi. Ug’il  bolalarda bez apparati taraqqiyoti, 

to’xtaydi, reduktciyalash-gan holatda qoladi. Qiz bolalarda esa bez naylaridan yoki sut yo’llari deb 

ataluvchi  naylardan  yon  o’simtalar  hosil  bo’ladi,  ularning  oxirlarida  qopchasimon  kengaymalar-

sekretor oxirla-ri (al’veolalar) yoki atcinuslar paydo bo’ladi. Hamma bezlar zo’r berib kattalashadi va 

yirik murakkab nay al’veolali bez ko’ri-nishini oladi. Bir vaqtning o’zida biriktiruvchi to’qamada og’ 

hujayralari yig’ila boshlaydi, bu sut bezlariga qabari^; shaklni beradi. Sut bezlarining taraqqiyoti va 

tuzilishi homiladorlik va laktatciya davrida nihoyasiga etadi. 

SHunday  qilib,  ayollarda  sut  bezlarining  taraqqiyotn  tuxum-don  faoliyatining  boshlanishi  bilan 

bog’liq.  Klimaks  davrida  tuxumdonda  gormon  hosil  bo’lishi  susaya  boshlaganida  sut  bezlari  ham 

involyutciyaga uchraydi. 

Sut  bezlari  o’zining  tuzilishi  va  faoliyatida  homiladorlik  va  laktatciya  bilan  bog’liq  bo’lgan 

davriylikka ega. SHuning uchun sut bezining uch holatini farqlash mumkin: 1) balog’at yoshida, ya’ni 

bezning tinchlik davridagi tuzilishi: 2) sut bezining hom.n-ladorlik davridagi tuzilishi; 3) sut beznning 

laktatciya davrida-gi tuzilishi. 

Homilabor bo’lmagan ayol sut bezining tuzilishi. To’la rivoj-langan sut bezlari ayollarda al’veolyar-

naysimon  tuzilishga  ega  bo’lib,  so’rg’ichdan 

radial yo’nalgan 15-25 ta bo’lakdan iborat. Har 



 

402 


bir bo’lak bir-biridan yog’ hujayralariga boy biriktiruvchi to’-qimali qatlam bilan ajralgan. Har bir 

bo’lim kengligi 2- 4,5 mm keladigan o’zining sut yo’li (ductus lactifer) ra ega. Bu yo’llar ko’krakning 

pigmentli  maydoni  sohasiga  kelib  kengayadi  va  sut  sinuslari  (sinus  lactifer)  ni  hosil  qiladi.  Ular 

so’rg’ich-da torayib, uning cho’qqisida 0,4-0,7 mm diametrdagi sut teshik-larini hosil qilib ochiladi. 

Sut  teshiklarining  soni  sut  yo’l-larining  sonidan  kamdir.  Sut  sinuslari  al’veolalarda  ishlana-digan 

sutning yig’iluvchi rezervuari hisoblanadi. 

Har bir bo’lak,  o’z navbatida, siyrak  tolaln shakllanmagan biriktiruvchi to’qima  yordamida kichik 

bo’lakchalarga bo’linadi. Har bir bo’lakcha oxirgi sekretor bo’limlar - al’veolalar va sut iulidan iborat 

(254-rasm).  Bo’lakchalararo  biriktiruvchi  to’qima  qatlamlarida  kollagen  tolalar  kam,  hujayra 

elementlari  mo’l  bulib,  ularning  orasida  fibroblast,  makrofaglar,  semiz  hujay-ralar,  limfotcitlar  va 

eozinofillar uchraydi. Jinsiy tcikl da- 

 

254- rasm. Sut bezi. Gematoksilpn-eozpn bilap bo’yalgan. 06. 20. sk. 10 



\__bo’lakchalarare sut yo’llari; 2- bo’lakchalararo birnktiruvchi to’qima; 

3 - bez bo’lakchalari; 4 - oxirgi sekretor bo’limlar. 

vomida sekretor bo’lim oxirlarida ma’lum bir o’zgarishlar bo’lib o’tadi. 

Al’veolalarning  kattalashuvi  ovulyatciyadan  bir  necha  kun  oldin  boshlanib,  20-kungacha  davom 

etadi. Ammo 22-23-kunlardan boshlab, ko’p al’veolalarda proliferatciya jarayoni to’xtab, kichik- 

lashadi. Menstruatciyadan  9-10  kun o’tgandan keyin sut bezlari  ning o’sishi  yangitdan boshlanadi. 

Sut yo’llari diametriga qarab yo bir qavatli kubsimon, yoki tcilindrosimon epiteliy bilan qoplanadi. 

So’rg’ichga  yaqinlashgan  sari  epiteliy  ikki  qatorli  bo’ladi,  sut  teshigi  sohasida  u  ko’p  qavatliga 

aylanadi. 

Sut  bezining  so’rg’ichi  terining  bo’rtmasidan  iborat  bo’lib,  uning  epidermisi  kuchli  ravishda 

pigmentlashgan va yuqori qavat-lari muguzlangan. Derma so’rg’ich va so’rg’ich atrofi sohasida epi-

dermisga baland so’rg’ichlar hosil qilib botib kiradi. SHu er, ayniqsa, kapsulaga o’ralgan retceptor 

nerv  oxirlariga  boydir.  Bu  zonada  retceptorlarning  mo’lligi  laktatciya  davrida  sut  bezi  aso-siy 

faoliyatining  nerv  reflektor  mexanizmlarga  bog’liq  ekanli-gini  ko’rsatadi.  So’rg’ichning  asosida 

so’rg’ichning  taranglashuviga  yordam  beruvchi,  sut  chiqaruv  yo’lining  og’zida  joylashgan  aylana 

eilliq  mushak  tolalari  yotadi.  Bundan  tashqari,  so’rg’ich  atrofi  dermasida  radial  yotuvchi  mushak 

tutamlarining qisqarishidan so’rg’ich bo’rtib turadi. So’rg’ich atrof maydonida ter va yog’ bezlari xam 

mavjud. 


Sut bezlarining biriktiruvchi to’qimasida qon tomirlar mo’l. So’rg’ich sohasida, so’rg’ich venalarini 

qon  bilan  to’ldirib,  o’ziga  xos  erektciyani  yuzaga  keltiruvchi  arteriolovenulyar  anastomozlar 

joylashadi. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish