Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Hujayra 

markazi, 

sentrosoma. 

Hozirgi 


vaqtda 

hujayra 

markazi 

deb 


nomlanuvchi  tuzilmani  1875  yili  Gertvig 

ochgan.  Hujayra  markazi  deb,  u  bo`linish 

dukining  ustki  qismidagi  tuzilmani  atagan. 

Hujayra 


markazi 

hamma 


hayvon 

hujayralarida topilgan bo`lib, faqatgina tuxum 

hujayrasida yetilish davrida yo`qoladi. 

Turli  hujayralar  Geydengayn  temir 

gematoksilini  bilan  bo`yalganda  sentrosoma 

ikkita  sentrioladan  iborat  ekanlign  ko`riladi. 

Sentriolalar sferik massa markazida joylashib, 

bu  massa  sentroplazma  yoki  sentrosfera  deb 

ataladi. Sentriolalar zich donachalar (kattaligi 

0,2-0,8 mkm) holida ko`rinib, o`zaro ingichka 

tortma  -  sentrodesmoza  bilam  bog`langan. 

Interfaza  holatidagi  hujayralarda  hujayra 

markazi  ikkita  sentrioladan  (diplosomadan) 

iborat.  Bo`linish  davrida  esa  uning  tuzilishi 

murakkablashib,  atrofida  nurafshon  zona-

astrosfera hosil bo`ladi. 

Hujayra 

markazining 

tuzilishi 

to`g`risidagi  asosiy  ma’lumotlar  elektron 

mikroskopik  tadqiqotlar  natijasi  to`laroq 

olingan. Sentriola silindrsimon tanacha bo`lib, 

uzunligi 0,3-0,6 mkm, diametri 0,1-0,15 mkm 

(18-rasm,  a).  Tanachaning  devori  bir-biriga 

parallel  yotgan  naychalardan  tashkil  topgan 

bo`lib, tanachaning ichi bo`sh. Naychalar hamma hujayralarda  bir xil bo`lib, bir-biridan gomogen, 

zich oraliq modda bilan ajralib turuvchi 9 ta guruh bo`lib joylashadi. (18-rasm, b). Har bir guruh 3 ta 

mikronaychadan tashkil topgan bo`lib, ularni triplet deb yuritiladi. Tripletning birinchi mikronaychasi 

(A-mikronaycha) diametri 25 nm, devor qalinligi 5 nm bo`lib, 13 globulyar subbirlikdan tuzilgan. Har 

bir  triplet  uzunligi  sentriola  uzunligiga  teng.  Ikkinchi  va  uchinchi  B  va  C  mikronaychalar  A 

mikronaychadan farq qilib, ularning devori 13 emas, balkn 11 globulyar subbirlikdan tashkil topgan. 

Uchala mikronaycha zich yotadi. Sentriolada  mikronaychadan tashqari yana qo`shimcha tuzilmalar 

bor.  A  mikronaychadan  ikki  o`siqcha  (qo`lcha)  lar  chiqib,  ularning  biri  qo`shni  tripletning  C 

mikronaychasiga, 

ikkinchisi 

esa 


sentriola 

markaziga  yo`nalgan.  Sentriola  silindrining 

 

17-rasm.  A-Mikronaychalarning  tuzilishi 



(sxema) (P. P. Antipchukdan, 1983). 

1-mikronaycha  devorlarini  hosil  qiluvchi 

subbirliklarning  joylashishi.  2-  mikronaychaning 

ko`ndalang  kesimi.  3-  kiprikcha  va  xivchinlarda 

mikronaychalarning joylashishi . B-Ingichka ichak 

prizmatik 

hujayrasi 

sitoplazmasidagi 

mikronaychalar. 

Elektron 

mikrofotogramma. 

X87.500, 1-mikronaycha. 

 



 

33 


markazida  «arava  g`ildiragi»  singari  tuzilma  bo`lib,  «o`q  qism»  va  9  ta  spitsadan  tashkil  topgan. 

Spitsaning har biri tripletning A mikronaychasiga qarab yo`nalgan. 

 

 

Taxminlar  bo`yicha,  «satellitlar» 



sentriolalar  aktivligiga  bog`liq  bo`lib, 

doimiy  bo`lmagan  tuzilmadir.Ko`pgina 

tadqiqotchilar 

sentriolalarni 

bazal 

tanachalar  bilan  o`xshashligi  bor  deb 



ta’riflashadi.  Bazal  tanachalar  oddiy 

hayvonlarda 

va 

ko`p 


hujayrali 

organizmlarda 

xivchin 

va 


kiprikchalarning  hosil  bo`lishi  bilan 

ko`rinadi.  Odam  embrioni  yuqori  nafas 

yo`llaridagi 

kiprikchalar 

prebazal 

tanachadan  rivojlanadi.  Spermatogenez 

davrida 

yadroga 


nisbatan 

distal 


joylashgan  sentriola  bazal  tanachaga 

aylanib,  undan  esa  spermatozoid  dumi 

hosil bo`ladi. 

Yuqorida 

keltirilgan 

dalillar 

asosida  o`tgan  asr  oxirida  hujayra 

markazi,  xivchin,  kiprikchalar  va  bazal 

tanachalar  bir  xil  tuzilmadan  nborat 

degan  fikr  ilgari  surildi.  Elektron 

mikroskopnk  tekshirishlar  sentriola  va 

bazal  tanachalarning  ultrastrukturasi  bir 

xil ekanligini tasdiqladi. Bazal tanachalar 

silindrsimon  bo`lib  (uzunligi  0,5  mkm, 

diametri 0,1 - 0,2 mkm) sentriola singari 

9 zich tuzilmadan iborat. 



Kiprikchalar 

hujayra 


sitoplazmasining  ingichka  silindrsimon 

o`sig`i  bo`lib,  diametri  200  nm  ga  teng. 

Bu  o`siq  asosidan  ustki  qismigacha 

plazmatik  membrana  bilan  qoplangan 

bo`lib, 

kiprikcha 

markazida 

mikronaychalar  sistemasi  joylashadi. 

Kiprikchadagi 

mikronaychalar 

sistemasini aksonema deyiladi. Kiprikchalar aksonemasi bazal tanacha va sentriola mikronaychalar 

sistemasidan farqli ravishda 9 tripletdan iborat bo`lmay, balki aksonema devorini hosil qiluvchi 9 juft 

periferik va 1 juft markaziy mikronaychadan iborat. 

 

Umuman kiprikchalar  mikronaychalar sistemasini (9X2)+2 deb yozish mumkin. Sentriolada 



esa bu sistema (9X3)+0 ga teng. Bazal tanacha va kiprikchalar aksonemasi uzviy bog`liq bo`lib, ular 

bir-biriga  davom  etuvchi  tuzilmani  xosil  qiladi.  Bazal  tanachaning  A  va  V  mikronaychalari 

aksonemaning A va V mikronaychalaridir. 

Hujayra markazi mitotik apparatni, shu jumladan, dukchani va yulduzchani hosil qilishda rol 

o`ynaydi. Hozirgi vaqtda shunisi aniqki, mitozda 

qutblanish hujayra markazi tomonidan bajariladi. 

 

18-pacm.  A  -  hujayra  markazi 



:

(tsentrosoma) 

ning elektron mikrofotogrammasi, 

X  87.000.  I-  sitoplazma;  2  -  sentriola;  3-silindr 

devorini  tashkil  etuvchi  naychalar;  4-  sentriola 

satellitlari,  5-mikronaychalar.  B-  Sentriola  va 

kiprikchalar  ko`ndalang  kesmalarida  tuzilmalarning 

joylashish  sxemasi.  A  -  sentriolaning  proksimal 

qismidan  kesma;  B  -  sentriolaning  distal  qismidan 

kesma;  V-kiprikcha  kesmasi.  markaziy  naycha 

(vtulka).  2-  spitsalar:  3-qulcha;  4-amorf  modda;  5-

kiprikchani  o`rab  turuvchi  plazmatik  membrana;  6- 

kiprikchalar  spitsalari;  7-kiprikchaning  mufta  bilan 

o`ralgan markaziy mikronaychalari, A, B, C -  larning 

joylashish sxemasi. 

 



 

34 


Kutblar  hujayra  markazlarining  bir-biridan 

qochishi  natijasida  hosil  bo`lib,  dukning  va 

xromosomalarning joylashishini belgilaydi. 

Ba’zi  tadqiqotchilar  sentriola  naychalari 

va  duk  fibrillalari  diametrining  bir  xilligiga 

asoslanib,  fibrillalar  sentriola  naychalaridan 

hosil bo`ladi deb fikr yuritadilar. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish