XVII BOB
ENDOKRIN SESTEMA (SISTEMA ENDOCRINUM)
Endokrin sistema ichki sekretciya bezlaridan, ya’ni endok-rin organlardan tashkil topgan bo’lib, ular
o’z mahsuloti-ni qonga yoki limfaga (ichki muhitga) chiqaradi. Bu bezlarda tashqi sekretciya
bezlaridan farqli ravishda chiqaruv naylari bo’lmaydi. Endokrin sistemaga bezlardan tashqari turli
a’zo-lardagi yakka (alohida-alohida) joylashgan hujayralar ham kiradi. Endokrin sistemaning bezlari
va hujayralarida gor-monlar (yunon. hormon - qo’zg’atmoq, ta’sir qilmoq) deb yuriti-luvchi biologik
aktiv moddalar hosil bo’ladi.
Turli a’zolarning ishi faqat nerv sistemasi orqali boshqa-rilmay, balki gumoral yo’l bilan ham
bajariladi. Hamma hu-jayralarga nerv tolalari etib bormaydi va natijada turli hujayralarning hayot
jarayoni hujayralar atrofida joylash-gan suyuqliklar (hujayra oraliq modda) va qon bilan keluvch»
biologik aktiv moddalar orqali bajariladi. To’qimalar va a’zo-lar ishini qon va limfa orqali
boshqarilishini gumoral siste-ma deb yuritiladi. Biologik aktiv moddalar ichida ichki sekre-tciya
bezlarida sintezlanuvchi gormonlar alohida o’rin tutadi. Nerv sistemasi va gormonlarning ta’siri o’z-
o’zicha bo’lmay, bal-ki bir-birini to’ldiruvchi, organlar ishining regulyatciyasini ta’-minlovchi
ta’sirlardir. Endokrin bezlarning ishi nerv sistema-si tomonidan boshqariladi. Nerv sistemasi turli
ta’sirlarni ikki yo’l bilan: to’g’ridan-to’g’ri nerv impul’slari orqali yoki
endokrin bezlar orqali bajaradi. Nerv ta’sirining endokrin sistemaga o’tishini ta’minlovchi ilk bosqich
- gipotalamusdir. Gipotalamus nerv impul’slar ta’sirida endokrin sistemaga ta’sir etuvchi biologik
aktav moddalar hosil qiladi. Nerv si-stema orqali ta’sir tez va qisqa vaqt bo’lsa, endokrin sistema
orqali organlarning ishi boshqarilganda ta’sir nisbatan sekin boshlanib uzoqroq davom etadi.
Endokrin bezlarga gipotalamusning neyrosekretor yadrolari, gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez,
qalqonsimon bez oldi bezi, buyrak usti bezi, me’da osti bezining endokrin qismi, jinsiy bezlar
^(tuxumdon va urug’don) kiradi. Bulardan tashqari yo’l-dosh, buyrak, hazm sistemasi endokrin
funktciyaga ega. YAkka (alo-hida) joylashgan endokrin hujayralar buyrak va hazm sistema-sidan
tashqari nafas sistemasida va boshqa a’zolarda ham uchraydi.
Endokrin bezlar sofendokrin bezlarva aralash bezlarga bo’linadi. Sof endokrin bezlar faqat endokrin
funktciyani bajaradi. Ularga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezi va buyrak
usti bezlari kiradi. Ara-lash bezlar endokrin ishlab chiqarish bilan bir qatorda boshqa funktciyalarni
ham bajaradi.
Me’da osti bezi gormon ishlab chiqarish bilan bir qatorda •fermentlar (tashqi sekretciya bezi qismi)
hosil qilsa, urug’don va tuxumdonda gormonlar bilan birga jinsiy hujayralar etila-di va hokazo.
Endokrin sistema hujayralarida hosil bo’lgan gormonlar oq-sil yoki steroid tabiatga ega. Asosiy
ko’pchilik gormonlar oqsil (peptidlar, glikopeptidlar) yoki aminokislotalar hosilasidir, Jinsiy
gormonlar va buyrak usti bezining gormonlari
(
ste-roid moddadir. Ba’zi gormonlar bir necha endokrin
organlarda ishlanishi yoki bir endokrin hujayra bir necha xil gormonlar ishlab chiqarishi mumkin
(alohida joylashgan endokrin hujay-ralar). Endokrin bezlarning yana bir xarakterli joyi shundaki, ular
qon tomirlarga juda ham boy. Hujayralarda ishlangan gormonlar qon orqali organizmning turli
qismlariga etib bo-radi. Ular faqat ishlab chiqarilgan gormonga nisbatan retcep-tori bo’lgan
a’zolargagina ta’sir qiladi. Binobarin, har bir gormonning o’z spetcifik retceptori bo’ladi. Retceptori
bo’lgan hujayralar nishon-hujayralar (mishen’-hujayralar) deb yuri-tiladi. Gormon retceptor bilan
birlashgan hujayra ichidagi tcik-lik AMF (adenozinmonofosfat) aktivlashadi va hujayra o’z
funktcional holatini o’zgartiradi. Gormonlar a’zolar ishini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.
Zndrokrin
bezning
rivojlanish
manbalari
turlicha.
Ko’pchi-•lik
endokrin
bezlar
268
epiteliydan rivojlanadi, ba’zi endokrin hujayralar nerv to’qimasining hosilasi hisoblanadi (gipotala-
musning neyrosekretor hujayralari, buyrak usti bezining mag’iz moddasi hujayralari, paragangliylar).
Epifiz neyrogliyadan,
jinsiy bezlarning endokrin hujayralari mezenximadan rivoj-lanadi va hokazo.
Endokrin sistemani turlicha klassifikatciya qilish mumkin. Hozirgi vaqtda endokrin sistemani
markaziy va p e r i f e-r'i k endokrin bezlarga bo’lib o’rganish ko’proq ma’qul-lanmoqda. SHuni aytib
o’tish kerakki, qalqonsimon bez, buyrak usti bezi po’stloq qismi, jinsiy bezlar endokrin hujayralari-
ning faoliyatini gipofizning oldingi bo’lagida ishlangan gor-monlar boshqaradi. Qolgan bezlar
gipofizning oldingi qismiga-tobe emas. Bunday klassifikatciya nisbiydir, chunki turli endo-krin
a’zolar o’zaro bir-biriga va nerv sistemasiga ta’sir qi-ladi va o’zaro bog’liqdir. Natijada, bir-butun
neyro-endokrin sistema shakllanadi. Endokrin sistemani quyidagicha klassifi-katciya qilish mumkin
(396-betga q.).
Do'stlaringiz bilan baham: |